1.4 Natriy nitrat olishning kimyoviy reaksiya tenglamalari
Laboratoriya sharoitida natriy nitrat bir qancha usullar yordamida olinadi. Shularga quyidagilar usullarni misol qila olamiz:
Natriy metali yoki uning oksidiga azot kislotasi ta’sir ettirib olinadi:
21Na+ 26 HNO3 = 21 NaNO3 + NO + N2O + N2 + 13 H2O
Na2O + 2 HNO3 = 2 NaNO3 + H2O
Natriy gidroksidga yoki uning kislotali tuzlariga azot kislotasi (nitrat kislota ) qo’shib olinadi:
NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O
NaHCO3 + HNO3 = NaNO3 + CO2 + H2O
Shuningdek, natriy nitrat olishda ammoniy nitratdan foydalanish ham mumkin:
NaOH + NH4NO3 = NaNO3 + NH3 + H2O
NaHCO3 + NH4NO3 = NaNO3 + NH3 + CO2 + H2O
Natriy nitrat tuzi 380 C dan yuqori haroratda kislorod chiqarib natriy nitrit hosil qiladi:
2NaNO3 = NaNO2 + O2
Do'stlaringiz bilan baham: |