Kulrang beshiktervatar (Bolivaria brachyptera)
Tropik mamlakatlarda yashovchi yirik turlari hatto baqalar, mayda sudralib yuruvchilar va qushlarga ham hujum qiladi. Umuman, beshiktervatarlar foydali hisoblanadi, chunki ular juda ham xo‘ra bo‘lib, hasharotlarni, ayniqsa o‘simlik bitlari, pashshalar, kapalaklar va to‘g‘ri qanotlilarni qirib, insonga katta foyda keltiradi.
MDH da va shu jumladan Markaziy Osiyoda oddiy beshiktervatarlar keng tarqalgan. Ular o‘z o‘ljasini oldin bosh qismini, keyin esa qolgan qismini yeydi. Ozuqa yetishmay qolganda o‘z avlodiga ham hujum qilishi mumkin.
Beshiktervatarlarning rivojlanishi chala metamarfozli, 5-8 marta tullab jinsiy voyaga yetadi. Yil davomida 1 avlod beradi. Ularning ko‘pchilik turlari asosan tropik iqlimda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |