Ilmiy-tadqiqot ishlari deganda, Buxgalteriya hisobining milliy standart-lariga muvofiq, yangi ilmiy yoki texnik bilim va g`oyalarni olish maqsadida bajarilgan yoki bajariladigan butunlay yangi va rejali izlanishlar tushuniladi. Bu turdagi izlanishlar muayyan maqsad yoki foydalanishga yo`naltiriladi. Ular xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan odatda, o`z imkonyatlari bilan yoki shart-nomaga asosan chetdan maxsus yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. IТI korxonaning alohida faoliyat turi bo`lib hisoblanadi. Ushbu faoliyat o`z ichiga quyidagi ish turlarini oladi (9.2-chizma).
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlarda olib boriladigan IТIning aniq turlari odatda ularning biznes rejalarida, shuningdek, hisob siyosatida kengroq, batafsil yoritilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |