AMALIY MASHG’ULOTLARI
Navoiy -2019
AMALIY MASHG’ULOT №1
MAVZU: O’CHOQ BO’LIMINING MODDIY VA ISSIQLIK HISOBLARI
Qurilma yoki texnologik jarayonlarning moddiy va issiqlik balanslarini tuzish uchun hisoblashlami amalga oshirilishida zarur bo‘ladigan xomashyo, jihoz yoki texnologiyalaming texnik kattaliklari yoki texnologik ko‘rsatkichlari aniqlab olinadi. Kolchedanni VKZ mexanik taxmonli pechlarining moddiy va issiqlik balanslarini hisoblash orqali bunday masala qanday hal etilishini ko‘rib chiqamiz.
Issiqlik balansini tuzish. VKZ pechlarida kolchedanni kuydirishdagi pech bo‘lmmasining issiqlik balansini tuzishda yuqoridagi moddiy balansga va quyidagi ma’lumotnoma kattaliklariga tayangan holda hisoblashlar bajariladi:
Stexiometrik tenglamalar, reagentlarni qanday nisbatlarda o’zaro ta’sirlashishini ko’rsatadi va quyidagi ko’rinishga ega:
AA + VV + ... = SS + DD +... (1)
Reagentlar orasidagi stexiometrik miqdoriy bog’liqlik orqali reaksion aralashmani tarkibini aniqlash mumkin. Kimyoviy reaktorlarni hisoblash va moddiy balanslarni tuzishda stexiometrik qonuniyatlar kerak bo’ladi.
Agar, o’zgarish bitta stexiometrik tenglama orqali ifodalansa, bu reaksiya o’zgarish sxemasi bo’yicha oddiy reaksiya deyiladi. Agar o’zgarish bir necha stexiometrik tenglamalar orqali ifodalansa, u holda bu reaksiya murakkab reaksiya deyiladi. Murakkab reaksiya, bir necha alohida reaksiyalardan tarkib topgan bo’lib, quyidagi stexiometrik tenglamalar ko’rinishiga ega bo’ladi:
AJA + VJV + ... = SJS + DJD +... j = 1, ... , M,(1a)
Bu yerda;
j-indeks j-nchi qismdagi reaksiyaga tegishli;
M – reaksiyalarning soni.
(1a) tenglamadan j-nchi moddaning stexiometrik koeffitsiyenti 0 ga teng bo’lishi mumkin, qachonki bu modda berilgan reaksiyada qatnashmasa. Moddiy balans hisoblarini yoritishda, faqat mustaqil stexiometrik tenglamalardan foydalanish kerak.Jarayonlarni aniq va to’liq ifodalovchi stexiometrik tenglamalarning bazis sistemasi, bir necha mustaqil stexiometrik tenglamalardan iborat bo’lishi kerak:
Oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari uchun U=V-E, (2)
Almashinish reaksiyalari uchun U=V-E+1, (2a)
Bu yerda; U-bazis sistemadagi tenglamalar soni;
V-reagentlarning soni;
E- reagentlar tarkibidagi Kimyoviy elementlarning soni.
Moddiy balans tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin:
NI = NJ + NY¡Q (3)
Bu yerda; NI –dastlabki moddalarning yig’indisi;
NJ – mahsulotlarning yig’indisi;
NY¡Q – i/ch-dagi Yo’kqolgan miqdor;
I – dastlabki moddalarning indeksi;
J – mahsulotlarning indeksi.
Massaning saqlanish qonuniga binoan, stexiometrik tenglamalarning bazis sistemasini tenglamalari bo’yicha moddiy balans tuziladi. Barcha olingan ma’lumotlar jadval ko’rinishida Yoziladi (moddiy balans tuzish masalasiga qarab, kattaliklarning o’lchamlari aniqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |