Uyga vazifa: 3- mashqni bajarish.
Sana : 30.11 2013 yil Sinf : 9- sinf
Мавзу: Ma'lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish operatori
Maqsad: a) tа’limiy: O’quvchilarni Ma'lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish operatori
bilan tanishtirish , o’quvchilarni kompyuter bilan ishlash madaniyatini shakllantirish. o’quvchilarni irodalarini mustahkamlash,yangilikka intilishiga o’rgatish
b)rivojlantiruvchi: O’tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzuni shakllantirish
c)tarbiyaviy: o’quvchilarda vatan ravnaqiga hissa qo’sha oladigan komil inson ruhida tarbilash
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars metodi: Aralash
Dars jihozi: Kompyuter, ekran, doska, bo’r, kitob, daftar
Yangi mavzu bayoni
Paskalda o'zgaruvchilarga qiymat berishning o'zlashtirish opera-toridan foydalanishdan boshqa usullari ham bor. Ulardan biri ma'lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish deyiladi va kiritish operatoriyordamida amalga oshiriladi. Kiritish operatoridan o'zgaruvchilarga dastur bajarilishi davomida kompyuter klaviaturasidan qiymat berish uchun qo'llaniladi. Kiritish operatori quyidagi ikki xil ko'rinishgaega:Read (kiritish ro'yxati); va ReadLn(kiritish ro'yxati); bu yerda Read (read (ing.) - o'qish) va ReadLn Paskalning xizmatchi so'zlari, kiritish ro'yxati esa bitta o'zgaruvchi yoki o'zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o'zgaruvchilar ketma-ketligi. Masalan: Read(a); Read(alfa,betta); ReadLn(_name);. Kiritish operatori dastur ishlashini to'xtatadi va ro'yxatdagi o'zga-ruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi. Agar ro'yxatda bir nechta o'zgaruvchi bo'lsa, ularning qiymatlari o'zaro probel (bo'shjoy) bilan ajratib kiritilishi yoki [ ENTER] klavishini bosib kiritilishi mumkin. Ikkala holda ham oxirgi o'zgaruvchi qiymati kiritilgachENTERI klavishini bosish shart.Read va Readln operatorlarining farqlari quyidagicha. Bitta yoki bir nechta alohida yozilgan Read operatori yordamida kiritiladigan o'zgaruvchilar qiymati bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishi mumkin. Readln operatori esa faqat o'zining ro'yxatida keltirilgan o'zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishiga imkon beradi. Shuning uchun Readln operatoridagi ro'yxat tugagach keyingi kiritish operatorini ishlashi uchun albatta ENTER klavishini bosish shart.
1- misol.
Var a,b:Integer; Begin Read(a); Read(b);
WriteLn(*a+b=\ a+b); End.
2- misol.
Var a,b:Integer; Begin Read(a, b);
WriteLn('a+b=', a+b); End.
Ikkala misolda ham qiymat kiritish quyidagi ikki usuldan birida amalga oshirilishi mumkin.
1- usul: dastur ishga tushiril-gach, ekranda satr boshida yurgich chiqadi va dastur a ning qiymati kiritilishini kutib turadi. Masalan, a ning qiymati sifatida 10 kiritiladi, so'ng probelni bosib b ning qiymati sifatida 11 deb
kiritiladi. Endi| ENTER] klavishi
bosilsa, ekranda quyidagilar aks etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |