Nizomiy nomidagi



Download 87,3 Kb.
Sana05.05.2017
Hajmi87,3 Kb.
#8296
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI

TOShkENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Oligofrenopedagogika

(Maktabgacha oligofrenopedagogika)
fanidan ochiq leksiya ishlanmasi
Bilim sohasi: 100000 - gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Bakalavriat yo‘nalishi: 51119000 - Defektologiya

Pedagogika fakulteti

403 gurux

24 fevral 2017 yil

3-13 auditoriyada
Kafedra nomi: Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi
Ma’ruzachi: Nurkeldieva D.A. , pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Taqrizchilar:
Nazarova D.A.. A.Avloniy nomidagi XTXQOMOMI

Maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent


Xamidova M.P. - Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti,p.f.n.

Mashg‘ulot ishlanmasi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining Defektologiya fakulteti maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi majlisida muxokama etilgan va tasdiqlangan.

2017__ yil «1 martdagi 19- sonli majlis bayoni.

Toshkent – 2017



Tuzuvchi:

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.A.Nurkeldieva



Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari” mavzusidagi ma`lumotli ma'ruzasining ta'lim texnologiyasi modeli



Ma`ruzaga ajratilgan vaqt – 2 soat

Talabalar soni 60 nafar

O’quv mashg`ulotining shakli

Ma`lumotli ma`ruza

O’quv mashg`ulotining tuzilishi

1. O’quv kursi va mashg`ulot mavzusiga kirish.

2.Avval egallangan bilimlarni mustahkamlash.

3.Taqdimot texnologiyasi asosida ma`ruzani taqdim etish.

4.Ma`ruzani asosiy tushunchalarini aniqlashtirish.

5.Mavzuni yakunlash


O’quv mashg`ulotning maqsadi

Defektologiya yo’nalishi to’rtinchi kurs talabalarida: Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish .

Pedagogik vazifalar:

1) Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlarini urganish.

2) Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.


O’quv faoliyati natijalari

1) Fanga ajratilgan umumiy soatlar, ularning auditoriyadan tashqari vaqtda taqsimlanishi.

2) Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari haqidagi bilimlarga ega buladilar.

3) Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi..



Ta`lim metodi

Ma`ruza, tushuntirish, suhbat, “Venn diagrammasi” strategiyasi

Ta`limni tashkil etish shakli

Ma`ruza, ommaviy, individual

Didaktik vositalar

Ma`ruza matni, slayd - taqdimot

Ta`limning tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan hona

Nazorat turi

O’z – o’zini nazorat qilish

Ma`lumotli ma`ruzani texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

I bosqich o’quv mashg`ulotiga kirish – da`vat bosqichi (10 minut)

1.1 Talabalarga mavzuning nomi, rejasi va foydalanilgan adabiyotlar royxati e`lon kilinadi, xamda maqsad va kutilayotgan natijalar bayon etiladi . (1-ilova )


1.1Talabalar mavzuning nomi, rejasi va foydalanilgan adabiyotlar ruyxati bilan tnishadilar.

II bosqich Asosiy – anglash bosqichi (50 minut)

2.1 Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari, formalari, metodlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish mavzusi buyicha «Qanday?» strategiyasi yordamida bilimlarini sinaydilar.

(2-ilova)

2.2 Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma`lumotlarni bayon etiladi. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qilinadi. Mavzuning asosiy tushunchalarini ajratib ko’rsatiladi, har bir o’quv birligi boyicha hulosalar qilinadi.


2.1 Mavzu boyicha ma`ruza matni, rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishadilar Qanday? strategiyasini to’ldiradilar.

2.2 Taqdim etilayotgan slaydlar asosida muhim chizma va jadvallarni o’z daftarlariga qayd etib boradilar.



III bosqich yakuniy – fikrlash bosqichi (20 minut)

3.1 Mahsus maktabgacha tarbiya muassasalarida korrektsion –pedagogik jarayonlarni tashkil etish haqidagi bilimlarni boyitish maqsadida “Blits savol” strategiyasi taqdim etiladi.

(3-ilova)

3.2 Har bir guruxga toshiriqlar yozilgan konvertlar tarqatildi.

(4-ilova)

3.3 Mavzu yuzasidan mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baxolash mezonlari bilan tanishtiradi.

(5-ilova)



3.1“Blits savol” topshiriqlarini to’ldiridilar.

3.2 Talabalar toshiriqlarni bajarishga xarakat qiladilar.


3.3 Talabalar mustaqil ish vazifasini yozib oladilar.




1-ilova

Ma`ruza mashg`uloti mavzusi:

1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari, formalari , metodlari


Ma`ruza mashg`uloti rejasi:

  1. Aqli zaiflikka ega bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarga tibbiy-psixologik-pedagogik tavsif

  2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari

  3. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish formalari

  4. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodlari


Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 1992 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni. T.: "Sharq” , 1997.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: 2008 yil.

  4. Катаева А.А., Стребелева E.А. Дошколmная олигофренопедагоги-ка. М.: Владос: 2003 г.

  5. Po‘latova P.M. va boshqalar. Maxsus pedagogika. T.: «Fan va texnologiyalar», 2014 y.

  6. Mo‘minova L.R.,SH.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiya. T.: “O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”, 2013 yil.



Ma`ruzaning mashg`uloti maqsadi:
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari, formalari? metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish

Ma`ruza mashg`ulotidan kutilayotgan natijalar:
1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari boyicha bilimlarga ega bo’ladilar.

2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish formalari haqida bilimlarga ega bo’ladilar.




Qarama-qarshi munosabat ustunini to’ldirish orqali aмахсус мактабгача таълим муассасаларида ва умутаълим мактабгача таълим муассасаларидаги тарбиявий ишларнинг o’xshash va farqli tomonini topadilar.

O’xshash tomonlari

Farqli tomonlari












































3. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodlari haqida bilimlarga ega bo’ladilar.

1-ilova


Guruhlarning bilim va ko’nikmalarini baholash mezonlari



Topshiriqlar, baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

1- guruh

2- guruh

3- guruh

Maksimal ball – 2










- savol to’liq yoritib berildi (0,5 ball)










- javoblar etarli darajada asoslab berildi (0,5 ball)










- guruh ishtirokchilarining faolligi (0,5 ball)










- berilgan savollarga javob berdi (0,3 ball)










- reglamentga rioya qildi (0,2)










Jami: (2 ball)









1,5 – 2 ball - «a`lo»

1,0 – 1,4 ball - «yaxshi»

0,5 – 0,9 ball - «qoniqarli»

0 - 0,4 ball - «qoniqarsiz»
2-ilova
Qanday ?

Korrеktsion - tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillari, formalari , mеtodlari
Tamoyillari

Formalari
Qanday?

Qanday?

Qanday?

Qanday?

Qanday?

3-ilova

Blits savol


1.

2.

3.

4.

5

6.

7.

8.

9.

10.

4-ilova

1-guruh uchun о‘quv topshirig‘i

1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tamoyillarini yoriting.


2-guruh uchun о‘quv topshirig‘i

1.Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish formalariga tavsif bering.



3-guruh uchun о‘quv topshirig‘i

1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion- tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodlariga tavsif bering.




  1. Кар болалар оғзаки нутқига тавсиф беринг ў Кар болалар оғзаки нутқига тавсиф беринг Кар болалар оғзаки нутқига тавсиф беринг итиш услубияти.

  2. Ҳар хил педагогик системаларда кар болаларнинг нутқий ривожланишига ёндошишлари.

  3. Эшитишида нуқсони бўлган болаларни тилга ўқитишнинг назарий асослари.

  4. Эшитишида нуқсони бор болаларни дактил нутққа ўргатиш методикаси.

  5. Дидактик ўйинлар.

  6. Махсус машқларини ўтказиш.

  7. Кесма алифбо билан танишиш.

  8. Оғзаки нутққа ўргатиш методикаси.

  9. Индивидуал машғулотлар.

  10. Экспрессив оғзаки нутқ.






5-ilova
Mustaqil vazifa


  1. Moddiy sharoitlar va ularning maxsus bolalar muassasasi guruxlarida tarbiyaviy-sog`lomlashtirish ishlaridagi roli (turli guruxlardagi sharoitni taxlil qilish).

  2. Maxsus maktabgacha muassasada kun tartibini tashkil etilishi va ishni olib borilishini o’rganish.

  3. Gurux defektologi va tarbiyachisining ish rejasi bilan tanishish va ularning “Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturi”ga mosligi aniqlash.

  4. Tarbiyaviy ishlar tizimida ta`limning (o’qitishning) ahamiyatini aniqlang.

  5. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o’qitish va tarbiyalash dasturi”ning “Nutq o’stirish” bo’limidan 1 o’quv yilining 1 choragi, 2 o’quv ilining 2 choragi uchun bilimlar mazmunini ajratib taxlil qiling.

MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION – TARBIYAVIY ISH TAMOYILLARI, ULARNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA METODLARI



Reja


  1. Aqli zaiflikka ega bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarga tibbiy-psixologik-pedagogik tavsif

  2. Aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar.

  3. Mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillari.

  4. Ta’limda og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning uyg‘unlashuvi.

ADABIYOTLAR:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 1992 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni. T.: "Sharq” , 1997.

  3. O‘zbekiston Respublikasining « Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: 2008 yil.

  4. Kataeva A.A., Strebeleva E.A. Doshkolnaya oligofrenopedagogi-ka. M.: Vlados: 2003 g.

  5. Po‘latova P.M. va boshqalar. Maxsus pedagogika. T.: «Fan va texnologiyalar», 2014 y.

  6. Mo‘minova L.R.,SH.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiY. T.: “O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”, 2013 yil.

  7. Rubinshteyn S.Y. Psixologiya umstvenno otstalix shkolnikov. M., 1985g.

Tayanch so‘zlar:

aqli zaiflik, maktabgacha yosh, korreksiya, kompensatsiya, metod, shakl, tamoyillar, og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy

Bolaning jismoniy va psixik jihatdan rivojlanishida uning shaxsini holati va xususiyatlari ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi bilan o‘zgarib boradi. Maqsadga yo‘naltirilgan psixik-ijtimoiy korreksion ishlar jarayonida bolalar aqliy, jismoniy, ahloqiy o‘z-o‘zini boshqaruv rivojlanib boradi, ijtmioiy-mehnatga moslashuv malakalari shakllanadi, o‘zining faoliyatini tashkil etish va boshqarish yuzaga keladi.

Psixik-ijtimoiy ishlarning barcha tizimi intellektual yetishmovchiliklarga ega bo‘lgan bolalarni atrof dunyo haqiqatlariga rebilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishga, uni teng huquqli va faol mehnat kishisiga aytantirib, jamiat hayotiga, mehnatga moslashib, jamiyatga foyda keltirishiga qartiladi.1

Korreksion-pedagogikaning eng muhim vaqli zaififalaridan biri- psixik-jismoniy yetishmovchiliklarga ega bo‘lgan bolalarga pedagogik ta’sirning samarasini oshirish, ularning bilish faoliyati va nutqining potensial imkoniyatlarini rivojlantirish, mustaqil hayotga tayyorlash va ijtimoiy muhitga jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida moslashtirishdir. Aqliy rivojlanishning yetishmovchiligida asosiy salbiy omillar bu qiziquvchanlik (oriyentirovka) ning zaiflgi va bolaning yangilikni yaxshi o‘zlashtira olmasligidir. Bu aqli zaiflikning ichki biologik (yadroviy) belgisidir (Vigotskiy L.S. 1983).2

Rus psixologi L.S.Vigotskiy maxsus ta’limda korreksion o‘qitishga muhtoj bo‘lgan bolalarning harakat doirasini o‘rganish va takomillashtirish lozimligini ta’kidlab, oliy intellektual imkoniyat yaratishini ko‘rsatgan3.

Ko‘pgina tadqiqotchilar korreksion-rivojlantiruvchi tadbirlar kompleksida bolalarning motorikasini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning zarurligi va pedagogik ahamiyatiga e’tiborlarini qaratadilar (L.Z. Arutyunyan, Andronova, R.D. Babenkova, L.I. Belyakova, V.V. Voronkova, I.F. Garkusha, V.A. Griner, I.A. Groshenkov va boshqalar)4.

Ko‘pgina tadqiqotlar bolalarning umumiy motorikasini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, qo‘l barmoqlari harakatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan ishlar yetarlicha emasligi aniqlandi. Shunga bog‘liq ravishda bizning bitiruv malakaviy ishimizning ana shu muammoni tadqiq etishga qaratildi. Bu muammoni hal etish hozirgi vaqtda katta qiziqish uyg‘otadi.

Oligofreniya bola hayotining dastlabki davrida yoki homilaning rivojlanishini turli bosqichlarida markaziy nerv sistemasining (asosan bosh miya kata yarim sharlari po‘stlog‘ining) jarohatlanishi natijasida yuzaga kelishi tufayli aqli zaif bolalarning ilk rivojlanishi xususiyatlarini bilish ularning psixik rivojlanishini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki aqli zaif bolaning rivojlanish qonuniyatlari meyorida rivojlanayotgan bolaning rivojlanish qonuniyatlaridek kechadi. (G.I.Troshin, L.S.Vigotskiy). Shuning uchun aqli zaif bolalarga ham umum qabul qilingan yosh davrlarga bo‘lish taalluqlidir. Bunda aqli zaif bolalarning hayot davrlari ham shartli rivishda go‘daklik, ilk yosh va maktabgacha tarbiya va maktab yosh davrlariga ajratiladi.

Go‘daklik davri (2 oylikdan 1 yoshgacha).

Aqli zaif bolaning rivojlanishi uning birinchi yashash davridanoq, meyorida rivojlanayotgan bolalar rivojlanishidan farq qiladi. Ko‘pchilik oligofren bolalarda bo‘ynini tutish, o‘tirish, turish, yurish kabi holatlari rivojlanishi kechikib qoladi. Aqli zaif bolalarning tevarak – atrofga bo‘lgan qiziqishining pastligi, befarqligi ko‘zatiladi. Meyorida rivojlanayotgan bola bir oylikka to‘lgach katta yoshdagi kishining yuziga, rangdor va yaltiroq narsalarga uzoq vaqt tikilib tura oladi. Shuningdek, odamlar bir yerdan ikkinchi yerga siljigan vaqtida ularni ko‘zi bilan ko‘zatib turadi. Bu holatlar aqli zaif bolalarda rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq ularda ko‘rish va eshitish qobiliyatini o‘stirish zarur. Ko‘rish qobiliyati bilan eshitish qobiliyatini o‘stirish – bolalarda umumiy o‘sishi uchun tevarak atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lishi uchun. gu-gulashi va harakat qilishi uchun katta ahamiyatga egadir. Bu davrda bolalarni turli ovozlarga kattalarning nutqiga, shaqildoqning, musiqa asbobining ovoziga quloq sola bilishini o‘stirib borish kerak.

Aqli zaif bola birinchi yashash davrida tanish va begona kishilarni ajrata olmaydi. Bu davrda bola osib qo‘yilgan shaqildoqni ushlab olishga. Uni qo‘lidan mahkam tutib turish uchun unga qo‘lini o‘zatishga harakat qiladi. Aqli zaif bolada bu jarayonlar Ushbu davrda rivojlanmagan bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning nutqi meyorida rivojlanayotgan rivojlanib bormaydi. Boaning tili chiqishiga yaqinlashib qolishi shunda namoyon bo‘ladiki. Bola tez-tez har xil bo‘g‘inlarni talaffo‘z qila boshlaydi. Ularni anchagacha hadeb takrorlaydi.

Aqli zaif bolalarda bu jarayonlar kechikib rivojlanadi. Aqli zaif bolalarda ortikulyatsiya apparat va fonematik eshituvni rivojlanmaganligi bola nutqini rivojlanishini kechikishiga sabab bo‘ladi. Bolalar bu yosh davrda emaklashlari. O‘tirishlari. Narsalarni ushlab turishlari lozim. Aqli zaif bolalarda harakat qilish passiv bo‘lib, ular meyorida rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan kech emaklaydilar. Yuradilar. Aqli zaif bolalarning harakatini passivligi ularni jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kattalarning rivojlantiruvchi ta’sirlari amalga oshmaydi. Yaqin rivojlanish zonasi kengaymaydi. Jismoniy imkoniyatlarning va psixik jarayonlarning shakllanishidagi senzettiv davr o‘tib ketadi. Chunki bolalarning harakati, emaklashi tana muskullarining o‘sishiga va harakatlarning uyg‘unlashuviga yordam beradi.5

Ilk yoshdagi bolalar (1 yoshdan 3 yoshgacha).

Meyorida rivojlanayotgan bolalar 2 yoshda yurib ketadilar. Ba’zi aqli zaif bola bu yoshda yurib ketishlari mumkin. Lekin ko‘pchilik aqli zaif bolalarda yurish harakatlari juda kechikib rivojlanadi. Ba’zi bolalarda 3 yoshning oxirlariga kelib yurish holatlari ko‘zatiladi.

Aqli zaif bolalarning harakati meyorida rivojlanayotgan bolalar harakatidan farq qiladi. Ularda bo‘sh, вeo‘xshov qadam tashlash, sekin harakatlarni ko‘zatish mumkin.

Yurishni o‘rganish bolani umumiy psixik rivojlanishiga kata ta’sir ko‘rsatadi. Yurishni egallagandan so‘ng yangi rivojlanish bosqichi – tevarak atrofdagi predmetlar dunyosini o‘zlashtirish bosqichi boshlanadi.

Kattalardan mustaqil bo‘lib, bola shu vaqtgacha unga tanish bo‘lmagan predmetlarni o‘rganadi. U Amaliy ravishda fazodagi yo‘nalish va masofani o‘zlashtiradi. Ko‘pgina predmetlarning xususiyatlari bilan tanishadi. Buning natijasida predmetli harakatlarning shiddatli rivojlanishi ko‘zatiladi.

Bolaning predmet Bilan har qanday harakati predmetli harakatga kirmaydi. Predmetli harakat deb predmet o‘zining funksional vazifasiga muvofiq foydalanishiga aytiladi. Masalan, agarda bola qoshiqni qo‘liga olib u bilan stolni taqillatsa – bu predmetli harakat emas, balki manipulyatsiyadir, chunki qoshiqning vazifasi boshqa: agarda bola qoshiqdan ovqat yeyish uchun foydalansa – bu predmetli harakatdir.

Bu davr aqli zaif bolalarda qanday kechadi? Aqli zaif bolalarda predmetlar dunyosi bilan sof tanishi yuz bermaydi. Ularning ko‘pchiligida atrofdagi predmetlar dunyosiga qiziqish quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: bolalar nigohi tushgan barcha predmetlarni qo‘llariga oladilar, ammo ularning xususiyatlariga, vazifalariga qiziqmaydilar, aqli zaif bolalarning ko‘pchiligi kattalar ularning qo‘liga bergan predmetlarni ham tashlab yuboradilar.

Predmetli faoliyatning rivojlanishi. Normada rivojlanayotgan bolalar hayotining ikkinchi yilida predmetli harakatlarni o‘zlashtirish asosida predmetli faoliyat shakllanadi, uchinchi yilida esa bu faoliyat yetakchi faoliyatiga aylanadi. Yetakchi faoliyat sifatida u bolaning psixik rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.

Predmetli harakatlarning barchasi ham bolaning rivojlanishiga bir xil ta’sir etmaydi. Idrok va tafakkurning rivojlanishiga, so‘ngra bolaning nutqini rivojlanishiga «moslashtirish” va “asbobli” harakatlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.

“Moslashtirish harakatlari” – bu predmetlar bilan shunday harakat qilishga aytiladiki, unda bola bir predmetni boshqa predmetga moslab olishi yoki predmetlarning bir qismini uning xususiyati, belgisiga qarab boshqa predmetga moslashishi lozim. Masalan, qutini yopish uchun unga kata – kichikligi va shakliga qarab qopqoq tanlashi lozim. Bunda idrok va tafakkur rivojlanadi. Shunday moslashtirish harakatlari prinsipida bizga ma’lum barcha didaktik o‘yinchoqlari asoslangan.6

Qurolli harakatlar – bu harakatlar jarayonida bir asbob – predmet boshqa predmetlarga ta’sir etish uchun foydalaniladi. Qurollar shunday harakatlarni bajarishga yordam beradiki, bunda ularsiz bu harakatlarni bajarish imkoni bo‘lmaydi. (qoshiq, vilka, qalam, bolg‘a, bolta, pichoq, qaychi, nina va h.k). Harakat asboblaridan foydalanishda bolaning qo‘li uni qo‘llash mantig‘iga bo‘ysunadi. Bola manipulyatsiya qilayotgan yoki moslashtirish harakatlarini qilishda predmetlarning xususiyatlarini o‘z shaxsiy tajribasi asosida anglab borsa, asbobli. qurolli harakatlardan foydalanish usulini kattalardan o‘rganish lozim. Qurolli harakatlarni o‘zlashtirib olish bolaning ijtimoiy muhitiga moslashishida muhim ahamiyatga ega.

Predmetli faoliyatni yuzaga kelishi davrida meyorida rivojlanayotgan rivojlanayotgan bolada har bir predmetning tashqi ko‘rinishigagina emas, balki uning vazifasiga, qo‘llash usuliga qiziqish uyg‘onadi (masalan, bu Bilan nima qilish mumkin? Tarzida) Shu sababli bolalar qo‘liga tutgan har bir predmet bilan o‘zoq manipulyatsiya qiladilar. Bunda bolalarda predmetning nom iva ular bilan qilinadigan harakatlarga qiziqish uyg‘onadi. Ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda predmetli harakatlar shakllanmaydi. Ularning ba’zilari o‘yinchoqlarga qiziqmaydilar. Ularni qo‘lga olib manipulyatsiya qilmaydilar. Bundan tashqari manipulyaqiya noadekvat harakatlar Bilan almashtirilib turiladi.

Noadekvat harakatlar deb shunday harakatlarga aytiladiki, bunda predmetdan foydalanishda predmetlar dunyosidagi predmetning roli Bilan undan foydalanish mantig‘iga qarshi harakat qilinadi. Masalan, qo‘g‘irchoq Bilan stolni taqillatish, katta mashinani kichik garajga kirgizishga harakat qilish. Bunda bilish – mo‘ljalash faoliyati bo‘lmaydi va bunday harakatlar bolaning rivojlanishiga yordam bermaydi.

Noadekvat harakatlarning mavjudligi – aqli zaif bolaning xarakterli xususiyatidir.7 Ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan dastlabki zaminlar: predmetlar bilan harakat qilish, kattalar bilan hissiy muloqat, artikulyatsiya apparatining va fonematik eshitishning tayyorligi bo‘lmaydi. Ko‘pchilik ilk yoshdagi aqli zaif bolalarning faol nutqida birinchi so‘zlar 2 yoshdan so‘ng paydo bo‘ladi. Jumlalar esa 3 yoshgacha paydo bo‘lmaydi. Natijada ilk yoshdagi aqli zaif bolalarda nutq aloqa vositasi va bolaga ijtimoiy tajribani berish vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Shuningdek nutq faoliyatni boshqarish funksiyasini ham bag‘riga olmaydi.

Shuni e’tiborga olish lozimki, aqli zaif bolalardagi ba’zi nuqsonlar predmetlar bilan harakat qilishni o‘zlashtirishdagi orqada qolish nutqning o‘z vaqtida rivojlagnmay qolganligi va nuqsonlari bilish jarayondagi orqada qolishlar ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning hayotini to‘g‘ri tashkil etish, maxsus ta’limni erta boshlashda Ushbu nuqsonlarni oldini olish va korreksiyalash mumkin.

Bunda bolalarni ba’zi bir uy-ro‘zg‘or buyumlari va o‘yinchoqlardan foydalana bilishga o‘rgatish, bularning ko‘rish, eshitish va sezish idroklarini o‘stirishni davom ettirish, buyumlar va ularning sifati haqida boshlang‘ich tasavvurlarni tarkib toptirish, taqlid qilish qobiliyatini o‘stirish; tevarak atrofdagilarning nutqini tushunishni takomillashtirib borish, xatti – harakatning qaror topgan qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish zarur.

Bolalarning kattalar bilan munosabatda bo‘lishi. Uning o‘sib borishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bolada taqlid qilish qobiliyati o‘sib boradi. Bu esa bolaning hamma hatti-harakatlarini takomillashtirib borishi, jumladan. gapira boshlagan va o‘yin faoliyatining o‘sishida juda katta ahamiyatga egadir.

Tevarak atrofdagilarning nutqini darov tushunish qobiliyati aqli zaif bolalarda sekin o‘sib boradi. Meyorida rivojlanayotgan bola 2 yoshda qisqa – qisqa jumlalar bilan turli gap bo‘laklarini ishlatib, so‘zlay boshlaydilar. Ayrim aqli zaif bolalarda esa 2 yoshda hali nutq shakllanmagan bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi. Bu bizga ma’lum bo‘lgan ilk yoshdagi rivojlanishining davomidir.

Maktabgacha yoshdagi meyorida rivojlanayotgan bolalarning psixik rivojlanishida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ularda idrok tafakkur rivojlanib boradi. Aqli zaif bolalarda esa bu psixik jarayonlarning hammasi kechikib rivojlanadi. Ayrim aqli zaif bolalarda bu psixik jarayonlarning rivojlanishi juda sekin sur’atda o‘tadi.

Meyorida rivojlanayotgan bolalar tevarak atrofdagi kishilarning ish – harakatlarini o‘yinlarda mustaqil suratda aks ettira boshlaydilar. Ular birgalikda o‘ynaydilar. Meyorida rivojlanayotgan bolalarni faoliyatining Yangi turlariga o‘rgatish mumkin bo‘lib qoladi. Aqli zaif bolalarda bu jarayonlarni sekinlik Bilan rivojlanganligini guvohi bo‘lish mumkin.

Aqli zaif bolalarda o‘yin faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Aqli zaif bolalarda o‘yin faoliyatini rivojlanmaganligigini sababi intellektni buzilganligidir.

4-5 yoshli meyorida rivojlanayotgan bolalar tevarak atrofdagi voqelikka nisbatan faol harakatda bo‘ladilar. Syujetli roli o‘yinlar mazmuni murakkablashib boradi. Bu yoshdagi aqli zaif bolalar esa endigina o‘yinchoqlar bilan munosabatda bo‘la boshlaydilar.

Aqli zaif bolalarning nutqi ham o‘zining meyorida rivojlanayotgan tengdoshlarnikidan farq qiladi. Ularni birinchi so‘zlari 3 yoshda. Jumlalar esa maktabgacha yoshning oxirlariga borib shakllanadi. Ular nutqining fonetik va grammatik tomonida ko‘p kamchiliklar ko‘zatiladi. Lug‘at boyligi kambag‘al, passiv nutqi faol nutqiga nisbatan ustun bo‘ladi. Xotira turg‘un buzilgan bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq bir maqsadga qaratilgan bo‘lmaydi.

Psixik jihatdan kamol topib borish bir qator yosh davrlarni o‘z ichiga oladi, bu davrlarning har birining o‘z xususiyati bor. Kamol topib borishdagi yosh davrlarining xususiyatlarining bilish nihoyatda muhimdir. Chunki shaxsning psixik xususiyatlarining tarkib topishini o‘z ichiga oladigan bir butun jarayonda har bir yosh bosqichi undan ilgarigi bosqichga chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Kamol topib borishning bundan avvalgi har bir bosqichi bamisoli navbatdagi bosqich uchun baza yaratadi. Bolaning kamol topib borishining butun jarayonidagi xalqalardan biri bo‘ladi. Biror yosh davrda kamol topib borishning buzilishi navbatdagi davriga muqarrar sur’atda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Maktabgacha oligofrenopedagogika aqli zaif bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish, ularning mustaqil faoliyatlarini tashkil etish maqsadida turli metodlardan foydalanadi. Maxsus pedagogika metodlari umumiy maktabgacha pedagogikada qo‘llaniladigan metodlariga o‘xshashdir. Ammo maxsus maktabgacha tarbiya muassasasining korreksion-tarbiyaviy vazifalariga va aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq metodlar to‘ldiriladi, o‘zgartiriladi.

Bolaga ta’sir etish shakli bo‘yicha metodlar og‘zaki va ko‘rgazmali bo‘ladi. Ularning barchasi maxsus maktabgacha tarbiyada qo‘llaniladi. Og‘zaki va ko‘rgazmali metodlar Amaliy metodlar bilan uyg‘unlashtiriladi.



Og‘zaki metodlarga ko‘rsatma, hikoya qilish , suhbat, ma’lumot berish, hodisani tasvirlash va boshqalar kiradi.

Ko‘rgazma metodlar kuzatish, predmetlar va tevarak-atrofdagi hodisalarni tekshirish (ko‘rish, taktil, eshitish orqali), ya’ni bolanig hissiy tajribasini tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

Amaliy metodlar bola faoliyatini tashkil etishning turli usullarini (amaliy va bilim topshiriqlari, didaktik o‘yinlarni tashkil etish va hokazo) mujassamlaydi.

Umumiy pedagogikadagidek maktabgacha oligofrenopedagogikada ham yuqorida ko‘rsatilgan metodlarning birortasi ham alohida qo‘llanilmaydi. Ularning barchasi birgalikda qo‘llaniladi. Tarbiya va ta’limning har bir bosqichida metodlarning nisbati bolalarning rivojlanish darajasi va pedagog va tarbiyachi oldida turgan vazifalardan kelib chiqadi.



Mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillari.

Maxsus maktabgacha muassasalarida ta’limning o‘ziga xosligi faqatgina og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning qaynday qo‘llanilishigagina emas, balki o‘quv jarayonining tashkil etilishiga ham bog‘liqdir.

Mashg‘ulotlarning tuzilishi tamoyillarini ko‘rib chiqamiz. Ma’lumki, ta’limning boshlanishida aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq, qisqa vaqtli bo‘lib, faqat predmetning tashqi ko‘rinishiga qaratiladi. Demak, bu vaqtdagi mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillaridan biri bo‘lib, faoliyat turini tez-tez o‘zgartirish xizmat qiladi, chunki ob’ektlar va faoliyat turini o‘zgartirishda bolaning diqqati tortiladi va bu mashg‘ulotni samarali davom ettirishga imkon beradi. Asta-sekin har bir faoliyat turiga ajratiladigan vaqt ko‘paytirilib, faoliyat turlari esa kamaya boradi.

Maxsus bolalar bog‘chalarida mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillaridan yana biri – dastur materialining takrorlanishidir . Aqli zaif bolalarga normal intelekdagi bolalarga qaraganda juda ko‘p takrorlash zarurdir. Mashg‘ulotlar shunday tarzda tuzilish lozimki, topshiriqlarni takrorlash yangi holatlarda va yangi predmetlarda o‘tkazilishi kerak. Bu bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqishining yo‘qolishini oldini oladi, ikkinchidan bolalarda egallangan bilimlarni yangi ob’ekt va holatlarga ko‘chirishni shakllantirishga yordam beradi. Shu asosda bolalarda predmetlar va hodisalar haqidagi umumlashgan tasavvurlar paydo bo‘ladi. Shu tarzda mashg‘ulotlarning tuzilish tamoyillardan navbatdagisi – egallangan bilimlarni boshqa materialga ko‘chirishni ta’minlash tamoyilidir. O‘qitishning dastlabki yo‘llarida mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etishni muhim sharti mashg‘ulotlarning o‘yin shaklida bo‘lishidir. Vaqt o‘tishi bilan bolalarda faoliyatning o‘ziga, so‘ngra bilishga qiziqishning shakllanishi mashg‘ulotlarning o‘yin shaklidagilarini kamaytirib borishga imkon beradi.

Har bir tamoyilni batafsil ko‘rib chiqamiz.

1. Faoliyat turlarini o‘zgartirish.

Ta’limning birinchi yilida aqli zaif bolalar (5 yoshdagi) bir predmetga yoki birorta faoliyatga diqqatlarini 5 minutdan ortiq vaqt qarata olmaydilar. Shuning uchun bolalar ko‘zdan kechirayotgan predmet yoki harakat har 5 minutda o‘zgartirilib turilishi lozim. Tayyorlov davrida bunday o‘zgarish deyarli har 3 minutda o‘tkazilish maqsadga muvofiq. Demak, mashg‘ulot 15 minut davom etsa u avval 5 keyinchalik esa 3 faoliyat turini o‘z ichiga oladi. III-IV o‘quv yillarida mashg‘ulotlarning vaqti o‘zaytiriladi – bir mashg‘ulot 30-35 minutgacha davom etadi. Bu vaqtga kelib korreksion-tarbiyaviy ishlar to‘g‘ri tashkil etilganda bolalarning diqqatini ancha turg‘un, ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Bolalar bir faoliyat turi bilan ancha uzoqroq vaqt (7-10 minut) shug‘uullanishlari, bunda bolalarga berilagn topshiriqlar qiziqarli, fikrlashga doir, nutqiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda, masalan topshiriqlar o‘yin, Amaliy faoliyat bilan bog‘langan bo‘lsa bir faoliyat turiga bolalarni 10-15 minutgacha jalb etish mumkin.

Bu yerda faoliyat turini kamroq o‘zgartirish, mashg‘ulot 2-3 xil turli topshiriqlardan tuzilishi mumkin.

Quyidagi namunani ko‘rib chiqamiz:

1. O‘quv yili. Elementlar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulot.

Dastur bo‘yicha mazmuni: 1. Taqlid bo‘yicha bir turdagi predmetlar guruhidan «Bitta” va “Ko‘p”ni ajratishga o‘rgatish. 2. Bolalarni predmetlarni kata-kichikligi bo‘yicha ajratishga o‘rgatish. (kata-kichik).

1. Taqlid bo‘yicha bir turdagi predmetlardan bitta predmetni ajratish. “Archa ekamiz” o‘yini. Har bir bola oldiga panischada 5 ta archa qo‘yiladi. Pedagogda ham 5 ta archa va teshiklari bo‘lgan quticha bo‘ladi. Pedagog bolalarga «Archa ekamiz” deydi. Bita archani oladi va qutining teshigiga tiqadi. So‘ngra “Men qanday bajargan bo‘lsam, shunday qilinglar” deydi. Boshqa archani oladi va ko‘taradi. Bolalar ham xudi shu harakatni bajaradilar. Pedagog bolalarning barchasi bittadan archani olganliklarini tekshiradi. So‘ngra bolalar navbat Bilan qo‘shimcha teshigiga archani tiqib “archa ekadilar” (5 minut).

“Qo‘ziqorin sher” o‘yini. Polga 10-12 ta qo‘ziqorin qo‘yiladi. Pedagog savatchani olib unga 4-5 ta qo‘ziqorin soladi. Bolalarga savtchada qo‘ziqorin ko‘pligini ko‘rsatadi. 2 ta bolani chaqirib ularga savatchalar beradi va qolgan qo‘ziqorinlarni terishini taklif etadi. Har bir savtchada bir necha – “ko‘p” qo‘ziqorinlar to‘planadi (3 minut).

2. Pedagogning harakatiga taqlid qilib ikki tuzilmali matryoshkalarni yig‘ish. Bolalar stollarida ikki tuzilmali matryoshkalar bo‘ladi. Pedagog o‘zidagi matryoshkani ochib ichidan kichkinasini oladi. Bolalar taqlif bo‘yicha xudi shunday qiladilar. Pedagog bolalar bilan birgalikda kichkina matryoshkani ko‘rib chiqadi va “kichkina matryoshka” deydi. So‘ngra bolalar pedagoga taqlid qilib kichik matryoshkani kattasining ichiga soladilar va kattasini yopadilar. Pedagog bolalarning diqqatini endi bolalarning qo‘lida kata matryoshkaligiga tortadi. (4 minut).

3. “Matryoshkalarni mashinada uchirish” o‘yini. Pedagog ochiq kuzovli mashinani olib bolalarga matryoshkalar uchishni istayotganliklarini aytadi. O‘zining qo‘lidagi matryoshkani kuzovga qo‘yadi, bolalar taqlid qilib matryoshkalarini qo‘yadilar va mashinada uchiradilar. Pedagog bolalarning diqqatini mashinada bir necha *- «ko‘p” matryoshkaligiga qaratadi. (3 minut).

Dastur materialining takrorlanishi

Egallangan bilimlar, ma’lumotlarni harakat usullarini boshqa holatga ko‘chirishni shakllantirish

Dastur materialining takrorlanishini bir tomondan uni o‘zlashtirishni va mustahkamlashni ta’minlashini ikkinchi tomondan. Ularni boshqa holatga ko‘chira olinishi elementar matematik tasavvurlar materialida ko‘rish mumkin.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha dasturda 1 o‘quv yilida «katta kichiklik” bo‘limida bolalarni predmetlarning katta kichikligiga qarab ajratishga o‘rgatish talabi mavjud.

Dastlab aqli zaif bolalarda predmetlarni kata kichikligiga qarab ajratish didaktik o‘yinchoqlar bilan harakatda va predmetli – o‘yin faoliyatida shakllantiriladi.

Avval bolaga shunday topshiriqlar beriladiki, u predmetlarni kata kichikligini e’tiborga olishi lozim bo‘ladi. Masalan, bir mashg‘ulotda bolalar matryoshkani yig‘ishga o‘rganadilar (avval 2 tuzilmali, so‘ngra 3 tuzilmali), keyingisida katta va kichik qutilarga mos qopqoqlarni tanlab yopish va hokazo. Bunday barcha topshiriqlar shunday prinsipda asoslanganki kata kichiklikni e’tiborga olinmasa natijaga erishilmaydi. Aqli zaif bolalar avval predmetlarni, shakllarni, teshiklarni. Qutilarni qopqoqlarni katta kichikligini faxmlay olmaydilar, topshiriqni kuch ishlatib bajarishga harakat qiladilar, Ular sinash yo‘li bilan harakat qilishni, bunday topshiriqni bajarish usulini bilmaydilar. Pedagog bolaga avval eng birinchi usulni uni sinab ko‘rishga o‘rgatadi. Sinash (proba) bolani predmetning kata kichikligini ajratishga olib keladi. Mustaqil izlanishga undaydi. Asta-sekin bolalar bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tib ongli ravishda sinab ko‘rishga o‘rgana boradilar, bu usulni bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tkazishni, harakatlar jarayonida kata kichiklikni faxmlashni bilib oladildar. Shunday qilib, kata kichiklikni ajratishga qaratilgan turli topshiriqlar bolalarda mashg‘ulotlarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, bolalarning predmetlarni katta kichikligi bo‘yicha farqlanishi haqidagi tasavvurlarini mustahkamlaydi va kengaytiradi, ularni umumlpashtirishga yordam beradi va shunday qilib hosil qilingan tasavvurlarni bir ob’ekt va holatdan boshqasiga o‘tkazishni ta’minlaydi.

O‘YIN SHAKLI

O‘yin shakli bolalarni mashg‘ulotlarga jalb etishga, ularda topshiriqlarga nisbatan ijobiy hislarni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Ammo aqli zaif bolalar Bilan ishlashda mashg‘ulotni o‘yin shaklida o‘tkazish ayniqsa birinchi o‘quv yilida yetarli bo‘lmaydi. Ularga o‘yin topshirig‘ini berish lozim. Bu nima? Tasavvur qilamizki, pedagog mashg‘ulot o‘tkazyapti, mashg‘ullotning maqsadi bolalarni predmetlarning va ularning tasvirlarini o‘xshatishga o‘rgatishdir. Bu topshiriq – bilish. O‘quv topshirig‘idir, bolalarda esa hali na bilimga qiziqish na o‘quv faoliyati shakllanmagan. Bu topshiriq faqat pedagog uchundir. Bolalarga esa boshqa topshiriq – o‘yin topshirig‘i beriladi. Topshiriq shunday tuzilishi lozimki uni bajarish jarayonida bola predmetni uning tasviri Bilan o‘xshatishni o‘rganishi lozim. Masalan, bolalarga «O‘z o‘rningni top” o‘yini taklif qilinadi. Bolalarga o‘yinchoqlar beriladi, qator qilib qo‘yilgan stulchalarda esa ularning rasmlari qo‘yiladi. Bolalar o‘zlarining qo‘lidagi o‘yinchoqlari Bilan xonada o‘ynaydilar, childirma chalinganda marshirovka qiladilar. “O‘z rasmingni top” signali berilganda bolalar stulchalarga qarab yuguradilar. Har bir bola qo‘lidagi o‘yinchoq rasmi qo‘yilgan stulchaga o‘tirish lozim. Shu tarzda bolaning vazifasi o‘z o‘rnini topishi. O‘yinchoqning rasmi esa maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib pedagog va tarbiyachining maqsadi bir, bolalarda esa maqsad boshqa.. Ammo bolalarga shunday o‘yin topshirig‘i taklif qilinishi lozimki, unda o‘yin natijasiga erishish dastur materialini o‘zlashtirishga olib keladi.

Korreksion ta’limda og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning uyg‘unlashuvi

Aqli zaif bolalarning rivojlanishi xususiyatlarini ko‘rib chiqqanda biz ularda nutqning kechikib shakllanishini va ko‘pchilik aqli zaif bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilinish vaqtida nutqi deyarli rivojlanmagan bo‘lishi haqida to‘xtab o‘tgan edik. Bu demakki, o‘qitishning dastlabki bosqichlarida nutq ijtimoiy tajribalarni – bilim, tevarak – atrof haqidagi ma’lumotlarni harakat usullarini bolaga berishning asosiy vositasi, ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Demak, aqli zaif bolalarga ta’lim berishning dastlabki yillarida og‘zaki metodlar yetakchi metod bo‘la olmaydi. Lekin buni og‘zaki metodlar ta’limdan chiqarib tashlanishi lozim degani emas. Aksincha ulardan albatta foydalanish lozim. Muhimi ulardan to‘g‘ri foydalanish kerak.

Ta’limning dastlabki bosqichlarida nutq qanday rollarni bajaradi?

Avvalo, nutq bolalarning diqqatini yig‘adi. Ularning faoliyatni shakllantiradi, mashg‘ulotda boshqaradi. Og‘zaki shaklda pedagog va tarbiyachilar bolpalar oldiga topshiriqlar vazifalar faoliyat maqsadini qo‘yadilar. MAshg‘ulot, o‘yin, mashqlar davomida kattalar bolalarning faoliyatini borishini erishilgan natijalarni ta’kidlab boradilar. Bolalar olgan tajribalarni umumlashtiradilar.

Bu davrda korreksion-tarbiyaviy ishning asosini ko‘rgazma va Amaliy metodlar tashkil etadi. Ammo bu yerda ham ish juda murakkab bo‘ladi.

Buni tushuntirish uchun Yana bir bor maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlariga e’tibormizni qaratishimiz lozim.

Ma’lumki, aqli zaif bolalarda psixik rivojlanishining buzilishlari, tizimli xarakter kasb etadi. Ularda faqatgina nutqning rivojlanishi orqada qolmay, balki idrok, tafakkur, faoliyatning rivojlanishi ham orqada qoladi.

Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish uchun idrok ma’lum darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Bola diqqatini yetarli darajada predmetga qarata olishi, uni ko‘zdan kechirishi, xususiyatlarini va munosabatini ajrata olishi, predmet va harakatlarni rasmlarda taniy olishi kerak. Bularning barchasi aqli zaif bolalarda maktabgacha tarbiya yoshining boshlanishiga kelib ham shakllanmay qolgan bo‘ladi. Bu pedagoglarni ta’limning ko‘rgazmali vositalarini tanlashda ehtiyotkorlik va aniqlik Bilan harakt qilishlarini talab etadi.

Aqli zaif bolalarning diqqati ixtiyorsiz, tarqoq bo‘lganligi sababli mashg‘ulot vaqtida bolalarning ko‘zi ostida faqatgiga Ushbu mashg‘ulot uchun lozim bo‘lgan predmetlargina bo‘lishi lozim. Ortiqchalari ularning diqqatini tarqatadi. Eng yaxshisi, bolalarning diqqati 1-2 tagina predmetlarga qaratilishi lozim. Shuni aytib o‘tish kerakki, Ushbu predmetlar yirik, rangli bo‘lishi talab etiladi.

O‘qitishning 1- yilida ko‘rgazma materiali sifatida rasmlardan ehtiyotkorlik Bilan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki aqli zaif bolalar ko‘pincha predmetlarni tasvirda taniy olmaydilar, ayniqsa qanday harakatlar tasvirlanganligini tushunmaydilar, rasmdagi yuz ifodasini va ishoralarni esa umuman tushunmaydilar.

Ta’limda rasmlardan noto‘g‘ri foydalanish bolalarning dastur materialini formal ravishda o‘zlashtirishga, xususan predmetlarni va harakatlarni ifodalaydigan so‘zlarni tushunmaslikka olib keladi. Ko‘pincha bolalar bir rasmda predmetning nomini bilib olib, o‘sha predmetni boshqa rasmda nomlay olmaydilar yoki real predmetni uning tasviriga moslab olmaydilar. Rasmlardagi harakat nomlarini eslab qolib, ularni Yangi holatlarga, real hayotga tatbiq eta olmaydilar.

Rasmlardan ko‘rgazma vositasi sifatida foydalanishdan avval bolalarni tasvirni idrok etishga, ularni real predmetlarga. Harakatlarga. Holatlarga moslashtirishga maxsus o‘rgatish zarur.

Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo‘lgan idrok etishning sekinligi harakatlanuvchi tasvirlarni – kino va teleko‘rsatuvlarni to‘la idrok to‘sqinlik qiladi.

Bolalar ko‘pincha tasvirlanayotgan viqea-hodisalarning ketma-ketligini kuzatishga ulgurmaydilar, muhim joylarini o‘tkazib yuboriladilar. Shuning uchun Ushbu metodlar ham idrokni tayyorlash bo‘yicha maxsus ish bilan bog‘lanishi lozim.

Aqli zaif bolalarni o‘qitishdagi dastlabki davrda Amaliy metodlardan foydalanish bolalarning faoliyatini va bolalar tajribasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Amaliy metodlarni qo‘llashning namunasi sifatida yuqorida yoritib o‘tilgan «katta kichiklik” haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni keltirish mumkin.

Ta’limning tashkil qilishda bolaga ijtimoiy tajribani berish usullarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Bunday usullar-og‘zaki tasvirlash yoki so‘z ko‘rsatmasi, ko‘rsatish (taqlid) namuna, ishorali ko‘rsatma, bolani kata odam bilan birgalikdagi harakatlaridir.

Bolaga ijtimoiy tajribani o‘rgatish usullari o‘rtasidagi munosabatlar faol bo‘lib, ular doimo bir – birini o‘rnini olib turishi lozim. Masalan, namuna bo‘yicha harakat qila oladigan bolani taqlid qilishda, mustaqil harakat qila oladigan bolani namunada ushlab o‘tirish kerak emas. Shu Bilan birga bola harakatni so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha bajara olmasa namuna bo‘yicha, zarur bo‘lganda, taqlid qilishga o‘tish mumkin va hokazo. Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, bolalar turli topshiriqlarni turlicha bajaradilar. Bu topshiriqning murakkabligi va bolaning Ushbu faoliyat bilan tanishligi darajasiga bog‘liq.

Shuni eslatib o‘tish lozimki, ko‘rgazmali va amliy metodlar albatta nutq Bilan – so‘z ko‘rsatmasi, topshiriqni og‘zaki tushuntirish, og‘zaki tasvirlash bilan birga qo‘llanilishi, ammo nutq asta sekinlik bilan kiritilishi zarur.


TEKShiRISh SAVOLLARI:

1. Ta’lim metodlarini bolaga ta’sir shaklida tavsiflab bering (og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy).

2. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida mashg‘ulotlarning tuzilishining asosiy tamoyillari haqida so‘zlab bering.

3. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarning uyg‘unligi haqida so‘zlab bering.

4. Maxsus bolalar bog‘chasida I-II o‘quv yilida nutq qanday rolni bajaradi?


1 Исаев Д.Н. Умственная отсталость у детей и подростков. – СПб., 2003.

2 Выготский Л.С. Развитие высших психических функций. – М.: 1988.

Айтметова С.Ш. “Ёрдамчи мактаб ўқувчиларининг психик ривожланиш хусусиятлари”. Т.: 1984 й.




3 Выготский Л.С. Проблема умственной отсталости. В кн. Избранные психологические исследования– М.: 1999.

4 Катаева А.А., Стребелева Е.А. Дошкольная олигофренопедагогика - М.: Туманит, изд. центр “ВЛАДОС”, 2003г.


5 Катаева А.А., Стребелева Е.А. Дошкольная олигофренопедагогика - М.: Туманит, изд. центр ВЛАДОС, 2003.


6 Гаврилушкина Л.Д. Воспитание и обучение умственно отсталых дошкольников. – М.:»Просвещение», 1995.


7 Маллер А.Р. Ребенок с ограниченными возможностями: Книга для родителей. М.: Педагогика – Пресс, 1996.


Download 87,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish