2-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi.
Reja:
- Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi.
- Boshlang‘ich sinflarda matematika fanning fanlararo aloqadorligi.
3. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish metodikasning didaktik tamoyillari.
Boshlang‘ich matematika kursining mazmuni
1.Arifmetik materiallar: Millongacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni og‘zaki va yozma nomerlash, bu sonlar ustida arifmetik amallar va bu arifmetik amallarning xossalari, matnli masalalarni arifmetik usulda yechish, sonlarni o‘zaro taqqoslash
2. Algebrik materiallar: Harfiy ifodalar, harfiy tengsizliklar, tenglamalar, ularni yechish va yechimini tekshirish, masalalarni algebraik usulda yechish
3. Geometrik materiallar: Geometrik figuralar, ko’pburchakning premetri va yuzasini hisoblash, doira va uning yuzini hisoblash, ko’pburchaklarni yasash, fazoviy figuralar, fazoviy fuguralar haqida umumiy ma’lumotlar
4. Miqdorlar: Uzunlik, massa, vaqt, baho-narx va yuza, hajm o’lchov birliklari, o’quvchilarda bu o’lchov birliklarini o’lchash malakalarini shakllantirish
5. Kasrlar: ulushlar, to’gri kasrlar, noto’g’ri kasrlar, aralash son, o’nli kasrlar bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirish.
6. Harakatga doir masalalar yechish: Uchrashma, qarma-qarshi tomonga, bir tomonga yo’nalgan harakatga doir masalalar yechish.
7. Boshqa bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan ismli sonlarni o’rganish
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi pedagogika universitetlarining II-III kurslarida o’tiladi. U o’zining tuzilishi xususiyatiga ko’ra shartli ravishda uchga bo’linadi.
1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo’limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari va vositalarining metodik sistemasi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik printsiplar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo’limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo’llari ko’rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi.
Bu bo’lim ikki qismdan iborat:
1. Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2. Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish metodikasning didaktik tamoyillari.
Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish metodikasning didaktik tamoyillari quyidagilar:
1. Onglilik tamoyili
2. Ko’rgazmalilik tamoyili
3. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
4. Ilmiylik tamoyili
5. Takrorlash tamoyili
6. Muntazamlilik va izchillik tamoyili
7. Puxta o’zlashtirish tamoyili
Do'stlaringiz bilan baham: |