Eshmirzayeva Gulmira Jo’ra qizi
“Noqobil o’qituvchi haqiqatni
shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi
esa uni topishga o’rgatadi”
A.F.Disterveg-nemis pedagogi
Qo’llanma:O’tkir Tolipov, Dilnoz Ro’ziyeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.( O’quv qo’llanma) –/Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”. 2019. 276 b.
Annotatsiya: “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”(barcha magistratura mutaxassisliklari uchun) oquv qo’llanmasida shu nomdagi fanning umumiy asoslari yoritilgan. Unda pedagogik jarayonni loyihalash, ta’lim hamda tarbiya texnologiyalarining mohiyati, o’ziga xos jihatlari, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari, interfaol metodlar va ularni ta’lim tarbiya jarayonida qo’llash, ta’lim texnologiyalarining magistrlar o’quv faoliyatini faollashtirishdagi o’rni masalalari xususida so’z yuritilgan.
Qo’llanma:H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madyarova, E.U. Eshchonov . Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.(darslik)-/T: “Iqtisod-moliya”. 2009.-240 b.
Annotatsiya: Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat darsligida pedagogik texnologiya nazariy asoslari, uning tarkibi, tuzilishi, vazifalari va unga bo’lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan.
Qo’llanma: N.N.Azizxo’jayeva. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” (o’quv qo’llanma). –T.:O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti 2006, 160 b.
Annotatsiya: Ushbu o’quv qo’llanmada Oliy maktabda ta’lim jarayoni, talaba shaxsi rivojlanish tavsifi, Oliy maktab o’qituvchisining innovatsion faoliyati, Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari, pedagogik mahorat asoslari haqida so’z boradi. O’quv qo’llanma V bobdan iborat bo’lib, har bir bob yakunida foydalanilgan adabiyotlar keltirib o’tilgan. IV bob Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, unda Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari va turlari haqida ma’lumot berilgan.
Qo’llanma: O.A.Ismoilov, Sh.Q.Nazarov. “Ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar” (o’quv va metodik qo’llanma).-T. Fan va texnologiya nashriyoti. 2012, 40 b.
Annotatsiya. Mazkur qo’llanmada innovatsion pedagogik texnologiya pedagogik loyihasi sifatida fan asoslari bo’yicha o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq holda tashkil etish va amalga oshirish ustida mulohaza yuritiladi. Ayni paytda O’zbekiston ta’lim tarbiya sohasiniisloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi”dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratilishi haqida ilmiy xulosalar qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |