2. Qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va ilk davlatlarni paydo
bo‘lishi tarixi.
70 yillardayoq A Askarov O‘zbekistonda (xususan uning janubiy rayonlarida)
urbanizatsiya jarayoni an'anaviy qarashlardan farqli o‘laroq ancha erta
boshlanganini qattiq turib himoya qildi. Sabab, bu goyaga ishonchsizlik bilan
qarovchilar ham ko‘p edi. Ilk shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlakish
bosqichlarini o‘rganitttda AAsqarovning Sopolli, Jarqo‘ton, Bo‘ston kabi
yodgorliklarda olib borgan qazishma ishlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Sopollitepada shaqar madaniyatini dastlabki belgilari kuzatilgan bo‘lsa,
Jarqo‘tonda bundan 3,5 ming yil oldingi shahar madaniyati bilan bog‘liq
ibodatxona, hokim saroyi, mudofaa devori bilan o‘ralgan ark qoldiqlari kovlab
ochildi. A A Asqarov ilmiy asarlarida fanda mavjud bo‘lgan qarashlardan tubdan
farq qilib, O‘zbekistonda ilk shaharlarning paydo bo‘lishi tarixini rosa ming yilga
qadimiylashtirildi. Ya'ni ilk shahar sanasi miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalari
bilan belgilandi.
AAsqarov ilk shaharlarni paydo bo‘lishi va rivojlanishi borasidagi turkum
kashfiyotlari uchun guruh ilmiy rahbari sifatida 1985 yilgi O‘zbekiston
respublikasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor
bo‘ldi. 1984 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a'zosi va 1987 yili
esa O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy a'zoligiga saylandi-
Olim hozirgi kunda ham O‘zbekistonning tarixiy vohalarida qadimgi
urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganish ishlariga rahbarlik qilmoqda (SHimoliy
Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm, CHoch-Iloq va qadimgi Fargona). Ushbu xududiy
mintakalarda AAsqarovning bir necha shogirdlari keng ko‘lamli tadqiqot ishlari
olib bormoqdalar. Urbanizatsiya jarayonlariga bagishlangan ko‘plab asarlar e'lon
etilmokda. 1994 yili ustoz shogirdlaridan biri tarix fanlari doktori T.SH.SHirinov
bilan hamkorlikda "O‘rta Osiyoda bronza davri ilk shaharlar madanshggi" nomli
yirik kitobi (40 b.t.) chop etildi (127).
Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ilk davlatlar tarixi bilan
uzviy bog‘langan. Bu jihatdan ham Ahmadali Asqarovichning turkum - ishlari
nashr etiltan bo‘lib, ularda O‘zbekistonda sinfiy jamiyat va ilk davlatlar tarixini
o‘rganish borasida ma'lum bir yo‘nalishga asos solingan. Muallif O‘zbekistondagi
ilk davlatlarni paydo bo‘lishi jarayonini ikki xronologik davpga bo‘ladi:
1.Miloddan avvalgi VIII-VII asrlar; 2. Miloddan avvalgi V-milodning IV asrlari
(129. 191-197 betlar; 131. 31-35 betlar). A A Askarov davlatchilik tarixini
o‘rganishda yozma va arxeologik manbalarni qiyoslab taxdil etish tufayli O‘rta
Osiyoda harbiy demokratik prinsiplarga asoslangan eng dastlabki ikkita davlatlar
konfederatsiyalari bo‘lgan degan goyani ximoya qilib chikdi. Bular "Katta
Xorazm" va "Qadimgi Baktriya podsholigi"dir. Ikkinchi bosqichda YUnon-
Baktriya, Qang‘, Davan (Fargona) kabi davlatlar paydo bo‘ladiki, ular antik davr
madaniyatida sezilarli iz qoldirganlar. Keyingi paytda e'lon etilayotgan maqola va
kitoblarda ilk davlatlarni asosiy xususiyatlari (o‘rni, tuzilishi, boshqaruv usullari,
ularning poytaxti va shaxarlari) keng yoritilgan. Ya'ni ushbu davlatlar erkin
dehqon jamoalarini dehqonchilik xo‘jaligiga asoslangan va patriarxal kulchilik
xarakteridagi davlatlar ekanligi isbotlab berilgan (131. 35 bet).
Tariximizdagi eng muhim, nozik va echilishi kerak bo‘lgan
masalalardan biri uzbek xalqining kelib chiqishi tarixidir. Bu muammo uzoq
vaqtlardan
beri
ko‘plab
soha
mutaxasislari
tomonidan
o‘rganilib
kelinmoqda.Ammo bu masalaga qiziqshp keyingi 10-20 yil ichida to‘plangan
arxeologo-antropologik materiallarni ortishi va ayniqsa O‘zbekistan mustaqillikka
erishgandan so‘ng yanada kuchaydi. Akademik Asqarov turli soha olimlari
(arxoologlar, tarixchilar, sharkshunoslar, tilchilar, antropologlar, folklor1punoslar,
elshunoslar, iumizmatlar) jamoasini birlanggirib samarali ishlarni amalga
oshirmokda. Bunipg uchun olimlar jamoasi oldiga etnogoneziipg ajralmas
bo‘laklari bo‘lmish: etno-madaniy, etno-siyosiy, tsrritorial-iktisodiy, til, genetik-
populyasiya sohalarini chukur tadqiq etish asosiy vazifa qilib ko‘yildi. AAAsqarov
dastlab ishni o‘zbek xalqining etnik tarixini ma'lum izchil xronologik
davrlashtirishdan boshladi.
Ma'lumki, O‘rta Osiyo qadimdan o‘troq dehqonchilik madaniyati o‘chogi
hisoblangan. Bu erda azal-azaldan Turon xalqlarining bobokalonlari yonma-yon,
qon-qardosh bo‘lib yashaganlar. Ular ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonda
deyarli bir vaqtda xalq, elat sifatida shakllandilar.
Arxeolog-etnografik va yozma manbalarga ko‘ra miloddan avvalgi VIII-VII
asrlardan e'tiboran hozirgi O‘zbekiston territoriyasida yashagan aholi o‘zlari
istiqomat qilgan vohalar nomi bilan So‘gdiyonada-so‘gdiylar, qadimgi Xorazmda-
xorazmiylar, qadimgi Baqtriyada-boxtarlar, qadimgi Chochda-chochliklar,
atrofdagi dashtlarda saklar deb atalgan. Ular hozirgi Turkiston xalqlaripi elat
sifatida shakllanip1ida asosiy etnik qatlamni tashkil etganlar. Ular to xalq bo‘lib
shakllashunlariga qadar uzoq tarixiy jarayonni bosib o‘tganlar.
Shuning uchun bo‘lsa kerak bu xalklar tashqi qiyofasida o‘xshashlik va
yaqinliklar kuzatiladi. Xususan hozirgi o‘zbeklar va voha tojiklariga xos tip "ikki
dare oralig‘i tipi" (pomir-farg‘ona tipi) deyiladi (85. S.8). Bu irqiy tip antropologik
ma'lumotlarga kura oldingi - neolit va bronza davri materiallarida uchramaydi.
Professor T.K.Xodjayov xulosasiga ko‘ra faqattina miloddan avvalgi asr oxirlari va
milodiy asr boshlarida O‘rta Osiyo shimolida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga
xos "ikki dare oraligi irqi" shakllanadi. A.Askarov ilmiy xulosalarida bu uzbek
xalkini kelib chiqishini birinchi bosqichidir (85. S.9). Etnogenezning ilk
bosqichida yuechji, xionit, kidarit, eftalitlar ham sezilarli rol o‘ynaganlar. Ayni shu
vaqtda Sirdaryoning o‘rta havzasida "qovunchi madaniyati" shakllandi.
Arxeolognk materiallar taxlili nguni ko‘rsatadiki, milodning P-SH asrlaridan
"qovunchi madaniyati"ta'siri Farg‘ona vodiysiga, So‘gdni markaziy rayonlariga,
keyinroq IV-V asrlarda Buxoro, hatto Surxondaryo yodgorliklarida qayd etiladi
(85, S.8-9;130). Etnik jihatdan bu madaniyatni ta'sirini yoyilishini AAsqarov turkiy
tilli xalqlarning tarqalishi bilan boglamoqda. A A Asqarovning etnik tarix sohasida
muhim xulosalaridan yana biri, turkiy tilli xalq-elatlar juda qadimdan Sirdaryoning
o‘rta havzasida yashab keladilar degan fikridir. Uzoq vakt fanda turkiy tilli
xalklarni hozirgi o‘rnashgan erlarga Oltoy tomondan ommaviy ko‘chib kelgan
degan mavhum fikr bor edi. Bu goyani aqsi o‘laroq AAsqarov ishlarida
antropologik va arxeologik materiallarga asoslanib, turkiy tilli axrli xunlar
kelishidan (mil.avv. PT asrlar) oldin ham ikki dare oraligida yashaganligi
isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |