36 soat
Amaliymashg`ulotlar:
|
36 soat
|
Mustaqilta`lim:
|
116soat
|
Navoiy - 2019 yil.
Fanning ishchi dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi
Tuzuvchi:
“Metallurgiya” kafedrasi mudiri, dotsent __________F.E.Umirov
Fanning ishchi o’quv dasturi “Metallurgiya” kafedrasining 2018 yil “___”_________dagi “______”son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet yig’ilishida muhokama qilishga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ___________F.E.Umirov
Fanning ishchi o’quv dasturi Kimyo-metallurgiya fakulteti kengashida muhokama etilgan
va foydalanishga tavsiya qilingan _______yil “_____”__________ _______-son
bayonnoma.
Fakultet kengashi raisi: _______________dots. Doniyarov N.A.
Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i: _________________I.A.Karimov
I . O’QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY TA’LIMDAGI O’RNI
Ushbu fan noorganik moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va horijiy davlatlar ilg`or yutuqlarini tahlil qilishni o`rgatish, noorganik moddalar ishlab chiqarish xomashyolari va mahsulotlari ko`lamlarini, ularning tan narhini kamaytirishni, soha samaradorligini oshirish masalalarini o’z ichiga oladi. Kimyoviy jarayonni termodinamik, kimyoviy muvozanatini, statika va kinetikasini fizik-kimyoviy tahlil qilib, ularni amalga oshirish optimal sharoitlarni aniqlab, mahsulot chiqishini oshirish, jarayonni jadallash, ishlab chiqarishda energiyani tejash, qimmat baho xom ashyolarni sanoat chiqindilari bilan almashtirish muammolarini hal qilish yo`llarini aniqlash, tarmoq normalarini va xavfsizlik qoidalarini o`zlashtirish hamda respublikamizdagi ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar natijalariga ta`sirini bilishda zarur bu’lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
"Noorganik moddalar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari" fani mutaxassislik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1 kursning 1 semestrida va 2 kursning 1 semestrdai u’qitilishi maqsadga muvofiq.
Bu dasturni amalda bajarish uchun magistrlar magistraturagacha bo`lgan "Oliy matematika", "Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar", "Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi", "Mineral o`g`itlar texnologiyasi", "Bogэlangan azot ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik xisoblari" fanlaridan yetarlicha ma`lumotga ega bo`lishlari lozim.
“Noorganik moddalar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari" fani "Bog’langan azot ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari” va boshqa fanlarni o`rganishda asos bo`lib xizmat qiladi. Mazkur fan u’z rivojida ihtisoslik fanlari uchun zamin bo’lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |