Abu Nasr Farobiy (870-950) tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, “Kitob qolhaji va al-Miqdor”, “Kitob al-mabodi al-insonia”, “Kalam fia’zo al hayvon” nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi.
Farobiy o‘zining “Ixsoa al-ulum va al-ta’rif” asarida zamonasidagi ilmlarni har tomonlamam o‘rganib, ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog‘iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi.
Tabiatshunoslikka oid “Kitob al-mabodi al-insonia”, “Kalam fia’zo al hayvon” kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning o‘xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga, asosiy anatomik-fiziolgik tushunchalar berilgan. Ularining ruhiy holatlaridagi hususiyatlari haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Kasalliklarining oldini olish, sog‘lomlashtirish va boshqa chora-tadbirlarni qo‘llash lozim ekanligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |