Erituvchining solvatlanishi va ionlanishi. Ionlanuvchan va sol-vatasion effektlar orasida muayyan o’xshashlik mavjud, chunki ionlashtirishni keltirib chiqaruvchi erituvchilar ham sezilardi darajada solvatlovchi qobiliyatga ega bo’ladi. Ba’zi hollarda faqat solvatasion effekt yorqinroq namoyon bo’ladi, chunki eritma tarkibining o’zgarish chegarasida reagentlar asosan ionlar ko’rinishida mavjud bo’ladi va faqatgina komplekslar va reagentlar solvatlanishining o’zgarishi tezlikka ta’sir ko’rsatadi. Boshqa tomondan, ionlanish qutbliligi muayyan oraliqdagi erituvchi-larda kuzatiladigan, va binobarin, solvatasion effekt singari ionlanish darajasi tabiatiga ta’sir etadigan hollarda erituvchi kimyoviy reaksiya tezligini o’zgartirishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, nafaqat tezlik, balki reaksiya tartibi va mexanizmi ham erituvchining tabiatiga bog’liq holda o’zgaradi.
Agar xossalari bo’yicha o’xshash, lekin miqdoriy xarakterisikalari bilan farq kiluvchi erituvchilar tanlansa, unda solvatasion va ionlanuvchan effektlar mexanizmi orasida deyarli farq qolmaydi. Misol sifatida qandaydir birikmaning suv, suyuq ammiak va suyuq gidrazin bilan o’zaro ta’sirini ko’rib chiqamiz. Bu erituvchilarning xarakterisikalari 3- jadvalda berilgan.
3 - j a d v a l
Xossalari o’xshash bo’lgan erituvchilarning fizik-kimyoviy xarakterisikalari -
Erituvchi
|
D
|
tsuyuq, °C
|
tqayn, °C
|
pK (dissotsilanish reaksiyasi uchun)
|
H2O
NH3
N2H4
|
79 (+20°)
22 (–34°)
52,9 (+20°)
|
0
–77,8
2,0
|
100
–33,5
113,5
|
14 (2H2O ↔ H3O+ + OH–)
33 (2NH3 ↔ NH4+ + NH2–)
25 (2N4H4 ↔ N2H5+ + N2H3–)
|
Ularning barchasi noorganik birikmalar uchun yaxshi erituvchilar hisoblanadi va ular bilan solvatlar hosil qiladi. Masalan,
H2O ( H2O)6
CoCl2 + NH3 → Co (NH3)6 Cl2
N2H4 (N2H4)3
yoki
H2O HOSOON
CO + NH3 → H2NSOOH∙NH3
N2H4 H3N2COOH∙N2H4
Bundan shunday xulosa chiqadiki, erituvchining xossa va tabiati haqi-dagi bilimlar, birikmalar sintezining rasional metodini tanlashga katta yordam ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, taqqoslash metodi yoki o’xshashliklar metodi kimyogarlar, xususan, kimyogar-sintetiklar uchun juda muhim hisoblanadi. Ko’pincha erituvchi deganda reagentlar eritilgan moddani emas, balki reaksiya boradigan muhitni tushunish kerak. Shunga asosan ammiak va xloramindan gidrazinning hosil bo’lish reaksiyasi qiziqarli hisoblanadi. Ma’lumki, ushbu sintez kuchli ishqoriy muhitda olib boriladi va OH– ionlari reaksiya tezligiga katalitik ta’sir ko’rsatadi. Reaksiya quyidagi sxema bo’yicha boradi: NH2Cl + NH3 + NaOH = N2H4 + NaCl + H2O
Bu reaksiyaning tezlik konstantasi muhitning asoslik funksiyasi (N–) bilan chiziqli bog’lanishi aniqlandi. Bunday oddiy bog’liqlik sintezni o’tkazish uchun pH ning optimal qiymatlarini tanlashga imkon beradi. Ushbu misol shuni ko’rsatadiki, sintezni o’tkazishdan oldin erituvchining xossalari bilan, va agar erituvchi murakkab bo’lsa, har bir komponentning xossasi bilan yaxshiroq tanishib chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |