Uchinchi bosqichda tabiatdagi ilmiy-nazariy ishlarning natijalarini mustaqil
umumlashtirish va o’quvchilarni ekologik bilimlarni targ’ibot qilish ishga jalb
etish amalga oshiriladi. Nazariy bilimlar bilan birga o’quvchilarga kundalik
turmushda sodir bo’lib turgan ekologik muammolar va tabiat muhofazasiga oid
hodisalar bilan tanishtirish, o’quvchilarda tabiatga nisbatan mehr–muhabbat
hislarini uyg’otish ularni atrof-muhitga zarar keltirmayotganlarga nisbatan
murosasiz bo’lishi ruhida tarbiyalash kerak. Ekologik tarbiya–axloqiy
tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik
dunyoqarashni hosil qilishga, tabiatni dialеktik tushunishga yordam bеradi.
O’zbekiston tabiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida barcha dars
mashg’ulotlarida ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga
oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini his qilishga
undaydigan usul va shakllardan foydalanish zarur. Yuqoridagi ma’lumotlardan
ko’rinib turibdiki, ekologik tarbiya oiladan boshlanishi lozim. Bunda ota-onalar
ekologik savodxon bo‘lishlari kerak. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim muassasalari
va malaka oshirish tizimida uzluksiz ekologik ta’limni chuqur yo‘lga qo‘yish
maqsadga muvofiqdir. Geografiya fani о‘qituvchisi ekologik ta’lim-tarbiya
berish jarayonida tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, ularning о‘zaro
aloqadorligi asosida yuz beradigan hodisa va voqealarni, ekologik
muammolarning kelib chiqish sabablarini о‘quvchilarga izohlab berar ekan, bu
holat undan о‘z fanidan tashqari boshqa fanlardan ham xabardor bо‘lishlikni
talab etadi. Shu o’rinda olim N.Q. Nazarovning “Geografiya hududlar-falsafasi,
geograf-hududlar ekologi” degan hikmatli so’zlarini keltirib o’tish lozim.
Hududdagi ekologik muammolar asosan o’sha joydagi tabiiy geografik
qonuniyatlarning buzilishi negizida ro’y beradi. Tabiiy georafiya bo’yicha
ekologik ta’lim-tarbiyani uyg’un holda olib boruvchi geografia o’qituvchisi o’z
24
mutahasisligidan tashqari biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlarini chuqur
bilish ekologik jarayonlarning kechishini izohlash, sabab va oqibatlarini
tushuntirish, uni raqamlarda taqqoslash imkonini beradi. O’zining tug’ilib
o’sgan maskani, ona vatanining geografiyasi haqida bilim olayotgan o’quvchi
ekologik ta’lim-tarbiya bilan birgalikda ekologik tafakkurini o’stirish, vatanni
ardoqlash, milliy iftixor g’ururi tuyg’usini shakllantirish orqali amalga
oshirilganda о‘z hatti-harakatiga ishonch tug‘diradi. Mazkur ishonchni egallash
oila-bog’cha-maktab ta’limi jarayonida amalga oshiriladi. Bunda о‘quvchining
bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat
о‘quvchilar о‘z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganliklarining
guvohi bо‘lamiz. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, о‘quv jarayonidan
tashqaridagi erkin faoliyatga kо‘proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va
bartaraf etish pedagogikaning ustivor masalalaridandir. О‘quvchilar maktabga
borar ekanlar, о‘qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e’tiborini
qozonishga harakat qiladilar. О‘qituvchi о‘quv faoliyati jarayonida qо‘llagan
metodlar va hosil qilgan vaziyatlar, о‘quvchilarning atrof-olamni bilishlariga
kо‘maklashishi muhim ahamiyatga ega. О‘quvchida hosil bо‘lgan bilish, ijod
qilish, muloqotga kirishish quvonchi uning о‘quv jarayoniga bо‘lgan qiziqishini
oshiruvchi asosiy omildir. Bu esa, о‘qituvchi faoliyatining mazmun-mohiyatini
kengaytirish imkonini beradi. О‘qituvchi har bir о‘quvchi uchun muvaffaqiyat
qozonishga yо‘naltirilgan о‘quv vaziyatini hosil qila olishi kerak. Muvaffaqiyat
har bir о‘quvchi erisha olishi uchun qulay bо‘lgan о‘quv vaziyatini vujudga
keltirish orqali ta’minlanadi. Mutaxassislar о‘quv vaziyatida о‘quvchining bilish
ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim о‘rin egallashini ta’kidlab
kelmoqdalar[4]. Agar о‘quvchiga о‘quv vaziyatida muvaffaqiyat qozanish
imkoniyati berilsa u hayotda ham о‘ziga tо‘g‘ri yо‘l tanlay oladi. Shuningdek,
geografiya о‘qituvchisining pedagogik mahorati asoslarini uning nazariy bilimi
va malakasi tashkil qiladi. Mavjud nazariy bilim va turli xil innovatsion
usullardan foydalana bilish darajasi о‘qituvchining ilmiy-pedagogik mahoratini
belgilab beruvchi muhim kо‘rsatkichdir. Shunday ekan, geografiya fani
25
о‘qituvchisi ekologiyadan chuqur nazariy bilimga ega bо‘lishi, tarbiyaning
samarador usullaridan habardor bо‘lishi, bu borada xalq pedagogikasining
sinalgan usullaridan maqsadga muvofiq foydalana olishi lozim.
Quyidagi jadvalda 7-sinf O’zbekiston tabiiy geografiya darsligida o’rin olgan
ekologik mazmundagi mavzularni yoriyishda foydalaniladigan materiallar va
ularning mazmuni haqidagi fikrlarni aks ettiramiz:
VII –sinf o’quvchilarida barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishga
xizmat qiluvchi geografik-ekologik bilimlar tizimi va ularning qisqacha
mazmuni.
№ O’quv dasturidagi mavzular O’quv
dasturida
mavjud
bo’lgan
ekologik bilimlar
Tavsiya
etiladigan
ekologik bilimlar
1
Yer
yuzasi,
geologik
tuzilishi
va
foydali
qazilmalari
Asosiy
foydali
qazilma boyliklari
va
ularning
konlari, yer osti
suvlaridan
xalq
xo’jaligida
foydalanish
Yer yuzasi holatiga
antropogen ta’sir, yer
osti
boyliklarini
muhofaza
qilish,
rekul’tivatsiya
2
O’zbekiston
suv
boyliklaridan
foydalanish
va ularni muhofaza qilish
O’zbekistonda
suvdan
foydalanishning
xalq
xo’jaligi
tarmoqlari
bo’yicha
taqsimlanishi,
suvlarning
ifloslanishi, oldini
olish
chora-
tadbirlari
Respublika hududida
shakllanadigan hamda
unga
tashqaridan
keladigan
suvlar
miqdori va ularning
nisbati,
transchegaraviy suvlar
muammosi,
ichki
suvlarni
tejash
va
muhofaza qilish chora
tadbirlari
26
3
O’zbekistonning
tabiiy
boyliklari
va
ularni
muhofaza qilish
Tabiiy
boylik
tushunchasi, tabiiy
resurslarning
turlari,
O’zbekistonda
atmosferaga
chiqariladigan
zararli
brikmalar
tarkibi,
katta
shaxarlar
havosining
ifloslanishi,
Surxondaryo, Orol
dengizi,
ichimlik
suvi,
tuproq
ekologik
muammolari,
“Qizil kitob”
Resurslardan samarali
foydalanish bo’yicha
amaliy
tavsiyalar,
atrof-muxit
xolatini
geografik baholash va
bashoratlash bo’yicha
ilk soda tushunchalar
va ko’nikmalar, Orol
dengizi
muammosining
zamonaviy yechimlari,
Tursunzoda alyuminiy
zavodi, Respublikada
atrof-muxitni
muhofaza
qilish
bo’yicha
qabul
qilingan ma’lumotlar
va ularning mohiyati
4
O’zbekistonning
tabiiy
geografik o’lkalari
Foydali
qazilma
boyliklari,
“Qizil
kitobga
kiritilgan
o’simlik
va
hayvonlar”
Tabiiy
geografik
o’lkalardagi mahalliy
va
mintaqaviy
muammolar, ularning
zamonaviy yechimlari,
mavjud qo’riqxonalar
va
ularning
asosiy
vazifalari
Mazkur materiallar O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda turli xil
o’qitish usullari va vositalari yordamida singdiriladi. Ulardan qanday ta’lim
27
texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ayrim amaliy tavsiyalar keyingi bobda
batafsil to’xtalamiz[15].
II bob. O’zbekiston tabiiy geografiyasi darslarida ekologik ta’lim-
tarbiya berish texnologiyalari.
2.1 Didaktik o’yinli darslarda o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya
berish.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitish jarayonida ekologik ta`lim –
tarbiya darsda o`rganiladigan mavzuning mazmuni e`tiborga olingan holda
darsda o`quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashi, debatlar tashkil
etish, aqliy hujum, didaktik o`yinlar, taqdimot, o`z-o`zini baholash, tashrif
kabilardan foydalanish, masala va mashqlar echishni yo`lga qo`yish
o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog’i lozim.
Dars jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil
etish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish
yo`llarini belgilash;
- o`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan
tanishish;
- kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo`llarini
loyihalash, mustaqil ishlarni tashkil etish;
- o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash;
- natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish;
- natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish.
- o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda
guruhdagi har bir o`quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni
o`zlashtirish darajasini aniqlash, o`quvchilar o`rtasida hamkorlik, o`quv
muloqoti, bahsi, munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi.
28
Dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda didaktik
o`yinli texnologiyasidan foydalanishda etakchi o`rinlarni ta`lim beruvchi,
rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, kommunikativ funktsiyalar egallab, qolgan
funktsiyalar ularga ilova bo`ladi.
Geografiya o`qituvchisi darsda o`rganiladigan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy
va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik
funktsiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-
metodik asosda tanlagandagina ko`zlangan maqsadga va samaradorlikka
erishadi.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini ekologik ta`lim-tarbiya bilan
uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o`yinli texnologiyalar didaktik
o`yinli
dars
shaklida
qo`llanilganda
o’quvchilarning
faolliklarini
jadallashtirishga imkon yaratadi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish
jarayonini o`yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning
geografik-ekologik bilim olish faoliyati, o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan
darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda o`yin faoliyati
o`zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: o`yin ishtirokchilari rollarni,
vazifalarni
tanlashi
natijasida
erkin
rivojlantiruvchi
faoliyat,
ya`ni
o`quvchilarning o`z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq
natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan ko`ngli to`lishi, o`z bilimi va kuchiga
ishonch vujudga keladi. Ijodiy muhit tarkib topadi. O`yin ishtirokchilari
muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo`ladilar.
O`yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o`zaro yordam vujudga keladi.
Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo`ladi. His-hayajonga yo`g’rilgan
bilim, ko`nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
O`yin mazmuni,
borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o`quvchilarning muammoli
vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo`ljalni to`g’ri olishga o`rgatadi. Dars
jarayonini didaktik o`yinli darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi
funktsiyalar amalga oshiriladi:
-
barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash;
29
-
dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish;
-
o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish;
-
bilimlarni nazorat va tahlil qilish;
-
o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;
Ekologik ta`lim-tarbiya jarayonida bu funktsiyalar majmua holda amalga
oshiriladi, lekin quyida o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funktsiya
ustunlik qiladi. Masalan, konferentsiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik
qiladi, qolgan funktsiyalar unga ilova bo`ladi, o`yin mashqlarda bilimlarni
nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funktsiyalar uni to`ldiradi va h.k.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanidan o`quvchilar bilan ommaviy ravishda
olib boriladigan mashg’ulotlarga turli mavzulardagi kechalar, bayramlar,
ma`ruzalar, “O`tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorina va mushoiralar o`tkazish,
O`zbekiston Qahramonlari va olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish misol
bo`ladi. Snuningdek, “O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga
qo`shgan hissalari”, “O`zbekistonda qo’riqxonalar va ularni tabiatni muhofaza
qilishdagi ahamiyati”, “Allomalar nazmida ekologiya”, “Orol dardi - olam
dardi” mavzulari bo`yicha ommaviy kechalar o`tkazish o’quvchilar faolligini
oshiradi[11].
Jumladan, “Allomalar nazmida ekologiya” mavzuidagi ommaviy kecha quyidagi
reja asosida olib borilishi mumkin:
O`qituvchining kirish so`zi. U o`z so`zida ulug’ allomalar Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Sohib-qiron Amir Temur, Mirzo
Ulug’bek, Zahiriddin Muxammad Boburlarning boy ma`naviy meroslari,
ularning geografiya faniga qo`shgan hissalarini qayd etib, o`quvchilarni ularning
munosib vorislari bo`lishga undaydi va ularning asarlarida ekologik
muammolarga katta e`tibor berilganligi, bugungi kecha ulug’ allomalarning
ekologik qarashlarini o`rganishga bag’ishlanishini ma`lum qiladi.
Shundan so`ng, quyidagi mavzularda o`quvchilar tomonidan tayyorlangan
ma`ruzalar tinglanadi:
1. Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologiya.
30
2. Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari.
3. Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari.
4. Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi.
5. Mirzo Ulug’bekning dunyo tsivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi.
6. Zahiriddin Muxammad Boburning geografiya fani rivojiga qo`shgan hissasi
va ekologik qarashi[6].
Geografiya o`qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli
kechani mazmunli o`tkazishi borasida, hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga
tegishli sahna ko`rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga
oid hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar to`plashi, ular asosida
kecha senariysini tayyorlashi lozim.
“O`zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qo`shgan hissalari”,
“O`zbekiston eng muhim tabiat go’shalari” mavzulardagi mazmunli kechalarga
ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan hamkorlikda ish olib borishi,
fan rivojiga hissa qo`shgan olimlarning ishlari bilan yaqindan tanishishi, kechani
o`tkazish rejasini tuzishi va ma`ruzalar mavzusini tanlashi lozim. Shu bilan
birga, kecha mavzusiga bog’liq holda olimlarning chop etgan ilmiy ishlari,
o`quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning ko`rgazmasi, mustaqillik davrida qo`lga
kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan devoriy gazetalar,
kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan rivojiga qo`shgan
hissalari haqida ma`ruzalar tayyorlanishiga e`tiborni qaratishi zarur. Ommaviy
ravishda olib boriladigan mashg’ulotlar geografiyani o`qitish samaradorligini
oshirish, o`quvchilarning
ilmiy dunyoqarashi,
fikr
yuritish doirasini
kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, o`quv va
amaliy mehnat ko`nimalarini rivojlantirish, o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga
milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik printsiplariga
sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga
zamin yaratadi. O`qituvchi avval o`quvchilarni individual, so`ngra guruhli
o`yinlarga tayyorlashi va o`tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so`ng,
ommaviy o`yinlarga tayyorgarlik ko`rilishi lozim. Chunki o`quvchilar didaktik
31
o`yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko`nikma va
malakalarga ega bo`lishi, bundan tashqari sinf jamoasi o`rtasida o`zaro
hamkorlik, o`zaro yordam vujudga kelishi lozim. Quyida O’zbekiston tabiiy
geografiyasi fani bo’yicha ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda
mavzular bo’yicha foydalaniladigan didaktik texnologiyalarning taxminiy
ishlanmalarini ko’rib chiqamiz:
-suyujetli-ro’lli o’yinlar: o`quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim
egallash ko`nikmalarini rivojlantirish va o`zlarida mujassamlashgan bilim,
ko`nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo`llash orqali yangi bilimlarni
o`zlashtirishda syujetli-rolli o`yinlar muhim rol o`ynaydi. Bunda o`yin syujeti
jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba`zan jamiyat va tabiatdagi muammolar
uyg’unlashtiriladi.
O’zbekiston
tabiiy
geografiya
kursini
o`qitishda
“O’zbekiston tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi”, “O’zbekiston ichki
suvlari”, “Orol dardi-olam dardi”, “ O’zbekiston tabiatini muhofaza qilish”
mavzularni syujetli-rolli o`yinlar tarzida o`tkazish maqsadga muvofiq. Jumladan
“Orol dardi-olam dardi” mavzusidagi syujetli-rolli o`yinda syujet tabiatdan
olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg’unlashtiriladi. Mazkur didaktik
o`yinda Orol – “ona”, Amudaryo va Sirdaryo onaning zanjirband “o`g’illari”,
yomg’ir, qor, shudring onaning “qizlari” siymosini gavdalantiradi. Orol - ya`ni,
“ona” o`zining o`g’illari bo`lgan Amudaryo va Sirdaryoning diydoriga mujtoq,
o`z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she`riy dard bilan ifoda etadi. Izmi
o`zida bo`lmagan zanjirband o`g’illar ham ona mehriga zor, lekin har qancha
harakat qilishmasin onaning huzuriga etaolmaydi. Tabiat in`om etgan yomg’ir,
qor va shudring ona huzurida bo`lsalar ham uning dardini engillata olmaydilar.
Ona va farzand o`rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda etiladi.
O`qituvchi bu didaktik o`yinni o`tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi
zarur: Orol muammolariga oid ma`lumotlarni to`plashi; dars stsenariysini
o`quvchilar va adabiyot o`qituvchilari bilan hamkorlikda tuzishi; rollar va
vazifalarni o`quvchilar o`rtasida taqsimlashi; muammoni hal etish yo`llarini
belgilashi lozim.
32
Ijodiy o`yinlar:-bunda o`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy
fikrlashini rivojlantirishda, qo`shimcha bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini
qondirishda ijodiy o`yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy o`yinlardan
“O’zbekiston iqlimi”, “O’zbekiston ichki suvlari va suv boyliklari” mavzularini
o`rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o`quvchilar teng sonli
guruhlarga ajratilib, ularni shartli ravishda “Gidrologlar”, “Iqlimshunoslar”,
“Ekologlar” va h.k belgilanadi. Har bir “mutaxassislar” ijodiy izlanib, go`yoki
fanda yangiliklar kashf etadilar. O`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan
topshiriqlarni bajarib, O’zbekiston tabiiy kartasi, 7-sinf atlasi hamda
ko`rgazmali qurollarga tayangan holda, o`z javoblarini asoslaydilar. Mazkur
didaktik o`yinli darslarda hamma o`quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval
o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab yangi bilimlarni egallaydilar.
Bu esa o`quvchilarning o`z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg’otadi va har bir
o`quvchi sidqidildan hamda jiddiy tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini
anglagan holda bilim olishga kirishadi[16].
Dars mavzusi: O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza
qilish..
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga inson hayotida suv boyliklari
qanday ahamiyatga ekanligi va ularning ekologik holati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: suv boyliklari qishloq xo’jaligi, aholi, sanoatni
suv
bilan
ta’minlashini
tushuntirish
orqali
o`quvchilarning
ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiyalash;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:o`quvchilarning suv boyliklarining hozirgi
kundagi holati haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash va ijodiy fikr
yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: O’zbekiston tabiiy va tabiatni muhofaza qilish kartalari, 7-
sinf atlasi.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yin texnologiyasi (ijodiy
o`yin).
33
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Suv boyliklari, potentsial energiya
resurslari.
- Darsning borishi:
- Tashkiliy qism.
- O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
- Yangi mavzuni o`rganish:
O`qituvchi yangi mavzuni o`rganishdan oldin o`quvchilarni teng sonli 4 ta
guruhga ajratadi va ularga muayyan sohada faoliyat ko`rsatadigan “olimlar”
maqomini beradi. Jumladan, I guruh olimlari “Gidrologlar” maqomini olib,
mavzudagi ma’lumotlardan ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni
to`ldiradilar:
O’zbekiston daryolari
Hududiy joylashuvi va
vazifasi
Daryo suvlarini toza saqlash
tadbirlari
II-guruh olimlari “Iqlimshunoslar” maqomiga ega bo`lib, mavzudagi
O’zbekiston ko’llari, paydo bo’lishiga ko’ra turlari, vazifasi, hozirgi kundagi
ekologik holati bo`yicha materiallarni o`rganib chiqib ma`ruza tayyorlaydilar va
quyidagi jadvalni to`ldiradilar:
Ko’llar
Hududiy
joylashuvi
va
ahamiyati
Ekologik
axvoli,
toza
saqlash chora-tadbirlari
III-guruh olimlari “geograflar” maqomini olib, yer osti suvlari, turlari, to’yinish
manbalari to’g’risida ma`ruza tayyorlaydilar va quyidagi javalni to`ldiradilar:
Yer osti suvlari
turi
Paydo bo’lishi va
tarqalishi
Hozirgi kundagi ekologik holati va
amalga oshirilayotgan ishlar
34
IV-guruh olimlari “Ekologlar” maqomini olib mavzudagi suv boyliklari va
ularni muhofaza qilish bo’yicha ma`lumotlar tayyorlaydilar.
“Olimlar” o`zlariga belgilangan mavzuning tegishli qismini o`rganib
bo`lganlaridan so`ng, ko`rgazmali qurollar asosida ma`ruzalarini bayon
qiladilar. Guruhlar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi o`tkaziladi.
O`quvchilarning yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish
va baholash darslikda berilgan topshiriqlar asosida o`tkaziladi.
-Darsni yakunlash.
-Uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |