Nom qo‘yish san’ati


Qiyosiy-chog‘ishtirma metod



Download 96,34 Kb.
bet6/30
Sana05.01.2021
Hajmi96,34 Kb.
#54868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Onomastika

Qiyosiy-chog‘ishtirma metod. Onomastik birliklar qo‘llanish xususiyatiga ko‘ra hududlararo farqli tomonlarga ega. Ana shunday farqlar qiyosiy-chog‘ishtirma metod yordamida aniqlanadi. Qiyosiy tahlil uchun har qanday onomastik birliklar (toponimlar, gidronimlar, urbonimlar, oykonimlar, odonimlar, antroponimlar va boshqalar) tanlab olinadi hamda ular orasidagi umumiy va farqli holatlar belgilanadi. Masalan, o‘zbek antroponimlari orasida umumturkiy qatlam bilan birga forscha-tojikcha, arabcha, so‘g‘dcha, mo‘g‘ulcha, xitoycha so‘zlar ham mavjud, ularni aniqlash uchun tadqiqotchi turli tillarga oid lug‘atlarga, tarixiy-etimologik manbalarga murojaat qiladi. Xuddi shunday holatni toponim, gidronim kabi boshqa onomastik birliklarda ham uchratish mumkin. Prof.T.Nafasovning fikrichaSHahrisabz – forscha-tojikcha izofa. Ma’nosi yashil shahar, bog‘-rog‘lari ko‘p shahar. YOki fransuz tilidan rus tiliga, rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tgan vokzal so‘zi XX asrning 80-yillari oxirida shohbekat deb tarjima qilinadigan bo‘ldi. Vokzal deganda asosan temir yo‘l vokzali tushuniladi. Temir yo‘l yoki avtoshohbekat atrofidagi mahallalar keyinchalik SHohbekat deb nomlandi28. FHDYO idoralaridagi yangi tug‘ilganlarga berilgan ismlar ro‘yxatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma metod asosida o‘rganib, ism qo‘yishdagi umumiy va farqli holatlarni aniqlash mumkin. Masalan, 1971-1975 yillardagi ana shunday ro‘yxatlarni qiyoslab, Grodno viloyatida beloruslar va ruslarning ism qo‘yishdagi umumiy belgilari aniqlangan. Bunday umumiylik 35 % o‘g‘il bolalar ismlarida, 27 % qiz bolalarning ismlarida uchraydi. Xuddi shunday qiyoslashlar orqali antroponimlar rivojidagi tarixiy evolyusiyani ham aniqlash mumkin29. Nomshunoslikda qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqotlar sinxron va diaxron aspektlarda olib boriladi. Bunday kuzatishlar sof lingvistik, lingvosotsiologik (Gulchehra SHodievna – Gulchehra SHodi qizi; Ahmadjon Turdiqulovich – Ahmadjon Turdievich kabi), psixologik (Aysha – Ayshe - Oysha – Oyshabonu – Oyshaxon – Oyshabeka – Oyshabibi; Kumushoy – Kumushbibi – Kumushxon – Kumush kabi), etnomadaniy (masalan, Bo‘ri, Tulki, Bolta, Tesha, O‘roq kabi ismlar hozir deyarlik qo‘yilmaydi). SHu asosda tillar orasidagi onomastik universaliyalarni aniqlash imkoniyati vujudga keladi30.

Areal metod. Nomshunoslikda areal metod asosida ma’lum bir ajratib olingan hududdagi onomastik birliklar birma-bir, birin-ketinlikda talqin qilinadi, tahlil natijalariga ko‘ra onomastik birliklarning hududdagi tarqalish chegarasi xaritalar yordamida belgilanadi. Masalan, Ishtixon, Molguzar, Oqsoy, Misit, Do‘rmon, Navbahor, Sheyxlar // SHayxlar singari toponimlarni talqin qilishda areal metodning dalillari muhim ahamiyat kasb etadi.

Semiotik metod. Bu metodda so‘zlar – onomastik birliklar asosiy rol o‘ynamaydi, balki ular ifodalaydigan ishora va belgilar etakchi vazifa bajaradi. Masalan, Qirqqiz tog‘i, Yakkatog‘, Yakkabog‘, Uchtepa, To‘rtko‘l, To‘rtayg‘ir, Beshariq, Oltio‘g‘il, OltiariqMingo‘rik kabi toponimlar tarkibidagi son komponent (qirq, yakka, uch, to‘rt, besh, olti, ming kabi) bu toponimik ob’ektlarning nomlanishida miqdor tushunchasi etakchi ekanligini ko‘rsatishga xizmat qiladi.


Download 96,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish