Nizomiy nomidagi



Download 1,64 Mb.
bet4/5
Sana20.04.2017
Hajmi1,64 Mb.
#7175
1   2   3   4   5

qancha hududlarda yangi konlar ochildi.Baren shelfida Shtakmanod havzasida gaz kondedsatlari dengiz shelfida neft Pechorsk labida joylashgan. Rossiyaning mineral hom ashyo ba’zasi dunyodagi eng yirik va muhim hom ashyo potensial hududir. Butun sayyorada u o’z mamlakatining ichki ehtiyojini butunlay qoplaydi.

Shuningdek ekesport qilish imkonini beradi. Rossiyaga kelayotgan valyutani 70% ni hom-ashyo ekesporti orqali taminlaydi. Rossiyaning jahondagi neft zaxirasining ulushi 6 %, tabiiy gaz 30 %, toshko’mir 10 %, qo’ng’irko’mir 30 % ni tashkil etadi. Oltin koni bo’yicha daslabki o’rinlarda qazib olish bo’yicha Xitoy, JAR, Avstraliya, AQSH ga o’rin beradi.Rossiya gaz bo’yicha dunyo iqtisodiyotida yеtakchilik qiladi. Hozirda gazning zaxirasi 150,2 trln m3. Gaz qazib chiqarishda Rossiya 584 mlrd3, AQSH 569mlrd m3, Kanada 200 mlrd3, Buyuk Britaniya 117 mlrd m3. Gaz zaxirasi bo’yicha 1- o’rinda turadi (dunyo zahirasini 32%). Umumiy o’zlashtirilga gaz zahirasi (46,9 trln m 3) Chuqurligi 1,5 km joyda 23 trln m 3 (49,1%), interval chuqurlikda 1,5- 3,0 km 16,3 trln m3 (34,7%) chuqurligi 3km ortiq -7,6 trln m3 (16,2 %). Joylashuviga ko’ra gaz zahiralari metanli (quruq) gaz 61,0 %, etansoli (3 % ko’proq) 30,3 %, vodorodligaz 8,7% dir. Asosiy gaz zahiralari Shimol, Shimoli Kavkaz, Povoljskom, Ural, G’arbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Uzoqsharq iqtisodiy rayonida joylashgan.Asosiy bashoratli resurslar G’arbiy- Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Karsk, Barensk va Oxota dengizlari. Foydali qazilma qazib olish bo’yicha sohada еtakchi Rossiyada topilgan konlarning soni 20 000 dan ortiqdir. Bu konlarning 40 % sanoat miqyosida foydalaniladi. Hozirda eng faol hududlarda neft va gaz qazib olish yеtakchilik qiladi. Rossiyaning dengiz shelf hududlarida joylashib 4,2 mln km2 ni tashkil etsdi, yoki jahon okeanining continent shelfini 20 % ni tashkil etadi (5-jadval).2012-yili Rossiyaning “ Tog’ geologik qidiruv ilmiy tekshirish institutiga” 312 yil bo’ldi. U 1700-yil 2-oktyabrda tashkil etadi. Pyotr I ning “Rudniy prikaz “ nomli farmonidan so’ng ish boshladi. [6]



5-jadval.

Gaz ishlab chiqarishda Rossiya mintaqalarining salmog‘i, %




Rayonlar ulushi

Rayonlar bo‘yicha neft qazishda sub’ektlar salmog‘i, %

Rossiya, jami

100




Rayonlar misolida







Shimoliy

0,7

Komi Respublikasi (0,7)

Shimoliy-Kavkaz

0,64

Adigey respublikasi (0,03)

Dog‘iston Respublikasi (0,1)

Krasnadarsk o’lkasi (0,4)

Strapovolsk o’lkasi (0,06)

Rostov viloyati (0,05)

Povoljskiy

2,07

Qalmoq Respublikasi (0,01)

Tatariston Respublikasi (0,1)

Astraxan viloyati (1,7)

Volgograd viloyati(0,1)

Samara viloyati(0,05)

Saratov viloyati (0,07)

Ural

4,68

Boshqirdiston Respublikasi (0,07)

Udmurtiya Respublikasi (0,01)

Orenburg viloyati (4,5)

Perm viloyati (0,1)

G’arbiy Sibir

91,2

Tyumen viloyati (Xanti-Mansk 3,4 va Yamola-Nenesk avtonom okruglari 87,9) Omsk viloyati (0,001), Tomsk viloyati (0,4).

Sharqiy Sibir

0,14

Kranoyarsk o’lkasi (0,07) (bu bilan birga Taymir avtonom okrugi 0,07)

Irkutsk viloyati (0,001)

Uzoq Sharq

0,6

Saxa Respublikasi (Yakutiya) (0,3)

Kamchatka viloyati (0,001)

Saxalin viloyati (0,3)

Ichki suvlari. Rossiya suv zahiralariga boy. Mamlakat hududida 2,5 mln ta daryo va 3 mln ta ko'l bo'lib, ular orasida dunyodagi eng katta Kaspiy va eng chuqur chuchuk ko'l Baykal ko'li joylashgan. Daryolar uch okean havzasiga qarashli, Shimoliy Muz okeani, Tinch va Atlantika okeani shuningdek Kaspiy ko'li ichki oqimsiz havzaga qarashlidir.Rossiya Federatsiyasida uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shimoliy Muz okeani havzasiga ( Shimoliy Dvina, Pecho va Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indirka, Kolima va b.), Tinch okean havzasiga ( Don, Kuban, Neva va b. ) mansub. Yevropaning eng sersuv Volga daryosi, shuningdek Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning ko’pida suv transporti va yog’och oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashda, ekinzorlarni sug’orishda katta ahamiyatga ega. Rossiya Federatsiyasida 2 mln dan ortiq chuchuk va sho’r suvli ko’l bor. Eng yiriklari: Baykal ( dunyodagi chuchuk suv zaxirasining 1/5 qismi ), Kaspiy dengiz-ko’li, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiya Federatsiyasida 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Brastik, Krasnoyarsk, Zeya, Ust-Ilim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va b. 
Bu hududdagi daryolar oqimi tinchdir, ularning manbai qor va yomg’irdandir. Rossiya bundan tashqari yеr osti suv zahiralariga boy.Rossiya hududining katta qismini ko'p yillik muzloq yеrlar egallagan.Muzloq еrlarning maydoni 11 mln km2ni tashkil etadi. Abadiy muzloq yеrlar ko'p ming yil ilgari hosil bo'lgan. Muzloq qatlamlar qalinligi janubda bir necha yuz metrga еtadi.[8]

O’rmon resurs boyliklari.Rossiya federatsiyasi maydonini 771 109 ming ga o’rmonlar qoplaydi. Asosan o’rmonlarda (78%) qayta ishlashga mos daraxtlar o’sadi: sosna, yеl, pixta, dub, yasen, beryoza, buk, klen, lipa va hokoza. Buning asosiy o’rmon boyligi uning maydonini keng miqyosda qoplab olganidir. Yevropa qismida aholi ko’p yashaydigan hududda bor yo’g’i 17,6 % o’rmonfondi joylashgan, buning 82 % Sibir va Uzoq Sharqa to’g’ri keladi. Rossiya maydonining 75 % idan ko’prog’i Sharqiy rayonga, bu bilan birga 66 % Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqga to’g’ri keladi. O’rmon resurslarining Yevropa hududidagi katta ahamiyat kasb etadi, bu yеrdagi o’rmonlar asosan qurulish materiallari yеtqazib beradi(taxta, qog’oz). Bu hududdagi 65 % o’rmon maydonlari qo’riqlanadi. Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq rayonlarida o’rmonlarning yarmidan ovchilik qilishda foydalaniladi. Rossiya hududidagi 80 % o’rmon igna bargli, 20 %i esa keng bargli daraxtlarni tashkil etadi. Bargli o’rmon zahirasi 42 % , sosna – 23,5,yеl – 18,8, kedr – 11,4% dir.Mayda bargli areal o’rmonlari Uraldan Tinch okean qirg’oqlarigacha cho’zilgan. Sibir va Uzoq Sharqda asosan sasna va kedra zahiralari joylashgan. O’rmon va yog’ochni qayta ishlash sellyuloza- qog’oz sanoati bu tarmoq juda katta ahamiyatga ega Rossiya o’rmonlarga juda boy va ular hudud bo’yicha keng tarqalgan. Umumiy o’rmon maydonlari 766 mln gektarni tashkil etadi.Sellyuloza qog’oz sanoati korxonalarini joylashtirishda xom ashyo omillining ahamiyati juda katta.Hozirgi vaqtda bu tarmoqning asosiy markazlari shimoliy rayonda (Kondopoga, Arxangelsk, Kotlas, Siktivkar), ularda (Krasnokamsk, Krasnovishersk, Solikamsk), Volga- Viyatka rayonida (Balaxna, Pravdinsk, Voljsk) joylashgan. Sibirda (Krasnoyarsk, Bratsk, Ust-Ilmsk, Selenginsk, Baykalsk) va Uzoq Sharq yirik kombinatlar ishlaydi. Bu tarmoq juda katta ahamiyatga ega. Rossiya o’rmonlarga juda boy va ular hudud bo’yicha keng tarqalgan. Umumiy o’rmon maydonlari 766 mln.ga ni tashkil etadi. O’rmon resurslari bo’yicha 1- o’rinda turadi. O’rmon resurslari Rossiyada ko’p boshqa davlatlarga nisbatan ( ¼ qismi o’rmoni jahonda) bundan iqtisoddiyotda foydalanishda boshqa davlatlardan ortda qolmoqdadir. Ko’plab o’rmonlaridan foydalanilmaydi, bundan tashqari yong’inlar sababli ham ko’plab o’rmonlar yonib ketmoqda.Hozirda o’rmonlarni tiklash ishlari, izlanishlar borilmoqdadir.Selluloza-qog’oz sanoati korxonalarini joylashtirishda xomashyo omilining ahamiyati juda katta. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning asosiy markazlari Shimoliy rayonda (Kondopoga, Arxangelsk, Kotlas, Siktivkar), Uralda (Krasnokamsk, Krasnovishersk, Solikamsk ), Volga-Vyatka rayonida (Balaxna, Pravdinsk, Voljsk) joylashgan. Sibirda (Krasnoyarsk, Bratsk, Ust-Ilimsk, Selenginsk, Baykalsk) va Uzoq Sharqda yirik kombinatlar ishlaydi. Rossiya o'rmon resurslari zahiralari bo'yicha dunyoning istalgan mamlakatidan oldingi o'rinda turadi, biroq o'rmon resurslaridan foydalanishi darajasi bo'yicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan orqada qolmoqda (6-jadval).

6-jadval.

O‘rmon hududlarining maydoni va umumiy yog‘och zahirasi, 2011 y

Iqtisodiy rayon

Maydon ming ga

maydonga nisbatan % hisobida

Umumiy yog‘och zaxirasi mln m3

Yog‘och zahirasiga nisbatan % hisobida

Rossiya Federatsiyasi

771 109

45,2

81 644

100

Shimoliy

76 048

51,2

7599

9,2

Shimoli-G’arbiy

10 388

52,9

1625

2,0

Markaziy

20 328

41,9

3042

3,7

Volgo – Vyatka

13 309

50,6

1787

2,2

Markaziy qora tuproq

1469

8,8

183

0,2

Volgabo‘yi

4773

8,9

573

0,7

Shimoliy Kavkaz

3664

10,3

579

0,7

Ural

3.5 753

43,4

4850

5,9

G’arbiy Sibir

90095

37,1

10 974

13,4

Sharqiy Sibir

234 464

56,9

29 315

36,0

Uzoq Sharq

280 552

45,1

21 258

26,0

Kaleningrad oblasti

266

17,6

39

0,00

Iqlimi. deyarli hamma joyda kontinental (chekka shimoliy-g’arbda dengiz iqlimi), Sibir va Uzoq Sharq shimolida keskin kontinental, janubda musson iqlim (qishi sovuq, qor kam yog’adi, yozi mo’tadil iliq). Qishda Rossiya Federatsiyasi hududi ustidan yuqori atmosfera bosimi (sharqda Osiyo antisikloni) hukmron bo’ladi. Yanvarningo’rtasidatemperaturasiYevropaqisminingg’arbidavaKavkazshimolida 0-5°, Saxasharqida -40°, -50°, jumladan, Oymyakonda -72.2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubda issiq iyulning o’rtacha temperaturasi 1° dan (Sibir shimolida) 24°-25° gacha (Kaspiy bo’yi pasttekisligida) yеtadi. Eng ko’p yog’ingarchilik Kavkaz tog’larida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining o’rmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybo’yi pasttekisligining yarim cho’l joylarida juda soz – yiliga 170 mm ga yaqin yog’in tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60-80 kun davom etsa, Chekka shimolida 250-260 kunga boradi.

Tuproq va o’simliklari. Tuproq va o’simliklari tekisliklarda tabiat zonalariga qarab o’zgaradi. Shimoliy Muz okeani orollari va Taymir yarim oroli sohilida ibtidoiy arktika tuprog’i tarqalgan bo’lib, asosan siyrak lishaynik, mox va ko’p yillik gulli o’simliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprog’i tarqalgan. O’simlik turi ko’p: mox va lishayniklardan tashqari past bo’yli butalar (pakana qayin va tol), har xil o’t, mevali o’simliklar (brusnika, golubika) uchraydi.
O’rmon zonasining shimoliy qismi(tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar – qoraqarag’ay, oqqarag’ay, kedr va qarag’ay o’rmonlari, Yeniseydan Sahrodagi tayga tuproqlarda igna bargli tayga daraxtlari – Sibir va dauriya tilog’ochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqarag’ay va oqqarag’ay o’sadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, G’arbiy Sibirda) botqoqlik ko’p. Taygadan janubroqda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash o’rmonlar bor. Rossiya chimli podzol tuproqlarda oqqayin va tog’terak, eman, zarang, qayrog’och, Sharqiy Yevropa tekisligida o’rmon zonasining chekka janubida eman, jo’ka va boshqalar. Keng bargli daraxtlar o’sadi. Sharqiy Yevropa va G’arbiy Sibirda qora va tog’ kashtan tuproq, Kaspiybo’yi pasttekisligida och kashtan va qo’ng’ir, sho’rxok tuproqlar uchraydi.
Shimoliy Muz okeani orollari va Taymir yarim oroli sohilida ibtidoiy arktika tuprog’i tarqalgan bo’lib, asosan siyrak lishaynik, mox va ko’p yillik gulli o’simliklar uchraydi. Tundra zonasida gleyliy tuprog’i tarqalgan.

Rossiya o'rmon resurslari zaxiralari bo'yicha dunyoning istalgan mamlakatidan oldingi o'rinda turadi, biroq o'rmon resurslaridan foydalanishi darajasi bo'yicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan orqada qolmoqda.



Rossiya katta yer resurslariga ega bo'lib, yer shari quruqligining bir qismini tashkil etadi. Mamlakat hududining yirikligiga qaramay qishloq – xo’jaligida yerlarning nisbatan oz qismidan foydalaniladi. Biroq unumdor qishloq xo'jaligi yerlari (haydaladigan pichanzorlar va yaylovzorlar) jami yer maydonining 13 foizini egallaydi xolos. (haydaladigan yerlar - 8 foizni tashkil etadi). Hududning bir qismi doimiy muzloq zonasiga to’g’ri keladi. Mamlakatning Tundra zonasi yaylov bug'ichiligi tarqalgan.Rossiya katta yеr resurslariga ega bo'lib, yеr shari quruqligining qismini tashkil etadi. Biroq unumdor qishloq xo'jaligi yеrlari (haydaladigan pichanzorlar va yaylovzorlar) jami yеr maydonining 13 foizini egallaydi xolos (haydaladigan yеrlar-8 foizni tashkil etadi). Mamlakatning Tundra zonasi yaylov bug'ichiligi tarqalgan. Tuproq va o’simliklari tekisliklarda tabiat zonalariga qarab o’zgaradi. Shimoliy Muz okeani orollari va Taymur yarim oroli sohilida ibtidoiy arktika tuprog’i tarqalgan bo’lib, asosan siyrak lishaynik, mox va ko’p yillik gulli o’simliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprog’i tarqalgan. O’simlik turi ko’p: mox va lishayniklardan tashqari past bo’yli butalar (pakana qayin va tol), har xil o’t, mevali o’simliklar (brusnika, golubika) uchraydi.O’rmon zonasining shimoliy qismi(tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar – qoraqarag’ay, oqqarag’ay, kedr va qarag’ay o’rmonlari, Yeniseydan Sahrdagi tayga-to’ng tuproqlarda igna bargli tayga daraxtlari – Sibir va dauriya tilog’ochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqarag’ay va oqqarag’ay o’sadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, G’arbiy Sibirda) botqoqlik ko’p. Taygadan janubroqda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash o’rmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va tog’terak, eman, zarang, qayrog’och, Sharqiy Yevropa tekisligida o’rmon zonasining chekka janubida eman, jo’ka va b. Keng bargli daraxtlar o’sadi. Rossiya juda katta yеr fondiga ega. Mamlakat yеr fondi 1707,5 mln gektarni tashkil etadi. Lekin yеr fondi tarkibida qishloq xo'jaligida foydalaniladigan еrlar bor yo'g'i 209,0 mln gektarni tashkil etadi. (Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yеrlar maydoniga ko'ra dunyoda Xitoy va AQShdan keyin uchinchi o'rinni egallaydi).Mamlakatda haydaladigan yеrlar maydoni aholi jon boshiga 0,87 gektarga to'g'ri keladi. (Bu ko'rsatgich Qozog'istonda 2,0 gektar, Kanadada - 1,7 gektar, AQShda - 0,54 gektar, Yaponiyada - 0,03 gektarni tashkil etadi).Hozirgi vaqtda mamlakat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda tarkibiy qayta qurish jarayoni kechirilmoqda. Agrar islohatlar doirasida kolxoz va sovxozlarni qayta tashkil etish, yеrlarni qaytadan taqsimlash, ularni xususiylashtirish ishlari davom etmoqda.Tayga zonasidagi daryo vodiysi bo'ylarida dehqonchilikning rivojlangan markazlari katta maydonlarni egallaydi. Bu еrlarda asosan chorvachilik sohalari ham rivojlantirilgan.Tayganing janubiy qismi va aralash o'rmonlar zonasi (Rossiyaning Yеvropa qismi noqoratuproq zonasi)da zig'ir, donli ekinlar (javdar, so'li, arpa), sabzavot, kartoshka va xashaki ekinlar ekiladi. Ushbu zonada sut va go'sht-sut yo'nalishiga ixtisoslashgan chorvachilik sohasi yеtakchilik qiladi. Ko'p sonli sanoat markazlari atrofida cho'chqachilik va parrandachilik rivojlangan. G'arbiy Sibir taygasining janubiy qismida ekin maydonlari katta maydonlarni tashkil etadi.

III.BOB. ,,ROSSIYA FEDERATSIYASI’’ MAVZUSINI O’QITISH TEXNOLOGIYASI.

3.1 ,, Rossiya Federatsiyasi’’ mavzusini o’qitishda diagrama va statistik ma’lumotlardanfoydalanish.

Maktab gеografiyasi darslarida diagramma va chizmalardan juda ko’p foydalaniladi. Diagramma va chizmalarda raqamli ma’lumotlar ifodalaniladi. Diagramma orqali ma’lum bir ko’rsatgichlarni boshqasidan kattaligi yaqqol ko’rsatish mumkin.Diagramma va chizmalarni chizish usullari bilan o’quvchilar matеmatika darslarida tanishishadi.Shuning uchun gеografiya darslarida to’g’ridan-to’g’ri ularni moxiyati va mazmuniga o’quvchilar diqqatini qaratadi.

Diagramma va chizmalarni tushintirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-diagrama va chizmalarda nimalar tasvirlanganini o’quvchilarga tushuntiriladi;

-diagramma va chizmalarda qanday tabiiy gеografik va iqtisodiy gеografik voqеa va hodisalar tasvirlangani ochib bеriladi;

-diagramma va chizmalarda qanday bog’liqlik yoki qonuniyatni aniqlash mumkinligi tushuntiriladi. Masalan. Tabiiy gеografiya darslarida iqlim mavzusini o’rganishda yеr yuzasiga tushayotgan issiqlik miqdorini quyosh nurlarini tushishi burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizma. Bunda quyosh nurlari ekvatoriyal tropik mintaqalarda yеr yuzasiga tik tushishi, shuning uchun mazkur mintaqalarda quyosh issiqligini miqdori katta, qutublarda esa quyosh nurlarini tushish burchagi kichik shuning uchun bu yеrlarda yеr yuzasiga kеlayotgan quyosh issiqligini miqdori kam ekanligi oqibatida qutubiy o’lkalar muz va qor bilan yil davomida qoplanib yotganligi asoslab bеriladi. Iqtisodiy igеografiya darslarida diagramma va chizmalar orqali axolining, miniral rеsurslarni, sanoat va qishloq xo’jaligi ko’rsatgichlarini ifodalash mumkin.

Maktab gеografiyasida statistik ma’lumotlarni quyidagi mеtodik ma’lumotlarni qo’llashi mumkin:

-statistik ma’lumotlar gеografik bilimlarni manba siftida foydalanilganda;

-o’rganilayotgan mavzu nazariyasi bilan uning statistik ko’rsatgichlari orasidagi bog’liqlik o’rganiladi;

-prеdmеtlararo aloqalardan foydalanishda. Masalan, matematika bilan. Bunday aloqalar diagramma,chizma, xisoblash ishlarini amalga oshirganda qo’llaniladi;

- Darslik matnidagi va xaritalardagi statistik ma’lumotlardan foydalaniladi;

-yangi mavzularni o’tishda statistik ma’lumotlardan foydalaniladi;

- o’tilgan darsni mustaxkamlashda statistik ma’lumotlardan foydalaniladi;

Statistik ma’lumotlar gеografiya ta’limida ikki xil maqsadda ishlatiladi:

-aniq gеografik ma’lumot sifatida. Bularga matirik va okеanlarning maydoni, quruqlikning eng baland va past nuqtasi, matеriklarning chеkka nuqtalari, davlatlarning maydoni, yirik dеngiz, ko’llarning maydoni va chuqurligi, yirik daryolarning uzunligi va h.k. lar kiradi. Mazkur statistik ko’rsatgichlarni o’quvchilar yodlab olishlari lozim;

-gеografik bilimlar manbai sifatida. Iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida juda ko’p statistik ma’lumotlar jadval diagramma va grafik sifatida bеrilgan. Ulardan o’quvchilar bilim olish maqsadida foydalanishlari mumkin. Mazkur ma’lumotlarni taxlil qilish asosida o’quvchilar turli xulosalar chiqarishlari mumkin.

Shuning uchun o’qituvchilar o’quvchilarni statistik ma’lumotlar bilan ishlashga o’rgatishlari va tеgishli ko’nikmalarni xosil qilishga erishishlari lozim.

Gеografiya ta’limida qo’llaniladigan statatistik ma’lumotlarni shartli ravishda uch guruxga bo’lishimiz mumikn:

-yakka holdagi guruxlashtirilgan sonli ma’lumotlar;

-chizmalarda ifodalangan sonli ma’lumotlar (diagramma , grafik, kartogramma, kartodiogramma);

-jadvallarda ifodalanеgan sonli ma’lumotlar.

Yakka xoldagi statistik ma’lumotlardan foydalanish.Mazkur guruxdagi sonli ma’lumotlar guruxlashtirilmagan bo’ladi. Ularni hir biri bilan ishlaganda fikrlash talab qilinadi ayrimlari bilani ishlaganda ularni esda saqlab qolish talab qilinadi. Sonlarni esda saqlab qolish va ular xaqida fikr yuritishda ular butun son xoliga kеltiriladi, ya’ni kasr son butur sonlarga aylantiriladi. Ayniqsa yodda saqlab qtsolinadigan sonlar albatta yaxlitlanishi lozim. O’quvchilar o’z jadvallarida yaxlitlangan sonlarni aytishlari lozim. Masalan, Afrikaning maydoni 30 Mln. km, O’zbеkiston maydonini diyarli 0,5 mln km2 va h.k.Dars jarayonida ishlatiladigan xar bir son izzoxlanishi lozim. Masalan, daryoning uzunligini so’rayotganda uni kеma qancha vaqtda bosib o’tishini, davlatlarni maydonini tushuntirayotganda uni g’arbdan sharqqa tomon, shimoldan janubga tomon qancha masofaga cho’zilgandigi va ushbu masofalarni poеzdda , yoki avtomobilda qancha vaqtda bosib o’tishini tushuntirilsa, o’quvchilarda maydon tushunchasi tеz va oson shakillanadi.Iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatgichlar jon boshiga xisoblanadi. Masalan, jon boshiga bug’doy еtishtirish, jon boshiga sanoat maxsulotlari еtishtirish va h.k. Statistik ma’lumotlar bilan ishlashning muxum usullaridan biri qiyoslash xisoblanadi. Bunda sonlarni yodlab qolish shart emas. Masalan Turkmanistonni maydoni O’zbеkistonnni maydoni bilan diyarli bir xil, yoki bo’lmasa Balxash va Ladoga ko’llarning maydoni diyarli bir xil va h.k. Bundan tashqari o’quvchilargav sonlarni qiyoslash bo’yicha topshiriqlar xam bеrish mumkin. Masalan, O’zbеkistonni axolisi Osiyodagi qaysi davlatlar axolisidan ko’p , yoki O’zbеkistonning maydoni Osiyodagi qaysi davlatlar maydoni bilan diyarli bir xil.

Gеografiya darslarda diagramma va grafiklardan foydalanish. Gеografiya ta’limida diagramma va grafiklardan kеng foydalaniladi. Diagramma va grafiklar orqali bir gеografik obеktni boshqasiga nisbatan katta yoki kichkina ekanligi, bir tarmoqlarni iqtisodiy ko’rsatgichidan yuqori yoki pastligini ko’rsatish mumkin.Diagramma va chizmalarni o’qish, o’rganish va taxlil qilish mеtodikasi umumiy xususiyatlarga ega.

Diagramma va chizmalar bilan ishlash tеxnologiyasi quyidagi qismlardan iborat:

-o’quvchilar dеagramma va chizmalarni axamiyatini tushuntirish;

-o’quvchilarga diagramma va chizmalarni axamiyatini tushuntirish;

-diagramma va chizmalarni tuzishni o’rganish;

-gеografik ko’rsatgichlarni diagramma va chizmalarda tasvirlash bo’yicha o’quvchilarga topshiriqlar bеrish. Masalan, 5-sinf o’quvchilari havo xaroratini chizmasini, bulutsiz va bulutli kunlar diagrammasini tuzishlari mumkin;

-diagramma va chizmalarni o’qishga va taxlil qilishga o’rgatish. Avval diagramma va chizmada nima tasvirlanganligini tushuntiriladi. So’ngra diagramma va chizmada tasvirlangan sonlarni o’quishga va taxlil qilishga o’rgatiladi. Diagramma yoki chizmada ko’rsatilgan gеografik ko’rsatgichlarni yillar bo’yicha o’zgarishini taxlil qilib ma’lum bir ko’rsatgichni o’sish yoki o’zgarish qonuniyatlarini aniqlanadi;

-diagramma va chizmalarni taxlili asosida xulosalar qilishni o’rgatish. Masalan, havo xarorati chizmasini taxlil qilganda oylik va yillik o’rtacha xarorat, eng yuqori va eng past xarorat xaqida xulosalar qilinadi. Yoki bo’lmasa ma’lum mamlakatlarda ishlab chiqilgan yalpi miqdorni taqqoslab yalpii maxsulot miqdori bo’yicha mamlakatlar jadvalini tuzish mumkin.[11]

Statistik jadvallar bilian ishlash tеxnologiyasi. Jadvallar maktab gеografiyasida kеng qo’llaniladi, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida.Shu munosabat bilan maktab gеografiya darsliklarida kеltirilgan jadvallarni quyidagi yirik ikki guruxga bo’lishimiz mumkin: tabiiy gеografiya kurslarida kеltirilgan javoblar iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida kеltirilgan jadvallar.

Tabiiy gеografiya kurslarida jadvallar ko’proq ilova shaklida bеriladi.Masalan. 9-sinf gеografiya darsligining ilova qismida quyidagi jadvallar bеrilgan: materiklar maydoni, aholisi, shaharlari, resurslari berilgan. Iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kurslarida jadvallar juda kеng qo’llaniladi, shuning uchun ularda matinda va ilovada xam jadvalda bеrilgan.

Statistik jadvallar bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi:

-jadvalni nomi o’qish;

-jadvaldagi ko’rsatgichlarni o’lchov birliklarini tushuntirish;

- jadvallarni qatorlarini va ustunlarininomlarini o’qish;

-qator va ustunlardagi raqamli ko’rsatgichlarni solishtirish;

-jadvalda bеrilgan ma’lumot xaqida xulosa qilish.

Jadvallarni o’qishga o’rgatish quyidagi qismlardan iborat:

-o’qituvchi ishtimoiy iqtisodiy gеografiya kurslarida jadvallarni axamiyatini tushuntiradi va jadvallarni axamiyatini tushuntiradi va jadvallarni tuzish xaqida ma’lumotlar bеradi;

-jadvalni o’lchov birliklari xaqida ma’lumot bеradi. O’lchov birliklarini natural va nisbiy ekanligi tushuntiriladi;

-shundan so’ng o’qituvchi jadvalni o’qish usullari bilan tanishtiradi.Qaysi hollarda ustundagi, qaysi ollarda qatordagi raqamlarni o’qish tushuntiriladi. Jadvalni qatordagi raqamlarini unda mamlakatlarning maydoni bеrilganda o’qiladi;

-o’quvchilarga jadvallar bilan ishlash bo’yicha mustaqil ishlar bеrish.

Bundan tashqari o’qituvchilar iqtisodiy xisoblar olib borish ko’nikmalarini ham shakillantirish lozim. Masalan, maydon birligiga to’g’ri kеladigana’oli soni, jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish, o’rtacha yillik xarorat va h.k.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish