Nizomiy nomidagi



Download 1,64 Mb.
bet3/5
Sana20.04.2017
Hajmi1,64 Mb.
#7175
1   2   3   4   5

Relifi. Rossiya Federatsiyasi maydonining qariyb 70% tekislik. G’arbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda balandligi 250-400 m li Valday, O’rta Rossiya, Volgabo’yi, Bugulma-Belebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar, Oka-Don, Kaspiybo’yi va boshqa pasttekisliklar bilan tutash. Unda sharqda Ural tog’ tizmasi, so’ng G’arbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oralig’ida O’rta Sibir yassitog’ligi, sharqda Markaziy Yakutiya pasttekisligi bor. Mamlakat sharqi va janubida tog’liklar ko’proq. Yevropa qismida Katta Kavkaz tog’ining shimoliy yon bag’rida tizma tog’lar (Rossiyadagi eng baland nuqta – Elburs tog’i, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi tog’ tizmalari – Oltoy, Kuznetsk Olatovi, G’arbiy Sayan tog’lari, Tuva, Baykalbo’yi, Baykal oritdagi tog’lar va Stanovoy tizmasi Rossiya Federatsiyasining janubiy chegarasi bo’ylab o’tadi. Sibirning shimoliy-sharqi (Verxoyansk va Cher tizma tog’lari), Uzoq Sharq (Chukotka va Karyak tog’lari)da o’rtacha baland likdagi tizmalar ko’proq uchraydi. Tinch okean sohili bo’ylab cho’zilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi tog’larda harakatdagi vulkanlar otilib turadi. [4]

Geologik tuzilishi. Rossiya Federatsiyasi hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, G’arbiy Sibir plitasini, Janubiy Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali oblast, Koryak yassi tog’lari, Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali oblastlarini egallaydi. Qadimiy plarformalar yuqori proterozoy davrigacha bo’lgan kristalli fundament(zamin)dan iborat bo’lib, dengiz tubidagi qadimiy cho’kindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminning yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, cho’kindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri o’rtalarigacha qadimiy platformalarni o’rab turgan burmali oblastlar o’rnida okean bo’lib, asta-sekin geosinkilinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan oblastlar – baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishllari hosil bo’lgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan. [4]

2.2. ROSSIYA FEDERATSIYASINING TABIIY RESURS TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI.

Mineral resurslar. Rossiya Federatsiyasida juda boy mineral xomashyo zaxiralariga ega bo’lgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik ko’mir havzasidan 5 tasi Rossiya Federatsiyasida joylashgan. Rossiya Federatsiyasida dunyodagi temir rudasi, beriliy zaxirasining 30%, neftning 17-18%, gaz, olmos, niobiy tantalning 70-75%, palladiyning 50%, nikelning 40%dan ko’prog’i, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shimoliy Kavkaz, O’rta va Janubiy Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk o’lkasi shimolida mis-nikel, Zabaykaliy va Uzoq Sharqda rux-qo’rg’oshin, Ural, Oltoy, Zabaykaliy va Kola yarim orolida qimmatbaho toshlar, marmar, Granit, bazolt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobali, slyuda-mosvit, asbest va sh. k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.

Rossiya foydali qazilma konlarga boy mamlakatdir. Mamlakat temir ruda zaxiralariga boy, ayniqsa Kursk magnit-anaioliyasi (KMA) da rayonida sifatli temir rudasi ochiq usulda qazib olinmoqda. Bu yеrda chugun eritish ham yaxshi rivojlangan. 1 tonna chugun olish uchun 1,2 – 1,5 tonna ko’mir, 1,5 tonna temir rudasi, 200 kg marganes rudasi va 30 m3 suv kerak bo’ladi.Sharqiy rayonda temir rudasi shakllangan rayondir. G’arbiy Sibirda rudalar Shori va Altay rudalari



2-rasm.

ROSSIYA FEDERATSIYASINING IQTISODIY KARTASI.

(zahirasi 1 mlrd t dan ko’p); Sharqiy Sibirda Angaro-Pitiskiy, Angaro-Ilimiskiy basseyni va boshqalar., Priangarskiy, Kuzneskiy, Alatau va Kavkaz ortida (zaxirasi 4 mlrd t). Xilma xil metal va nometall rudalar Kola Yarim orolidagi Baltika qalqoniga to'g'ri keladi. (Xibin tog'larida).Ural rayonidagi temir ruda konlari zaxiralari tugab borayotgan bo'lsada, u mamlakatning temir ruda qazib chiqaruvchi asosiy rayonlardan biri bo'lib qolmoqda. Bundan tashqari Sibir va Uzoq Sharq rayoni ham temir rudalariga boydir (2-rasm).



Rangli metallurgiya. Rossiya Federatsiyasi rangli metallarga boydir. Taminlanganligiga ko’ra rangli metallar zahirasi: boksit 100 yil, mis 85, sivenes va qo’rg’oshin 100 yilga yaqin, nikel 70 yil, volfram 58 yil, molibden 130 yilga yеtadi.Rangli metallar Kavkaz tog’larida , Sadansk shimoliy Asetiyada volfram va molibden kabi konlari bor bo’lib ularning ko’pchiligida qazib olish ishlari to’xtatilgan. Rossiyada juda katta ko’mir konlari Sharqiy Sibirda, Kuznes baseynida eng ko’p qazib olinadi.Rossiyaning Yevropa qismida esa Pechorskda toshko’mir havzasi (Komi Respublikasida) qazib olinadi. Juda ko’plab konlar quyidagi joylarda joylashgan janubiy Yakutsk, Saxalin, Vladivastok, Urgolsk, Irgutskda toshko’mirning katta zaxirasi bor, bundan tashqari Tungus havzasi Lenskiy viloyatida ham mavjud bo’lib bu hududlarda deyarli ishlatilmaydi. Buning asosiy sababi hududning iqlimi keskinligidadir. Bu hududlarning kelajagi hali bor .Shuningdek Rossiyaga Danetsk ko’mir havzasining janubiy-sharqiy qismi tegishli (Rostov viloyati).Bu konning katta qismi Ukraina hududida joylashgan.Eng mashhur konlardan biri Krasnayarsk o’lkasi Konskachins konidan qazib olinadi.Bu hududdagi konlar Kaspiy bo’yi hududlarining shimoliy havzasi bilan o’zoro bog’liqdir. Qozog’iston Apshey viloyati va Azerbayjon konlariga yaqin joylashganligidadir. 1940-yilning boshlarida neft, gaz konlari Povolji , Ural oldi (Romonshk, Orolsk, Tuymazn, Bugurslan , Ishimboy, Muxanov) undan so’ng esa Voyvashk Vuktilsk kabi hududlar o’zlashtirildi. 1960-1970- yillarda esa, Sharqiy Sibir havzalari tezda o’zlashtirildi.Hozirda ular eng gaz-neft qazib olinadigan hududlar shimoli-g’arbiy Sibirda (Yamana Nanetik) katta gaz hududlari mavjud bo’lib (Yambursk, Urungurs, Medveji, Xarasaveysk, g’arbiy Sibir markazlarda joylashgan bo’lib Hondimanskiy okrugiga tegishlidir.

Alyuminiy yеngil rangli metall tarkibiga kiradi. Uning sifatini oshirishda:boksit ishlatiladi, Shimol – G’arb(Boksitogorsk), Shimol (asoaiy katta hududlar Timana, Komi Respublikasi), Ural (Shimoliy – Ural, Kamensk – Uralskiy), Sharqiy Sibir (Nijniangarskiy); nefelin Shimol(Xibinskiy), G’arbiy Sibir (Kiya- Shaltirsk).

Mis rudasi konlari asosan Uraldan Kola yarim orolida, shuningdek Janubiy Sibir tog'larida joylashgan.Sharqiy Sibir rayonida esa mis-nikel, kobalt, platina konlarining ishga tushirilishi bilan yirik Norilsk shaxri qad ko'tardi. Sibir rudali va norudali foydali qazilma konlariga boy region hisoblanadi. Uralskiy iqtisodiy rayonida mis rudalari ko’pdir. Bu еrda qayta ishlanadigan hududlari quydagilar Gayskoy va Blavinskoy (Orenburg oblasti), Krasnouralskiy va Revdinskoy (Sverdlovskiy oblasti), Sibayskogo, podolskogo va Yubileynogo (Bashkariston Respublikasi) da tarqalgan. Uralda metallurgiyani boyitishda yutuqlarga erishmoqda. O’zining resurslari yеtmaydi, shuning uchun Konsentradan foydalaniladi (Qozog’iston, Kolskiy yarimoroli) bu yеrdagi metall 30 -40 % dir. Hududning boshqa rayonlarida ham mis mavjuddir. Shimoliy rayon (Monchegorsk), Sharqiy Sibir, Norilskiy kombinat (mis – nikel rudalari Norilskogo, Talnaxoskva, Nerchinskogo va hokozo). Shimoliy Chitinskoy oblastida qidiruv ishlari olib borilib jahonda zahirasi jihatidan 3-o’rinda Udakonskogoda mis rudasi (1,2 mlrd t dan ortiqdir). Mis konlari esa asosan Uralda (Qizil Turun , Qizil Ural, Sibaysk, Plyavin, Gaskoy) Kols yarimorolida joylashgan. Hozirda qazib olinayotgan mis, nikel konlari, Sharqiy Sibir Tolnask yaqinida katta shahar Norlskda qad ko’targan. Uzoq Sharq Sibir yaqinida oltin konlari bo’lib, ular Piken va Aldan havzalari yaqinida bo’lib temir konlari, sulyuda , asbest, kabi metallar ham joylashgan. Yakutiya respublikasining Soha, Tinchlik kabi konlaridan sanoat miqyosida olmoslar qazib olinadi (1-jadval).[5]

1-jadval.

Rossiya Federatsiyasi hududidan qazib olinadigan asosiy mineral resurs turlari.



Мineral resurs turlari

Tarqalgan hududlar




Yoqilg‘i-energetika resurslari:




1

Neft

Timan-Pechora, Volgabo‘yi, Old Ural, G‘arbiy Sibir havzalari.

2

Gaz

Yamburg, Urengoy(G‘arbiy Sibir), Shtokman (Barens denizi), Leningrad (Kara dengizi).

3

Ko‘mir

Pechora (Komi Resp.), Kuznesk (G‘arbiy Sibir), Tunguss(O‘rta Sibir), Lena(Yakutiya) havzalari.

Kansk-Achinsk (Krasnoyar o‘lkasi) – qo‘ng‘ir ko‘mir.






Metall rudalar:




4

Temir

Kursk magnit anomaliyasi, Kachkanar (Ural), Olenogorsk, Kovdorsk(Murmansk obl.), Kostomuksh(Kareliya).

5

Oltin

Vitim, Aldan, Yenisey, Kolыma daryolari bo‘yidan.

6

Mis

Ural tog‘i, Kola yarim oroli, Sibir.

7

Qo‘rg‘oshin-rux

Sadon (Shimoliy Osetiya)

8

Volfram-molibden

Tirniauz (Kabardino-Balkar).

9

Qalayi

Verxoyansk, Omsukchan(Chukotka), Dalnegorsk (Uzoq Sharq).

10

Polimetall rudalar

Dalnegorsk, Nerchinsk




Nometall rudalar:




11

Olmos

Mirniy (Yakutiya)




Kimyoviy tuzlar:




12

Fosforit

Kingisep(Leningrad obl.), Vyatko-Kamskiy(Kirov obl.).

13

Osh tuzi

Elton, Bosqunchoq, Kulundin ko‘llari.

14

Kaliy tuzi

Solikamsk, Beryozniki(Yuqori Kama havzasi).

Nikel metal tarkibida kam uchraydigan ruda hisoblanadi(0,3% kelya va 0,2% kobolt sulfidnix rudalari),buni qayta ishlash qiyin, katta issiqlik kerak bo’ladi.
Aldan qalqonida oltin, temir rudasi, slyuda, asbest va bir qancha nodir metallarning zaxiralari aniqlangan va ishga tushirilgan. Saha-Yoqitistonda olmosni sanoat asosida qazib olish yo'lga qo'yilgan.

Qalay rudasi zaxiralari esa Sibir va Uzoq Sharqning turli rayonlarida topilgan. Qo'rg'oshin-rux va volfrom, molibden kabi rangli metal konlari Ural va Kavkaz tog'larda aniqlangan. Mamlakatda ximiya sanoati xomashyosi xisoblangan bir qancha Leningrad viloyatidagi Kingisep va Kama-Vyatka fosforit konlari, Elton, Basqunchoq, Qulunda kulidagi osh tuzi, Yuqori Kamaning Solikamsk, Berezniki kali tuzi konlari aniqlanib ishga tushirilgan.

G'arbiy Sibirning janubida toshko'mirning katta zahiralari aniqlangan.Kuznesk Olatovi tog'ida katta zahiraga ega bo'lgan Kuznesk toshko'mir havzasi joylashgan.Aynan ushbu havza Rossiyada kuchli o'zlashtirilgan.

Rossiyaning janubi-g'arbiy qismida Donesk ko'mir havzasi joylashgan.(Hovzaning katta qismi Ukraina hududida joylashgan).Mamlakatning shimoliy-sharqiy Yеvropa qismida Pechara toshko'mir havzasi (Vorkuta, Inta) joylashgan.Rossiyaning O'rta Sibir yassi tog'idagi Tingusska havzasi shuningdek Saxa Yoqutistonning Lena havzasida toshko'mirning katta zahiralari topilgan, biroq kon joylashgan hududlarning tabiiy sharoitining noqulayligi tufayli ushbu konlardan amalda foydalanilmayapti.Rossiya yirik qo'ng'ir ko'mir konlari topilgan. Jumladan Krasnayarsk o'lkasidagi Kansk-Achinsk havzasi, Moskva yoni qo'ng'ir ko'mir koni va Sibirdagi istiqbolli konlar shular jumlasidandir (2-jadval).



Rossiyada neft XIX asrning oxirida Shimoliy Kavkazdan qazib olina boshlandi. 1940 yillarga kelib Volga bo'yi va Ural oldi rayonlarida neft va gaz konlarini o'zlashtirishi boshlandi, keyinchalik esa Rossiya Yevropa qismining shimoliy sharqiy qismidagi Timan-Pechora (neft, gaz) provinsiyasidagi konlar o'zlashtirildi. Faqat 1960 yillarga kelib G'arbiy-Sibir havzasidagi neft va gaz

2-jadval.

Rossiyaning mineral resurslari bo’yicha jahonda tutgan o’rni.

Tabiiy gaz

1-o’rin

Neft

2-o’rin

Toshko’mir

3-o’rin

Olmos

2-o’rin

3- jadval.

2012-yilda neft qazib chiqarish bo’yicha yetakchi davlatlar.



Davlatlar

Neft qazib chiqarish yilliga mln.t

1

Saudiya Arabiston

425

2

AQSH

350

3

Rossiya

350

4

Xitoy

250

5

Eron

200

6

Meksika

180

7

Venesuela

150

8

O’zbekiston

5




Jahon bo’yicha

4020

konlari jadal sur'atda o'zlashtirilishi natijasida mamlakatda neft va gaz qazib olish hajmining keskin oshishiga olib keldi. Bu yеrdan neft va gaz quvurlar yordamida Rossiyaning iste'molchi rayonlariga va MDH shuningdek Sharqiy va G'rbiy Yevropa mamlakatlariga yuboriladi(3-jadval). Neft konlari Saxa-Yoqutiston Respublikasida ham topilgan, uni qazib olishi Saxalin orolida ham olib borilmoqda.So'nggi yillarda mamlakatning Berens dengizi shelyefida tabiiy gaz, Qora dengizi shelyefida gaz kondensati, Pechoragubasi shelfidan esa neftning yangi konlari ishga tushirildi. Rossiya neftni maksimal ko’rsatkich bilan qazib olishni 1987-1988-yil- 560 mln t asosiy qayta ishlaydigan neft G’arbiy Sibirda. XXI asrda boshida yiliga 300 mln t, 2000-yil bu ko’rsatkich 324 mln t bo’ldi. Bashorat qilishda iqtisodiy ijtimoiy jihatdan neftni ichki hamda eksport qilish jihatidan yiliga 2020- yil 360 mln t naga еtadi.(4-jadval). Rossiya jahon ahamiyatiga ega bo’lgan ko’plab turdagi foydali qazilmalar zahiralari mavjud.Bu еrdagi turli xil mineral resurslarning paydo bo’lishida tektonik jarayonlar hamda geologic davrlarning ahamiyati kattadir.Qadimgi tog’larda bir qator rudalar qazib olinadi. Ba’zi bir tog’ yonbag’irlarida qoldiqlarida qolib ketgan neft va gaz konlari bor. Sharqiy Yevropa tekisligida har xil foydali qazilmalar bor. Katta Havza basseynida gaz, neft, ko’mir qazib olinadi. (Komi Respublikasi). Qo’ng’ir ko’mir Moskvadan pastroqda (Moskvaning janubi-g’arbida) va turli xil foydali qazilmalar (fosforit, torf va qurulish xom ashyolari) bor. Qadimgi Kristal platformalarda temir rudalari mavjud bo’lib, eng ko’p temir konlari (Kurs magnitli rayonida) ko’p uchraydi. Hozirda Mixaylovskiy, Belgagradkonlari ishlatilmoqda. Polimetall rudalari Boltiq qalqoni Kolskiy yarim orolida bor, lekin ular ishlatilmaydi. Bunday konlar yana Murmanskiy viloyati Kareli, Kastamushkda temir konlari, nikel rudalari esa, Murminsk viloyati Monchikorda uchraydi. Shuningdek bu yеrda Apatit niflen rudalari (Xibinsk yaqinidagi Kirolsk va Murminsk viloyati) Rossiyaning eng muhim konlari biri Uralda bo’lsada, uning zaxirasi ancha kamayib qolgan. Mashhur konlari Kachkonovsk, Yuqori tog’, Garabogodsk, O’rta Uralda joylashgan. Neft konlari Somotlarsk, Migiyansk, Usbalik, Sargut kabi hududlarda joylashgan.Bu hududlardan neft gaz turbalari orqali Rossiyaning bir

4-jadval.

Neft ishlab chiqarishda Rossiya mintaqalarining salmog‘i, %




Rayonlar ulushi


Rayonlar bo‘yicha neft qazishda sub’ektlar salmog‘i, %

Mln t

%

Rossiya Federatsiyasi

Jami

323,6

100




Rаyonlar misolida










Shimoliy

12,7

3,9

Komi Respublikasi (3,15) va Nenes avtonom okrugi (0,8)

Shimoliy-Kavkaz

3,3

1,0

Krasnodarsk (0,5) va Stravropolsk (0,3)o’lkaлари, Dog‘iston respublikasi (0,09),Ingushetiya(0,06),Checheniston(0,02)

Povoljskiy

44,6

13,8

Tatariston Respublikasi (8,5),Samara viloyati (2,5), Volgograd (1,11), Saratov (0,46),

Astraxan (1,06), Ulyanovsk (0,12).

Ural

37,9

11,7

Boshqirdiston Respublikasi (3,6), Orenburg viloyati(2,8), Perm viloyati (2,9), Udmurtiya Respublikasi (2,4).

G’arbiy Sibir

220,4

68,0

Tyumen viloyati (65,9)

Tomsk viloyati (2,1)

Sharqiy Sibir

0,78

0,24

Krasnoyarsk o’lkasi (0,16),

Tomsk viloyati (0,08)

Uzoq Sharq

3,8

1,017

Saxalin viloyati (1,03)

Saxa respublikasi (Yakutiya) (0,13).

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish