15-rasm
16-rasm
SPEKTRAL CHIZIQLARNING EKVIVALENT
KENGLIGINI O‘LCHASH
Spektral chiziqlarning ekvivalent kengligi (W) chiziq profili bilan tutash spektr sathini hosil qilgan figuraning yuzasiga teng va u chiziqda yutib qolingan energiya miqdorini belgilaydi. Unga asoslanib yulduz atmosferasining kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Spektral chiziq profili shakli, kengligi va chuqurligi (3 ishdagi 3-rasmga q.) yulduz atmosferasidagi fizik sharoitga bog‘liq. Shuning uchun chiziq profili va kengligini o‘lchash muhim ahamiyatga ega.
Chiziqning W ni o‘lchash yulduzning spektral sinfi aniqlangan sahifa VI da bajariladi. Bu ish spektral sinf aniqlangandan keyin bajarilishi yoki agar VI sahifadan aniqlangan bo‘lsa shu sahifani ekranga chiqarib bajariladi. Sahifa o‘rtasidagi spektr W si o‘lchanishi kerak bo‘lgan chiziq ustiga kursorni qo‘yib ikki marta bosing, vertikal qizil chiziq chiqadi, sahifaning o‘ng tomonida joylashtirilgan «Zoom» pastidagi «In» tugmani bosing, spektr x o‘q bo‘ylab ikki marta uzunlashadi. Endi kursor uchini chiziqning eng chuqur nuqtasiga qo‘yib sichqonchaning o‘ng tomonini tez-tez ikki marta bosing, binafsha rangdagi T shakl ko‘rinadi, u chiziqning eng chuqur nuqtasiga qo‘yilishi kerak (bu ishni takroran bajarish mumkin). Bu amalni ketma-ket chiziqning chap va o‘ng qanotidagi eng yuqori nuqtalar uchun bajaramiz. Natijada chiziqni o‘z ichiga olgan binafsha П singari shakl hosil bo‘ladi (17-rasm, chapda). Endi sahifaning yuqori qismidagi «Line Equivalent Width» yozuvni bossangiz chiziqning ekvivalent kengligi (W) avtomatik ravishda o‘lchanadi va sahifa o‘rtasida «Equivalent Width of Spectral Line» nomli sahifacha ochiladi, unda yulduzning nomeri pastida barcha o‘lchash natijalari: chiziq markaziga va uning chap (Left) va o‘ng (Right) qanoti chetiga moskeladigan to‘lqin uzunlik (Wave Length) va intensivliklar (Intensity) hamda uning ekvivalent kengligi (Equivalent Width (Angstroms)) angstremlarda yozib qo‘yilgan (17-rasm, o‘ngda). Bu natijalarni ko‘chirib oling, ular hisobotga qo‘shib topshiriladi.
17-rasm
Endi «Ok» ni bossangiz sahifacha o‘chadi va boshqa chiziqni o‘lchashga o‘tish mumkin. O‘lchashlar tugagach «File»«Return»«Exit Classification Window» yoki «Close Classification Window» tugmalari orqali sinflashtirish sahifasidan chiqish yoki bu sahifani bekitish mumkin. Ikkala holda ham yulduz spektrini olishga qaytasiz.
SPEKTRI LABORATORIYA ISHIDA BERILGAN YULDUZLAR SINFINI ANIQLASH
Bu laboratoriya ishida spektral sinfini aniqlash uchun 25 ta yulduzning oldindan yozib olingan spektri qo‘shib berilgan. Ishning bu qismini ikkinchi sahifadan boshlash kerak. Buning uchun ursorni «File»«Run»«Classify Spectra» yo‘l bilan yurgizib, sichqonchaning chap tomonini ikki marta bosing. Oltinchi (VI) sahifa ochiladi. Bu sahifaning yuqori chap burchagidan kursorni «File»«Unknown Spectrum»«Program List» yo‘l bilan yurgizib bosamiz (18-rasm, chapda).
Sahifa o‘rtasida «Select Spectra to Classify» yozuvli sahifacha ochiladi, unda yulduzlar ro‘yxati keltirilgan. Birin ketin yulduz tanlab uning spektral sinfi aniqlanishi kerak. Yulduz tanlangandan keyin «Ok» ni bosing, uning spektri sahifa o‘rtasida ochiladi. Endi kursorni «File»«Atlas of Standart Spectra» ga qo‘yib bosing, «Select Standart Spectra» deb nomlangan sahifacha ochiladi. Unda «Main Sequence», «Luminosity nearO8» va hakozo yozuvlar bor.
18-rasm
Sinflashtirishni bosh ketma-ketlik yulduzlari bilan taqqoslashdan boshlagan ma’qul, chunki ko‘pchilik yulduzlar bosh ketma-ketlikka kiradi. Sahifachadan «Main Sequence» ni belilab «Ok» ni bosing. Noma’lum spektr yuqorisi va pastida bosh ketma-ketlik yulduzlari spektri ko‘rinadi. Endi «Standart» yozuv pastidagi «Up» yoki «Down» tugmalarni bossangiz bosh ketma-ketlik yulduzlari surilib ko‘rina boshlaydi. Spektrlarni yuqori va pastga surib, noma’lum yulduzga mos keladigan spektr topiladi va uning yuqori chap burchagiga yozib qo‘yilgan sinf belgisi daftarga yozib olinadi, u ish bo‘yicha hisobotga kiritiladi va qayd qilinadi. Buning uchun sahifaning yuqorisida «File» yonidagi «Classification Results»«Record» tugma bosiladi, yangi sahifacha ochiladi, unda yulduzning nomeri va yorug‘ligi, ulardan pastda esa «Assigned» yozuv va uning ketida bo‘sh katak bor. Ana shu katakka noma’lum yulduzning yuqorida topilgan spektral sinfi yoziladi. Endi sinfni aniqlash uchun boshqa yulduz spektrini sahifaga chaqirasiz. Oxirida spektral sinfi aniqlangan yulduzning katalogdagi belgisi (HD 124320) ni ham ko‘rish mumkin bo‘ladi (18-rasm, o‘ngda).
Ishni tugatgach kursorni «File»«Return»«Exit Classification Window» yo‘l bilan yurgizib bosing. Ishning II sahifasiga qaytasiz. Agar kursorni «File»«Exit» yo ‘nalishda yurgizsangiz «CLEA_SPE» ga chiqasiz.
V A Z I F A
1. Har bir talabaga 50 tadan yulduz tanlab beriladi. Berilgan yulduzlarning spektral sinfi va yorqinligini aniqlang, hamda ularga tegishli boshqa kerakli malumotlarni yozib oling.
2. Birinchi banddagi yulduzlar uchun “spektr-yorqinlik diagrammasi” ni tuzing.
3. Olingan spektrlarning ekvivalent kengligini, chiziq profili va intensifligini toping. Yulduzlarning kimyoviy tarkibi to‘g‘risida xulosalar chiqaring.
Kompyuterda bajarilgan 9-laboratoriya ishi yuzasidan hisobot
1. Yulduzlarning spektral sinfi va yorqinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |