Dt. Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo`yicha)
Kt. Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraq
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag`ining debet aylanmasi nomoddiy aktivlarni sotib olish, o`rnatish va montaji bilan bog`liq bo`lgan barcha xarajatlarni ko`rsatadi, kredit aylanmasi esa foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar qiymatini aks ettiradi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga pul to`langanda:
Dt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar
Kt Hisob-kitob hisobvarag`i
Nomoddiy aktivlarni foydalanishga berilgan vaqtida:
Dt Nomoddiy aktivlar (turlari bo`yicha)
Kt Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo`yicha)
Ba`zi hollarda nomoddiy aktivlar ta`sischilar tomonidan korxona nizom kapitaliga ulushlar sifatida ham qo`yilishi mumkin:
Dt Nomoddiy aktivlar hisob-kitob varag`i
Kt Ustav kapitaliga badallar bo`yicha ta`sischilarning qarzi
Bu erda ikkala aktiv hisobvaraqlarni o`tkazmada ishtirok etishiga sabab,
korxona ustavi» tasdiqlangan vaqtida ustav kapitali hajmiga ta`sischilar qarz qilib quyidagi o`tkazma berilganligi hammamizga ma`lum, ya`ni
Dt Ustav kapitaliga badallar bo`yicha ta`sischilarning qarzi
Kt Ustav kapitali hisobvarag`i
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi er, bino, jihozlar kabi mod-diy aktivlarga qo`llaniladigan aynan bir xil tamoyil va jarayonlarni o`z ichiga oladi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
xarid qilib olishda tannarx tamoyilini qo`llash;
foydalanish davrida muvofiqlik tamoyilini qo`llash;
hisobdan chiqarilayotganda daromadni e`tirof etish.
Nomoddiy aktivlar harid qilib olinishida tannarx tamoyilini qo`llanilishi hisobda ularning tannarxini to`g`ri aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, tannarxning tarkibiga asossiz xarajatlarni kiritilishini oldini oladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda ularni asosiy turlari bo`yicha quyi-dagi guruhlarga ajratiladi:
patentlar, litsenziyalar va «nou-xau»;
savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari;
dasturiy ta`minot;
er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari;
tashkiliy xarajatlar;
franchayz;
mualliflik huquqi;
gudvill;
boshqa nomoddiy aktivlar.
Nomoddiy aktivning foydalanish muddati davomida u bo`yicha qilinayotgan xarajatlar va olinayotgan daromadlar o`z vaqtida muvofiqlik tamoyiliga asosan hisobga olinishi kerak.
Nomoddiy aktivni hisobdan chikarilayotganda u bo`yicha olinayotgan foyda yoki zarar e`tirof etilishi kerak. Olinadigan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish natijasida kelib tushgan pul mablag`i bilan nomoddiy aktivning balans qiymati o`rtasidagi farqdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |