Nizomiy nomidagi


“O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.01.2020
Hajmi0,58 Mb.
#37038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik talim-tarbiya berish mas


 “O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza 

qilish” mavzusidagi didaktik o`yin texnologiyasining ijodiy o`yin metodidan 

foydalanilgan darsning texnologik xaritasi. 

Texnologik 

bosqich 

O`qituvchi faoliyati 

O`quvchi faoliyati 

 I bosqich 

Tashkiliy qism 

 5-minut 

    

II bosqich  



O`quvchilarning 

bilish faoliyatini 

tashkil etish. 

     5-minut   

 

III bosqich 



 Yangi mavzuni    

o`rganish.  

O`quvchilarni dars 

mavzusi, maqsadi, borishi 

bilan tanishtiradi. 

 

O`quv 



topshiriqlarining 

didaktik  maqsadi,  bajari-

ladigan  o`quv  topshiriqlari 

bilan tanishtiradi. 

 

 

O`quvchilardan 



“olimlar”  

guruhlarini 

va 

ularning 



mustaqil ishini tashkil etadi.  

Dars mavzusi, maqsadi, 

borishi va unda bajariladi- 

gan topshiriqlarni 

anglaydi.  

 

O`quv topshiriqlarining 



didaktik maqsadi, bajari-

ladigan o`quv topshiriqla-

ri yuzasidan ko`rsatmalar-

ni anglaydi. 

 

O`z o`quv faoliyatini tash-



kil etadi. “Olimlar” guruhi 

 

35

 



30-minut    

 

IV bosqich 



Erishilgan  natijani 

tahlil 


qilish 

va 


yakun yasash.   

       5-minut 

 

 

O`quv 



dasturidan 

o`rin 


olgan 

 

topshiriqlarini 



mustaqil 

o`zlashtirilishini 

ta`minlaydi. 

“Olimlar”  uchrashuvi  guru-

hini  tashkil  etadi.  Har  bir 

guruhda  o`quv  materiali  

yuzasidan 

tayyorlagan 

ma`ru-zalarini tinglaydi. 

O`quvchilar 

faoliyatini  

tahlil  qiladi,  o`quvchilarga 

mustaqil 

va 


ijodiy 

ish 


topshiriqlarini beradi.   

topshiriqlarini bajaradi. 

1-guruh. “Gidrologlar” 

2-guruh. “Iqlimshunoslar” 

3-guruh. “Geograflar” 

4-guruh. “Ekologlar” 

“Olimlar” uchrashuvi 

guru-hida ishtirok etadi. 

Har bir guruh o`quv 

materiali  yuzasidan 

ma`ruzalar tayyorlaydi 

O`z o`quv faoliyati va 

erish-gan natijasini tahlil 

qiladi va baholaydi. 

Mustaqil va ijodiy ish 

topshiriqlarini oladi. 

 

   Ishbilarmonlar  o`yini:  Ishbilarmonlar  o`yini  ham  boshqa  o`yinlar  kabi, 

o`qituvchi  va  o`quvchilardan  puxta  tayyorgarlik  ko`rishni    talab  etadi.  Shu 

sababli  o`qituvchi  quyidagi  vazifalarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishi 

zarur:  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi  fanidan  tabiiy  geografik  rayonlar 

mavzulari  bo’yicha    o’tkazish  maqsadga  muvofiq.  Ushbu  didaktik  o`yin 

davomida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv-bilish xarakteridagi muammoli 

vaziyatlar  tizimini  vujudga  keltirish  yo`llarini  aniqlash  va  loyihalash; 

o`quvchilarni    o`yinning  maqsadi  va  vazifalar  bilan  tanishtirish,  didaktik  o`yin 

talab  etadigan  vazifalarni  taqsimlash  va  har  bir  o`quvchiga  tegishli  aniq 

yo`llanmalar, ko`rsatmalar berish[15]. 



Konferentsiya  darslari:  Didaktik  o`yinli  darslar  ichida  konferentsiya  darslari 

muhim  o`rin  tutadi.  Konferentsiya  darslari  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini 

faollashtirishda,  ilmiy  dunyoqarashni  kengaytirishda,  ularni  qo`shimcha  va 

mahalliy  materiallar  bilan  tanishtirishda,  ilmiy  va  ilmiy-ommabop  adabiyotlar 



 

36

 



bilan  mustaqil  ishlash  ko`nikma  va  malakalarini  rivojlantirishda,  yoshlarni 

mustaqil  hayotga  tayyorlashda,  eng  asosiysi  tanlangan  mavzuning  ekologik 

ta’lim-tarbiya  bilan  uyg’unlashuvi  ta’minlashda  muvaffaqiyatli  hisoblanadi.   

O`qituvchi  konferentsiya  darsini  o`tishdan  avval  dars  mavzusini,  maqsadi  va 

vazifalarini  aniq  belgilab  olib  shu  mavzuga  oid  qo`shimcha  ilmiy,  ilmiy-

ommabop  adabiyotlarni  ko`zdan  kechiradi.  Mazkur  dars  o`tkazishdan  10  kun 

oldin  dars  mavzusi  e`lon  etilib,  unga  tayyorgarlik  ko`rish  uchun  adabiyotlar 

tavsiya  qilinadi.  Asosan  ushbu  usul  o’quv  yili  ohirida  geografiya  va  biologiya 

o’qirtuvchilarining  o’zaro  hamkorligida  7-sinf  o’quvchilari  bilan  “Tabiat  va 

jamiyat  o’zaro  aloqadologi”  mavzusida  konfrensiya  o’tkazish  maqsadga 

muofiqdir.  Konfrensiya  o’tkazishdan  oldin  insonning  tabiatga  ko’rsatayotgan 

tasiri hususiyatlarini aniqlash maqsadida mahalliytabiiy komplekslarni o’rganish 

bo’yicha  amaliy  mashg’ulotlar  uyushtiriladi  va  quyidagi  topshiriqlarga  javob 

tayyorlash tayinlanadi: 

1. Inson  xo’jalik  faoliyatining  o’lka  tabiiy  komplekslariga  ko’rsatayotgan 

sezilarli ta’sirini aniqlash. 

2. Muhofaza qilishga muhtoj bo’lgan tabiiy obektlar mavjudmi? 

3. Ularni tariflash, mahalliy yodgorlik sifatida hisobga olish mumkinmi? 

4. Insonning tabiatga ko’rsatayotgan qaysi tasiri kuchli – ijobiymi yoki salbiy? 

5. Ayrim tabiiy obektlarni muhofaza qilish uchun davlat muassasalariga murojat 

qilish zarurati bormi? 

    Konfrensiyaga  korxona,  jamoa  xo’jaliklari  raxbarlarini,  tabiatini  muhofaza 

qilish  jamiyati  hodimlarini,  olim  va  yozuvchilarni  taklif  qilish  mumkin. 

Konfrensiyaga 1-2 oy ilgari tqyyorgarlik ko’rila boshlaydi. O’quvchilar alohida 

guruhlarga  bo’linib  konfrensiya  o’tkaziladigan  honani  jixozlaydilar,  plakatlar 

tayyorlaydilar, mavzuga doir she’rlar tanlaydilar va hakozo. 

   Konfrensiya 

o’tkazish 

rejasi 

va 


mavzulari: 

konferensiyani 

odatda 

o’qituvchining  kirish  so’zi  bilan  boshlanadi.  Taklif  qilingan  mehmonlarga  so’z 



beriladi.  Keyin  shu  sinf  o’quvchilaridan  iborat  hakamlar  hayati  a’zolari  o’z 

 

37

 



o’rinlarini  egallaydilar  va  butun  konfrensiya-ishiga  rahbarlik  qiladilar.  Zarur 

hollarda hakamlar hayatiga o’qituvchi ko’rsatmalar berib boradi. 



Ma’ruzalar mavzsi:  

1. Nima sababdan tabiiy muhitni muhofaza qilish zaruriyati paydo bo’lgan? 

2. Sayyoramiz aholisi tabiiy n\muhit haqida havotirga tushmasligi mumkinmi? 

3. Jaxondagi  taraqqiyparvar  ishlar  tabiiy  va  jamiyatning  o’zaro  aloqadorligi 

muommosiga qanday munosabat bildirmoqdalar? 

4. Inson hayotida qazilma boyliklar qanday ahamiyatga ega? 

5. Nima  uchun  toza  havo  va  chuchuk  suv  insoniyat  uchun  eng  zaruriy 

hisoblanmoqda? 

6. Inson qit’alar va okeanlar tabiatiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda? 

7. Sayyoramiz tabiatini muhofaza qilishda halqaro hamkorlik doirasida bizning 

mamlakatimiz qanday tadbirlarni amalga oshirmoqda? 

8.  Bizning hayot sharoitimizga tabiat qanday ta’sir ko’rsatadi? 

9.  Nima  sababdan  Orol  dengizi  va  Orol  bo’yi  tabiatini  muhofaza  qilish 

muommosi vujudga keladi? 

10. O’lkamiz  tabiatini  muhofaza  qilishda    o’quvchilar  qanday  tadbirlarni 

amalga oshirishlari lozim? 

   Konfrensiyani  o’lkamiz,  mamlakatimiz  rang-barang  tabiatini  aks  ettirilgan 

kinofilimdan  2-3  daqiqali  lavha  tomosha  qilish  bilan  boshlash  yanada  muhim 

ahamiyat kasb qiladi. Maruzalar  va konfrentsiya  ishini  hakamlar  hayati a’zolari 

olib  boradilar.  Ular  ma’ruzachilarga  savollar  beradilar  va  barcha  ishlarning 

sifatini  baholaydilar.  Hay’at  raisi  so’zga  chiquvchilarning  belgilangan  vaqtga 

rioya  qilishlarini  kuzatib  boradi,  agar  ma’ruzachi  bir  daqiqa  ortiq  vaqt  sarflasa 

ham  ishining  bahosi  pasaytiriladi.  Konfrensiya  yakunida  o’quvchilar  faoliyati 

baholanib  sinf  jurnaliga  qo’yiladi.  Ushbu  didaktik  o’yin  turining  muvaffaqiyati 

o`qituvchining  ilmiy-metodik  saviyasiga  va  pedagogik  mahoratining  yuqori 

darajada  bo`lishi,  zamon  bilan  hamnafasligi,  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini 

faollashtirish  va  boshqarish  ko`nikmalariga  bog’liq  bo`ladi  shuningdek,  yuqori 

O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda o’lkamizning dolzarb ekologik 


 

38

 



muommolariga bag’ishlangan (“Orolim mening – dardim mening” , “Orol bo’yi 

–  muhofazaga  muxtoj”)  konfrensiyalar  uyushturish  o’quvchilarda  ekologik 

madaniyatini  shakillantirishiga  yordam  beradi.  O’zbekiston  tabiiy  geografiyasi 

fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish dars jarayonida, boshqa didaktik 

o`yinlar bilan bir qatorda o`yin mashqlardan o`z o`rinda va samarali foydalanish 

maqsadga  muvofiq.  O`yin  mashqlari  uchun  televidenie  va  matbuot  orqali  berib 

borilayotgan  va  o`quvchi  yoshlarning  eng  qiziq  mashg’ulotiga  aylangan 

o`yinlarni  andoza  qilib  olish  mumkin.  Bular  jumlasiga  “Zakovat”,  “Zinama-

zina”,  “Kim  millioner  bo`lishni  xoxlaydi?”  kabilarni  kiritish  mumkin.  Mazkur 

o`yinlarda  o`quvchilar  avvalo  o`z  kuchi  va  bilimlarini  sinab  ko`radilar  va  yana 

ularning aksariyati shu o`yinlar ishtirokchisi bo`lishni orzu qiladilar[15].   

     Zamon  bilan  hamnafas  ishlayotgan  har  bir  o`qituvchi  o`quvchilardagi  bu 

istak  va  orzularni  amalga  oshirish  uchun  ta`lim  jarayonida  shunga  o`xshash 

o`yinlarni o`z vaqtida o`tkazishi o`quvchilarning ekologik bilim olishga bo`lgan 

qiziqishlarini orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

39

 



 

 

 



 

 

2.2  Hamkorlikda o’qitish darslarida ekologik ta’lim tarbiya berish usullari 

 

Hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasi  har  bir  o`quvchining  tahsil  olishdagi 



muvaffaqiyati  guruh  muvaffaqiyatiga    olib  kelishini  anglagan  holda  muntazam 

va  sidqidildan  aqliy  mehnat  qilishga,  o`quv  topshiriqlarini  sifatli  bajarishga, 

o`quv  materialini  puxta  o`zlashtirishiga,  o`rtoqlariga  hamkor  bo`lib,  o`zaro 

yordam  uyushtirilishiga  zamin  tayyorlaydi.  Bu  esa  o’z  navbatida  O’zbekiston 

tabiiy  geografiyasi  fanini  o’qitishda  ekologik-ta’lim-tarbiya  berish  uyg’unligini 

tashkil etishda dars samaradorligini o’z-o’zidan oshirishga imkon beradi[15]. 

 Geografiya 

o`qituvchi 

jarayonida 

hamkorlikda 

o`qitish 

metodlaridan 

foydalanish  maqsadida  qaysi  mavzularni  hamkorlikda  o`qitish  metodlaridan 

foydalanib, o`rganish mumkinligini  aniqlashi va mazkur darslarni taqvim-rejada 

belgilashi; 

 tanlagan mavzu bo`yicha o`quvchilarga tavsiya etiladigan o`quv topshiriqlari va 

ularni  bajarish  yuzasidan  ko`rsatmalarni  tayyorlashi;  hamkorlikda  o`qitish 

metodlaridan  foydalanib,  o`tiladigan  dars  turi,  dars  tuzilishi  va  borishini 

loyihalashi;  o`tgan  va  yangi  mavzular  yuzasidan  o`quvchilar  bilimini  nazorat 

qilish  uchun  test  topshiriqlarini  tuzishi  kerak.  Mazkur  metodlardan 

foydalanganda  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  o`quvchilar  o`z  sheriklari  bilan 

hamkorlikda  o`quv  topshiriqlarni  to`g’ri  bajarishlari  barobarida  guruh 

a`zolarining  faolligi,  hamkorlikning  vujudga kelishi,  ular  o`rtasidagi  muloqotda  

ekologik madaniyatni shakllantirishi, amal  qilinishi ham hisobga olinadi. 

Shunday qilib, guruh a`zolari bir vaqtning o`zida ikkita topshiriqni bajaradi: 

1.  akademik  topshiriq  -  bilish  va  ijodiy  izlanish  orqali  o`quv  topshiriqlaridan  

ko`zlangan maqsadga erishish; 


 

40

 



2.  ijtimoiy-psixologik  topshiriq  -  dars  davomida  yuksak  ekologik  madaniyatiga 

ega bo`lishi, odob osoyishtaligini saqlashi; 

O`qituvchi har ikkala topshiriqning yuqori saviyada bajarilishini nazorat qiladi. 

O`qituvchi  dars  jarayonida  hamkorlikda  o`qitish  metodlaridan  foydalanishi 

uchun ushbu texnologiyaning o`ziga xos xususiyatlariga oid bilim, ko`nikma va 

malakalarni,  o`quvchilarning  mustaqil  ishlari,  o`quv  bahsi  va  munozaralarni 

samarali  tashkil  etish  yo`llarini  egallagan,  o`quvchilarda  esa  darslik,  ilmiy-

ommabop adabiyotlar ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o`z fikrini qisqa va aniq 

bayon etish, fikrlarni asoslash va dalillash, mantiqiy fikr yuritish, o`quv bahsi va 

munozaralarda  faol  qatnashish  ko`nikmalari  shakllangan  va  ongli  intizom 

vujudga  kelgan  bo`lishi  lozim.  Hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasining  bir 

nechta metodlari mavjud: 

-Komandada  o`qitish  metodida  o`quvchilar  teng  sonli  ikkita  komandaga 

ajratiladi.  Har  ikkala  komanda  bir  xil  topshiriqni  bajaradi.  Komanda  a`zolari 

o`quv  topshiriqlarini  hamkorlikda  bajarib,  har  bir  o`quvchi  mavzudan  ko`zda 

tutilgan  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni    o`zlashtirishiga  e`tiborni  qaratadi. 

Ammo  o`quvchilarga  topshiriqlarni  hamkorlikda  bajarish  bo`yicha  ko`rsatma 

berilishi  etarli  emas.  O`quvchilar  o`rtasida  tom  ma`nodagi  hamkorlik,  har  bir 

o`quvchining  qo`lga kiritgan  muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan 

yordam  berish    hissi,  qulay    ijtimoiy-psixologik  muhit  vujudga  kelishi  zarur. 

Mazkur  texnologiyada  o`quvchilarning  bilimlarni  o`zlashtirish  sifatini 

aniqlashda  ularni  bir-biri  bilan  emas,  balki  har  bir  o`quvchining  kundalik 

natijasi, avval qo`lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o`quvchilar 

o`zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan 

holda ma`suliyatni his qilib, ko`proq izlanishga, bilim, ko`nikma va malakalarni 

puxta o`zlashtirishga intiladi, shu bilan birga  mashg’ulotlar jarayonida ekologik 

ta’lim-tarbiya  uzviyligi  ta’minlanib,  o’quvchilarda  ekologik  madaniyatning 

rivojlanib borishi imkoniyatlari vujudga keladi.   



Darsning mavzu: O’zbekiston iqlimi. 

 

41

 



Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni mamlakatimizning iqlimi, iqlim hosil 

qiluvchi  va  unga  ta’sir  etuvchi  omillarni,  iqlimining  o`ziga  xos  xususiyatlari,  

iqlimning o’zgarish sabablari  bilan tanishtirish. 

Darsning  tarbiyaviy  maqsadi:  mamlakatimizning  iqlimi  mintaqalararo 

tafovutlarini  tushuntirish  orqali  o`quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashini 

kengaytirish,  ahloqiy, ekologik ta’lim- tarbiya berish. 

Darsning 

rivojlantiruvchi 

maqsadi

O`quvchilarning 

havo 

harorati, 

taqsimlanishi,  yog’inlarning  yillik  o’zgarishi,  shamollar,yil  fasllari  bilan 

tanishish  va  kuzatish,  darslik  ustida  mustaqil  ishlash  ko`nikmalari,  nutq  va 

muloqot madaniyatini, ekologik madaniyatini  rivojlantirish. 

Darsni jihozlash:O’zbekistonning tabiiy kartasi, 7-sinf atlasi va kontur kartasi. 

Darsda  foydalaniladigan  texnologiya:  Hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasi 

(komandada o`qitish metodi) 

Darsning borishi

I.Tashkiliy  qism 

II. O`tgan mavzu (ya’ni “O’zbekistonning yer yuzasi, geologik tuzilishi, foydali 

qazilmalari”)  yuzasidan  o`quvchilarning  o`zlashtirgan  bilimlarini  nazorat  qilish 

va baholash. 

III. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.  

IV.Yangi mavzuni o`rganish:  

a)  o`quvchilarni  komandaga  ajratib  bir  necha  kichik  guruhlarni  tashkil  etish 

hamda,  har  bir  komanda  a`zolari  tomonidan  belgilangan  o`quv  topshiriqlarini 

mustaqil  ravishda  sifatli  bajarilishiga,  ekologik  ta’lim-tarbiya  uyg’unligiga 

erishish; 



Topshiriqning  didaktik  maqsadi:  O’zbekiston  iqlimini  vujudga  kelishi,  o`ziga 

xos  xususiyatlari,  mintaqalararo  taqsimlanishi,  yil  sayin  iqlimning  o’zgarish 

sabablari, ularning oqibatlarini ekologik baholash va o`rganish. 

№ 

O`quvchilar  o`zlashtirishi  lozim  bo`lgan 



materiallar yuzasidan o`quv topshiriqlari 

Topshiriqni 

bajarish 

bo`yicha ko`rsatmalar 

Izoh 

 

 



Darslikdagi mavzunini diqqat bilan o`qing, 

 

 



 

42

 



 

 

 



1. 

 

2. 



 

3. 


 

 

4. 



 

 

5. 



 

6. 


 

7. 


 

 

atlasda  iqlim  bo’limini  ko’zdan  kechirib 



quyidagi savollarga javob tayyorlang. 

 

O’zbekiston 



qaysi 

iqlim 


mintaqasida 

joylashgan? 

Iqlimni hosil qiluvchi omillarni ayting 

 

Atlasdan 



o’rtacha 

yillik 


Quyosh 

radiatsiyasi  va  quyoshning  nur  sochib 

turish muddati o’rganing 

 

 Yog’inlarning  hudud  bo’ylab  va  yil 



fasllari bo’yicha taqsimlanishini o`rganing. 

 

Qanday  shamollar  borligini    va  ularning 



xususiyatlarini aniqlang. 

 

Yillik o’rtacha harorat qanday aniqlanadi? 



Darslikdagi 

mavzu 


oxirida 

berilgan 

savollarga  javob  toping  va  topshiriqlarni 

bajaring. 

Topshiriq 

asosida 


jadvalni 

to`ldiring. 

O`quvchilar 

guruhi 


bilan 

hamkorlikda 

ishlang. 

 

 



 

 

 



 

 

O`quvchilar 



bilan 

o`tkaziladigan  savol-

javobda  faol  ishtirok 

eting 


   

O`zlashtirgan bilimlaringiz asosida, darslik va iqlim kartasidan foydalanib 

quyidagi jadvalni to`ldiring. 

Taqqoslanadigan jihatlar 

     Tekisliklar   

Tog’ mintaqasi 

Quyosh 


radiatsiyasi, 

yog’inlarning  taqsimlanishi,  

Shamollar 

 

 



Yil fasllari bo’yicha: Qish 

 

 



Bahor 

 

 



 Yoz 

 

 



 Kuz 

 

 



 Atmosferani ifloslanishi 

 

 



 

 

43

 



  b) o`quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.   

V.  Yangi  mavzu  yuzasidan  komandalar  o`rtasida  savol-javob,  o`quv  bahsi 

uyushtirish. 

VI. O`quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash. 

VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. 

VIII.Uyga vazifa berish. 

     “O’zbekiston  iqlimi”  mavzusidagi  hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasining 

komandada o`qitish metodidan foydalanilgan darsning texnologik xaritasi. 

Texnologik 

bosqichlar 

O`qituvchining faoliyati 

O`quvchi faoliyati 

   I bosqich 

Tashkiliy qism 

      3-minut 

 

   II bosqich 

O`tgan mavzu yuza-

sidan o`quvchilarning 

bilimlarini nazorat 

qilish va baholash 

      3-minut 

 

    III bosqich 

O`quvchilarning bilish 

faoliyatini tashkil 

etish. 5-minut 

      


    IV bosqich 

Yangi mavzuni 

o`rganish.  30-minut 

 

O`quvchilarni dars mavzusi, 



maqsadi, borishi bilan 

tanishtiradi. 

 

O`tgan 


mavzu 

yuzasidan 

tuzil-gan  test  topshiriqlari 

yorda-mida  o`quvchilarning 

bilimlarini  nazorat  qiladi  va 

baholaydi. 

 

 

O`quv  dasturining  didaktik 



maqsadi,bajariladigan  o`quv 

topshiriqlari  bilan  tanish-

tiradi. 

 

O`quvchilarning 



komandalarda mustaqil ishini 

tashkil etadi.  

O`quv  dasturidan o`rin  olgan  

Dars mavzusi, maqsadi, 

borishi va unda 

bajariladigan topshiriqlarni 

anglaydi.  

O`tgan mavzu yuzasidan 

tuzilgan test topshiriqlarini 

bajaradi. 

 

 

 



 

O`quv dasturining didaktik 

maqsadi, bajariladigan 

o`quv topshiriqlari yuzasi- 

dan ko`rsatmani anglaydi. 

 

O`quvchilar bilan hamkor-



likda o`quv faoliyatini 

tashkil etadi. 

O`quv dasturidan o`rin 


 

44

 



 

 

 



     V bosqich 

O`quvchilar 

bilimini 

nazorat qilish va baho-

lash. 2-minut 

 

 



      VI bosqich 

Erishilgan 

natijani 

tahlil  qi-lish  va  yakun 

yasash. 2-minut 

topshiriqlarni  mustaqil  o`z-

lashtirilishini  va  ekologik 

ta’limni  ta`minlaydi. 

Topshiriq 

yakunida 

komandalar  o`rtasida    savol-

javob, o`quv bahsi, munozara 

o`tkazadi.Tegishli 

hollarda 

yordam uyushtiradi. 

 

O`rganilgan  mavzuga  oid  



test  topshiriqlari,  savollar, 

ekologik 

so’rovlar 

va 


didaktik jadvallar beradi. 

Komandalar  faoliyatini  tahlil 

qiladi,o`quvchilarga  mustaqil 

va  ijodiy  ish  topshiriqlarini  

beradi 

olgan  ekologik 



topshiriqlarni mustaqil 

o`zlashtiradi.  

 

Komandalar o`rtasida o`tka-



ziladigan savol-javob, 

o`quv bahsi, munozarada 

faol ishtirok etadi. 

 

Test topshiriqlari, savollar, 



ekologik so’rovlarni  va 

didaktik jadvallarni 

bajaradi. 

Mustaqil va ijodiy ish 

topshiriqlarini belgilaydi. 

 

  Kichik  guruhlarda  hamkorlikda  o`qitish  metodi.  Bu  yondashuvda  kichik 



guruhlar 4 ta o`quvchidan tashkil topadi. O`qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, 

so`ngra  o`quvchilarning  mustaqil  ishlari  tashkil  etiladi.  O`quvchilarga  berilgan 

o`quv  topshiriqlari  4  qismga  ajratilib,  har  bir  o`quvchi  topshiriqning  ma`lum 

qismini  bajaradi.  Topshiriq  yakunida  har  bir  o`quvchi  o`zi  bajargan  qism 

yuzasidan  fikr  yuritib,  o`rtoqlarini  o`qitadi,  so`ngra  guruh  a`zolari  tomonidan 

topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O`qituvchi har bir kichik guruh 

axborotini,  qo’shimcha  ekologik  bashoratlash  bo’yicha  fikrlarini  tinglaydi    va 

test topshiriqlari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. 

 O`quvchilarning  kichik  guruhlardagi  o`quv  faoliyati  o`yin  (turnir,  musobaqa) 

shaklida, individual tarzda xam tashkil etilishi mumkin. 



Dars mavzusi: O’zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish. 

 

45

 



Darsning  ta`limiy  maqsadi:  O`quvchilarni  tabiiy  resurslar,  ularning  turlari, 

tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish bo’yicha dalillari bilan tanishtirish. 

Darsning  tarbiyaviy  maqsadi:O`quvchilarni  O’zbekiston  tabiati  va  tabiiy 

boyliklarini  muhofaza  qilish,  ba’zi  hududlarning  ekologik  holati  bilan 

tanishtirish orqali ilmiy-ekologik dunyoqarashini kengaytirish. 

Darsning  rivojlantiruvchi  maqsadi:  O`quvchilarning  tabiiy  boyliklar,  ekologik 

holati  va  amalga  oshirilayotgan  ishlar  haqidagi  bilimlari,  darslik  ustida 

mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish. 

Darsni  jihozlash:  O’zbekiston  tabiiy  xaritasi,  tabiatni  muhofaza  qilish 

xaritasi,7-sinf  atlasi-kontur  kartasi,  Qo’riqxona,  milliy  bog’,  buyritmaxonalar 

jadvali. 

Darsda  foydalaniladigan  texnologiya:  Hamkorlikda  o`qitish  texnologiyasi 

(kichik guruhlarda o`qitish metodi) 

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: 

Tabiiy  boylik  (resurs),  qo’riqxona,  milliy  bog’,  buyritmaxona,  rezervat,  tabiat 

yodgorliklari,  O’zbekiston  “Qizil  kitob”i,  tabiatni  muhofaza  qilish,  alohida 

muhofaza qilinadigan hududlar. 

Darsning borishi

I.Tashkiliy  qism 

II. O`tgan  mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlarini test savollari 

yordamida nazorat qilish va baholash. 

III. O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. 

IV. Yangi mavzu bo`yicha o`qituvchining axboroti: 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish