Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasd va tamagirlik niyati bilan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko`zlangan maqsad kvalifikatsiya uchun ahamiyatga ega emas. Jinoyatning motivi aksariyat hollarda shahvoniy hirs hisoblanadi.
Jinoyatning subyekti har ikki jinsdagi, jinoyat sodir etilgan vaqtga kelib 14 yoshga to`lgan shaxs bo`lishi mumkin.
Erkak jinsidagi shaxsning zo`rlik ishlatib, shu jinsdagi shaxs bilan jinsiy ehtiyojni qondirishi O`zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi bilan zo`rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirish deb hisoblanadi.
Ayol jinsidagi shaxsning zo`rlik ishlatib, shu jinsdagi shaxs bilan jinsiy ehtiyojni qondirishi (lesbiyanstvo) O`zbekiston Respublikasi JK 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib, g`ayritabiiy usulda qondirish) bilan jazolanadi.
JK 118-moddasi 2-qismida jazoni og`irlashtiruvchi qator holatlar nazarda tutiladi:
1) JK 118-moddasi 2-qismining «a» bandi – ikki yoki bir nechta shaxsning nomusiga tegish.
Shaxs zo`rlik ishlatib ikki yoki undan ko`p jabrlanuvchilar bilan jinsiy aloqa qilsa, aybdorning qilmishi O`zbekiston Respublikasi JK 118-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur. Zo`ravon ikki yoki undan ortiq shaxsning nomusiga tegish niyatida bo`lsa, ammo unga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra jinoiy niyatini oxiriga yetkaza olmagan hollarda uning qilmishi ikki yoki undan ortiq shaxsning nomusiga tajovuz qilishga suiqasd sifatida (O`zR JK 25-moddasi va 118-moddasi 2-qismi «a» bandi) kvalifikatsiya qilinadi.
Agar aybdor ikki yoki undan ortiq shaxsning nomusiga tegish g`arazli niyatini qilgan, zo`rlik ishlatib jabrlanuvchilardan biri bilan jinsiy aloqa qilgan, boshqalari bilan esa, uning xohish-irodasiga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra sodir etishga ulgurmagan bo`lsa, uning qilmishi jinoyatlarning jami bo`yicha (O`zR JKning 118-moddasi 1-qismi, 25-moddasi va 118-moddasi 2-qismi «a» bandi) kvalifikatsiya qilinishi zarur.
Bir shaxs yoki bir necha shaxslarga nisbatan nomusga tegishni aybdor turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun sudlanmagan bo`lsa, takroran jinoyat sodir etilgan, deb hisoblanadi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik olib tashlangan yoki sudlanganlik muddati o`tib ketgan yoki javobgarlikka tortish muddati o`tib ketgan hollarda nomusga tegish takroriy deb e`tirof etilishi mumkin emas.
2) Aybdor xavfli retsidivist yoxud ilgari JKning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan bo`lsa, u O`zbekiston Respublikasi JK 118-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan javobgarlikka tortiladi.
3) JK 118-moddasi 2-qismi «v» bandida bir guruh shaxslar tomonidan nomusga tegish uchun javobgarlik belgilangan.
NOTA BENE!
|
|
|
Agar jinsiy aloqa jinoyatning barcha ishtirokchilari tomonidan sodir etilgan bo`lsa, nomusga tegish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb e`tirof etiladi, bunda ishtirokchilarning oldindan til biriktirganligi ahamiyatga ega emas.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |