Nazorat savollari:
Bolalarda qonning fizik-kimyoviy xususiyatlarini gapirib bering ? 2.Qon tizimi yoshga oid o’zgarishlarga egami?
3.Bolalarda yurak qanday xususiyatlarga ega? 3.Bolalar yuragining hajmi va tuzilishini izoxlang? 4.Qon aylanish tizimi xaqida tushincha bering?
Bolalarda nafas olish organlari qanday tuzilgan?
Bolalikning turli davrlarida nafas olish qay tariqa o’zgarishga uchraydi? 7.O’pkada gazlar almashinuvi qanday amalga oshadi?
8.Nafas olish organlari gigienasi qanday amalga oshirilishi kerak?
Bolalarda qon va qon yaratuvchi a’zolarning fiziologik xususiyatlari
Qon tizimi juda murakkab bo’lgan bir nechta tuzilmalardan tashkil topgan. Ularga qonning o’zi, qon yaratuvchi a’zolar, qon emirilishini ta’minlovchi a’zolar kiradi. Qon yaratuvchi a’zolar ikki muhim vazifani bajaradi: birinchidan qonning shaklli elementlarini, ikkinchidan,gumoral immunitetni ta’minlaydi. Ular markaziy va chetdagi a’zolarga bo’linadi.
Qizil suyak ko’migi va ayrisimon bez odamning markaziy qon yaratuvchi a’zolarini tashkil qilsa,chetdagi qon yaratuvchi a’zolarga –limfa tugunlari, taloq va tananing turli qismlaridagi, asosan ovqat hazm qilish tizimi devoridagi l i m f o i d to’qima kiradi. Bu a’zolarning hammasida yoshga bog’liq sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Suyak ko’migi. Bola tug’ilganidan keyin uning qon aylanishida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Kichik qon aylanish doirasi ishga tushadi, qonga bo’lgan ehtiyoj ortadi.Chaqaloqlik davrida qon hujayralari asosan suyak ko’migida rivojlanadi.Bola to’rt yoshga etganida naysimon suyaklarida sariq ilik paydo bo’ladi va balog’atga etish davrida suyaklarning bu qismini to’ldiradi. Qonning shaklli elementlarini yaratuvchi o’zak hujayralarining asosiy qismi qizil ko’mikda joylashgan. Qizil ko’mikda umuman uchraydigan bir million hujayraga 50 ta o’zak hujayra to’g’ri keladi. Ulardagi ko’mikda qonning quyuq qismini tashkil etuvchi shaklli elementlar-eritrositlar, donali barcha leykositlar,trombositlar,limfositlar rivojlanadi.
Shu bilan birga ko’mik eritrositlarini emirishda, ulardan ajralib chiqqan temirni qayta o’zlashtirishda va qon tarkibiga kiruvchi gemoglobin moddasini sintez qilishda ishtirok etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, chaqaloqlik davrida qon yaratuvchi a’zolarning tiklovchilik qobiliyati juda yuqori, ular yo’qotilgan qon o’rnini tez-tez to’ldira oladi. Limfoid kompleksga-ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va ovqat hazm qilish tizimidagi l i m f o i d to’qima kiradi. Ayrisimon bez- u bolalarda alohida o’rin tutadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning bu bezi 7-34 g gacha bo’ladi.Bola uch yoshga etgunicha bu bez katalashadi,3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda bo’lib, keyin kichiklasha boshlaydi.Bu bez immunologik xotira a’zosidir.Ayrisimon bezdan ajraladigan gormonlar bolaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydi va ayniqsa bolaning immunitet tizimini rivojlanishida o’ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Limfatik tugunlarLimfa tomirlari bo’ylab juda ko’p limfa tugunlari joylashgan.Tanada bu limfatik tugunlarning umumiy massasi 1,5-2 kg atrofida bo’ladi. Limfatik tugunlarning qon yaratilishidagi ishtiroki T va V limfositlar ko’payishini, ularning antigenga mos holda ixtisoslashishini va maxsus antitelolar-(odam organizmini yot moddalar ya’ni antigenlardan himoya qiluvchi moda) ishlab chiqarishini ta’minlashdan iborat.Taloq –u qon yaratuvchi a’zolar orasida tuzilishi jihatidan eng murakkab bo’lgan a’zo hisoblanadi. U qonning shaklli elementlarini muddatini o’tab bo’lgandan so’ng emirilishini ta’minlaydi. Chaqaloq talog’ining og’irligi 10 gr keladi.Shuningdek taloqda organizmdagi ortiqcha qon zahira holida saqlanadi va organizm kerakli paytda taloqdagi zahira qondan foydalanadi.Taloq yana organizmni immunitet xususiyatini oshirishda ham xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |