Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da’vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli bo‘lgan muammolar bo‘yicha jahonshumul anjumanlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o‘z fikr-mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta’minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yilda “Inson huquqlari haqidagi umummilliy daeklaratsiya” ni qabul qildi. Bunda bolalar huquqlari ham o‘z aksini topadi va ko‘p o‘tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinadi. Bu hujjatni yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o‘z ichiga oladi.
“Bola huquqlari Deklaratsiyasi” bo‘yicha asosiy sanalar:
1923-yil – Birinchi “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi.
1924 yil – “Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi” millatlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi.
1948-yil – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi “Inson huquqlari haqidagi umummilliy daeklaratsiya” ni qabul qildi.
1959-yil – Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikkinchi “Bola huquqlari Deklaratsiya” sini qabul qildi.
1978-yil – Polsha hukumati “Bola huquqlari haqida Konvensiya” si yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT ning inson huquqlari bo‘yicha hay’atga o‘rganib chiqish uchum tavsiya etadi.
1979-yil – Xalqaro bolalar yilida “Bola huquqlari haqida Konvensiya” matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuziladi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.
1989-yil 20 noyabrda – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan “Bola huquqlari haqida Konvensiya” qabul qilindi.
1990-yil 2-sentabrda – Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi.
Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu “Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya” ohirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:
Atrof-muhitni muhofaza qilish;
Giyohvand moddalaridan saqlanish;
Turli xildagi bolalar zo‘ravonligini oldini olish – kabi muammolarni o‘zida ifoda etadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘ldi va “Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya” bo‘yicha xalqaro shartnoma tuzdi.
Maktabgacha ta’lim tizimida Konvensiya haqida tushuncha va bilim berish dastlabki jiddiy qadam hisoblanib, u bolalarda nafaqat odob-axloq me’yorlariga rioya qilish kafolatini beribgina qolmay, balki uni qonunga mos ravishda harakat qilishga undaydi.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonda “Konvensiya” dan foydalanishda tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Bola huquqlarini o‘rganish – bunda muammo bo‘yicha axborot materiallarni tanlash, ularni o‘rganish, tahlil qilish;
To‘plangan materiallarga e’tiborni qaratish – istiqbolli yo‘nalishlar bilan tanishish, huquqiy muammolarni insonlar tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish, xayrihohlik hissini tarbiyalash, mashg‘ulotlarga qiziqishini rivojlantirish.
Bolalar muayyan hayotda ro‘y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari orqali kichik muammoladan global muammolar kelib chiqishini, ular ham dunyoda adolat va konstruktiv o‘zgarishlar bo‘lishi uchun qilinayotgan harakatlarda ishtirok etayotganlarini his qilishlari shakllantiriladi.
Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu – ulardan uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari bo‘lgan mavhum tushuncha emas, balki o‘zlari yashab turgan muayyan muhitga tegishli ekanligini tushunadilar.
“Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya” ning asosiy vazifalari:
Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi – teng huquqlilik, jamiyat a’zolarining o‘ziga xos bo‘lagan qadr-qimmatini ta’minlashni ifoda etadi;
Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaydi;
Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi va boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat’iy nazar o‘z huquq va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
Har bir bolaning sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunilish vaziyatida o‘sishi zarurligini ta’minlaydi;
Bolani jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlashni, ularni farovonligi masalalariga e’tibor qaratadi;
Maxsus tarbiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarga tug‘ulgunga qadar va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajada g‘amxo‘rlik qiladi;
Bolani himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.
Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:
“18 yoshga to‘lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan bo‘lishlari shart” – deyiladi. Bunda voyaga yetganlik Yoshi 18 yosh deb belgilanishi ta’kidlanadi.
Har bir bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi,terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki huquqiy vasiysi yoki biron bir boshqa holatlardan qat’iy nazar hurmat qiladilarhamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
Ishtirokchi davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radilar.
3-modda – Bolalarga nisbatan barcha hatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi navbatda e’tibor qaratilishi. Bolaning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, ota-onasi yoki vasiysiga ularning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni oladilar, qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar. Bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularni himoy qilish uchun mas’ul hisoblanga vakolat organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan xavfsizlik va so‘gliqni saqlash talablariga javob berish.
4-modda – Iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy huquqlar imkoniyatlaridan foydalanish.
5-modda – Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat qilishi bva ularning bolalarning rivojlanish qobiliyatlariga muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta’minlashi lozim.
6-modda – Har bir bola hayot kechirish huquqiga ega va davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta’minlashga majbur.
7-modda – Bola tug‘ilgan zahoti ro‘yxatga olinadi va tu’g‘ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga ega bo‘lishi, ularning g‘amxo‘rliklaridan bahramand bo‘lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi. Davlat bunday huquqlarni o‘z milliy qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiradi. Har bir bola o‘z ismiga, millatiga ega bo‘lishi hamda o‘z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga ega. Bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi – bola shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir.
8-modda – Bolaning o‘z individualligi, jumladam fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalaridan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo‘sa, davlat bolani himoya qilishga va zarur bo‘lsa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolani ismini, millatini, oilaviy aloqalarini tiklashni o‘z ichiga oladi.
9-modda – Davlat bola o‘z ota-onasidan ularning hohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota-onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bo‘g‘lab turish huquqini hurmat qiladi. Bola uchun zararli bo‘lgan hollardan tashqari vaziyatda u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.
10-modda – Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari shu davlat tomonida ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota-onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar bog‘lab turish huquqiga egadir.
11-modda – Davlat bolalarning g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib boorish chora-tadbirlarini ko‘radi. Bolani chegara ortida ota-onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab turgani yoki bolalarni o‘g‘irlagani uchun jazo berishi va ularni oldini olishi shart.
12-modda – Bolaga taalluqli bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha erkin fikr bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi shart.
13-modda – Bolalar har qanday chegaralardan qat’iy nazar ularni qiziqtiruvchi ma’lumotlarni olish hamda o‘z nuqtai-nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola shaxsi huquqlari va obro‘sini hurmat qilish, davlat havfsizligi yoki jamoat tartibini, aholining sog‘lig‘I yoki ma’naviyatini muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning bolaga, uning rivojlanayotgan qobiliyatlariga muvofiq keladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda raxbarlik qilish huquqiga egadirlar.
15-modda – Bolaning assotsiatsiya vat inch yig‘ilishlar huquqini, ya’ni bolalar boshqalar bilan uchrashish huquqiga, tashkilotlardan chiqish yoki ularni o‘zlari tuzish huquqiga egalar.
16-modda – Bolalar o‘z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsizligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishiga o‘zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro‘siga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo‘lish mumkin emas. Bola qonun yo‘li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
17-modda – Davlat ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeini e’tirof etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning so‘g‘lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo‘lishni ta’minlaydi, salbiy ta’sir qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.
18-modda – Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy bir xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko‘rsatadigan asosiy g‘amxo‘rlikning predmeti hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo‘llab-quvvatlaydi va bolalar muassasalari tarmog‘ini rivojlanishini ta’minlaydi. Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo‘ljallangan xizmatlar hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish huquqi beriladi.
19-modda – Davlat bolaning jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikning, haqoratlash va suiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shzxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shaxvoniy suiste’molliklarga qarshi zaruriy qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy chora-tadbirlarni ko‘radi.
Davlat zo‘ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko‘rganlarni himoya qilish dasturlarini ishlab chiqishi zarur.
20-modda – Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo‘lgan bolalar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan madaniyatga muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil oilalarga va maxsushimoya qilinish huquqiga egadirlar.
21-modda – Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega bo‘linsa, buni faqat bola manfaatlari to‘liq e’tiborga olingan holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o‘tkaziladi.
22-modda – Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq statusini olmoqchi bo‘lgan bolalar maxsus himoyaga loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining boshqa a’zolarini izlashda, o‘z oilasi bilan qo‘shilishi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘radi.
23-modda – Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o‘zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o‘ziga ishonch tug‘diradigan, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to‘laqonli hamda munosib tarzda yashash huquqiga ega. O‘ziga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini talab qilish huquqi beriladi. Shuningdek, ta’lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog‘liqni saqlash, mehnat faoliyatiga tayyofgarlik ko‘rish sohasidagi xizmatlardan samarali ravishda bahramand bo‘lish, dam olish, bolani ijtimoiy hayotga jalb etish kabi imtiyozlardan foydalanadilar.
24-modda – Bolalar eng yuqori darajadagi andozalarda tibbiy yordam olish huquqiga, sog‘liqni himoya qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.
25-modda – Davlat tomonidan bolalarni tarbiyalash, himoyalash yoki ruhiy davolash maqsadida joylashtirilgan muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o‘tkaziladi.
26-modda – Bolalar ijtimoiy sug‘urtalanishga kiritilganlari holida, ijtimoiy himoyalanish imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egalar.
27-modda – Bolalar ma’naviy, ruhiy, jismoniy, aqliy rivojlanishiga muvofiq keladigan hayot darajalariga, turmush saviyasiga ega bo‘lish huqquqiga egadir. Ota-ona zaruriy turmush sharoitini ta’minlashda javobgarlikni sezishlari kerak. Bu mas’uliyatni amalga oshirishda davlat kafolat berishi shart.
28-modda – Bolalar ma’lumot olish huquqiga egalar. Boshlang‘ich, umumiy ma’lumot bepul va majbutiy bo‘lishi kerak. Har bir bola uchun o‘rta ma’lumotli bo‘lish imkoni yaratilgan bo‘lishi shart. Oliy ma’lumotli bo‘lish huquqiga hamma o‘z qobiliyatiga ko‘ra ega. Maktab intizomi huquq va bolalar qadr-qimmatini hisobga olgan holda ta’minlanishi zarur deyiladi.
29-modda – Ma’lumot olish huquqi bolada ruhiy va jismoniy qobiliyatlarini, uning jismoniy va ruhiy iste’dodini o‘ztirishi lozim. Bolalarga jamiyatning huquqiy a’zolari sifatida o‘zi va boshqalarning madaniyatini hurmat qila oladigan shaxs darajasida tarbiya berish zarur.
30-modda – Agar bolalar mayda millat vakillariga taalluqli bo‘lsa, o‘z madaniyati, o‘z dini va o‘z tiliga ko‘ra hayot kechirish huquqiga ega.
31-modda – Bolalar dam olish, o‘ynash, madaniy va badiiy tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega.
32-modda – Bolalar rivojlanish, ma’lumot olish, sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan ishlarda ishtirok etishdan, iqtisodiy ta’qib qilinishdan himoyalanish huquqlariga ega.
33-modda – Bolalar giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan, shuningdek, bu giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va tarqatishga jalb qilinishdan himoyalanish huquqlariga egalar.
34-modda – Bolalar porpografiya, fohishabozlik hamda shunga o‘xshash zo‘ravonlik va seksual ekspluatatsiyalardan himoyalangan bo‘lishlari shart.
35-modda – Davlat bolalarni o‘girlash, sotish, qilishning oldini olishning imkoni bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni qabul qilishi zarur.
36-modda - Davlat bolani uning farovonligiga oid har qanday jihatdan zarar yetkazadigan narsalardan himoya qiladi.
37-modda –Har qanday bolakay qiynov, qo‘pol muomila, ta’qiblar, noqonuniy hisobga olinish yoki ozodlikdan mahrum bo‘lishdan muhofaza qilinmog‘i shart.
38-modda – 15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar qurolli nizolarda bevosita ishtirok etishlari mumkin emas. Qurolli nizolarga daxldor bo‘lgan bolalar maxsus himoya va vasiylikka loyiqdirlar.
39-modda – Qurolli nizolarni, qiynoqlarni, zo‘ravonliklarni, ta’qibni boshidan kechirgan bolalar sog‘ayishlari uchun kerakl davolash va ijtimoiy reintegratsiyalarni oladilar.
40-modda – Qonunni buzgan bolalar ulardagi chin insoniy fazilatlarni ko‘zlovchi va muhofaza qiluvchi har qanday yuridik va boshqa imtiyozlardan to‘laqonli foydalanish huquqiga egadirlarki, ularga jamiyat uchun foydali inson bo‘lib yetishishlarida ko‘mak bo‘ladi.
Bolalar huquqlarini ta’minlash butun jamiyatning vazifasidir. Bola huquqlarini ta’minlash, ularning har tomonlama sog‘lom va xavfsiz kelajagini ta’minlash maqsadida fuqarolarni fuqarolarni birgalikda ishlashga ilhomlashtiradi. Bolalar kattalardan, tarbiyachi-pedagoglardan oladigan axborotlari orqali o‘z huquqlari haqidagi tasavvurlarga ega bo‘ladilar, huquqiy me’yorlarga nisbatan mas’uliyat tarbiyalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” bilan tanishtirish – bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oila” Kodeksida yoritib berilgan vazifalarni uzviy hamkorlikda o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |