|
|
bet | 8/24 | Sana | 19.03.2022 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #501399 |
| Bog'liq Marqaboyev Rahmatulla...
Ikkilamchi reaksiyalar. Ikkilamchi reaksiyalarning rivojlanish o’lchovi sifatida γ/γ1 nisbat xizmat qiladi va uni ikkilamchi unum (γ2) deb belgilab olamiz. Bunda γ = γ1∙γ2 bo’ladi. Birlamchi dissotsilanish mahsulotlari D1 va D2 barqaror molekulalar, reaksion qobiliyati yuqori molekulalar yoki erkin radikallar va atomlar bo’lishi mumkin. Barqaror molekulalar hosil bo’lganda keyingi reaksiyalar amalga oshmaydi va γ2 = 1 bo’ladi. Lekin ko’pincha erkin radikallar yoki atomlar hosil bo’lgani uchun ular ikkilamchi reaksiyalarning sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday holda γ2 ning qiymati 1 ga yaqin bo’lishi ham, undan keskin farq qilishi ham mumkin. Tajribalar ko’rsatadiki, ikkilamchi reaksiyalar natijasida kvant unumi γ2 > 1 bo’ladi. Umuman olganda esa, reaksiya mexanizmi haqidaga tushunchalar γ ning tajriba sharoitlariga, xususan: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentrasiyasi yoki bug’ bosimi, qo’shimchalar, yorug’likning to’lqin uzunligi, harorat, idish o’lchami va boshqalarga bog’liqligini o’rganishga asoslanadi.
Misol sifatida vodorod va xlordan vodorod xloridning hosil bo’li-shini ko’rib chiqamiz. Reaksiyaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ko’p kuzatiladigan induksion davr. Bunday hol asosan qo’shimchalar bo’lganda kuzatiladi, lekin qo’shimchalardan tozalangandan keyin reaksiya me’yorida boradi.
Reaksiya tezligi kislorod konsentrasiyasiga (agar uning miqdori 0,09 dan 1 mol. % gacha tashkil etsa) teskari proporsional bo’ladi.
Yaqqol namoyon bo’ladigan fotokimyoviy to’siq mavjud emas, lekin 500 nm dan katta to’lqin uzunliklarida reaksiyalar sekin boradi.
Kislorodning unumi juda katta.
Kislorod ishtirokidagi reaksiyaning tezligi uchun empirik tengla-ma quyidagi ko’rinishni oladi:
d[HCl] K Ia[H2 ][Cl2 ] , dt m[Cl2 ] [O2 ][H2 ] [Cl2 ]
10
bunda Ia – yorug’lik oqimining tezligi.
Bu tenglamaga quyidagi sxema mos keladi:
Cl2 + hν = Cl + Cl Ia∙γ1
Cl + H2 = HCl + H K2
|
|