I-bosqich. Dastlab amallarni ma’nosi ochib beriladi. Har bir ishoraning mazmunini tasavvur qilib olinadi.Bunda turli amaliy masalalar va o`quvchilar hayotiy faoliyatidan foydalanganlik asosida ishlar olib boriladi.
M: Stol ustidagi beshta daftarga yana ikkita daftar olib kelib qo`shildi. Stol ustuda nechta daftar bo`ldi? Masalani bajarishda shu jarayon bevosita o`quvchilarga ko`rsatilgan holda bajariladi, O`quvchilar nechta daftar bo`lganini ko`rib, sanab javobni topishadi va qo`shish amali ma’nosini tushunib olishlari mumkin bo`ladi. Bu yerda aniqlik va ko`rgazmalilik tamoyillaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |