Siz lombardga qimmatbaho mol-mulkni taqdim qilasiz (agar kerak bo‘lsa, lombard garovga qo‘yiladigan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki boshqa dalillarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, shuningdek qarz oluvchining faoliyati va daromadlari haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar;
Garovga qo‘yiladigan mol-mulk baholanadi;
Sizni kredit shartnomasining umumiy shartlari bilan tanishtirib chiqishlari kerak. Agar siz ular bilan rozi bo‘lsangiz, kredit shartnomasini imzolaysiz va qo‘lingizga pul mablag‘lari va ikkita hujjatni olasiz: kredit shartnomasining o‘zi va garov kartasi (bilet)
Do'stlaringiz bilan baham: |