Cl- XLORID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI
Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush nitrat xlorid ioni bilan AgCl oq cho‘kmasini hosil qiladi. Bu cho‘kma konsentrlangan ammiak, ammoniy karbonat va natriy tiosulfatda eriydi:
Cl- + Ag+ = AgCl ↓
AgCl↓ + 2NH3 = [Ag(NH3)2]+ + Cl-
3
3 2
3
AgCl↓ + 2NH4+ + 2CO 2- = [Ag(NH ) ]+ + Cl- + 2HCO -
3
2
3 2
AgCl↓ + 2S2O 2- = [Ag(S O ) ]3- + Cl-
Kumushning ammiakatli komplekslariga konsentrlangan nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa, AgCl oq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:
[Ag(NH3)2]+ + Cl- + 2H+ = AgCl ↓ + 2NH4+
Kaliy yod ta’sirida esa bu eritmalarda AgJ sariq cho‘kmasining hosil bo‘lishi kuzatiladi:
[Ag(NH3)2]+ + J- = AgJ ↓ + 2NH3
Reaksiyani bajarish:
Probirkaga 2-3 tomchi natriy xlorid eritmasidan solib, ustiga 3-5 tomchi kumush nitratdan tomizing. Bunda oq cho‘kmaning hosil bo‘lishini kuzating. Cho‘kmaga 5-10 tomchi konsentrlangan ammiak eritmasi yoki ammoniy karbonatdan qo‘shing. Cho‘kmaning erishini kuzating. Keyin esa probirkadagi cho‘kmani 2 qimsga bo‘ling va birinchisiga 5 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasi, ikkinchisiga esa 5 tomchi kaliy yod eritmasidan tomizing. Bunda ikkala probirkada cho‘kmalarning hosil bo‘lishini kuzating.
2.3. Cl- ionining miqdor analizi
Cho’ktirish metodlari
Cho’ktirish usullarida titrlash ayrim qiyin eriydigan birikmalar hosil bo’ladigan reaksiyalardan foydalaniladi. Hajmiy analizning cho’ktirish usullarida foydalaniladigan reaksiyalar quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak.
Cho’kma amalda erimaydigan bo’lishi zarur;
Cho’kma yetarli darajada tez hosil bo’lishi kerak;
Birlashib cho’kish singari omillar analiz natijasiga ta’sir etmasligi lozim; 4.Titrlash vaqtida ekvivalent nuqtani belgilash uchun imkoniyat bo’lishi kerak. Kumushning qiyin eriydigan tuzlarini quyidagi tenglama bo’yicha cho’ktirish reaksiyalariga asoslangan metodlar ayniqcha muhim ahamiyatga ega:
Ag+ + An– = AgAn
bu yerda An– – Cl–; Br–; I–; CNS– va boshqalar.
Bu reaksiyaga asoslangan metodlar hajmiy analizning argentometriya bo’limini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda, galogenlar qiyin eruvchan HgCl2 va HgI2 holida cho’ktirish orqali ham aniqlanadi. Bu metod merkurometriya deb ataladi.
Argentometriya
Argentometriya usuli xlorid va bromid ionlarini kumush ionlari bilan cho’ktirish reaksiyalariga asoslangan. Bunda qiyin eriydigan kumush galogenidlar hosil bo’ladi: Ag+ + Cl– = AgCl↓; Ag+ + Br– = AgBr↓
Bu metodda ishchi eritma sifatida AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Agar biror eritma tarkibidagi kumush ioni miqdori aniqlanayotgan bo’lsa, ishchi eritma sifatida NaCl (yoki KCl) ning titrlangan eritmasi ishlatiladi.
AgNO3 ning titrlangan ishchi eritmasini tayyorlash
AgNO3 ning standart eritmasini tayyorlash. Ish uchun 250 ml 0,05 M AgNO3 yetarli. Kumush nitrat tarkibida ba’zi bir qo’shimchalar bo’lgani uchun uning taxminiy konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi. So’ngra uning aniq ekvivalent molyar konsentratsiyasi va titri kimyoviy toza NaCl (yoki KCl) yordamida aniqlanadi. AgNO3 ning ekvivalent molyar massasi 169,89 g ga teng.
Tortimning massasini hisoblaymiz:
m(AgNO
) C(AgNO3 ) M (AgNO3 ) V (ml) 0,05 169,89 250 2,1236 g
3 1000
1000
Texno-kimyoviy tarozida hisoblanganiga yaqin tortim olinadi va sig’imi 250 ml li o’lchov kolbasiga solinadi, kolbaning 3/4 qismiga qadar distillangan suv quyib to’liq eritiladi. Eritma to’q-qoramtir rangli shisha idishda saqlanadi (yoki qora qog’oz bilan o’ralgan kolbada), chunki kumush nitrat yorug’lik ta’sirida parchalanib erkin kumush hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |