O`lchash noaniqligi bo`yicha atamalar va ta`riflar.
O`lchash noaniqligini baholash.
O`lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi.
Noaniqlik manbalarining namoyon bo`lishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O‘lchаshlаr nоаniqligi o’lchаsh nаtijаlаri bilаn bоg’liq bo’lgаn vа o’lchаnаyotgаn kаttаlikkа еtаrli аsоs bilаn qo’shib yozilishi mumkin bo’lgаn qiymаtlаr tаrqоqligini (sоchilishini) tаvsiflоvchi pаrаmеtr.
O‘lchаshlаr nоаniqligi o’lchаsh nаtijаlаri bilаn bоg’liq bo’lgаn vа o’lchаnаyotgаn kаttаlikkа еtаrli аsоs bilаn qo’shib yozilishi mumkin bo’lgаn qiymаtlаr tаrqоqligini (sоchilishini) tаvsiflоvchi pаrаmеtr.
Asbobiy xatolik - o`lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik. Sub`ektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Standart og`ish sifatida ifoda etilgan o`lchash natijasining noaniqligi. A xil bo`yicha (noaniqlikni) baholash: Qator kuzatuvlarni statistik tahlil qilish yo`li bilan noaniqlikni baholash metodi. V xil bo`yicha (noaniqlikni) baholash: Qator kuzatuvlarni statistik taxlil qilishdan farq qiluvchi usullar bilan noaniqlikni baholash metodi.
To`liq noaniqlik: Chegarasida o`lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo`shib yozilishi mumkin bo`lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan o`lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik.
Siljish qo`llanilayotgan metodga bog`liq bo`lgan siljish odatda solishtirishning munosib namunalarini yoki ma`lum qo`shimchali namunalarni o`lchash yordamida belgilanadi. Muvofiq tayanch qiymatlarga tegishli umumiy siljishni aniklash qabul qilingan etalonlarga kuzatib borishni belgilashda muhimdir.
Topish chegarasi metodning yaroqliligini baholash jarayonida topish chegarasi odatda ishchi diapazonning quyi chegarasini belgilash uchungina aniqlanadi.
Barqarorlik Ko`p hujjatlar tahlil metodlarining yaroqliligini baholash va ishlab chiqish bo`yicha aniq parametrlarni o`zgartirishga natijalar sezuvchanligini bevosita tadqiqot qilishni talab etadi.
Selektivlik/spesifiklik qandaydir o`lchash metodi aniq o`lchash parametrlariga bir ma`noda javob beradigan daraja. Selektivlik tadqiqotlarida odatda mumkin bo`lgan halal beruvchi komponentlar ta`sirini bu moddalarni bo`sh namunalarga ham, ishchi namunalarga ham qo`shgan holda va javobni kuzatgan holda o`rganiladi.
O`lchash uskunasini kalibrlash. Barcha hollarda foydalanilayotgan o`lchash uskunasini kalibrlash muvofik etalonga kuzatib borilishi lozim. Metodning o`lchash bosqichi ko`pincha mikdoriy tavsifnomasi SI ga kuzatib boriladigan taqqoslash namunasi yordamida darajalanadi.
Umuman olganda noaniqliklarni baholash oddiy bo`lib hisoblanadi. Qandaydir o`lchash natijasiga xos bo`lgan noaniqlikni baholash uchun quyidagi amallarni bajarish zarur.
1-bosqich. O`lchanayotgan kattalikni tasvirlash.
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash.
3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarning miqdoriy tasvirlanishi.
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash.
O`lchanayotgan kattalikning tasvirlanishi va Noaniqlik manbalarining namoyon bo`lishi.
Noaniqlikni baholash kontekstida “o`lchash kattaligini tasvirlash” aynan o`lchanayotgan nafaqat bir ma`noli narsaning ifoda qilinishini, balki o`lchash kattaligini u bog`liq bo`lgan parametrlar bilan bog`lovchi mikdoriy ifodalanishini taqdim etishni ham talab etadi.
Noaniqlik manbalarining namoyon bo`lishi Eng avvalo, noaniqlikning mumkin bo`lgan manbalari ro`yxatini tuzish zarur. Bu bosqichda mikdoriy aspektlarni hisobga olishga zarurat yo`q faqatgina aynan ko`rib chiqilishi kerak bo`lgan narsaga nisbatan to`liq aniqlikni ta`minlash maqsad bo`lib hisoblanadi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zRST 1.0-92. O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar.
ISO 9000-1-94. Umumiy sifat menejmenti va sifat kafolati standartlari.
Ismatullayev P.R., Abdullayev P.R., Qodirova Sh.A., Azamov A.A., Miraliyeva A.Q., standartlshtirish va sertifikatlash – tirish. Maruzalar matini. TDTU 2000.