I Bob .Adabiyotda Nodirabegim hayot ijodini o`rganilishi
Olam bevafo va besabot. Dunyo bebaqo nopoyidir.
Odam avlodidan solih birla yaxshi ot va neku sifot va saodat
nishoni va komronlik iqtironidur
NODIRA
O`zbek mumtoz adabiyotida shunday bir gulshanki bu gulshan gullari aro sayr qilib zerikmaysan, zero undan ibrat, tarbiya olasan va bazan tajriba xulosa chiqarasan. Mumtoz adabiyot o`z nomi bilan mumtozdir unda o`tmish nafasi keladi. Buni hozir o`rganish va yozishga shaylangan Nodira haqida gap boshlagach bilib olasiz, ha unda Xonlar, podshohlar, zamonlar , xotiramizda sariq va rangdor yoqimli his bilan ertaklar-u afsonalar jonlanadi. Bunda zulm va haqiqat yuzma yuz keladi. Endi biz sayohatga otlangan O`zbek mumtoz adabiyotda o`z o`rniga ega bo`lgan xonliklar adabiyoti Qo`qon adabiy muhitidagi yozuvchi, xonzoda, malika Nodira bilan Maknuna, Mohlaroyim nomlari bilan mashhur bo`lgan ayol shoira bilan va uning yoridan ayrilganda chekkan g`amlari-yu, zamonaning nobopliklaridan qalb faryodidan yaralgan Firoqnomasi bilan tanishamiz . Xo`sh!, Nodira kim? u qanday yo`nalishda ijod qilgan?, bizga undan nima qoldi-yu?, nimalar qildi?
XVIII asr boshlari (1702-1710) ga kelib Buxoro xonligi parokandalikka kuchaydi. Bundan foydalanib, keyinchalik Qo`qon xonligi deb atalgan hududda, Minglar urug`i oqsoqllari birlashib mustaqil davlat tuzishga qaror qilishdi. 1709- yilda Minglar Farg`ona vodiysida hokimiyatni o`z qo`llariga oldilar, yo`lboshchilardan biri Shohruhbiy hukmdor deb e`lon qilindi. Shu tariqa Movaraunnahrda Buxoro va Xiva xonligi qatorida mustaqil Qo`qon xonligi vujudga keldi. Qo`qon xonligida Shohruhbiy, og`illari- Abdurahimxon, Abdukarimxon hukmronlik qilishdi. Keyinchalik ularning avlodlaridan Erdona , Norbo`tabek, Olimxon, Amir Umarxon lar boshqarishdi. Qo`qon xonlari xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy darajasini ko`tarish choralarini izlashgan . Ijodkorlarga rahnamolik qilib, rag`batlantirishgan. Adabiyot va san`at rivojiga imkon yaratishgan. Ular vositasida xalqning ma`naviy kamoliga ta`sir o`tkazishgan. Qo`qon adabiy muhitining eng gullagan, taraqqiy topgan davri bu Amir Umarxon davrida boshlangan. Uning o`zi shoir bo`lgani sababli ijod ahliga rahnamolik qilgan va bu davr 1"Oltin beshik davri " deb atalgan. Qo`qon adabiy muhitida Amiriy, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Dilshod kabi bir qator shoirlar ijod qilgan. Qo`qon adabiy muhitida ayollarga e`tibor hurmat boshqacha edi. Amiriy o`zi ustoz bo`lib adabiyot ahliga yordam berish bilan birga bu gulshan gularidan biri, Nodirani o`zining jufti haloli sifatida tanladi.
_____________________
1A.Qayumov.Qo’qon adabiy muhiti. – T,: 1961,41-b (“Ansob us-salotin,18-b varaq”)
“Oltin beshik” Shohruhbiy litin beshikning 10-pushti hisoblangan N.Norqulov, U.Jo`rayev. O’zbekiston tarixi.8-sinf darslik.-
T,:4-2004,165-bet
Mohlaroyim, Nodira, Maknuna taxalluslari bilan ijod qilgan shoira asli Andijon hokimi Rahmonqulibiyning ziyoli oilasida(1792-1842) dunyoga kelgan. Asil ismi Mohlaroyim. O`tkir zehnli qiz zamonaning tartibi bilan otinoyi qo`lida tahsil oladi, xususiy mutolaa bilan shug`ullangan. Sharq mumtoz adabiyotini mukammal o`rgangan. She`rlar yozgan shoira bo`lib yetishgan. Qo`qon xoni Umarxonga 1807-yilda turmushga chiqib Qo`qonga kelgan. Nodira ,Maknuna, Komila taxalluslari bilan she`rlar yozib, mukammal devon tartib bergan.Mohlaroyim Umarxon saltanadidagi mavqei bilan Bibixonimni eslatadi. Nodira Umarxoning erta vafot etganiga qaramasdan davlatni idora qilib boshqardi. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o`tar dunyoga yaxshi nom qoldirdi. Ammo nosoz ijtimoiy muhit Nodiraga vafo qilmadi.1822-yilda Umarxon vafotidan so`ng Nodira yolg`iz qoladi. Erining o`rniga taxtga uning yosh o`g`li Madalixon qo`yiladi amalda Madalixon bo`lsada aslida davlatni Nodira boshqargan. Davrning azalning hukmi bilan Nodira Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh buyrug`i bilan qatl etiladi uning farzand , nevaralariga ham shavqat qilinmaydi . Nodira o`z sha`ni g`ururi , odobi, qatiiyati bilan , nomi bilan tarixda o`chmas iz qoldirdi. Bizgacha Maknunaning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan . zulisonayn shoir birgina ikki til bilan she`r yozibgina qolmay balki, madaniyatni yaxshi o`zlashtirgan inson edi.
U faxriyasida o`zini:
B`olubdur Nodira mumtozi ma`ni ,
Kalomi ravshanu ash`ori farrux
Deydi ham Nodira ma`ni mumtozi, so`zi ravshan, she`ri nurafshon edi. Nodira o`ziga Navoiy, Fuzuliy, Bedilni ustoz bilib ularning yo`lidan boradi ularga naziralar bog`laydi. Nodira o`ziga ham yor, ham podshoh, ham shoir bo`lgan Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan Umarxoni ham ustoz bilgan. Buni u o`zi quydagicha tavsiflaydi: 1"Men ham alar mutobaatida nazm uslubidinbahra topib"As-suhbatu muassiratun" natijasi birla kam-kam she`r qonunidin xabardor bo`lur , goho biror misra va goho bayt taqlid birla aytur erdim"
Nodiraning g’azallarida faxriyalar ham mavjudki , bunda shoira g’azalning yoki qasidaning maqtaida o’zining ijod sohasidagi mahorati bilan haqli ravishda g’ururlanadi. Hofiz , Sakkokiy, Jomiy, Navoiy, Boburda ham va boshqa qator shoirlarda asarlarida ham bu uchraydi . Buni ular nuqson deb emas aksincha shoirning qonuniy haqi deb bilganlar.
Misol uchun :
Tong emasdur bo’lsa bu muddatda ustodi suxan
Nodira ash`origa tahsin etar, Salmon ko’rub .
__________________________
1Nodira. Devon. T.: 1963
Nodira .Devon Marifat shami .Mahbuba Qodirova
She`rning maqtasida “Salmon” so’zi XIV asrda yashagan mashhur shoir Salmon Sojiyga ishora va bir tomondan talmihni vujudga keltirgan. Shoira yuragi turli azob malomatlarda qoladi va shunday deydi:”ey zamondosh, menga muhabbat , navosi man etma” . Axir , Haq ishqini kuylashim uchun bu dunyo ishqi faqat ramzi timsolidir, xolos
Yoki Shoira ilohiy ishq insonni kamolotga yetaklashini zohidlik esa bu baridan kechish ishqdan bexabarlikn nodonlik zohidlar ham shulardandir deydi.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsen, muhabbat ixtiyor et.....
Nodira ijodi haqida so`z yuritsak avvalambor uning yozgan she`r-u g`azallariga ta`rif berish bilan boshlaymiz. Nodira zulisonayn shoira bo`lib , o`zbekcha she`rlariga Komila, forsiydagi she`rlarga esa Maknuna taxalluslarini qo`ygan. U g`azal, ruboiy, muxammas, musaddas, musamman, tarjeband, tarkiband , chiston, ruboiy, fard, tarkiband , Firoqnoma janrlarida qalam tebratgan .
Nodira o`z she`rlarini quyuq falsafiy fikrlar bilan boyitishga harakat qilgan jinsdosh so`zlar tajnis san`ati tazod yoki uman uning she`riyati boshqalardan ajralib turadi buni uning o`ldirilganda aytilgan g`azal bayt aslida O`tkir Rashid fikrida Nodiraniki aslid esa Sadiy Sheroziyning "Bo`ston" asaridan olingan
Ey Zabardasti zeridast ozor !
Senga ham kelur bu qiziq bozor-
Nodira yorni beqiyos darajada qadrlar va unga atab she`rlar yozardi. Tarixchi va yozuvchilar ham buni uning Umarxoni jondan sevgani va unga vafoli yor bo`lgani har doim yo`ldosh sirdosh bo`lganini ta`kidlashadi. Buni shoiraning “Ro’za “she’rida ko’rish mumkin
Jon ko`rmadi ro`zadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat ?
Yor aylasa yori birla iftor
Yo`q ro`zada mundin o`zga davlat...
_______________________
.O’zbek adabiyot tarixi.XVI-XIX asr I yarmi. N.Jumanxo’ja ,I.Adizova Toshkent -2019
ha bu she`r da ma`no ham mazmun ham yor vasli ro`za ochish uchun suv go`yo suv esa ro`za tutganda tashnalik qondirishdir, Nodira ham yorini visolini anashu tashnalikka suv suv esa davlat deydi naqadar go`zal ma`no . Mohlaroyim Nodira islom diniga samimiy e`tiqod qo`ygan, tasavvuf maslasigako`ngil qo`ygan ayol edi. Nodira islomga oid kitoblar yozmagan ammo, devonda islom dini arkonlari, payg`ambarlar , sahobalar, shariat va hadis to`g`risida talay she`rlar yozdi. She`rlarida ham majoz ham haqiqiy ishq ifori sezilib turardi. Garchan zamondoshlari buni tanqid ostiga olsalarda u bundan qo`rqmadi va erkin ijod qilib ijod ahliga homiylik qildi .Shoira Uvaysiy qo`lida ta`lim olgan. Nodira hayoti Zulfiya hayotini eslatadi. Nodira Dilshod Barno tarifi bilan aytganda "...ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari g`azalxoni, shakar sochuvchi bulbul" edi. Nodira she`riy merosi bir necha devonlarining qo`lyozmalari orqali yetib kelgan . Nodira hayoti ijodini o`rganish o`z davridayoq boshlangan. Hakimxon To`raning "Muntaxabut-tavotrix", Avazmuhammad Attorning "Tuhvatut-tavorix", Ishoqxon To`raning "Tarixi Farg`ona", Mushrifning "Ansobus -salotin va tavorixi xavoqin" kabi tarixiy asarlarda , Uvaysiyning "Voqeoti Muhammadalixon", Nodir-Uzlatning "Haft gulshan" nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borsida qimmatli ma`lumotlar bayon etilgan.
Nodiraning adabiy merosi o`z g`oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she`riyatning go`zal namunalaridandir. Nodiraning shaxsiy hayotida juda ko`p zarbalar bo`ldi va u bu zarbalardan eng yomoni Umarxon vafotidan keyin g`amga dardga azoga doir she`rlar yozdi. Nodira haqida juda ko`p asarlar kinofilmlar yaratildi. Ular ichida1 “bir asar borki garchan u yakun topmagan bo`lsada uning go`zal hayotidan so`zlaydi go`yo yozuvchi unga oshiqu va uning mahbubasi singari yozuvchi hayoti ham xuddi Nodira qismatidek kechdi . Adib asarni yakuniga yetkazmay vafot etdi uning turmush o`rtog`i esa Nodiradek bo`lib qoldi garchan adib asarni yakunlashni o`z yoriga aytgan bo`lsada u buni qilmadi qila olmasligini aytib unga atab Dilnoma yozdi”.
Nodira ijodi ikkiyoqlama qarashga asoslangan ham Allohga ham, yorga. Darvoqe asar to`xtagan joyida
Nigorimdin ayirding, ey ajal, faryod dastingdan,
Ajab ermas gar etsam dam-badam yuz dod dastingdan.
Ki bo`ldi sabr-u toqat xirmoni barbod dastingdan.
Ulusni xonumoni bo`lmadi obod dastingdan.
Bu dardlar g`amlar Nodirani qanchalik ezmasin u irodasi bilan kuchi sabri bilan farzandlari, davlati uchun o`zini fido qildi.
Uning Umarxondan vafotidan keyin qolgan o’g’li Madalixon ham onasi va otasi izidan boradi ammo ko’p umr kechirmagani sababli bo’lsa kerak devon yoki she`r tartib qilmagan
Nodirabegim ijodida Navoiyga xoslik Navoiy ifori kelib turadi.
Nodira Amir Umarxon bilan ijodiy hamkor ham bo’lgan.
____________
Nodira.Devon
Nodira buni xuddi shunday eslaydi1”..goho ul hazrat ba`zi tza mazmunlardan bir misra bilan savol tariqasida so’rar edilar, filfavr oxiri misra bilan javob aytar erdim va tabiatlarini xush qilur erdim. Biri buldirkim , bir kuni savol qildilarkim , misra
- Nega arbobi xirad ahli junundan ori bor ?
Javob aytar erdim,misra:
-kim bulururyon, alarming jubbau dastori bor,”
Nodiraning “Komila “taxalusi bilan yozgan devoniga 19( 328 misra )g`azali borligi aniqlangan . 1962-yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topilgan. “Nodira” taxallusi non yozgan devonida 180 she`r, 136 taksi o`zbekcha, 44 tasi tojikcha, jumladan 11 Muhammas , 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarjiband`, 1tarkiband va 1 firoqnoma joy olgan . Nodira o’z ijodida dunyoviylik bilan birga tasavvufning Naqshbandiya yo’nalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yo’lidagi ruhiy dunyosini ham juda hal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira she’rlarida islom ruhi , tasavvuf ta’limi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umid baxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urug’ini qidiradi. Nodira saroyda yashasa ham , o’zini ma’naviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edim. Buni quydagicha tariflaydi :
“Meni saltanat masnadida ko’rib, gumon
Etmang ayshu farog’at bilan”
Nodira mumtoz she’riyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning o’zbekcha, forsiycha va tojikcha gazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira g’azallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot an’analarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil g’azallariga muhammaslar bog’lagan. Nodira o’z g’azallarida ko’proq "mukar-rar" (so’zning takrorlanib kelishi) va "qo’sh mukarrar" usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tash-beh, istiora, tazod, tadrij, tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo’llangan. Nodira fors-tojik tilida ham go’zal, ta’sirchan she’rlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan o’zbek tilidagi g’azallaridek yuksak darajada yozilgan bo’lib, shoira ijodini yana ham keng va to’laroq o’rganishda muhim rol o’ynaydi.
Nodira ijodining asosiy mavzusi bu Nodira she’riyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U go’zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu fig’onlarini kuyladi. Shoira o’zini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. Nodira o’z ijodini adolatli himoya qiladigan, ko’tarinki pokiza muhabbatni ulug’laydigan, do’stlik, vafo va sadoqatni tarannum etadigan odamiylik ideallariga, haqiqatga bag’ishladi: u inson sevish va sevilish huquqidan mahrum etilgan zamonda ,,muhabbat shevasini oshkora kuyladi, marvariddek she’rlari terilgan devonini
____________________________
Amiriy.Devon T.:1972
,,Muhabbat oyinasi” deb atadi va u o’yinda davr talab qilgan ijtimoiy masalalarni pardali iboralarda aks ettiradi. Ezgu niyatlar, hal romantik orzularga cho’mgan shoira jaholatdan, ro’yodan, adovatdan xoli bo’lgan yaxshi kunning xayoli bilan yashadi . U qachonlardir bu zindon balosidek qora tunlar quyosh nuri bilan yoritilishi, “umid tongi” otajagini ishonch bilan kuyladi.
Tarix takrorlanadi, degan gap bor. O’xshash yerini qarangki, Nodira va Zulfiyaning turtilushi ham qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshligida, Zulfiya esa 29 yoshida umr yo’ldoshidan ajradi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo’nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o’zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli bo’lib tarixda qoldi.
Shoiraning barchaga ma’lum Firoqnoma asari haqida so’zlasak. Ayni damda Firoqnoma nima? va u qanday janrda yozilgan, yoki qaysi vaznda?
Shoira tarjimayi holidan yaxshi bilamizki, u hayotining so’nggi yigirma yilini umr yo’ldoshidan ayrilganidan keyingi hijron azobida o’tkazdi. Bu uning she’rlariga ta’sir qilmay qolmadi. Hatto, firoqnoma asarlar bitish, boshqacha aytganda, she’rlarida hijronni kuylash shoira ijodining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Nodira firoqnomalarini, shartli ravishda, ikki qismga bo’lish mumkin:
1. Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar.
2. Maxsus «Firoqnoma» muashshari.
Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida, xususan, g’azallarida kuchli sezilib turadi. Albatta, ayriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi. Chunki, tasavvufiy talqinga ko’ra, inson bu hayotda Allohga intilib, umr bo’yi uni bunyod etgan oliy zotga talpinib yashaydi. Lekin Nodira firoqnomalarida bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan tasavvufiy hijron uyg’unlashib ketgan. «Firoqnoma» shoiraning hijron mavzuida bitilgan maxsus asari hisoblanadi. U muashshar janrida, ya’ni har bandi o’n misradan iborat bo’lgan shaklda bitilgan.
O’n banddan, ya’ni jami yuz misradan iborat bu asarning har bandi:
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun
misralari bilan tugallanadi.
Bu ikki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan. Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo’rtib turibdi.
____________
21Orzibekov.R. O’zbek adabiyoit tarixi T,:”Fan”,2006
Muashshaming har bandi o’n misradan iborat bo’lgani uchun she’rni bandma-band ko’rib, tahlil qilib o’tgan ma’qul. Amalda o’n misrali band besh baytli bir kichik g’azal hajmini tashkil etadi. Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko’rsatib, muashshaming har bandi badiiy qurilmasini mukammallashtirish, ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan. Banddagi o’n misraning oldingi sakkiz satri o’ziga xos qofiya (ba’zilari, hatto, qofiya va radif) tizimiga bo’ysundirilgan. Birinchi bandda «aylar falak”, ikkinchi bandda «aylar meni», beshinchi bandda «qilmadi», yettinchi bandda «bo’lmadi», sakkizinchi bandda «ayladi» so’zlari radifga olingan. Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi. Birinchi bandda lirik qahramon aybni falakka qo’yadi. Sakkiz misraning ham «aylar falak” radifi bilan tugashi shundan. Falak mumtoz she’riyatimizdagi an’anaviy timsollardan biri. O’zi, asli, falak osmonni, koinotni anglatadi. Inson taqdirini falak jismlarining harakatlari belgilaydi, degan qarash bo’lgan. Munajjimlik ilmi shu asosda kelib chiqqan. Shuning uchun astronomiya bilan astrologiya fanlarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak. Astronomiya — osmon jismlari qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Astrologiya esa osmon jismlari harakatlaridan kelib chiqib, kishilar taqdirini belgilash, fol ochish, bashorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi paytda ommalashib ketgan yulduzlar bashorati (goroskoplar) — amalda ana shu astrologiya mahsullari. Shoirlar taqdirini falakka bog’lab tushuntirishga moyil bo’ladi. Falakni dunyo deb ham, tarix — zamon deb ham, taqdir deb ham tushunish mumkin. Kengroq ma’noda falak timsoli zamirida Alloh ko’zda tutiladi. Chunki, axir, taqdir bevosita Yaratganning o’zidan-ku. Tilimizda, mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham «falakning gardishi», «charxi falak”, «charxi dun» degan va boshqa shu kabi so’z birikmalariga ko’p duch kelamiz. Eski tasavvurda doimiy ravishda davom etib turadigan tarix muntazam aylanishda bo’lgan gardish yoki charxga qiyoslangan. Shoira lirik qahramoni oh chekib, falakning unga behad jabr-u jafo ko’rsatib, ayriliqda qismatini dard-u balo aylashi, boshiga ko’p mojaro solishidan, bu kulfat uning yuzini kahraboga aylantirgani, ya’ni sarg’aytirgani, shu tariqa g’am-hasratga mubtalo etganidan noliydi, bu ayriliq gul bilan bulbulni «bebarg-u navo» qilganini aytib, fig’on chekadi.
Shuning uchun ham band xulosasi bo’lib kelgan ikki bayt mantiqan juda asosli. Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor. Endi muallif, hatto, «charxi dun»ni ham ishlatadi. Lirik qahramon ana shu falak yoxud charxi dunning jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham. Biroq buning iloji yo’q: ishq dardi uni beqaror aylaydi. Aqlimni yig’ib olay («kasbi hush etsam») desa, junun (so’zma-so’z — jinnilik, aqlni yo’qotib qo’yish) uni beixtiyor qiladi. Hajr o’ti («dog’i») uni firoq qo’lida («ilkida») zor etadi, oxiri, majnunshior, ya’ni jinnisifat qilib qo’yadi. Bu va keyingi barcha bandlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan bayt aynan takrorlanib kelaveradi. shu taxlit banddan bandga hijron dardi ifodasi yanada kuchayib boradi. Uchinchi bandda lirik qahramon yori bilan birga o’tkazgan
davrlarini eslaydi, u kezlari hijron dardini xayoliga ham keltirmaganini aytadi. U paytdagi hijronlar nuqson emas, qaytanga, kamolot belgisi yanglig’ tushunilgan:
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol.
Misrada «nuqson» va «kamol» tushunchalari bir-biriga tazod qilingan. To’rtinchi bandning o’ziga xosligi shundaki, lirik qahramon boshiga tushgan ayriliq kulfatini endi bevosita o’sha yo’qotib qo’ygan yorining o’zi bilan hasratlashishga o’tadi, band «qaydasen, yorim», deya unga murojaat qilish bilan boshlanadi. Lekin lirik qahramon «aybdor»ni unutgani yo’q, uni endi «charxning qari kampiri» («pirazoli charx») deb yozg’iradi, uni oshiqni o’ldirguvchi, jabr-u zulmidan yurakda yara paydo qilguvchi sifatida qoralaydi:
Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur,
Javr-u zulmidin yurakda benihoyat yoradur.
Beshinchi band:
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,
misrasi bilan boshlanadi. Buning diqqatga molik tomoni shuki, shoira lirik qahramoni yorini «sultonim» deyayotibdi. Shu yerda bevosita Umarxon ko’zda tutilayotgani sir emas. Keyingi misralarda talmih san’ati asosida Sharq adabiyotida hijron azobini chekkan ma’lum-u mashhur oshiq-ma’shuqlar bir-bir tilga olinadi:
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O’tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi.
Oltinchi bandning ilk misrasidanoq yorga bevosita murojaat davom etadi. Bu undalma ham Umarxonga qaratilgani ma’lum. Bandning badiiy jihatdan ikki go’zal misrasi mavjud.:
Birinchisi:
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam.
Ikkinchisi:
Dard — yor-u g’ussa — hamdam, g’am — farovon, aysh — kam.
Bunday quyma satrlar yurakning tub-tubidan chiqadi, iztirobning kuchi bilan qog’ ozga tushadi. Yettinchi bandning hasbi hol, ya’ni bevosita muallif tarjimayi holi bilan bog’liq jihati yanada kuchliroq. Shoira «rahbar», «baxt», «davlat», «iqbol» so’zlarini shunday ustalik bilan ishlatadiki, bir qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi, deyilgan, zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdi-yu, bu visol o’rnini bosmaydi-ku, degan o’kinch ifodalangan:
Toleim rahbarlig’ aylab, baxt yovar bo’lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo’lmadi.
Nodiraning eri vafotidan keyin taxtga o’tirgan yosh o’g’li yonida turib davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etganini yaxshi bilamiz. Lekin bu unga tatimaydi. Bu yerda shunga nozik ishorani sezish qiyin emas.
Sakkizinchi bandda yordan shikoyat kuchayib, u va’da berib, so’zida turmaganlikda qoralanadi. Avval va’da berib, so’ng unga vafo qilmaganiga sabab nima ekan — yo ahd — u paymonidan pushaymon qildimi:
So’ngra qilg’on va’dalarni barcha yolg’on ayladi,
YO magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.
Bu bandda ham yorni «shohim» deyish orqali shoira o’z hayotiy dardini kuylayotganini bildirib o’tgan:
Men qolib g’urbatda, shohim azmi javlon ayladi.
To’qqizinchi band hasbi hol ifodasi jihatidan ajralib turadi. Unda yettinchi banddagi yori vafot etib, davlatga ega bo’lishdan ma’shuqning vasli afzalligi g’oyasi kuchaytiriladi. Biroq bu yerda muallifning so’z nazokatiga qoyil qoladigan nuqtalar bor. Shoira misralarni marjondek tizar ekan, jumlalarni shunday tuzadiki, yuzaki qaraganda bir gap, zimdan e’tibor qilsangiz, boshqa gap chiqaveradi. Maqsad esa ana o’sha ishoralarda yashirin.
Bandning ikkinchi misrasida:
Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman, —
deyilgan. Demak, oshiq ma’shuq lablari mayi yodi bilangina mast¬ — shuni ham bir katta davlat, ya’ni baxt bilib yuribdi. El-ulus esa uni shu davlat bilan masrur, ya’ni xursand deb hisoblaydi. Holbuki, yorsiz kechayotgan saltanat saltanatmi:
El gumon aylarki, bu davlat bilan masrurman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man.
Muashsharning oxirgi — o’ninchi bandi, an’anaviy tarzda, mug’anniyga, ya’ni qo’shiqchi-sozandaga murojaat bilan boshlanadi.
Xuddi g’azalning aksariyat hollarda oxirgi bayti ¬maqta’sida (ba’zan maqta’dan oldingi baytda) shoir o’z taxallusini qistirib o’tgani kabi, muallif Komila taxallusini ham tilga oladi. Shundan ma’lum bo’ladiki, bu asarini shoira Nodira yoki Maknuna emas, aynan Komila taxallusi bilan bitgan.
Bandning yana bir jihati shuki, unda yana charx timsoli eslanadi. Bu bandlar bandlarga ma’no-mantiq tarafidan uzviy bog’lanib turganidan dalolat beradi.
Banddagi uchinchi jihat — bu oh-nola chekish motivi kuchayganligida ko’rinadi. Aytiladiki, lirik qahramon kutilmaganda bir oh cheksa, charxning bori imorati kuyib, kul bo’ladi. Oh-nola chekish esa tasavvufiy adabiyotda ishqning komil bo’lganiga ishora hisoblanadi. Shuni bilganimiz uchun shoira asarda bekorga aynan Komila taxallusini tanlamagani ayonlashadi. Bu bilan lirik qahramon, ishqim komil bo’la boshladi, demoqchi. Bu fikrlarga ishonch hosil qilish uchun bandni yana bir qayta o’qish zarur:
Ey mug’anniy, nag’masoz et Komila guftoridin,
¬Kim kelur bo’yi vafo ushshoq aro ash’oridin,
Rishtayi jonimg’a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig’ yoridin,
Toshni suv qildi ta’siri fig’on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo’lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Ko’rib o’tilganidek, she’rda banddan bandga o’tilgani sayin oshiqaning ma’shuq sog’inchida chekayotgan dard-alamlari izhori kuchaygandan-kuchayib boraveradi. Eng muhimi, asarda hasbi hol
xususiyati bo’rtib turibdi. Ya’ni satrlar mag’zida aynan Nodiraning o’zini, uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob iztiroblarini his etamiz. Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat, vafo g’oyasini kuchli targ’ib qilishidan kelib chiqadi. Bu asar bilan Abdulla Oripovning «Ayol» she’ri o’rtasidagi bog’liqlikni ham sezgan bo’lsangiz kerak. Ikkala asarda ham Sharq ayollariga xos umr yo’ldoshiga sadoqat ruhi ustun.
She’r haqida gapirdigu muashshar haqida gapirmadim , endi ho’sh muashshar nima ekan?
O’zbek mumtoz adabiyotida musammat she’r shakllarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Musammat arabcha so’z bo’lib, «ipga terilgan marvarid» ma’nosini bildiradi, she’r bandlarining turlarini va tartibini anglatadi. Musammatlar she’r bandlaridagi misralarning soniga qarab bir necha turli bo’ladi. Shulardan biri muashshardir. Muashshar o’n banddan iborat bo’lib, uning har bir bandi o’n misradan tashkil topgan bo’ladi. Muashsharning birinchi bandi, ya’ni o’n misra o’zaro qofiyalanadi. Qolgan bandlarning so’nggi ikki misrasida birinchi banddagi qofiya tizimi saqlanib qoladi (a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-bb-b-b-b-b-a-a).
O’zbek she’riyatida Nodiraning «Firoqnoma»si muashshar janrining yuksak namunasi hisoblanadi.
Muashshar (arab. — o’nlik) — har bir bandi o’n misrali, bir necha o’nlik bandlardan tashkil topuvchi sheʼr shakli. Musammatlarnknt boshqa turlarida bo’lgani kabi M.larning ham birinchi oʻnlik bandi misralarida o’zaro ohangdosh so’zlar qofiyalashadi (a—a—a—a—a—a—a—a—a—a), qolgan bandlarining 8 yo 9 misrasi o’zaro qofiyalashib, oxirgi 9- yoki 10misra 1banddagi misralar bilan qofiyalashadi. Fuzuliyning kator shunday she’rlarida, Nodiraning "Firoqnoma" deb yuritiluvchi M.ida har bir o’nlikda oxirgi bir bayti nakarotdek aynan takrorlanib turadi. Bunday M.larning qofiyalanish tartibi: a—a—a—a—a—a—a— a—b—b, v—v—v—v—v—v—v—v—b—b... tarzidadir. Ular tarje’ baytli M.lar deyiladi. M.lar musammatlar tarkibida eng ko’p o’xshash qofiyalar topib ishlatishni, ularni poetik mazmunni ochishga xizmat qildira olishni talab qiluvchi murakkab usullardan biridir. Shuning uchun M. namunalari mumtoz adabiyotimizda ko’p emas. O’zbek adabiyotidagi ayrim namunalari Shavqiy Kattaqo’rg’oniy, Nodira, Tabibiy Ahmad, barmok, vaznidagi namunalari esa G’afur G’ulom ("Emukdoshlar musobaqasi"), Abdulla Oripov ("Tabiat") kabi shoirlar ijodida uchraydi.
Keling endi asarning badiiyatiga to’xtalsak badiiyat nima ?
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo’llanib , ular badiiy asarni tushunish jarayonida bir-biriga bog’liq jarayondir.
Badiiy asarni o’qish va talqin qilish uchun uni tadqiqotchi bo’lib o’qish va tahlil talqin qilish, qismlarga ajratish, analiz qilish. Badiiylik va uni obrazlar vositasida tushuntirish , ma’lum asar yuzasidan fikr va xulosalar chiqarish bu yaxlit badiiy asarni baddiyati deyiladi. Deylik , o’quvchi baddiy asarni tushundi, mohiyatan asarni talqin qildi, qismlarni ,ularning mazmuniy aloqalarini tassavur qiladi.
Konkret badiiy asar turli o’quvchilar tomonidan tushunilishi mumkin. Biroq, shu aniqki, o’quvchilar ongida minglab talqinlar nechog’li turfa bo’lmasin, mushtarak nuqtalar bor. Konkret asar talqinlari nechog’li turfa bo’lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi umumiy nuqta (yadro) barcha talqinlar shu nuqta atrofida hosil bo’ladi yoki jamlanadi. Bu yadro esa- badiiy asarni o’zi, badiiyat hodisasini o’zida moddiylashtirgan badiiy matndir.
Demak o’quvchi baddiy matni tushunmasa uni tahlil qilolmaydi. Tahlil qilish uchun esa o’zbek adabiyoti va uning atama grammatik me’yorlarini mukammal bilishi kerak.
Badiiyat yana bir talqini bu asarda asarda badiiy so’z qo’llash, she’riy san’atlar, obrazlar, uslublar bular barchasi asar tahlili va talqinida badiiyatdir.
Firoqnomada shoira har bir so’zni o’z o’rnida qo’llagan
Asarda obrazlar asosiy bosh qahramon Sulton yani Amir Umarxon
Yordin ayru ko’nguldur tiyra-u oshufta hol,
Oftobim necha kun bo’ldiki, ko’rguzmas jamol,
Furqat ichra badri tobon za’fidin bo’ldi hilol,
G’am yuki oxir alifdek qomatimni qildi dol,
Ey xush, ul soatki erdim mahrarni bazmi visol,
Dardi hijron ibtilosin aylamas erdim xayol,
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol,
Boqdi ul sarvi ravon, men qolmisham behush-u lol,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilinasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Bu yerda asta e’tibor bersak yoridan ayrilgan shoira o’zining holini xarobligini yori jamolisiz xarob bo’lganini, yuzini oydek dog’lar bo’sib g’amga botganini aytilyapti.
Sendan ayrilgach men alifdek tik qomatim doldek etilib qoldi deb kitobat san’atidan foydalangan. Yoki, tabiy, qofiyaglarga va tazod tashbeh , istiora, talmeh san’atlarining qo’llanishiga e’tibor bersak Nodira aruz ilmida xabardorligi chin shoira Navoiy izdoshiligini tan olamiz.
Birinchi baytda
Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak,
Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,
Bu yerda shoira jabru jafo va dardu baloni o’zaro qofiyadosh suradi olib falakdan qismatdan nolimoqda , bo’lish emas balki o’z taqdiriga norozilik mazmuni raviy esa birinchi misra 10 taligida “o”
Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,
Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog’i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O’ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig’a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g’am Majnunshior aylar meni,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Ikkinchi baytda esa sabr qilsamda ishqini yondirayotgani , sog’inch hissi uni qo’ymayotgani aytilyapti , uni Majnun sifat devona qilgani , yorsiz azobligini aytmoqda. Bu yerda raviy “r” , qofiya esa forsiy qofiya
Nola qildim, yorning vasli muyassar bo’lmadi,
Toleim rahbarlig’ aylab, baxt yovar bo’lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo’lmadi,
Ko’zlarim mehri jamolidin munavvar bo’lmadi,
Menga hamdam bir kun ul xurshid manzar bo’lmadi,
Bir nafas diydoridin jon bahraparvar bo’lmadi,
Kimdur ul kim keldi dunyoga mukaddar bo’lmadi,
Hajr dardidin parishonhol-u abtar bo’lmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Menga ul kunkim vafog’a ahd-u paymon ayladi,
No’shdoruyi labi dardimg’a darmon ayladi,
Xulosa
Xulosa shundan iboratki konkret bir asar yozuvchining badiiy mahoratidan kelib chiqib , istedodidan yaraladi. Har bir asarni biz bir inson desak va uning g’aal she’r tuyuqlariyu dard gam oh- nolalarini biz uning tana a’zolari sifatida qabul qilishimiz mumkin .
Nodira chinakakm iste’dod sohibasidir uning birgina g’azallari butun qalblarga singib bo’lgan hatto qo’shiq qilib kuylanmoqda .
Kel, senga , ey shaxi jahon, mamlakati jahon fido ,
Diydalarimga ko’y qadam , har qadaminggga jonim fido
Bu yerda Nodira yori Umarxon ni chorlashi berilgan bir qarashda xuddi shunday ammo ushbu g’azal Allohga uning vasliga atab yozilgan.
Umarxon ta`rifidagi g’azalga e’tibor bersak uning g`azallari sodda tili ravon va tushunarlidir .
Agar gulshang’a kelsa sarvi gulro’yim xirom aylab ,
Yugurgay sarvu gul yuz marhabo birla salom aylab
Agar Umarxon bog’ga tashrif buyursa unga salom bermoq uchun sar daraxti va gullar xirom aylab noz bilan kelishdi deb tushuntirib yorini qizg’anadi.
Yoki Umarxon ovga va ko’ngil xushlik bilan band bo’lgan kezlarda Nodira uni kutib holidannola chekib sabog’a yolvoradi
Ey sabo,rozi dilimni bexabar yorimg’a ayt ,
Dardlig’ ko’nglumning ahvolini dildorimg’a ayt
Nodira g’azaldan tashqari chiston ham yozgan uning “Anor” chistonida shunday go’zal o’xshatish borki beixtiyor insonni o’ziga jalb etadi
Ul na gumbazdur, eshigi-u tuynugidin yo’qdir nishon ,
Necha gulgunpo’sh qizlar manzil aylabdur makon ?
Sindirib gumbazni qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda turarlar bag’ri qon
Ha haqiqiaqtan ham podshoh harami qizlarini eslatadi. Shohlar uchun tortiq qilingan qizlar taqdiri , ular shohning ko’ngil xushligi uchun olib kelinib bir umr shu yerda qoladilar.
Nodira ham malika bo’lgani uchundir ushbu chistonni shu ko’rinishda yozgan
Do'stlaringiz bilan baham: |