12-rasm. CaCl2 – H2O sistemasining suyuqlanish diagrammasi.
a – kalsiy xlorid geksagidrat; b – kalsiy xlorid tetragidrat; v – kalsiy xlorid di-gidrat; g – kalsiy xlorid monogidratning kristallanish sohalari.
Noorganik sintez uchun ahamiyatsiz bo’lgan sistemalar, ya’ni birinchi sinfga mansub bo’lgan sistemalarning eruvchanlik izotermalari 13-rasmda tasvirlangan.
Agar uchlamchi sistemaning komponentlaridan biri sifatida suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan modda (2 komponent) ishtirok etsa, eruvchanlik izotermasining umumiy ko’rinishi 14-rasmda ko’rsatilgandek bo’ladi. Bunday sistemalarda, odatda, 1 komponentning (bizning misolimizda tuz kristallogidratining) suvsizlanishi kuzatiladi. Bundan ko’rinadiki, agar modda suvli eritmdan suvsiz holatda kristallansa, suvsizlanish ham sodir bo’lmaydi. Tuz–suv binar sistemalarning holat diagrammalari kabi 14-rasmda ko’rsatilgan izotermadan ham foydalanilgan holda, toza tuz kristallogidratini olish mumkin.
13- va 14-rasmlarda berilgan barcha izotermalar uchun tuz (yoki kislota) komponenti konsentrasiyasining ortishi bilan eruvchanlikning kamayishi umumiy hisoblanadi.
13-rasm. Eritilgan komponentlar orasida birikmalar hosil bo’lmaydigan sistemalarning eruvchanlik izotermalari.
a – ikkita suvsiz komponentlar hosil qilgan sistema; b – suvsiz komponent va kris-tallogidrat hosil qilgan sistema; v – ikkita kristallogidrat hosil qilgan sistema; g – ikkita kristallogidrat hosil qilgan sistema, bunda kristallogidratlardan biri (kom-ponent 2) ikkinchi kristallogidratni (komponent 1) suvsizlantiradi.
14-rasm. MXn (1) – HnX (2) – H2O sistemasining eruvchanlik izotermasi (M – o’zgaruvchan valentli kation, X – bir valentli anion).
Ikkinchi sinfga mansub bo’lgan sistemalar uchun 15-rasmda ko’rsatil-gan eruvchanlik izotermalari xarakterlidir. Bu rasmda komponentlari suv bilan cheksiz aralashadigan va komponentlardan birining eruvchanligi ma’lum darajada cheklangan sistemalarda hosil bo’ladigan uchlamchi birikmalarning (a, b) va tuzsiz binar birikmalarning (v) eruvchanlik izotermalari keltirilgan.
Suyuqlanmalardagi binar sistemalarga o’xshab, bu holda ham kongruent eruvchan (15-rasm, a) va nokongruent eruvchan (15-rasm, b, v) birikmalar birbiridan farqlanadi. Birikmaning gomogen sohada mavjud bo’la olish qobiliyatiga, ya’ni geterogen eritma suyultirilgan birikmaning gomogen sohasiga parchalanmasdan o’tish qobiliyatiga ko’ra, ularni bir-biridan farqlash mumkin. Suyultirish jarayoni H2O burchakdan chiqqan va uchlamchi (yoki binar) birikmaning figurativ nuqtasiga yo’naltirilgan kesma (H2O va d hamda H2O va d′ nuqtalarini birlashtiruvchi punktir chiziq) bo’yicha tarkibning o’zga-rishi suv konsentrasiyasining ortishi bilan xarakterlanadi. 15, a-rasmdan ko’rinadiki, uchlamchi birikmaga suv qo’shilgan sari punktir chiziq boshqa qattiq birikmaning mavjud bo’ladigan sohasiga o’tmaydi. Bu shundan dalolat beradiki, tarkibning xuddi shunday o’zgarishidagi teskari jarayon, ya’ni eritmadan suv bug’latilganda (H2O va d nuqtalarni birlashtiruvchi kesim bo’yicha erigan komponentlarning doimiy nisbatlarida sistemadagi suvning konsentrasiyasi g nuqtadan kam bo’lganda) kongruent eruvchan birikmaning kristallanishi boshlanadi. Demak, bunday birikma sintezining eng oddiy usuli H2O–d to’g’ri chiziqda yotadigan tarkibli aralashmani tayyorlash hisob-lanadi. Ravshanki, bu usul bilan uchlamchi birikmani sintezlash va komponentlar nisbatlari cde sohada yotuvchi aralashmalarni tayyorlash mumkin. Yuqoriroq haroratda olingan suyuqlanmani kristallash uchun haroratni eruvchanlik izotermasi o’rganilgan haroratgacha pasaytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |