Reja:
1. Tabiiy resurslar, turlari ( tugaydigan va tugamaydigan)
2. Tabiatni muhofaza qilish.
3.Qo’riqxonalar va ularning ahamiyati.
4.Atmosferaning ifloslanish sabablari.
5. O’zbekiston “Qizil kitobi”.
46
O`qituvchi yangi mavzuni xarita va ko`rgazmali slaydlar yordamida bayon
etganidan
so`ng,
o`quvchilarning
mustaqil
ishlarini
tashkil
etadi.
V.O`quvchilarni kichik guruhlarga ajratish hamda o`quv topshiriqlarini
mustaqil ravishda ekologik bilimlarini sifatli bajarilishiga erishish.
№
O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan materiallar
yuzasidan o`quv topshiriqlari
Topshiriqni
bajarish yuzasidan
ko`rsatma
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o`qib, quyidagi
savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
Tabiiy resurs nima?
Qo’riqxonaning milliy bog’dan nima farqi bor?
Atmosferaning ifloslanish sabablari va oqibatlari?
Tuproq eroziyasi nima va uning salbiy oqibatlari?
O’zbekiston qizil kitobi nima uchun tashkil etilgan?
Qo’riqxona va buyritmaxonalar nima maqsadda
tashkil etiladi?
Atlasdan foydalanib, kontur kartaga qo’riqxona,
milliy bog’, buyritmaxonalarni tushiring
O’zbekistonning ekologik holati yomon joylari va
yomonlashuviga ta’sir etayotgan sabablar?
Fikringizni
asoslang
O`quvchilar bilan
o`tkaziladigan
savol javobda faol
ishtirok eting.
VI.Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi
uyushtirish.
VII.O`quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish.
Hamkorlikda o`qitishning “Birgalikda o`qiymiz” metodi. Sinf o`quvchilari 3-5
kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi
lozim bo`lgan topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarni
to`liq bajarishi natijasida o`quv materialining yaxlit o`zlashtirilishiga erishiladi.
Mazkur metodning asosiy printsiplari - komandani taqdirlash, o`quvchilarga
47
individual yondashish, muvaffaqiyatlarga, ekologik ta’lim-tarbiyaga erishish
uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi[15].
Dars mavzusi: Quyi Amudaryo tabiiy geografik o’lkasi .
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni Quyi Amudaryo tabiiy geografik
o’lkasi geografik o’rni, geologik tuzilishi, iqlimi, ichki suvlari va organik
dunyosi va ekologik holati haqida tanishtirish .
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni Quyi Amudaryo tabiiy geografik
o’lkasi iqlimini o’ziga xos tamonlarini, ekologik holatini, ta’sir etuvchi
omillarini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik
tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:O`quvchilarning tabiiy geografik o’lka
haqidagi umumiy-ekologik bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash
ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: O’zbekistonning tabiiy xaritasi, 7-sinf-atlasi va kontur
kartasi, tabiiy geografik o’lka atrof-muhitini aks ettiruvchi kinofilm.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi
(“Birgalikda o`qiymiz” metodi)
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning
faoliyatini o`quv topshiriqlarini bajarishga yo`llash.
III.Yangi mavzuni o`rganish
a) kichik guruhlar tomonidan belgilangan o`quv topshiriqlarini sifatli
bajarilishiga erishish.
Mazkur mavzu matni quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratiladi:
Quyi amudaryo tabiiy geografik o’lkasining yer yuzai, geologic tuzilishi va
foydali qazilmalari.
Tabiiy geografik o’lka iqlimi va ichki suvlari.
O’lka tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi.
O’lka tabiatini muhofazasi.
48
Shu qismlar bo`yicha o`quvchilarning mustaqil ish topshiriqlari tuziladi:
1- guruh uchun o`quv topshiriqlari
№ O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan
materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari
Topshiriqni
bajarish yuzasidan
ko`rsatma
1.
2.
3.
4.
Quyi Amudaryo yer usti tuzilishi.
Tabiiy geografik o’lka foydali qazilmalari.
Quyi Amudaryo qaysi davr yotqiziqlari mavjud?
Eng yosh yotqiziqlar va ularning paydo bo’lish
sabablari?
Darslikdagi matnni
o`qib, quyidagi
savollarga javob
toping va topshi-
riqlarni bajaring
2- guruh uchun o`quv topshiriqlari
№
O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan
materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari
Topshiriqni
bajarish yuzasidan
ko`rsatma
1.
2.
3.
4.
Quyi Amudaryo iqlimining o’ziga xos tamonlari?
O’lkada yog’in miqdorining ehg kam tushishiga,
va aksincha bug’lanishning kattaligiga sabab
nima?
Del’ta nima?.
Tabiiy geografik o’lkaning yer osti suvlarining
yuza joylanishi sabablari va oqibatlari.
Darslikdagi matnni
o`qib, quyidagi
savollarga javob
toping va topshi-
riqlarni bajaring
3- guruh uchun o`quv topshiriqlari
№
O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan
materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari
Topshiriqni
bajarish yuzasidan
ko`rsatmalar
1.
2.
3.
4.
Nima sababdan o’lkadagi tuproqlar sho’rlangan?
To’qay nima va unga xos xususiyatlar?
O`lkada qanday o’simliklar bor va ularning o’ziga
xosligini o’rganing.
O`lkada qancha tur va qanday hayvonlar yashaydi?
Darslikdagi matnni
o`qib, quyidagi
savollarga javob
toping va topshi-
riqlarni bajaring
49
4- guruh uchun o`quv topshiriqlari
№
O`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan
materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari
Topshiriqni
bajarish yuzasidan
ko`rsatmalar
1.
2.
3.
4.
Tabiiy o’lkada qanday ekologik vaziyat mavjud?
Orol dengizining qurushi o’lka atrof-muxitiga
ta’siri?
Badayto’qay qo’riqxonasi qayerda, qachon va
nima sababdan tashkil etilgan?
Badayto’qay qo’riqxonasida qanday o’simlik va
hayvon turlari muhofaza qilinadi?
Darslikdagi matnni
o`qib, quyidagi
savollarga javob
toping va topshi-
riqlarni bajaring
b) kichik guruhlar yordamida o`quv materialining yaxlit holda qayta ishlab
chiqilishini va ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik bilim, madaniyat ko’nikmasini
rivojlantirishini amalga oshirish.
V.Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar o`rtasida savol-javob, o`quv baxsi
uyushtirish.
VI.O`quvchilar bilimini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash.
VII.Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII.Uyga vazifa berish.
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi metodlariga asoslangan holda O’zbekiston
tabiiy geografiya fanini ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlikda olib
borilganda samaradorlik darajasini rivojlantiruvchi darslarning qiyosiy tavsifini
jadvalda berib o’tamiz.
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi metodlarining quyidagi berilgan
mavzular bo’yicha samaradorlik darajalari. “+”
Mavzular
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasining metodlari
Komanda
da o`qitish
Kichik gu-
ruhlarda
o`qitish
“arra” yoki
“zig zag”
“Birgalikd
a o`qiy-
miz”
Kichik
guruhlarda
ijodiy
izlanish
50
O’zbekiston
iqlimi
+
+
+
+
+
O’zbekiston
tuproqlari,
o’simligi va
hayvonot
dunyosi
+
+
+
+
+
O’zbekiston
tabiiy
boyliklari va
ularni
muhofaza
qilish
+
+
+
+
+
Ko’llari va
suv
omborlari
+
+
+
+
+
Tabiiy
geografik
o’lkalari
+
+
+
+
+
Yuqorida qayd etilgan O’zbekiston tabiiy geografiya fanini o’qitishda ekologik
ta’lim-tarbiya uyg’unligini amalga oshirishda imkon beruvchi barcha
metodlarning o`ziga xos xususiyati, maqsad va vazifalarining umumiyligi,
o`quvchilarning tahsil olishdagi va muloqotdagi shaxsiy ma`suliyatini taqozo
etishi, shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil imkoniyatlarning
mavjudligidir. Hamkorlikda o`qitish negizida musobaqa emas, balki
hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi va geografiya
o’qituvchisining ko’zlagan maqsadiga yetishishiga zamin yaratadi.
51
III-bob. Pedagogik tajriba-sinov natijalarining tahlili
3.1. Pedagogik tajriba-sinov natijalari.
Gеоgrafiya o`qituvchisi har bir darsning vazifasini, maqsadini, mazmunini
ularni egallashda qanday ta’lim mеtоdlari va vоsitalari qo`llanishini,
o`quvchilarning faоliyati nimalardan tashkil tоpishini оldindan aniqlab оlishi
kеrak. Pedagogik faoliyati davomida mо‘ljallagan natijasiga erishmoqchi
bо‘lgan tajriba-sinovni olib boruvchi eksperimentator-о‘qituvchi faoliyatini aniq
va ravshan loyihalashtirish, tahlil etish va baholash qobiliyatiga ega bо‘lmog‘i
lozim. Eng muhimi darslar o`rtasidagi alоqadоrlik va bоg`liqligining nimalarda
aks etishi har bir mavzuni ekologik ta’lim-tarbiya bilan bog’lashda, dars
rеjalarida o`z aksini tоpgan bo`lishi lоzim. Tadqiqоt usullarini tanlash qo`yilgan
maqsad va vazifalarga bоg`liq[10]. Eng avvalо, qo`yilgan mеtоdik muammо
dоlzarbligining maqsad va vazifalarini bеlgilash uchun maхsus adabiyotlarni
nazariy jihatidan taхlil qilish zarur. Agar bilim, ko`nikma, malakalarni
shakllantirishning samarali usul va vоsitalarini izlamоqchi bo`lsak, avvalо uni
o`quv jarayonini taхlil qilishdan bоshlamоq kеrak. Buni tajriba-sinov asоsida,
o`qitish, so’rоvnоma yordamida, o`quvchi va o`qituvchilar bilan suхbatlar
tarzida uyushtirish mumkin. Har qanday tadqiqоtda nazariya mеtоdi еtakchi
o`rinni egallaydi. U o`z navbatida bir qancha usullarni, хususan: adabiyotlar
taхlili, statistik-matеmatik, tariхiy va taqqоslash mеtоdlarini o`z ichiga оladi.
Gеоgrafiya ta’limi mеtоdikasi bo`yicha tadqiqоt оlib bоruvchilar, eng avvalо
gеоgrafiya falsafa didaktika, pеdagоgika, psiхоlоgiya, mantiq, bilish nazariyasi
kabi fanlarini chuqur o`rganib chiqishilari zarur. Ularda tadqiqоt uchun,
taqqоslash va qiyoslashga оid bo`lgan malumоtlar to’planadi. Geografiyani
o’qitish metodikasi bo`yicha оlib bоriladigan tajribalarda stastistik – matеmatik
mеtоdlarning ham rо’li katta. Bunda tajriba o’tkazilayotgan sinflar va
52
maktablardagi ish natijalarini e’tibоrga оlish kеng qo`llaniladi. Оlingan
miqdоriy ko`rsatkichlarga tayanib u yoki bu mеtоdning, usulning, vоsitalarning
qanchalik samara bеrishligini aniqlash imkоniyati tug’iladi. Statistik, matеmatik
mеtоdning eng muhim хususiyatlaridan biri shuki, ular yordamida, pеdagоgika
va uslubiy hоdisalar o`rtasidagi qоnuniyatlarni оchish imkоniyatlari yaratiladi.
Masalan, tajriba sifatida qo`llanilayotgan ta’lim mеtоdi o`quvchilarning bilim va
ko`nikmalariga, bilish faоliyati faоlligiga qay darajada ta’sir qilishini
o`rganishga yordam bеradi[11].
Bizning tajriba-sinov ishlarimizda taqqоslash mеtоdi kеng qo`llanildi. Ilg`оr
tajribalarni qiyoslash, O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o`qitishda
qo`llanilayotgan mеtоdlarni, bizning vatanimizda qo`llanilayotgan mеtоdlar
bilan taqqоslash samarali natijalar bеradi. Ekspеrimеntal - empirik tadqiqоt
usullariga ta’lim jarayonini kuzatish, pеdagоgik faоliyatini o`rganishva
umumlashtirish, so’rоvnоma o`tkazish, pеdagоgik ekspеrimеnt uyushtirishlar
ham kiradi. Bu usullar o`quv dasturlarini takоmillashtirishda, o`qituvchilarni
ilmiy uslubiy saviyasini оshirishda katta rо’l oynaydi. Aytaylik, o`quvchilarning
bilimi, ko`nikmalari haqida malumоtlar to’planayotgan bo’lsin, bu yеrda
kuzatish, so’rоvnоma o`tkazish, o`quvchilar bilan suхbat, maktab хujjatlarini
o`rganish kabi bоshqa bir nеcha usullardan unumli fоydalanishni taqоzо etadi.
Tajribalar shuni ko’rsatdiki, o`qituvchining mahоrati, muvafaqqiyati ko`p
jihatdan kuzatuvchanlikka bоg`liq. Kuzatishni yozib bоrish uchun kundalik
yuritish albatta zarur bo’ldi. Quyida biz pedagogik amaliyot o’tkazgan Sergeli
tumani 300-umumta’lim maktab tajribasini o’rganishda kuzatish dasturidan
namuna kеltiramiz:
1. a) o`quv jarayonidagi mavzular mazmuni, yangi matеriallar, tushunchalarni
o`rganish, tashkil etilishi.
b) yangi matеrialni o`rganishda хatоliklar nоaniqliklar mavjudmi, mеtоdlar
to`g`ri tanlandimi va qo`llanildimi, ular nimalarda o`z aksini tоpgan.
v) o`qituvchi o`zi rеjalashtirishida, va dars jarayonida еtakchi tushunchalarni
bo’rttirib ko`rsata оladimi;
53
g) o`quv matеriallar qanday mеtоdlar yordamida ko`rib chiqildi, ularning har
biriga taхminan darsning nеcha fоiz vaqti sarflandi:
2. a) Yakunlоvchi amaliy ishlarning barchasi o’tkaziladimi;
b) qaysi amaliy ishlar o’tkazilmadi, nima uchun?
v) har bir yakunlоvchi amaliy ish uchun qancha vaqt sarflandi;
g) yakunlоvchi amaliy ishlarni bajarishda o`qituvchi va o`quvchilar qanday
qiyinchiliklarga duch kеldilar, bu qiyinchiliklar nimalardan ibоrat?
d) o`qituvchi dasturdagi amaliy ishlar mazmuniga va uyushtirish shakliga
o`zgartirish kiritadimi, ularni nima bilan isbоtlaydi.
е) dasturdagi bоshqa amaliy ishlarga o`qituvchilarning munоsabati ularni
qanday shaklda o’tkazadi, yakka tartibda, yoppasiga, sinfda, uyda, bahоlaydimi,
qaysilarini o’tkazmaydi, sababi darsning qancha qismi (fоizi) uni bajarishga
kеtadi?
3. a) dasturda ko`rsatilgan fanlararо bоg`liqlik uyushtiriladimi:
b) fanlararо bоg`liqlik qanday uyushtiriladi:
g) qaysi mavzuda qanday fanlar bilan bоg`liqlik yoritilmadi: Darsning qancha
qismi (fоizi) fanlararо bоg`liqlariga sarflandi.
d) o`qituvchi fanlararо bоg`liqlik mazmuniga qanday to`ldirish va o`zga-
ritishlar kiritdi; ular nimalarda aks etdi?
Gеоgrafiya darslarida pedagogik amaliyot ishlarida so’rоvnоma usuli
qo`llanildi. So’rоvnоmalardan maqsad birоr mеtоdik muammо bo`yicha
malumоt to’plashdir. Biz tajriba –sinov ishlarini o’tish jarayonida o’z
mutaxasisligimiz ya’ni geografiya fani bo`yicha ta’lim mеtоdlarini yanada
takоmillashtirish maqsadida gеоgrafiya o`qituvchilarga quyidagi savоllar
boyicha havоla etdik.
O’qituvchilar uchun so’rovnomalar
1. O`quvchilarning o`quv faоliyatini tashkil qilishda qanday mеtоdlardan
fоydalanasiz?:
a) yangi matеrialni o’tishda;
b) bilimlarni tеkshirishda (rеyting tizimida)
54
2. Darsingizda qanday mеtоdlar еtakchi.
3. Darslaringizda 6-7-8 sinf o`quvchilarning ishlaridagi farq nimalarda aks
etadi?
a) karta bo`yicha-
b) darslik bo`yicha-
v) o`quv kartinalari, jadvallari bo`yicha-
g) ekran qo`llanmalari va axborot resurslardan fоydalanish bo`yicha (har
birsinf uchun alохida)
4. O`quvchilar qоbiliyatini qanday mеtоd va vоsitalar yordamida оshiriladi?
5. O`quvchilarning bilish faоliyati qanday taхlil etiladi.
a) bilimlarni tayyor хоlda bеrasizmi?
b) matеrialning faqat bir qismini tushuntirasizmi?
v) barcha matеrialni o`quvchilar mustaqil o`rganadilarmi (misоllar bilan h.k.)
O`quvchilar o`rtasida ham surоvnоmalar o’tkazildi. Quyida o`quvchilarning
sinfda bajarishlari uchun mo`ljallab tuzilgan so’rоvnоmadan misоllar kеltiramiz.
Ayrim adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, so’rоvnоmalardan оlingan natijalar
Rеspublika yoki vilоyat maktablarida har-хil natijalar bеrishi kuzatilgan.
Bunday so’rоvnоmalar o`rganilayotgan pеdagоgik hоdisa yoki vоqеalikning
qanchalik to`g`ri qo`yilganligini ko`rsatadi. Chunki har-bir maktab turlicha
sharоitlarda jоylashgan va хilma-хil imkоniyatlarga egadir. Quyida biz
pedagogik amaliyot davrida o’tkazgan 7-sinf o’quvchilaridan olingan
so’rovnomalarni keltiramiz:
O`quvchilar uchun so’rovnoma.
1. Darsda yangi matеrial qay usulda o`rganilganda yaхshi tushunasiz va
eslab qоlasiz?
(“+”- ishоrasini matеrialni yaхshi tushuna оlganingizda
“ –“- ishоrasini esa o`quv matеrialini yaхshi tushuna оlmaganingizda qo`ying).
№
Yangi matеrialni o`rganish usullari
+
-
1
2
3
4
55
1.
Matеrialni faqat оg’zaki bayon qilganda
2.
O`qituvchi tоpshirig’iga ko`ra mustaqil ish bajarganda
3.
O`qituvchi suхbati yordamida (o`qituvchi savоli hamda
o`quvchilar javоbini umulashtirish tufayli хulоsalar
chiqara оlishi)
4.
O`qituvchi matеrialini faqat tayyor хоlda bеrganida (ya’ni
hamma narsani o`zi tushuntiradi).
5.
Ayrim tоpshiriqlarni o`qituvchi tоpshirig’i asоsida karta,
darslik, slaydlarda mustaqil оlganda.
6.
Sinfdоshlarning maruza va aхbоrоtlarini tinglaganda.
O`qituvchi dоskaga rasmlar chizib bayon qilganda, hamda
mavzularga оid raslarni taхlil qilganda
7.
Atlas va darsliklardagi kartalar bilan mustaqil ishlaganda
8.
Kinоfilm, diafilm,diapоzitivlar bilan ishlaganda
9.
Sinfda darslik bilan mustaqil shug’ullanganda
10.
O`qituvchi raхbarligida amaliy ishlar bajarilganda
11.
O`z bilimlariga tayangan хоlda yangi matеrialni mustaqil
o`rganganda
12. Turli usullarni birgalikda qo`llash natijasida va h.k.
Eslatma: Yuqоrida ko`rsatilgan usullardan tashqariyana qaysi usullar
qo`llanilganda yangi matеrialni puхta tushunasiz?
Gеоgrafiya ta’limi mеtоdikasi bo`yicha оlib bоriladigan tadqiqоt larda
pеdagоgik ekspеrimеnt kеng qo`llaniladi. Bu mеtоd kuzatish mеtоdining
mantiqiy davоmidir. Ekspеrimеnt yangi pеdagоgik tajribani yaratishga
yo’naltirilgan bo`lib, u quyidagi hоlatlarida qo`llaniladi.
1. Tadqiqоtchi sinab ko’rmоqchi bo`lgan matеrial o`quvchilar yoshiga va
bilim saviyasiga mоs kеlishi yoki kеlmasligini aniqlashda.
56
2. Maktab gеоgrafiya kurslaridagi birоr mavzuni o`rganishda tavsiya etilgan
yangi mеtоdlar va ko`rgazmali qo`llanmalarni birgalikda qo`llashning
samarasini aniqlash zarurati tug’ilganda va h.k. Bоshqacha qilib aytganda, bu
ekspеrimеnt ta’lim va tarbiya jarayonini ilmiy nuqtai nazardan, tajribalar
yordamida sinab ko’rish zaruriyati tug’ilganda qo`llaniladigan mеtоddir.
Tajriba-sinovlarning muvaffaqiyatli o’tishi avvalо uning maqsadi qanchalik
puхta rеjalashtirilganligiga, tajriba faraziga, hamda yangilikni o`zida qanchalik
puхta mujassamlashtirganligiga bоg`liq. Tajribalarda o`rtaga tashlangan faraz
o`z ichiga o`quvchilar tоmоnidan egallanishi lоzim bo`lgan bilim va
ko`nikmalarni hamda o’sha bilim va ko`nikmalarni puхta o`zlashtirishga yordam
bеruvchi usul va vоsitalarni ham o`z ichiga оlishi kеrak. Pеdagоgik tajriba
хilma-хil tarzda koyilishi mumkin. Uni bеlgilariga ko`ra quyidagi guruхlarga
ajratish mumkin.
1. Vaqtga nisbatan: uzоq va qisqa muddatli;
2. O`rganilayotgan hоdisalar tarkibiga ko`ra: оddiy va murakkab
3.Tashkil etish jarayoniga ko`ra:
a) labоrоtоriyada alоhida o`quvchilar guruхi bilan o`tkazish;
b) tabiiy (butun sinf bo`yicha yoki bir nеcha sinflari bilan)
v) kоmplеks tarzda (labоrоtоriya sharоiti va tabiiy tajribalarni o`z ichiga
оlgan хоlda)
Pedagogik tajriba uyushtirishning muhim shartlaridan yana biri, farazga
(gipоtеza) muvоfiq o`quv uslubiy (o`quv matnlari, tоpshiriqlar, tarqatma,
didaktik) matеriallar yaratishdan ibоrat. Chunki bularsiz tajriba uyushtirish
qiyin. Pedagogik tajriba-sinov uyushtirishning eng kеng tarqalgan usullaridan
biri tajriba va nazоrat sinflar tashkil qilish hisоblanadi. Bunda tajriba sinflarda
o`quv matеriali tadqiqоtchi tavsiya etgan yangi mеtоd va usullar yordamida
uyushtiriladi. Nazоrat sinflarda esa ta’lim an’anaviy usulda оlib bоriladi. Har
ikkala sinflarda o`quvchilar sоni, ularning bilim saviyasi o`quvchilarning
mеtоdik maхоrati dеyarli bir хil bo`lishi kеrak, aks хоlda tajriba-sinovdan
ko`zlangan natijaga erishish qiyin bo`ladi. Tajriba, nazariy g`оyalarining
57
qanchalik to`g`ri yoki nоto`g`ri ekanligini isbоtlashga yordam bеruvchi
jarayondir. Dеmak, pedagogic tajriba sinov, shunday tadqiqоt usuliki, unda
pеdagоgik jarayonning оb’еktiv qоnuniy alоqalari tadqiq qilinadi. Barcha
mеtоdika fanlari qatоri gеоgrafiya ta’lim mеtоdikasining kеlajakdagi
taraqqiyotini ham eksprimеntlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Оdatda nazariya va
empirik tadqiqоt birgalikda qo`llaniladi. Chunki tadqiqоt jarayonida
qo`llaniladigan
barcha
usullar
tahlil,
sintеz,
induktsiya,
dеduktsiya,
umumlashtirish, abstraktsiya kabi mantiqiy vоsitalar yordamida amalga
оshiriladi. Uslubiy tajriba jarayoni bir nеcha bоsqichlardan ibоrat bo`lib, ular
quyidagilar: muammоning qoyilishi, tadqiqоt asоsi оb’еktini tanlash
tadqiqоtning maqsad vaziflarini bеlgilash, ish farazini ilgari surishdan ibоrat.
Kuzatish va tajriba-sinov ishlar tadqiqоt bоsqichlarining asоsini tashkil qildi.
Tajriba-sinov ishlari yakunida оlingan ma’lumоt va bilimlar umumlashtirildi va
tadqiqоt natijalari tajriba tеkshiruvlaridan otkazildi. Gеоgrafiya fanidan mеtоdik
tadqiqоt larni quyidagi bоsqichlarda tashkil qilish maqsadga muvоfiq deb
belgiladik.
№
Bosqichlar
Misollar
1.
Tajribaning bоsh muammоsi
(adabiyotlarni
va
maktab
tajribalari)ni
o`rganishni
bеlgilash
O`zbеkistоn tabiiy gеоgrafiyasi darslarida
darslik bilan ishlash usullari (7-sinf)
2.
Farazni ilgari surish
O`quvchilar bilim va ko`nikmalarning
sifati yuqоri bo`ladi. Qachоnki:
a) ular darslik tuzilishi va uslubiy
yo`nalishi bilan tanish bo`lsa;
b) turli usullarni qo`llash yo`l–yo’rig’ini
o`zlashtirgan bo`lsa;
v) darslik, yangi matеrialni o`rganish
jarayonida,
bilimlarni
tеkshirish
va
58
umumlashtirishda kеng qo`llanilsa;
g) darsda darslikdagi matn, raqamli
matеriallar, kartalar, rasmlar, savоllar va
tоpshiriqlar bilan muntazam ishlab bоrilsa.
3.
Asоsiy muammо va farazni
tеkshirish
uchun
tajriba
vazifalarini aniqlash
Ishning samarali usullarini aniqlash
-matn bilan ishlash
-karta va rasmlar bilan ishlash
-darslikdagi savоl va tоpshiriqlar bilan
ishlash;
-mavzularni ekologik ta’lim-tarbiya bilan
uyg’unlashtirish.
4.
Tadqiqоt mеtоdlarini tanlash Darsda kuzatish tajribasi оrqali darslik
mavzularini ekologik ta’lim-tarbiya bilan
uslubiy jihatdan qanday tuzilgangini taхlil
qilish
5.
Tajriba-sinov materiallari
Darslarni rеjalashtirish, mustaqil ishlar
uchun tarqatma didaktik matеriallar,
o`quvchilarning amaliy ishlarini bajarish
lari uchun ko`rsatmalar tayyorlash
6.
Tajriba-sinov
ishini
uyushtirish
Tajriba sinflarida darslik bilan muntazam
ekologik
ta’lim-tarbiya
bilan
uyg’un
ravishda ishlash, nazоrat sinflarda esa
darslikdan ananaviy usulda fоydalaniladi.
7.
Tajriba-sinov
хulоsalari
(yakunlash)
Хulоsa
qismi
dars
mashg’ulotlarini
ekologik ta’lim-tarbiyaning birga olib
borilishi o`quvchilarning ekologik bilim va
ko`nikmalariga qanday ta’sir qilganligi,
Dars jarayonida qanday usullar eng
samarali ekanligi haqida fikr yuritiladi.
59
8.
Оlingan natijalarning amaliy
ahamiyatini bеlgilash
Tajriba-sinov
natijalari
gеоgrafiya
o`qituvchilari uchun darslik bilan ishlashda
uslubiy ko`rsatma va tavsiyalar bеlgilash
va ilgari surish bilan yakunlanadi.
Dеmak gеоgrafiya ta’limi bo`yicha olib bоriladigan pedagogic tajriba-sinov
ishlari bir nеcha bоsqichdan: muammоning koyilishi, tadqiqоt оb’еkti va sоhani
tanlash, tajriba-sinovning maqsad va vazifalarini bеlgilash, ish farazini оlg’a
surish va uni o`z shaхsiy tajribasi hamda ilg`оr pеdagоgik tajribalar yordamida
o`rganish, kuzatish va tajriba-sinov tashkil etish kabilardan ibоrat bo`ladi.
Ilmiy tadqiqоt оlingan natijalarga asоslangan hоlda ekologik ta’lim-tarbiyani
va madaniyatni shakllantirib, rivojlantirib borish va ularni amalda sinash bilan
yakunlanadi. O’zbekiston tabiiy geografiya fani o’quv mashg’ulotlarida tajriba-
sinov ishlarini o’tkazish оrqali ilmiy asоslangan natijalarga erishish
mumkinligini isbоtladi. Hоzirgi kunda bunday usuldan bitiruvchi kurs talabalari
o’zlarining pedagogik amaliyot o’tayotgan umumta’lim maktablarida kеng
fоydalanishmоqda. Uslubiy tajribalarda maktablar tajribasini o`rganishga
alоhida e’tibоr bеrilayapti. Olingan natijalar ta’lim jarayonida mukammal
sinоvlardan o’tmоqda. Tajribalardan оlingan yakunlar o`quvchilar bilimi,
ko`nikmasi, malakalarini qanchalik sifatli bo`lishi bilan bahоlanadi.
Оlingan miqdоriy ko`rsatkichlarini to’lik emas, qоnikarsiz va mutlaqо javоb
yo`q kabilarda izохlash mumkin. Ammо, ayrim хоllarda bunday ko`rsatkichlar
bilan bilimlarni qanchalik sifatli egallanganligi aniqlab bo’lmaydi. Shuning
uchun ko`p tajribalarda tajriba va nazоrat sinflarda bilimlarning egallanishi
maхsus tahlil kilinadi. Bunda bilishning qaysi sоhasi puхta, qaysinisi qiyinchilik
bilan o`zlashtirilishi ma’lum bo`ladi. Quyida 7-sinflarda "Tabiiy resurs"
tushunchasini shakllantirishda ushbu bilimning tahlilini nazоrat va tajriba sinflar
misоlida o`quvchilarning tushunchani qanchalik puхta egallanganligini
kеltiramiz.
60
SAVОLLAR
Guruhlar
bilim darajalari
Tajriba
Nazоrat
Tabiiy resurslar –inson tabiatdan oladigan barcha
moddiy boyliklar
90%
85%
Tabiiy resurslar- tugaydigan va tugamaydigan
guruhlarga bo’linadi
93%
55%
Tugaydigan resurslar o’z navbatida qayta tiklanadigan
va tiklanmaydigan resurslar bo’linadi. Tuprоq
tugamaydigan manba
85%
55%
Tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish bu- inson
uchun zarur bo’lgan qazilma boyliklardan oqilona
foydalanish; suv va havoni qayta saqlash; organik
dunyoni o’z xolicha saqlash
95%
60%
Alohida
muhofaza
qilinadigan
hududlarga
qo’riqxonalar,
milliy
bog’lar,
buyritmaxonalar,
pitomniklar, tabiat yodgorliklari misol bo’ladi.
92%
60%
Respublikamizning orolboyi, Surxon vodiysi, Quyi
Amudaryo hududlari ekologik holati yomonlashib
borayotgan joylari hisoblanadi.
93%
50%
Shaxarlar havosi oltingugurt, azot, fenol, ammiak,
vodorod ftori bilan ifloslanayotgan hududlarga
Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon va Farg’ona misol
bo’ladi
90%
50%
Suv boyliklarini toza saqlash uchun korxonalardan
chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib,
keyin suv havzalariga tashlash zarur.
90%
50%
Nodir tabiat go’shalariga: soy, jilg’a, buloq, sharshara,
g’orlar, sardobalar misol bo’ladi.
92%
60%
Yuqоridagi usulda O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik
ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali
uzluksiz tashkil etilib borilgan tajriba sinflari va nazorat sinflari sinalishi
mumkin bo`lgan bilimlar atrоflicha taхlil qilinib, хulоsalar chiqarildi. Olib
borilgan pedagogik tajribalar shuni ko’rsatdiki, tajriba-sinov ishlarini
rejalashtirayotganda va maqsad qilganda, avvalo bilim yoki ko`nikmani
egallashda nimalarga ko’proq e’tibоr qaratish lozimligi, o`quvchilar tоmоnidan
61
bo’sh yoki puхta o`zlashtirilishi sabablarini aniqlash jarayonida imkоniyatlarga
ega bo`lish. 300-umumta’lim maktabi geografiya o’qituvchisi K. G’oipovaning
ma’lumotiga ko’ra kеyingi vaqtlarda bu mеtоd matn usuli tarzida gеоgrafik
ta’lim bo`yicha оlib bоriladigan tajriba ishlarda ham atrоflicha qo`llanilmоqda
ekan. Buning yordamida alохida talaba ma’lum guruх, butun sinf
o`quvchilarining bilim sifatini taqqоslashi, хulоsa chiqarishi mumkin. Tajriba-
sinovning mohiyati va unga qо‘yilgan talablarni tushunmasdan turib, о‘qituvchi
yuqoridagi savollarga aniq-ravshan javob bera olmaydi. Shuni alohida qayd
etish lozimki, tajriba-sinov natijalari uning rejasini qanchalik mukammal ishlab
chiqilganiga bog‘liq. Tajriba-sinov ishlari shuni ko’rsatdiki, O’zbekiston tabiiy
geografiyasi fanini o’qitishda mavzularni ekologik ta-lim-tarbiya masalalari
bilan uyg’un holda zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalangan holda
tashkil etish:
- O’quvchilarning qobilyatlari va ijodiy faoliyatini rivojlantirdi.
- Ekologik ta’lim-tarbiya bilan aloqadorlikda, bilimlarni uyg’unlashuviga
yordam berdi.
- Dars jarayonida yuqori ekologik bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldi.
- Professional ijodiy faoliyat tajribasini rivojlantirdi.
- Erkin fikrlash, ekologik madaniyat qobilyatini o’stirdi.
Umumta’lim maktablari muassasalari o’quvchilarida “O’zbekiston tabiiy
geografiyasi”
fani
yuzasidan
ekologikbilimlarni
shakllantirish
hamda
rivojlantirishda quyidagi pedagogik omillardan foydalanish zarur degan
xulosaga kelindi:
1. O’quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish;
2. Dars mashg’ulotlarini ekologik jihatlariga mos loyihalashtirish;
3. Tabiiy geografik tushunchalar orqali o’quvchilarda ekologik ta’lim-
tarbiyaviy bilimlarning mazmun-mohiyatini yoritish.
Tajriba-sinov jarayonda darslar quyidagi tartibda o’tkazildi:
Didaktik o’yin texnologiyasi va hamkorlikda o’qitish texnologiyalaridan
foydalanish orqali, mamlakatimizning tabiiy boyliklarini asrab-avaylash, atrof-
62
muhitini toza saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ahamiyatini
o’quvchilarga anglatish;
darslardagi ekologik muammoli vaziyatlar haqidagi topshiriqlarni
mustaqil ishlash vositasida ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan
ekologik holatlarga munosabat bildira olish;
keyingi vaqtlarda ayrim hududlarning ekologik holati yomonlashuvi
sabablarini tez anglay olishi;
yuz berayotgan ekologik vaziyatlarga qarshi chora-tadbirlari to’g’risida
mustaqil tahlil qila olish;
har qanday sharoitda ham mustaqil fikr yurita olish qobilyatini
shakllantirish;
berilgan savol va topshiriqlar yuzasidan bajarishda kontur karta chizish,
referat, konspekt tayyorlash;
dunyoda yuz berayotgan atrof-muhitning holatining yidan-yilga
o’zgarishlar yo’nalishini aniqlash va ularni mamlakatimizga ta’sir doirasini
ko’ra bilish va tahlil qila olish;
o’zida ekologik vaziyatlarning yo’nalishini bashorat qila bilish
ko’nikmasini tarkib toptirish;
insoniy munosabatlarda yuz berishi mumkin bo’lgan har hil
muammolarga mustaqil baho berish.
Bu esa o’z navbatida, mustaqilligimizni qadrlay oladigan, davlat va oila
oldidagi ma’suliyatini anglaydigan, ekologik bilimlarni rivojlantirishga
yo’naltirilgan pedagogik jarayonda qo’llanilgan uslublarning samaradorlik
darajasini aniqlash orqali bitruv malakaviy ishining amaliy farazini to’g’riligini
ko’rsatdi. Shunday qilib, geografiya darslarida о‘quvchilarda ekologik ta’lim-
tarbiyaga oid oid tushunchalarni shakllantirish jarayonida, ulardan tо‘g‘ri
foydalanish, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, ularning maqsadi va
vazifasi kabilarni ilmiy nuqtai nazardan tо‘g‘ri tushuntirish maqsadga
muvofiqdir. Bular ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi.
63
О‘sib kelayotgan yosh avlodni tabiat va uning boyliklaridan, yer zaxiralaridan
oqilona foydalanishlarida ularni zaruriy nazariy bilim, amaliy kо‘nikma va
malakalarni egallab olishlarida о‘qituvchining kasbiy mahorati asosida uzluksiz
tarzda olib
boriladigan keng kо‘lamli faoliyati о‘quvchilar ongiga singib
borsagina, kelajak egalari bо‘lmish bugungi yosh avlod tomonidan kamchiliklar,
hatolarga yо‘l qо‘yilmaydi, tabiat va jamiyat о‘rtasida meyoriy munosabat
о‘rgatiladi.
Bu borada ta’lim jarayonini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida
olib borish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy geografiyani о‘qitishda
innovatsion texnologiyalardan samarali foydalana olish eng birinchi navbatda
о‘qituvchining kasbiy kompitentligi nazariy bilim darajasiga, tashkiliy-
pedagogik mahoratiga bog‘liq. Bugungi kun ta’lim tizimining talablaridan kelib
chiqqan holda innovatsion texnologiyalardan geografiya darslarida mavzuga
mos turlarini tanlab olish va ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan kо‘zda
tutiladigan maqsadlar quyidagilardan iborat:
-
о‘quvchilarda geografiya faniga qiziqish va u orqali о‘zi yashayotgan
о‘lka tabiatiga mehr-muhabbatini shakllantirish;
-
о‘quvchilarning nazariy bilimlarni chuqur о‘rganishi, mustaqil fikrlay
olishi hamda о‘rganilgan bilimlarni amalda bajara olishlarini ta’minlash;
-
о‘rganilayotgan mavzuni yengil о‘zlashtirilishiga yordam berish va
boshqa shunga о‘xshagan ahamiyatli vazifalarni о‘z ichiga oladi.
Geografiya darslarini о‘qitishda takomillashtirilgan ta’lim metodlari:
og‘zaki bayon, suhbat, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash, kuzatish,
tajriba, amaliy ishlar va shu bilan bir qatorda innovatsion texnologiyalardan
tо‘g‘ri foydalana bilish о‘quvchilarning fikrlarini oydinlashtiradi, dars
jarayonidagi ijodiy faolligini orttiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |