Nizomiy nomidagi


TABIIY RESURSLARDAN XO’JALIKDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI



Download 1,64 Mb.
bet2/5
Sana20.04.2017
Hajmi1,64 Mb.
#7175
1   2   3   4   5

1.2. TABIIY RESURSLARDAN XO’JALIKDA FOYDALANISH XUSUSIYATLARI.

Yer osti qazilmalarining ahamiyati yеr osti qazilmalari o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslardan o'zining qayta tiklanish xususiyatlariga ega emasligi bilan ajralib turadi va tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Insonlar qadim zamonlardan boshlab yеr ostidan kerakli qazilmalarni qazib olib foydalanib kelganlar. Jamiyat tarixi ham asosiy ishlatilgan qazilmalar nomiga mone ravishda «tosh davri», «bronza davri», «temir davri» deb nom olgan. Vaqt o'tishi bilan insonlar sonining oshib borishi, shunga monand ravishda ular ehtiyojlarini o'sib borishi natijasida fan va texnika rivojlanib, foydali qazilmalar­ni qidirib topish va ishlatish hajmi ham ortib borgan. Yer osti qazilmalari jamiyat rivojida qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishdan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Qazilma boyliklar deb, yеr qa'ridan qazib olinadigan qora, rangli va nodir metal ma'danlari, turli xil yonuvchi resurslar (ko’mir, tabiiy gaz, neft, yonuvchi slanes, torf ), kimyoviy xomashyolar (tuzlar), qurilish materiallariga aytiladi.

Biror-bir ishlab chiqarish sohasi yoki, unda yеrdan qazib olinadigan resurslardan foydalanilmasa yеr bag’ri kimyo, metallurgiya, energetika va boshqa katta sanoat korxonalari uchun xomashyo manbai hisoblanadi. Yerdan qazib olingan yonilg’i resurslarga deyarli barcha texnika va transport vositalari harakatlanadi. Qazilma boyliklardan olinadigan mineral va kimyoviy o'g'itlardan esa qishloq xo'jaligida keng foydalaniladi. Hozirgi kunga kelib insoniyat foydalanadigan mineral va tog' jinslarining umumiy soni 3500 dan ortib ketdi va har yili 120 milliard tonnadan ortiq foydali qazilmalar va turli tog' jinslari ishlatilmoqda.

Qazilma boyliklarni qazib olish, tashish, qayta ishlash vaqtida atrof-muhit ifloslanadi. Minglab unumdor yеrlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar yеtkaziladi. Tog-'kon sanoati korxonalari faoliyati natijasida har yili kon usti jinslari, flotasion boyitish chiqitlari, turli xil shlaklar, klenkerlar hosil bo'ladi. Mineral xomashyolar ochiq

(kar'er) yoki yopiq (shaxta) usullarida qazib olinadi. Ochiq usulda qazib olingan qazilmalardan ancha to’laqonli foydalanish imkoniyati bo'lsada, atrof-muhitga ko'rsatadigan salbiy ta'siri yuqori bo'ladi. Bunday ta'sir doirasi yuzlab km.gacha boradi. Konlarning ochiq usulda qazib olinishi surilmalarga sabab bo'ladi. Surilmalar kon yonbag’irlarida, kar'er chuqurligi va ularning devor qiyaligi oshgan sari qiya yotgan tog'- jinslari qatlamining surilishi hisobiga sodir bo'ladi. Bunday surilmalarni Qo'rg'oshinkon, Kyalmakir, Angren konlarida kuzatish mumkin. Yopiq, usulda qazib olinadigan qazilmalar uchun sarf-xarajat yuqori bo'lishi bilan birga qazib olish jarayonida hozirgi mavjud texnologiyalarni takomillashmaganligi sababli foydali ma'danlarning 25 % dan ortig'i yеr ostida qolib ketadi. Konlarni ochiq va yopiq, usulda qazish jarayonida chiqindilar yig'ilgan sun'iy tepaliklar bilan birga yеr satxini cho'kishi, yoriqlar hosil bo'lishi sodir bo'la­di. Sathning cho’kishi ko'pincha yopiq, usulda qazib olish ja­rayonida hosil bo'lgan bo'shliqlarni ustki va yon atrofdagi tog' jinslarining o'pirilib tushishi hisobiga sodir bo'ladi. Bunday cho'kishlar AQSh ning Kaliforniya shtatida, San-Fransiskoda, San-Xaokin vodiysida, Mexikoda, Tokio, Osaka shaharlarida, shuningdek, Kuzbassda, Karagandada, Volga bo'ylarida kuzatiladi. Bu hududlarda yеr sathining cho’ki­shi hozirgacha o'rta hisobda 8-10 metrdan 20 metrga yеtadi. Cho'kish oqibatida kanallar, binolar, gidrotexnik inshootlar buziladi. Qazilmalarni qazib olish chuqurligi oshgan sari suv saqlovchi qatlamlardan konga oqib kiradigan suv miqdori ham ortib boradi. Kon ichida va uning atrofida burg’ulangan quduqlar orqali minglab, millionlab m3 suv kon tashqarisiga chiqarib turiladi. Natijada, kon atrofidagi 10-20 km gacha bo'lgan masofalarda yеr osti suvlari sathi pasayib, buloq va quduqlarni qurishiga sabab bo'ladi.

Kon qazish ishlarida bir vaqtning o'zida yoki ketma - ket qisqa vaqt ichida 5-6 tonnadan 200-300 tonnagacha, ba'zan 500-1000 tonnagacha portlovchi moddalar ishlatiladi. Har bir m3 tog’ jinsini portlatish uchun 0,7-0,9 kg portlovchi modda ishlatiladi. Kar'erlarda bo'ladigan portlatishlar atmosferani katta miqdorda chang va gazlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tog' jinslarini portlatish hiso­biga atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar hajmi 2 mil­lion m3 ga yеtadi. Kar'erlarda bir marotaba umumiy portla­tish vaqtida atmosferaga 250 tonna chang va 5-6 ming m3 zararli gazlar chiqadi. Bunda hosil bo'lgan chang bulutlari 3000 metr balandlikkacha ko'tarilib, shamol yo'nalishi bo'ylab 1-1,5 km gacha tarqaladi. Bulardan tashqari, tog' jinslarini tashish vaqtida atmosfera transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar va yo'llardan ko'tariladigan changlar bilan ham ifloslanadi. Oqibatda, tuproq tarkibi o’zgarib hosildorlik kamayadi, suv havzalari, dov-daraxtlar, parrandayu darrandalar zarar ko'radi. Insonlar turli kasalliklarga chalinishlari mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya tuproqlarida rux elementi miqdorining va o'simliklarda molibdenning ko'payishi oshqozon-ichak va rak kasalliklarining ko'payishiga sabab bo'layotganligi aniqlangan. Tarkibida ko'p miqdorda selen elementi bo'lgan ozuqani iste'mol qilish odamlar sochini to’kilishiga, qo'ylarning tuyoqlari kasallanishiga ham sabab bo'ladi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yеrdagi organik yonilg'ilar zaxirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko'mir esa 425 yilga yеtishi aniqlangan. Ko'mir zaxiralari neft va gaz zaxiralaridan ikki marta ko'p. Olimlarning fikriga ko'ra, energiya manbalarining asosini tashkil qiluvchi neft va gazni tejab-tergab ishlatish uchun ulardan olinadigan sintetik mahsulotlar, turli xil xomashyolarni ko'mirni qayta ishlash hisobiga almashtirish lozim. Qazib olish jarayonlarida texnologik jarayonlarni talab darajasida takomillashmaganligi natijasida, ko'mirning 45 foizi, neftning esa 60 foizi yеr bag’rida qolib ketmoqda. Neft konlaridan neftni to’la qazib olish kabi muhim vazifani hal etish uchun qatlamlararo bosimni oshirish, issiq suyuqliklar va elektr zaryadlari yordamida neftning qovushqoqlik xossasini kamaytirish usullarini qo'llash lozim. Energetik muammolarni hal etishning muhim yo’nalishlaridan biri - gaz bilan birga olinadigan, ammo gaz quvurlarida tashish imkonini bermaydigan gaz kondensatlaridan foydalanishdir. Ulardan foydalanishning eng maqbul yo’li ularni dizel' yonilg'isigacha qayta ishlashdir. Kondensatlardan olingan dizel' yonilg’ilarining toksiklik darajasi ancha kam bo'ladi. Bunday yonilg'ilarda ishlagan avto-transportlar sundirg'ichlaridan chiqadigan gazlar tarkibida konserogen moddalar odatdagi dizel' yonilg’isidagiga nisbatan 30 foiz kam bo'ladi. Yaqin kelajakda benzin, kerosin va boshqa yonilg’ilarni ko'mir tarkibidan olish, shuningdek, noan'anaviy energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan keng foydalanishni yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga mavjud energiya manbalari energayasidan tejab-tergab foydalanish lozim.

Dunyo bo'yicha atom elektr stansiyalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 1990- yilgacha 16% ga еtdi. Bir qator mamlakatlarda, shu jumladan, Fransiyada bu ko'rsatkich 70% ni, sobiq Ittifoqda esa 12 % ni tashkil qilgan. Chernobil' AES ida sodir bo'lgan fojiadan so’ng, atom energetikasiga bo'lgan ishonch ancha so'ndi. Bu tabiiy hol edi, chunki radioaktiv ifloslanishdan insonlar va biosfera juda katta zarar ko'rdi. AESlarni yopish mumkin emas, ammo xavfsizligini ta'minlash mumkin va kerak. AESlarning O'rta Osiyo hududiga joylashtirish geologik nuqtai nazardan maqbul emas. Chunki, O'rta Osiyoning tog'lik hududlari seysmik faol zonalarga kiradi.

Yadro chiqindilari ham juda xavfli. Masalan, Chelya­binsk – 40 yadro markaziga yaqin bo'lgan ko'lda katta miqdorda Sz137 va 8 g 90 to'plangan. Yadro chiqindilarini saqlash uchun ko’p yillar davomida Murmansk yaqinidagi suv havzalaridan foydalanilgan.

Ekologik xavfsiz bo'lgan energiya manbalari – suv elektrostansiyalaridir. Suv energetikasi uchun tog’ va tog' oldi hududlarida joylashgan o'rta va kichik daryolardan foydala­nish maqsadga muvofiq. Chunki, tekislik bo'ylab oqadigan daryolarga qurilgan suv elektrostansiyalari tabiiy muhitga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, Volga daryosiga suv elektrostansiyasi uchun qurilgan to’g'on ta'sirida daryoning suvi yon-atrofga yoyilib, suv harakati ma'lum muddat to’xtagan, suvni o'zini-o'zi tozalash xossalari pasaygan, suvning rangi va sanitariya holati o'zgargan.

Muhim yonilg'i-energetik resurslardan yana biri gidrotermal suvlardir. Ularning tabiiy issiq suvlaridan foydalanib uylarni va issiqxonalarni issiqlik bilan ta'minlash mum­kin. hamdo'stlik mamlakatlari hududida 50 dan ortiq shunday manbalar mavjud. Ulardan 60 million m3 dan ortiq termal suvlar va 400 ming tonna atrofida bug’ olish mumkin. Gidrotermal suvlar evaziga olinayotgan energiya hajmi 0,5 million tonna shartli yonilg'iga teng. Bu yеr bag'ridan olinadigan is­siqlik resurslarining bir qismini tashkil qiladi, xolos. Juda katta issiqlik zaxirasi yеr qa'rida 4-5 km chuqurlikda joylashgan. Bunday chuqurlikda tog' jinslarining harorati 200°S dan oshadi. Ma'lum miqdordagi suvni chuqurlikka haydab, issiq. suvga aylantirish yo'li bilan gidrotermal elektr stansiya­lari barpo etish mumkinligi isbotlangan.

Milliardlab kVt arzon energiyani shamol yordamida olish mumkin. Ularning quvvati yеr shari bo'yicha foydalanilayotgan elektr energiyasidan 500 marta yuqori ekanligi isbotlab chiqilgan. Bu kabi arzon va ekologik toza energiya manbai hisobiga butun Rossiyani energiyaga bo'lgan talabini 20% ini ta'minlashi mumkin. Hozirgi kunda Fransiya, AQSH, Daniya davlatlarida quvvati 2 MVt gacha, shamol g'ildiragi diametri 50-60 metr bo'lgan avtomatik boshqariladigan elektrostansiyalar barpo etilgan. quvvati 1-3 kVt bo'lgan shamol energiya qurilmalaridan cho'ponlar va geologlarni vaqtinchalik yashash joylarini, chorvachilik majmualarini elektr energiyasi bilan ta'minlashda, binolarni isitishda, suvlarni chuchuklashtirishda keng foydalanishni yo'lga qo'yish lozim. Shamol dvigatellariga ishlaydigan ki­chik suv elektr stansiyalari agrosanoat majmualaridagi ener­giya sarfini kamaytirishga yordam bergan bo'lar edi.

Quyosh energiyasidan foydalanish, ya'ni quyosh energiyasini gelioqurilmalar yordamida elektr energiyasiga aylan­tirish imkoniyatlari cheksiz. Dunyoning bir qator mamlakatlarida, masalan, AQSh ning Moxavi ( Kaliforniya ) cho'lida quyosh termodinamik elektrostansiyasi ishlab turibdi. Uning yordamida yiliga 355 MVt energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu quvvat 0,5 million kishining energiyaga bo'lgan ta­labini qondirish uchun еtarli. Dunyo okeanlari suvlari sathining ko'tarilishi va qaytishi (to'lqinlanishi) hisobiga elektr stansiyalari barpo etish ham energiya olishning samarali yo'llaridan hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, dunyo okeanlari hisobiga 2,7 milliard kVt energiya olish mumkin. Bu energiya dunyo bo'yicha iste'mol qilinayotgan energiyaning 30 % iga teng. To’lqin elektr stansiyalarining ishlash tamoyili to'lqinning potensial energiyasini kinetik energiyaga aylantirib, elektr generatoglari valini harakatlantirishga asoslangan. 1982- yilda birinchi marta Kol'sk bo’gozi qirg'oqlarida tajriba uchun to'lqin elektr stansiyalari qurilgan. Keyinchalik bu kabi elektr stansiyalar AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindistonda qurildi.

Muqobil energiya manbalarini xalq xo'jaligining turli sohalariga keng joriy etish, yеrning qayta tiklanmaydigan yonilg'i resurslaridan foydalanishni keskin kamaytiradi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatmoqdaki, noan'anaviy energiya manbalarining roli kamida 20-30 yilda seziladi. Hozircha ular mahalliy ehtiyojlarni qondirish uchungina iqtisodiy jihatdan o'zini oqlaydi. Bu o'rinda bioenergeti­ka katta qiziqish uyg'otadi. Masalan, 1 tonna go'ngdan 1 sutkada 15 m3 gacha biogaz olish mumkin. 1 m3 biogaz bir litr suyultirilgan gaz yoki 0,5 litr yuqori oqtanli benzin quvvatiga teng. Xitoyda biogaz ishlab chiqarish qurilmalaridan qishloq xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Biogaz ishlab chiqarishning boshqa manbai-suv havzasi qirg'oqlarida suv o'tlari yеtishtirish va ularni metan gazigacha qayta ishlashdir. 1000 gektar maydondagi suv o'tlaridan har yili shunday hajmdagi metan gazi olish mumkinki, uning issiqlik hosil qilish xususiyati 10000 tonna neftniki bilan teng. Benzinni tejash yo'llaridan biri, unga etanol va metanol qo'shishdir. Buning uchun maxsus «energetik» madaniy o'simliklar (shakarqamish, qizilcha, kungaboqar va boshqalar) benzin tarkibiga qo'shiladi. Braziliyada avtotransportlarning aksariyati shu kabi yonilg’i aralashmalariga ishlaydi. Bunday aralashmalar qo'shilgan yonilg'iga ishlagan avtotransportlar nafaqat benzinni kam sarf qiladi, balki atrof-muhitni zararli gazlardan ifloslanishini kamaytiradi.

Ma'lumki, butun tabiiy ob'ektlar yеr, yеr osti va yеr usti boyliklari, suv, o'rmon, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonlar olamining vakillari davlat mulki hisoblanadi. Shu boyliklardan foydalanishning qonun qoidalari bo'lib, davlatning maxsus ruxsati, yoki viloyat, tashkilot bilan davlat o'rtasidagi shartnoma asosida tabiiy boyliklardan foydalaniladi.

Davlat huquqiy qoidalariga binoan, mamlakatning har bir aholisi toza, sog'lom va go'zal tabiat, uning elementlari- yеr, suv, o'rmon, o'simlik qoplami va hayvonlar vakillarini ijaraga olib, foydalanish huquqiga egadir.

Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish huquqiy qonun-qoidalarga asoslangan. Ma'lumki, sayyoraning toza qatlami tuproq bo'lib, uning ekologik va iqtisodiy funksiyasi, ahamiyati juda yuqoridir.

Yer boyliklari va tuproqni muhofaza qilish davlatlarning qonun-qoidalari asosida olib boriladi. Yerni muhofaza qilish huquqiy chora-tadbirlari, undan foydalanish hisobi, choralari va ayniqsa, qishloq xo'jalik yеrlari sifatida, umumdorligini saqlash, buzulgan yеrlarning bioekologik xususiyatlarini tiklash, tuproq umumdorligini oshirish, sug'orish va melioratsiya ishlarini yaxshilash, tuproqni turli zaharli moddalar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish va bu sohada turli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kerak.

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish davlatning maxsus tashkilotlari nazoratida bo'ladi. Yerga oid qonun-qoidalarni buzgan shaxslar tashkilotlar va xo'jaliklar maxsus huquqiy qonunlari asosida jazolanadilar. Suv boyliklardan foydalanish ham u yoki bu davlatning qonun-qoidalari asosida olib boriladi, ya'ni: suv havzalari va ulardagi suvlarni huquqiy muhofaza qilish, suvning bioekologik va iqtisodiy funksiyasi ahamiyatini bilish, suvni ifloslovchi manbalarni aniqlash, suv zaxiralariga kamayishi yo'l qo'ymaslik kerak. Undan tashqari, suv havzalari va ulardagi suvlarni muhofaza qiluvchi qonun-qoidalarni bilish, ish olib borish kerak.

Tabiiy zaxiralardan yеr, yеr osti va yеr usti boyliklari ma'lum joyda joylashganligi sababli, ular bir davlat qonun-qoidalari asosida muhofaza qilinadi. Ammo atmosfera havosining chegarasi yo'qligi sababli, uning tozaligi halqaro hamjihatlik kuchlari tomonidan muhofaza qilinadi. Malumki, ba'zi daryolar bir nechta davlatlarning hududlaridan oqib o'tadi.
II.BOB. ROSSIYA FEDERATSIYASI TABIIY RESURSLARINING HUDUDIY JOYLASHUVI

2.1 Rossiya Federatsiyasining geografik o’rni va tabiiy sharoiti.

Rossiya – Yevrosiyoda joylashgan, maydoniga ko’ra yеr sharidagi eng yirik mamlakat. Maydoni 17075,400 km2 . Shahar aholisi 107,3 mln, qishloq aholisi – 39,3mln kishi. Rossiya Federasiya sifatida 1917 yil 7 noyabrda tashkil topgan. Rossiya siyosiy – ma’muriy jihatdan 21 respublika, 7 o’lka, 49 oblast, 1 avtonom oblast, 10 avtonom okrug va 2 federal shahardan iborat. Rossiya Federatsiyasi dunyo bo’yicha maydoni eng katta bo’lgan davlat (17,1 mln kv.km). Bu davlat maydoni jihatidan Janubiy Amerika materigi bilan tenglasha oladi (17,8 mln kv.km) yana bir materik Avstraliya materigidan (8 959 000 km2) salkam 2 marta kattadir. Rossiya Yevrosiyo materigining shimoliy qismida joylashgan. Rossiya Yevropaninig (salkam 1/3 qism maydonini)egallaydi. Katta qismi (Sharqiy Yevropatekisligi) o’lkalari, hamda Ural, Kavkazorti va Katta Kavkazning shimoliy yonbag’irlari. Osiyo maydonining 2\3qismi bunga Sibir va Uzoq sharq kiradi. (1-rasm). Rossiya g’arbdan sharqa (9 ming km) chekka nuqtasi g’arbda Kaliningradan uncha uzoq bo’lmagan joyda joylashgan. (19 O 38/ shq.u) sharqiy chekka nuqtasi materikning Dejnev burni (169 O 40/ g’. u). Rossiya Federatsiyasining eng sharqiy nuqtasi undan uzoqroqda yani Bering dengizi va Ratmanov oroli (u yеrda, Rossiya va AQSH dengiz chegarasi o’tadi).bundan ko’rinib turubdiki, Rossiya maydonining katta qismi sharqiy yarim sharda joylashgan, faqat Vrangel oroli va Chukotka yarimoroli g’arbiy yarim sharga qaraydi. Shimoldan janubga bo’lgan masofa 4 ming km ga yaqin Rossiyaning materikdagi shimoliy chekka nuqtasi (Chelyuskin burni) Taymir yarimorolida joylashgan( 77 O43/ sh.k va 104 O18/ shq.u). [3]



1-rasm.

ROSSIYA FEDERATSIYASINING TABIIY GEOGRAFIK KARTASI.

Rossiya Federatsiyasining eng shimoliy nuqtasi(81O 49 / sh.k) Rudolf oroli va Frans-Iosifyеri arxipelagida joylashgan. Janubiy chekka nuqtasi Kavkaz bo’yi (41O 12 / sh.k). Buyеrda yani Kavkazda, Rossiya va Yevropaning eng baland nuqtasi Elburs tog’i (5642m) joylashgan. Rossiyaning chegaralari. Rossiya chegaralari uzunligi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. 58,6 ming km, quruqlik chegarasidan ko’ra dengiz chegarasi ikki marta kattadir( 40 ming. km). Dengiz chegarasi shimolda va sharqda 12 dengiz mill (22,7 km) qirg’oqqacha. 200 dengiz mill (qariyib 370 km) materik qirg’og’igacha, Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy zonasi dengiz chegaralari orqali amalga oshiriladi.



Shimoliy chegaraning barcha qismi suvlar bilan chegaradosh Shimoliy Muz okeani va bir qancha dengizlar Chukotka dengizi, Sharqiy Sibir dengizi, Laptevlar dengizi, Kara dengizi, Barens dengizlari orqali chegarasi o’tadi. Shimoliy kenglik bo’ylab joylashgan dengizlar sababli bu yеrda yil bo’yi past harorat kuzatiladi. Shimoliy Muz okeani Rossiya qirg’oqlari tutashgan, shimoliy qutbda Rossiya sektori bilan Arktika joylashgan. Bu sektordagi barcha orollar Rossiyaga tegishli, faqat bir nechta orollardan tashqari Shpitsbergen arxipelagi (Norvegiya). Rossiyaning sharqiy chegarasi suv orqali o’tadi. Yani Tinch okeani: Bering, Oxota, Sharqiy Yaponiya dengizlari orqali chegaradoshdir. Dengiz bo’yida eng yaqin qo’shni davlatlar KHDR, Yaponiya va AQSH dir. Yaponiya bilan chegarasi Laperazu bo’g’ozi orqali, AQSH bilan Bering bo’g’ozi va orollar o’rtasida Ratmononova (Rossiya) va Kruzenshterna (AQSH) va Kamondarskiy, Aleut orollari orqali o’tgan. Bering dengizi bir nechta yarimorol qirg’oqlarini yuvib turadi: Alyaska (AQSH), Chukotka, Kamchatka va Aleut oroli (AQSH). Materiklar orasida Kamchatka yarimoroli,Saxalin oroli, Kurill va Xokkkaydo (Yaponiya) Oxota dengiz bo’yida joylashgan. Rossiyani sharqida joyloshgan barcha dengizlar uning qirg’oqlarini yuvib turadi, ayrimlari muzlaydi. Muzlaydigani Oxota dengizi uning katta qismi janubiy parallelda 50 O sh.k joylashgan. Shimoli-g’arbidagi muzlar 280 kun turadi. Yapon dengiziga yozda tayfun sikloni qirg’oqlargacha kirib keladi. Rossiyaning g’arbdagi dengiz chegarasi Boltiq dengizidan o’tib Yevropa davlatlari bilan bog’laydi. Bu dengiz Atlantika okeaniga olib chiqadi. Bu yеrda qo’ltiqlar mavjud bo’lib u yеrlarda portlar joylashgan. Finskiy qo’ltig’ida Sankt-Peterburg, Primorsk va Viborg, Pereloge daryosida (Vislenskiy qo’ltig’iga quyiladi) Kalingrad porti bor. Lugi daryosida hozirda katta Novojuliskiy porti qurilmoqda. Boltiq dengizi muzlamaydi, faqat Kalingrad bo’yi qirg’oqlari muzlaydi. Janubi-g’arbda dengiz chegarasi Azov va Qora dengiz orqali o’tib, Ukraina va Abxaziya (avval Gruziyaning birgi qismi bo’lgan) bilan chegaradoshdir. Qora dengizda Rossiyaning Novorisiy porti bor. Taganroviskiy qo’ltig’ida Taganrog porti joylashgan. Azov va Qora dengiz Rossiya uchun katta ahamiyat kasb etadi, bu dengiz orqali O’rta dengizga chiqib Yevropa va boshqa davlatlarga chiqish uchun qulay transport yo’li hisoblanadi. Janubda Kaspiy dengizi orqali ayrim davlatlar bilan (SSSR mustamlakalari respublikalari) suv orqali chegaradoshdir. Quruqlikdagi chegarasi SSSR tarqab ketgandan keyin ham chegaradosh davlatlar soni o’zgargani yo’q, ularning soni 16 tadir. Rossiya Federatsiyasi bir nechta davlatlar bilan dengiz orqali chegaradosh Yaponiya, AQSH va b.q. bir necha yillar avval bu davlat faqat 8 ta chet davlatlar bilan chegaradosh bo’lgan. Qolgan chegaralar davlat ichidagi chegara uzunligi 11 ming km (Ukraina, Belorusiya, Qozog’iston, Gruziya, Azerbayjon SSSR ga qarashli bo’lgan) ular o’ziga xos o’rin tutgan. Hozirda ular chegaradosh davlatlar hisoblanishadi. Rossiya shimoli-g’arbda quruqlik orqali Norvegiya (quruqlik va dengiz orqali chegarasi bor) va Finlyandiya bilan chegaradosh. Hozirda rasman Belarusiya, Estoniya, Latviya, Litva davlatlari bilan chegara ajratigan. G’arbda va janubi-g’arbda Rossiya Belarusiya va Ukraina bilan chegaradoshdir. Rossiya Federatsiyasi maydoni bo’yicha haligacha tortishuvlar bor. Rossiya Federatsiyasi (Tuva , Buryatiya) Mongoliya chegarasida joylashgan. Altay va Baykalorti Respublikasining maydoni Mongoliya va Xitoy hududi chegarasida joylashgan. Janubi-g’arbda Piramorskiy o’lkasi Rossiya quruqlikda Korea Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) 17 km chegarasining uzunligi. Shu tariqa Rossiya ko’pgina chegaralari tabiiy hududlarni bosib o’tadi: tog’, dengiz, daryo orqali Kamchatka yarim oroli va Kuril orollarida ko’plab harakatdagi vulqonlar bor. Ularning eng balanti: Klyuchevskaya Sopka 4750 m (4688m). Rossiyada uzunligi 10 km dan oshiq bo’lgan 120 ming daryo bor, ularning umumiy uzunligi 2,3 mln km. Eng uzun daryolari : Ob (5410km), Amur, Lena, Enisey, Volga. Rossiyada 2 mln atrofida ko’llar bor. Eng muhimlari: Baykal (chuqurligi 1637m), Ladoga, Onega, Taymir, Chud. Yirik suv omborlari: Bratsk (169,3 km3 ), Krasnoyarsk, Zey, Ust – Ilimsk, Kuybishev. O’rmonlar Rossiya hududining 41 % ni egallagan. Rossiyaning shimoliy Arktika muz sahrolaridan janubda chala cho’llargacha davom etadi. Rossiya hududi asosan mo’’tadil mintaqada joylashgan bo’lib, g’arbda dengiz iqlimi, dengiz – kontinental, kontinental va mussongacha. Qora dengiz sohillari subtropik. O’rtacha harorat: Rossiya g’arbida 00− -50 S gacha yanvarda Yakutskda -400 -500S. Iyulning o’rtacha temperaturasi Sibirning shimolida +10 S, Kaspiy bo’yida +240 +250 S. Chekka nuqtalari: Chelyuskin burni 770 sh.k. Janubda Bazar-dyuzi tog’i 410 sh.k, g’arbda Baltika posasi (Kaliningrad), sharqda Dejnyov burni 1690 g’.u.Rossiya davlat chegarasining uzunligi 60,9 ming km bo’lib, shundan quruqlik chegarasi 14,5 ming km, dengiz chegarasi 38,8 ming km, daryo chegarasi 7,1 ming km, ko’l chegarasi 0,5 ming km. Aholisi soniga ko’ra Rossiya jahonda birinchi o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi. (1986 yil 145,3 mln, 1999 yil 146,7 mln, 2006 yil 142 mln kishi). Tug’ilish – 1426000 kishi, o’lim – 2372000 kishi. O’rtacha umr 65 yosh. Tug’ilish koeffisienti 10‰ , o’lim 16‰ .Tabiiy o’sish – 0,6% (2006 y). 100 erkakga 113 ayol to’g’ri keladi. Aholisi juda notekis joylashgan bo’lib, zichligi 1 km2 ga 8 kishi(2006 y).

Tabiati. Rossiya Federatsiyasi hududi meridian bo’ylab 2.5-4 ming km ga, g’arbdan sharqqa 9 ming km ga cho’zilgan. Mamlakatning eng g’arbiy nuqtasi Polsha bilan bo’lgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering bo’g’ozidagi Ratmanov orolida, chekka shimoliy nuqtasi Frants-Iosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolida, Rossiya Federatsiyasi hududining 45% o’rmon, 4% suv, 13% qishloq xo’jaligiga yaroqliyеrlar, 19% bug’u yaylovlari, 19% boshqayеrlardir.Yaroqli yеrlar 197,6 mln. gektar, shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yеr, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yеrlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shimoliy Kavkaz, Ural va G’arbiy Sibir iqtisodiy rayonlariga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: g’alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zig’ir va boshqa Volgabo’yi, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir, Ural va Markaziy rayonlarda bug’doy, Shimoliy, Shimoliy - G’arbiy va Markaziy rayonlarda zig’ir, Shimoliy Kavkaz, Volgabo’yi, Markaziy rayonlarda kungaboqar, Markaziy va Shimoliy Kavkazda qand lavlagi yеtishtiriladi. Turli rayonlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. Rossiya 4,29 mln. gektar yеr sug’oriladi (asosan, Shimoliy Kavkaz va Volgabo’yida).

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish