1.2 Alifatik nitrobirikmalarning olinish usullari.
Alifatik nitrobirikmalar birinchi marta 1872-yilda nemis olimi V.Meyer tomonidan sintez qilingan:
С2Н5J+NaNO2C2H5-NO2 + NaJ.
Nitrobirikmalar asosan ikkita usul bilan olinadi:
1.Konovalovusuli: to‘yinganuglevodorodlargayuqori haroratda (1500) suyultirilgan (10%) nitrat kislota ta’sir ettirish usuli;
Bureaksiyadauchlamchiuglerod atomidagi vodorodlar eng oson, birlamchi uglerod atomidagi vodorodlar esa eng qiyin almashinadi.Reaksiya radikal mexanizmida boradi.
Bu reaksiya asosan konsentrlangan nitrat kislota bilan sulfat kislotadan (birinchisi nitrollovchi agent, ikkinchisi suvni tortib oluvchi vosita) iborat nitrollovchi aralashma vositasida amalga oshiriladi.
Konovalovreaksiyasiningmexanizmini A.V. Topchiyev va A.N. Titovlar o‘rganib quyidagi sxemani taklif qilganlar:
Qo‘shimcha mahsulot sifatida karbon kislotalari hosil bo‘ladi.
Alkanlarnitratkislotasiyoki azot oksidlari yordamida 420-4800S da nitrolanganda nitrobirikmalar aralashmasi hosil bo‘ladi (X. Gess, 1930 y). Reaksiya juda qisqa muddatda olib boriladi. Uning sxemasi va mexanizmini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
2.Galoidalkillarganitritkislotatuzlariningta’siri:
RBr + NaNO2 RNO2 + NaBr
Bu reaksiyada alkilnitritlar ham hosil bo‘ladi:
R-O-N=O
Ular ko‘proq uchlamchi galoidalkillar reaksiyasida hosil bo‘ladi.
Bu reaksiyaning mexanizmi nukleofil almashinishdir.
BureaksiyadanukleofilKornblyum qoidasiga muvofiq elektron zichligi yuqori bo‘lgan kislorod atomi bilan reaksiyaga kirishadi.
Birlamchigaloidbirikmalar SN2 mexanizmibo‘yicha reaksiyaga kirishib, nitroalkanlar hosil qiladi. Bunda nukleofil qutblanuvchanligi katta bo‘lgan azot atomi bilan reaksiyaga kirishadi:
(SN2)
Bundan tashqari yuqoridagi ikki usul orqali quyidagi nitbirikmalar olinadi:
To’yingan uglevodorodlarni nitrollash yoki nitrat kislota ta'siri.
Oddiy sharoitda konsentrlangan nitrat kislota to'yingan uglevodorodlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Yuqori lemperaturada uglevodorodlarni oksidlab uglerod (II) oksidga, hatto spirt, aldegid, keton va kislotalarga aylantiradi.
Suyultirilgan nitrat kislota bilan to'yingan uglevodorodlar birga qizdirilganda uglevodoroddagi vodorod atomi nitrat kislota qoldig'i (NO2) bilan almashinadi va natijada nitrobirikma hosil bo'ladi. Bu reaksiya nitrolash reaksiyasi deyiladi:
R-H + HNO3 R-NO2+ H2O
C6H14 + HO-N02C6H13N02 + H20
geksan nitrogeksan
Nitrolash reaksiyasi bilan bir qatorda, oksidlanish reaksiyasi ham sodir bo'ladi.Masalan, uglevodorodlarni nitrat kislotabilan nitrolashda kislotaning taxminan 40% nitrolash uchun, qolgani esa oksidlanish uchun sarf bo'ladi.
Metannitrolangandauningdeyarlihammasinitrometangaaylanadi.
CH4+ HNO3 CH3NO2+ H2O
nitrometan
Metanga suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettirilganda deyarli faqat nitrometan hosil bo‘ladi:
Ammo, etan, propan, butanva boshqalar nitrolansa nitrobirikmalarning aralashmasi hosil bo‘ladi:
СH3СH2СH3+ HNO3 CH3NO2 (9 %) + CH3CH2NO2 (26 %) +
+ CH3CH2 CH2NO2 (32 %) + CH3CHNO2CH3 (32 %)
Nitrolanish reaktsiyalaridakontsentrlangan kislotalar oddiy sharoitda ta‘sir etmaydi.Qizdirilganda esa parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |