Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi


Uglerod monooksidi konversiyasi katalizatorlari



Download 4,95 Mb.
bet20/110
Sana02.03.2022
Hajmi4,95 Mb.
#477597
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Bog'liq
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi

Uglerod monooksidi konversiyasi katalizatorlari
Bu jarayon katalizatorlari sifatida temir, xrom, kobalt, nikel va mis ishlatiladi. Mis temirga nisbatan aktiv bo’lsa ham, ammo mis oltingugurtli aralashmalardan juda tez zaharlangani uchun ham mis kamroq ishlatiladi. Lekin oltingugurtdan tozalangan uglerod monooksidli gazlarini konversiyalashda rux+ xrom+ misdan iborat past haroratli katalizator ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda bizda va asosan chet elda o’rta haroratli temir+ xrom katalizatorlari ishlatiladi, aktivligi unchalik yuqori bo’lmasa ham.
Uglerod monooksidi konversiyasi kinetikasi
N.V.Kulkova va M.I.Temkin uglerod monooksidi konversiyasini 670 К (4000С) dan yuqori haroratda Fе2O3 katalizatorida tekshirish, quyidagi mexanizmiga olib kelishini aytib o’tgan:
{К}+Н2O(bug’)={К}O+Н2
{К}О+СО={К}+СО2
СО+Н2O(bug’) = СО22
Bu yerda K- katalizator yuzasining aktiv qismidir. Tekshirish shuni ko’rsatdiki, vodorod- konversiya jarayonini sekinlashtiradi, uglerod dioksidi- tezlikka ta’sir qilmas ekan, reaksiya tezligi uglerod monooksidi konsentratsiyasiga proporsionaldir, 670-770 К (400-5000С) haroratda diffusion faktorlar tezlikka ta’sir qilmas ekan.


  1. MAVZU. KONVERTORLANGAN GAZLARNI UGLEROD DIOKSIDIDAN VA UGLEROD MONOOKSIDIDAN TOZALASH NAZARIYASI

Reja:

  1. Konvertorlangan gazlarni uglerod dioksididan tozalash nazariyasi.

  2. Konvertorlangan gazlarni uglerod monooksididan tozalash nazariyasi.


Konversiya gazini CO2 dan tozalash. Konversiya gazi tarkibida 17-30 % gacha CO2 saqlaydi. Uni suyuq sorbentlar yordamida: suv, etanolamin, ishqor, eritmalari bilan tozalaydilar. CO2 boshqaqo'shimchalarga nisbatan bosim ostida sovuq suvda Yaxshi eriydi. Mana shu xossasiga asoslanibCO2 suv bilan yuttirib ajratib olinadi. Buning uchun ichi nasadkali minoralarda gaz, suv sachratish bilan (2- 3 mPa bosimda) yuviladi. Minoradan oqib tushuvchi suv turbinani aylantiradi, qaysiki, u nasos bilan birga mahkamlangan bo'ladi. Nasos suvni ko'tarib yana minorani sug'orishga beradi. Natijada unga beriluvchi energiya tejaladi. Turbinada bosim pasayadi atmosfera bosimiga tenglashadi.
Natijada suvda erigan CO2 va vodorod gazlari (80 % CO2, 11 % N2 ) desorbsiyalanib ajralib chiqadi. By gaz (CO2) yig'ib olinadi, turli maqsadlarda ishlatiladi (masalan, karbamid sintezida, quruqmuz tayyorlashda va boshqa mahsulotlar olishda ishlatiladi). Bu usulning kamchiligi ko'p elektr energiyasi sarflanishi va ancha vodorodning yo'qotilishidadir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bu usul ko'p qo'llanilmaydi, balki sorbsion va selektivlik xossasi suvdan ancha yuqori bo'lgan etanolamin bilan tozalash keng qo'llanilmokda. Bunda mono- va di- etanolaminning(HO-CH2 -CH2-NH2 va (HO -CH2-CH2)-NH laming 15 % li eritmasiga CO2 yuttiriladi. HO-CH2-CH2 guruhni R bilan belgflab R-NH2 va R2-NH deb olamiz.
R,NH2+ H2O+CO2F+(R2NH2)2CO3(R2NH2)2CO3+H2O+CO2-2R2NH2 HCO3
Gazni CO dan tozalash. Mis ammiakli eritma bilan yuttirish, suyuq azot bilan yuvish, katalitik gidrogenlash kabi usullar bilan amalga oshiriladi. Katalitik gidrogenlash (metanlash), CO va C02 miqdori 1 % gacha bo'lgandaqo'llaniladi. Bunda nikel katalizatori (aluminiyoksidiga shimdirilgan bo'ladi) va 200—400"C haroratda quyidagicha reaksiya asosidaboradi:
CO+3H2=CH4 +H2O; CO2+H2=CH4 +2H2O; O2 +H2=2H2O.
Gazni CO dan tozalash is gazining (CO) mis-ammiakli eritmaga absorbsiyalanganda misammiakli komplekshosilbo'lishigaasoslangan. Oddiy sharoitda mis ammiakli eritmaning yutish qobiliyati past, ammo haroratni pasaytirib bosim oshirilsa, u kuchayadi. Shuning uchun ham CO ni tozalash yuqori bosim (10—32 MPa) va past haroratda (0—10°C bundan past bo'lsa, eritma kristallanib qolishi mumkin) olib boriladi. Odatda kuchsiz kislotalar: sirka, chumoli, karbonat kislotalarining mis ammiakli eritmalari qo'llaniladi. Masalan, mis asetatining mis ammiakli eritmasiga CO ni absorbsiyalanish reaksiyasi quyidagicha boradi:
[Cu(NH3\} +CO + NH, <-> [Cu{NH,\COY(-AH)
Reaksiya qaytar reaksiyadir. Absorbentni pereneratsiyalash uchun bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirilib, 800C gacha qizdiriladi.Tozalashning adsorbsion usulida konversiyalangan gaz tarkibida 1 % gacha (hajm bo'yicha) CO, va CO qoladi. So'ngra u faqat katalitik gidrogenlash yo'li bilan tozalanadi.


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish