Норевматик кардитлар



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana23.02.2022
Hajmi1,9 Mb.
#168663
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5298505276796700902

Gomeostaz, gomeostazis (gomeo... va yun. stasis — harakatsizlik, holat) — biologik 
sistemalarning oʻz tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish 
xususiyati. G. tushunchasini amerikalik fiziolog U. Kennon (1929) taklif etgan. G. 
biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon boʻladi.

Fiziologik G. Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan shakllana boshlagan, chunki bir 
hujayralilarning kelib chiqishi hujayra ichida tashqi muhit sharoitidan farq qiladigan 
maxsus fizik-kimyoviy sharoitning qaror topishi bilan bogʻliq boʻlgan. Koʻp 
hujayralilarda vujudga kelgan ichki muhit ichida hujayra va toʻqimalar joylashadi, ana 
shu ichki muhitda G. mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi. Evolyutsiya 
davomida qon aylanish, ayirish, nafas olish, hazm qilish va G.ni boshqarishda zarur 
boʻlgan boshqa maxsus sistemalar vujudga kelgan. Dengiz umurtqasiz hayvonlarida 
ichki muhit suyuqligi hajmi, ion tarkibi va rN ini barqarorlashtiradigan gomeostatik 
mexanizmlar paydo boʻladi. Chuchuk suv va quruqlikda yashashga oʻtgan 
hayvonlarda, shuningdek, chuchuk suvdan dengizga oʻtgan umurtqalilarda osmotik 
faol moddalar konsentratsiyalanadi. G. ayniqsa sut emizuvchilarda mukammal 
rivojlangan boʻlib, ularning atrof muhitga moslanish imkoniyatlarini oshiradi. G. tufayli 
qon va toʻqima suyuqligi hajmi, ulardagi ionlar va osmotik faol moddalar 
konsentratsiyasi, qonning rN, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar tarkibining 
doimiyligi saqlanib qoladi. Qushlar va sut emizuvchilar tana haroratining doimiyligi G. 
tufayli ham boshqariladi. Qoʻshimcha fiziologik mexanizmlar alohida organlar ichki 
muhiti doimiyligini taʼminlaydi. Mas, gematoensefalik va gematooftalmik baryerlar 
miya hujayralari va koʻzlarni oʻrab turadigan suyukliklarning maxsus xossalarini 
belgilaydi. G.ning boshqarilishida markaziy nerv sistemasi: bosh miya yarim sharlari 
poʻstlogʻi, simpatik nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti va b. bezlarning holati katta 
ahamiyatga ega. Har xil regulyatsiya mexanizmlarini oʻz ichiga oladigan murakkab 
gomeostatik sistemaga misol qilib arteriya bosimining optimal darajada saqlanib 
turishini taʼminlaydigan sistemani koʻrsatish mumkin.



Gomeostatik jarayonlar asosida yotadigan mexanizmlarning izdan chiqishi 
"G. kasalligi" hisoblanadi. Bu jarayonlarga shartli ravishda biologik 
ritmlarning qayta qurilishi va b. bilan bogʻliq boʻlgan organizmlar normal 
faoliyatining funksional buzilishini ham kiritish mumkin.

Oʻsimliklarda G.ni hujayra darajasida boshqarishda plazmolemma va 
tonoplast asosiy ahamiyatga ega. Plazmolemma tashqi muhitdan 
hujayraga oziq moddalar, ionlar va suvning oqib kelishi, ballast moddalar 
va ortiqcha N+, Na+, Sa2+ ionlarini chiqarib yuborishni; tonoplast esa oziq 
moddalar tanqisligida vakuollardan protoplazmaga zaxira moddalarni olib 
kirish va ularning ortiqcha qismini vakuollarga chiqarilishini boshqaradi. 
Toʻqima darajasida G.ni saqlashda uglevodlar va b. substratlarning 
hujayralararo oqimini boshqaradigan plazmodesmalar qatnashadi.

Genetik, yaʼni populyatsion G. oʻzgaruvchan muhit sharoitida populyatsiya 
genotipik strukturasining nisbiy barqarorligi va yaxlitligini saqlab turishdan 
iborat. Bu holatga populyatsiyadagi individlar erkin chatishganida allellar 
chastotasi genetik muvozanatini, geterozigotalik va podimorfizm hamda 
mutatsiya jarayoni muayyan tezligi va yoʻnalishini saqlab turish orqali 
erishiladi. G.ni oʻrganish — mikroevolyutsiya qonuniyatlarini tadqiq 
qilishning dolzarb vazifasiga kiradi. "G." tushunchasidan ekologiyada 
ekosistemalar holati va ular turgʻunligiga tasnif berishda keng 
foydalaniladi. G. tufayli biogeotsenozlarda turlarning tarkibi va individlar 
soni barqarorligi saqlanib turadi.




Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish