14- mavzu. Konsentirlangan nitrat kislota ishlab chiqarish nazariyasi va qurilmalari 4-sоаt AK-72 va «Grand-Paruas» firmasining kontsentrlanmagan nitrat kislotasi ishlab chiqarish qurilmasi bilan taqqoslash. Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish. Kuchli nitrat kislotasini to`g`ridan to`g`ri sintez qilish xaqida.
15 -mavzu. Karbamidni sintez qilish asoslari. Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi 4-sоаt Karbamid fizik-kimyoviy xususiyatlari va olish usullari. Karbamidni ammiak va uglerod dioksididan sintez qilishni asoslari va unga ta`sir etuvchi texnologik omillar.
16 -mavzu. Karbamidni sintez qilish qurilmalari va bog`langan azotning boshqa birikmalari haqida 4-sоаt Karbamidni sintez qilish qurilmalari turlari. Karbamidni to`liq suyuqlik retsikli bilan sintez qilish texnologik tizimi, asosiy apparatlari. «Montekatini» firmasining karbamid ishlab chiqarish texnologik tasviri. «Montekatini», «Mitsun toatsu», «Stemikarbon» firmalari ishlab chiqarayotgan karbamidning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari.
17-mavzu. Vodorod sianamidi xususiyatlari va sintezi turlari. Noorganik moddalar texnologiyasida atrof muxit muxofazasi masalalari. 4-sоаt
IV. AMALIY MASHG’ULOTLAR BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha kafedra tomonidan ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda magistrlar asosiy ma`ruza mavzulari bo`yicha olgan bilim va ko`nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o`quv qo`llanmalar asosida magistrlar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali magistrlar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo`yicha taqdimotlar va ko`r|gazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Amaliy mashg`ulotlari uchun kuyidagi mavzular tavsiya etiladi: 36-cоаt
O`choq bo`limining moddiy va issiqlik xisoblari.(2-soat)
Kontakt bo`limida oltingugurt dioksidini oltingugurt uch oksidiga oksidlash jarayoni moddiy va issiqliq balansi xisoblari.(2-soat)
Birinchi monogidrat absorberi siklning moddiy va issiqlik xisoblari.(2-soat)
Quritish siklining moddiy va issiqlik balansi hisoblari.(2-soat)
Sulfat kislotasini sovutish uchun zaruriy aylanma suv miqdorini aniqlash hisoblari.(2-soat)
Qattiq oltingugurtni eritish va fil`trlash bo`limi moddiy va issiqlik xisoblari.(2-soat)
Kontakt apparati uchun kerak bo`lgan vanadiy katalizatori hajmini topish hisoblari.(2-soat)