Visual ma’ruza (VM) – bu ko‘rgazmali ma’ruzadir. Bunda asosiy o‘qitish metodi ko‘rgazmali namoyish kino, tele va video kadrlar, slaydlar, diskdagi axborotlar o‘qituvchilar tomonidan sharxlanadi.
Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyotining mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali doimiy hamda to‘xtovsiz musobaqaning ishtirokchilariga aylantiradi, shu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifati yaxshilanib borishiga, miqdorning ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
Bilish – inson tomonidan voqelikni aks ettirish jarayoni. Bilish jarayoni sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik protseslarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |