Database Configuration Assistent» utilitani ishga tushiramiz yoki $ORACLE_HOME/bin adresdan «dbca» komandasini. So‘ng ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Bu oyna orqali baza ochish, o‘chirish, boshqarish kabi amallarni bajarish mumkinligi haqida axborot bermoqda. NEXT
Bu oynada, baza ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar ro‘yhati keltirilmoqda. Albatta «Create Database«ni tanlaymiz. NEXT
Bazani turi haqida ma’lumot. Oddiy hol uchun «Custom Database«ni tanlaymiz. Qolganlari katta hajmdagi ma’lumotlar uchun Warehouse, umumiy General yoki ko‘p tranzaksiyali baza Transaction. NEXT
Bazaga nom beramiz «test«. SID lokal kompyuterlar uchun, Global barcha uchun(odatda bir hil bo‘ladi). NEXT
Bazani boshqarish usullari ko‘rsatilmoqda. Biz bazani komandalar orqali holatini bilib boramiz. Keyinchalik grafik ko‘rinishda boshqarishni ko‘rsataman. Shuning uchun hech narsa tanlanmaydi va NEXT.
Tizim foydalanuvchilari uchun, ya’ni «SYS» va «SYSTEM» nomli foydalanuvchilar uchun parol kiritish talab etilmoqda. Bu foydalanuvchilar «System users» deyiladi va faqat administratorlar foydalanishi uchun yaratiladi. Ikkala foydalanuvchi uchun bir hil parol kiritiamiz(Menyuning pastki qismidan har xil parol kiritish ham mumkin). NEXT
Yaratilayotgan bazaning fayllari qanday tipdagi disklarda saqlanishi so‘ralmoqda.»File System«ni tanlaymiz, ya’ni fayl tizimiga ega disklar(ntfs, fat32,..). Qolgan tiplar «Automatic Storage Management(ASM)» fayllarni avtomat boshqaruvchi Oracle disklar(bular haqida keyinroq) yoki «Raw Devices» hech qanday fayl tizimiga ega bo‘lmagan disklar. NEXT
Shablonga mos qilib fayllar yaratib beradi(Control file, RedoLog file). NEXT
Bazani qayta tiklash uchun joy va Arxivlaydigan rejim yoqish kerakligi bildirilmoqda. Hozircha 2 lovini ham yoqmaymiz(keyin ko‘rib o‘tamiz). NEXT
Kerakli baza komponentlarini tanlash kerakligi so‘ralmoqda. Bizning holatda hech qaysi biri kerak emas. «Standard Database Components» ichiga kirib ham hammasini o‘chiramiz. NEXT
Bazaning so‘ngi sozlash oynasi. Faqat kodirovkani o‘zgartiramiz. Boshqa parametrlarni baza ochilgandan keyin ham o‘zgartirish mumkin. Faqat «Sizing» qismidagi «BlockSize» qiymatini kerak bo‘lsa, hozir o‘zgartirish lozim, keyin o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu o‘lcham oraclening eng kichik o‘lchami hisoblanadi. NEXT
Bazaning yaratiladigan barcha fayllarni ko‘rib olishingiz mumkin(qayerda joylashganini va ismini), so‘ng NEXT.
«CreateDatabase» belgilanadi, agar kerak bo‘lsa «GenerateDatabaseCreationScripts» blokini belgilab, shu yaratilayotgan bazani skriptini yaratish ham mumkin. Undan tashqari «SaveasaDatabaseTemplate» orqali shu bazani shablonini ham yaratib qo‘yish mumkin va agar yana xuddi shunday baza kerak bo‘lib qolsa, shablon berib yuboriladi va tayyor. Finish va OK.
Shu joyda maqolani tugatamiz, keyingi maqolalarda yaratilgan baza fayllarini birma bir ko‘rib chiqamiz.