Tabiatni
muxofaza qilish
Tabiatni
muxofaza
qilish davlat
qo’mitasi
Keng
jamoatchilik
12
barcha davlatlarning o’zaro va xalqaro hamkorlikda bo’lishini talab etadi.
Shundagina tabiatni bmuhofaza qilish ishini dunyo manfaatlariga qaratilgan
bo’ladi. Demak, tabiatni muhofaza qilishda mamlakatlar birgalikda quyidagi
muammolarga e’tiborberishlari talab etiladi:
Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy va
pedagogik tomoni.
Tabiatni muhofaza qilishning gigienik tomoni.
Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.
Suvni ifloslanishdan saqlash.
Manaviy-kommunal, transport, qishloq xo’jaligi chiqindilarini va
boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.
Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhining
musaffoligini buzmaslik.
Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.
Shaxar va shaxar atrofi zonasini rejalashtirish va axolini joylashtirishda
tabiat muhofazasi hamda tevarak-atrof-muhitini sog’lomlashtirish masalasi.
Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi[15].
Atrof-muhit holatini tо‘g‘ri baholash, zarur tadbirlarning о‘z vaqtida
о‘tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan
bevosita bog‘liqdir. Har bir kishida “tabiat –bu men va sen, biz yashaydigan
makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan
tushunchalar shakillanishi darkor. Biz aholi ekologik ongining qanchalik yuqori
darajada bo’lishligiga erisha olsak ona-tabiat–biosferamiz shunchalik omon va
sermahsul, latofatli va maftunkor bo’lib qoladi. Ekologik tarbiyaning maktab
bosqichi o’ta muhim davr hisoblanadi. Prof. E. Turdiqulov o’rta maktabda
ekologik ta’lim –tarbiyani sinflarga qarab quyidagich taqsimlashni taklif qiladi:
I –III, IV –V, VI, VII –IX, X –XII sinflar, 1-3-sinflarda o’quvchilar bog’chada
boshlagan ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. IV –V sinflarda tabiiyat
darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim bilimlari beriladi. V sinfda o’quvchilar
“Tabiyat” darslaridan saboq oladilar. Bu borada biologiya, geografiya, fizika,
13
kimyo fanlarining keng elementlar bilimlari o’quvchilarga yetkaziladi. Shuni
hisobga olib, tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat qanday bo’lishi, tabiiy
boyliklardan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi
ularga yetkazilishi lozim[6]. VI sinf o’quvchisi insonning tabiatga
yetkazilayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’zicha mulohaza qila oladigan,
ko’z oldiga keltira oladigan, atrof-muhitda inson ta’sirida bo’layotgan turli
o’zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga yetadi.“ Tabiiy geografiya va
materiklar geografiyasi” kursi o’qitilishi o’quvchini dunyo miqiyosida fikr
yuritishiga
undaydi.
VII–IX
sinflarda
o’quvchilar
“Turkiston
tabiiy
geografiyasi”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasi” kabi kurslarni o’qiydilar. Binobarin, o’quvchilarga ekologik ta’lim
birish fanlararo bog’lanish asosida rivojlantiriladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni
tabiiy boyliklardan foydalanganda atrof-muhitga chiqib kelayotgan turli
chiqindilarning tarkibi, ularning yig’ilish makonlari, keltirib chiqaradigan
zararli oqibatlari, chiqindilarning kamroq ajralib chiqishini ta’minlash
to’g’risida mulohaza yurita olidigan qilib tarbiyalashdir. Insonni ekologik
jihatdan tarbiyalash umumiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi. Aholining
ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo’lish zarurligi to’g’risidagi
fikr ilgaridan ma’lum[14]. Bola tug’ilganidan tortib to umrining so’ngi
kunigacha ta’lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayan qismini
tabiatga nisbatan g’amxor, fidoyi, mehr-muhabbatli bo’lishi haqidagi tarbiya
tashkil etadi. Xo’sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda qanday mazmunda amalga oshirishi lozim? Ta’lim-tarbiyaning barcha
bosqichlarida ekologik ma’naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi
davrdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelajakdagi ziyolilar umumiy va
kasbiy madaniyat darajasiga ega bo’lishlari milly va umuminsoniy qadriyatlarni
tarqatuvchisi sifatida o’z xalqining ahloq va tabiat muhofazasi an’analariga
suyanishlari lozim. Maktab geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy
qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha ekologik
muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy iqtisodiy-ijtimoiy
14
jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shaklllanadi va rivojlanadi.
Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan
biri bo’lib ularni kelib chiqishlariga ko’ra guruhlarga bo’lish mumkin.tabiiy
geografik muammolar; iqtisodiy-ijtimoiy geografik muammolar hamda
geoekologik muammolardir. Tabiat boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-
muhitni muhofaza qilishda umumta’lim maktablarining muhandis pedagog
jamoasi muhim ro’l o’ynaydi. Uzluksiz ekologik tarbiyani bеrish quyidagi
bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq[15].
1-bosqich. Mahallalarda ekologik ta‘lim:
2-bosqich. Oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta‘lim;
3-bosqich. Maktab, akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlarida ekologik ta’lim;
4-bosqich. Oliy o‘quv yurtlaridagi ekologik ta’lim;
5-bosqich. Oliy ta’limdan kеyingi bosqichi kadrlarni qayta tayyorlash va
muntazam ravishda malakasini oshirib borishda ekologik ta’lim.
Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi
biror yеrga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati
oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini
unutmasligi kеrak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kеlajakka umid bilan
qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi-
murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’limni kеng qo‘llashda mahallalarda,
bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib
borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘z qo‘llari
bilan bog‘lar yaratib ularni parvarish qilishni yoshligidan o‘rgatib borilsa va
atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini
parvarish qilib borsa o‘quvchilarda vatanga nisbatan mеhr uyg‘onadi, atrof-
muhitga har xil chiqindilarni tashlamaslik to‘grisida tushunchalar shakllanadi.
Bu masala hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kеlajakdagi
avlod sog‘lom bo‘lishi uchun kafolat bеradi. Ekologik bilimlarni tashviqot
qilish, о‘quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va
15
dunyoqarashini rivojlantirish sinf va maktabdan tashqari ishlarning mazmunini
tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini
о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy
aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning
uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim
maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari,
oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng
jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga
erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi tо‘liq amalga oshirilmasa,
yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor,
bilimi sayoz bо‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga
salbiy ta’sir kо‘rsatadi[9]. О‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish
uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish usuli va kо‘nikmalarini
shakllantirish yо‘llarini belgilab olish;
- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga
kо‘ra bosqichlarga bо‘lib tashkil etish;
- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayoni bosqichlariga
mos keladigan usullarni tanlash;
- ekologik maqsad asosida ta’lim yо‘nalishining fanlararo uyg’unlashgan
ekotizimni ta’minlash;
- ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish.
Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagi natijalarni beradi:
- о‘quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkurni shakllantiradi;
-о‘quvchilarning axloqiy sifatlarini о‘stiradi va ularni komil inson qilib
tarbiyalaydi[14].
Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir,
ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga
zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan
barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi.
16
Ekologik ta’lim:
- o‘quvchilarning tabiat gо‘zalliklarini sevishi, estetik zavq olish ruhida
tarbiyalash;
- jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat
о‘rtasidagi murakkab о‘zaro munosabatlar va inson xо‘jalik faoliyatining
tabiatga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish;
- o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish.
Ekologik tarbiya esa:
- о‘quvchilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda muayyan
kо‘nikma va malakalarni hosil etish;
Ekologik ta’lim mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin:
-tabiat haqidagi bilimlarni egallash;
-tabiatning jamiyat va inson uchun har tomonlama qadriyat sifatida tushunish;
-tabiiy muhitga doir axloqiy meyorlarni bilish;
-tabiat bilan muloqotda bо‘lish ehtiyojlarini rivojlantirish;
-ekologik muhitni yaxshilashga doir faoliyatni takomillashtirish;
-tabiatga yangicha madaniy munosabatni shakllantirish hamda yoshlarning
ekologik savodliligini amalga oshirish[15].
Tabiat bilan jamiyatning о‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish о‘quvchilarning
atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bо‘yicha dunyo qarashi va
ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. О‘quvchilarning fuqarolik hamda
vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning
hissasi о‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi. O’quvchilarda ekologik bilimlarni
egallashga zarur asosni yaratish uchun maktab geografiya kurslarida ekologik
bilimlarni yetarlicha berilishini tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ekologik tabiatdan
foydalanish va ekologik xavfsizlik masalalari Respublikamizdagi eng
dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni hal qilishning samarali yo’llarini,
jumladan, ekologik ta’lim va tarbiyaning ustuvorligini alohida ko’rsatib
o’tganlar[13]. Hozirgi kunda insoniyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida
17
birlashtiruvchi yangi mafkura-ekologik mafkura shakllanmoqda. Ekologik
mafkura nafaqat umuminsoniy, balki tabiat va inson xayoti uchun yagona
bo’lgan umumxayotiy qadriyatlarga tayanadi. Buning uchun o’quvchilarda
ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va dunyoqarash hamda ekologik
tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim. Ekologik madaniyat tabiatni
muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish
va ekologik tizimni ongli o’zgartirish madaniyatidir.
Umumta’lim
maktablari
o’quvchilarining
ekologik
madaniyatini
shakllantirish
quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
1. O’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;
2. O’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish;
3. O’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona
munosabatni shakllantirish;
4. Ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;
5. Olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash. malaka va ko’nikmalarni
shakllantirish zarur va x.k. Bunday sifatlarni o’quvchi yoshlarda
shakllantirish uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta’limni
takomillashtirish, pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi
kunning eng asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi
va boshqaruvchisi oqkituvchidir, mustaqil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim
tizimining isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ekologik
ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir. Tabiatni
muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va ekologik sharoitlarni
yaxshilashda ekologik ta’lim va tarbiya muhim rol о‘ynaydi. Turli
mamlakatlardagi ekologik vaziyat, tabiatdan foydalanish xususiyatlari kо‘p
jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga ham
bog‘liqdir[2]. Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ekologik ta’lim va tarbiya
bog‘chadan oliy о‘quv yurtigacha uzluksiz davom etishi lozim. Tabiatga mehr
insonlarga oqibat demakdir.
18
1.2. Geografiya darslarida ekologik ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlari.
Ekologik ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol usullarni qo’llash-ekologik
bilimlarni o’zlashtirish masalalarini kuchaytiradi hamda faollashtiradi.
Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini
oshirishda yordam beradi va talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilariga ekologik ta’lim-tarbiya berish,
ularda barqaror ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda
ushbu fan о‘qituvchisining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. Ekologik
ta’lim-tarbiya berish jarayoni geografiya о‘qituvchisidan о‘z fanini chuqur
egallagan bо‘lish, uni о‘qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion
texnologiyalarni mukammal egallagan bо‘lishni talab etadi. О‘qituvchi
о‘quvchilarga
beriladigan
ekologik
ta’lim
mazmuni
va
hajmini
aniqlayotganda ma’lum didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim.
O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o’qitishda o’quvchilarga ekologik
ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadiriyatlardan foydalanish
imkoniyati katta. Chunki bu kurs davomida mamlakatimizning tabiiy geografik
joylanishi, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, iqlimi ichki suvlari, tabiatini
muhofaza qilish hamda, tabiiy geografik rayonlarining alohida o’rganilishi
jarayonida deyarli barcha mavzularni o’qitilishi jarayonida ekologik ta’lim-
tarbiya uzviyligini ta’minlash mumkin va maqsadga muvofiqdir. O’qitish
jarayoniga bunday yondashish o’quvchilarga bilim berishning tayanch
qonuniyatlarini anglab yetishni yordam beradi. Bu sinfda o’tiladigan
geografiyaning ya’ni O’zbekiston tabiiy geografiyasi predmetining yana o’ziga
xos tamoni, faqat darslik kitoblarigina emas, balki darslikdan tashqari nashr
etilgan metodik qo’llanmalar asosida olib boorish dars samaradorligini
oshirishda asosiy o’rinlardan hisoblanadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani
o’rganuvchi ob’ektlar haqida bunday aniq, keng fikr yuritilishi, ushbu kursdan
19
boshlab, har bir dars mavzusida yana bir muhim masala – o’quvchilarda
ekologik bilimlarni shakllantirish masalasiga yaqindan yondashish imkonini
yaratadi. Bu o’rinda har bir yangi tushunchalarni mahalliy tabiat bilan bog’lab,
mustahkamlab borish hozirgi kunning ehg muhim vazifa va har bir
o’qituvchining muqaddas burchlaridan hisoblanadi. Ya’ni har bir dars
mavzusida quyidagi uchta narsaga alohida e’tibor qaratilishi lozim:
-
geografik ob’ekt, tabiiy hodisa va tabiiy jarayonlarga ilmiiy ta’rif berish;
-
shakllantirilgan tushunchalarni ekologik nuqtai-nazaridan talqin etish;
-
har bir yangi geografik tushunchani mahalliy sharoit, o’z o’lkasining
geografik xususiyatlari bilan bog’liq holda misollar yordamida mustahkamlash.
Shuning uchun har bir geografiya o’qituvchisi o’zining ish rejasi va dasturi
yordamida o’tiladigan mavzularni kengaytirilgan rejasini tuzib olib, qaysi
mavzuni o’tganda qanday muammolarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini
oldindan aniqlab olsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunonchi, hadislardan
na’munalar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, xalq udumlari, topishmoq, maqol,
metal, tabiat bayramlaridan misollar keltirib, ekologik tarbiyani mavzu
mazmuniga singdirib bo-rilsa o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi[12].
Yurtboshimiz
Islom
Karimovning
“Ona
zaminimiz–boyligimizning
mustaqilligimizningva go’zal kelajakka ishonchimizning asosiy manbaidir”
degan so’zlariga asoslanib, inson tabiat bilan tirik deyish mumkin. Tabiatni
e’zozlash, ona-zaminimizning har bir hovuch tuprog’ini muqaddas bilib, ko’zga
surtish zarur va muhimligi haqida sharqona, o’zbekona ta’lim-tarbiya hozirgi
davrda ayniqsa, dolzarb, o’ta axamyatlidir. Demak, o’quvchilar ongiga ekologik
madaniyat, tabiatga muhabbatni uyg’otishda, avvalo tarbiyachilarning o’zi
shunday bilimga ega bo’lishi kerak, shu nuqtai hazardan bo’lajak pedagoglar
ongiga tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy axloqiy
asoslarini singdirish maqsadga muofiq. Tabiatni muhofaza qilishda ishtirok
etishni quyidagicha ifodalash mumkin. Biz pedagoglar tabiatga bo’lgan
munosabatni o’zgartirmasdan boshqalardan buni talab qila olmaymiz, tabiat
bizdan faqat yordam kutadi va biz buni bajarishga majburmiz. Chunki tabiat
20
insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz yashay olmaydi. Agar inson
tabiatni halok qilsa, o’zi ham halok bo’ladi. Bu asar davomida sinalgan va
tajribalardan o’tgan haqiqatdir. Tabiat o’ziga qilingan har qanday mexribonlikni
ham, shavqatsizlikni ham unutmaydi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini
o’qitishda o’quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ong va
dunyoqarash hamda ekologik tafakkur va madaniyatni shakllantirish lozim.
Ekologik madaniyat tabiatni muhofaza qilish madaniyati bo’lib, tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik tizimni ongli o’zgartirish
madaniyatidir.
Umumta’lim
maktablari
o’quvchilarining
ekologik
madaniyatini shakllantirish quyidagicha amalga oshirilishi maqsadga
muvofiq:
- o’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;
- o’quvchilar qalbida tabiatga, atrof-muxitga muxabbat uyg’otish;
-o’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni
shakllantirish;
- ekologik ta’lim-tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;
-olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash. malaka va ko’nikmalarni
shakllantirish zarur va x.k. Bunday sifatlarni o’quvchilarda shakllantirish
uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta’limni takomillashtirish,
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng
asosiy talablaridan biridir. Bu jarayonning asosiy tashkilotchisi va
boshqaruvchisi oqkituvchidir, mustakil O’zbekistonda uzluksiz ta’lim
tizimining isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ekologik
ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgani muximdir[1].
Umumiy о‘rta ta’lim maktabi VII-sinf о‘quvchilariga O’zbekiston tabiiy
geografiyasi fanini o’qitishda ekologik ta’lim-tarbiya berish, ularda barqaror
ekologik madaniyatni shakllantirishda geografiya fani hamda ushbu fan
о‘qituvchisining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega. Ekologik ta’lim-
tarbiya berish jarayoni geografiya о‘qituvchisidan о‘z fanini chuqur egallagan
bо‘lish, uni о‘qitishning mohir ustasi, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni
21
mukammal egallagan bо‘lishni talab etadi. О‘qituvchi о‘quvchilarga
beriladigan ekologik ta’lim mazmuni va hajmini aniqlayotganda ma’lum
didaktik tamoyillarga amal qilishni bilishi lozim. Masalan, shu yо‘nalishdagi
har bir dars mavzusi va uning mazmuni tanlanayotganda quyidagi didaktik
tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
- dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiyaning mazmuni Davlat Ta’lim
Standarti talablariga muvofiq va asosan о‘quv dasturi doirasida bо‘lishi;
- darsda foydalaniladigan usullarning о‘quvchilar uchun qiziqarli
bо‘lishi. Dars mavzusini ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’un holda olib
borish ixtiyoriy bо‘lganligi bois qiziqarli bо‘lmagan ishlarga о‘quvchilarni
jalb qilish ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi;
- ekologik mazmundagi dars mavzusi geografiya ta’limi mazmuni hamda
о‘quvchilarning boshqa fanlardan olgan bilim darajasi bilan hamohang
bо‘lishi, uni rivojlantirishi lozim;
- о‘quvchilar vaqtini haddan ortiq band qilib qо‘ymasligi, ularning boshqa
о‘quv fanlarini о‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etmasligi zarur;
- bevosita mahalliy о‘lkashunoslik materiallari bilan bog‘liq bо‘lishi
zarur;
- dars shakllari amaliy xarakterda bо‘lishi. О‘quvchilar dars jarayonida
olgan nazariy ekologik bilimlarini amalda sinab kо‘rishlari, bajarish
kо‘nikma va malakalarini egallashi, kо‘rilayotgan muammo bо‘yicha о‘z
xulosalarini chiqarishlari lozim. Jamiyat va axborotlar oqimining jadal
sur’atlarda rivojlanib borishi о‘qituvchidan о‘z ustida muntazam izlanishni talab
etadi. О‘qituvchi har bir dars mavzusiga tayyorgarlik kо‘rayotganida о‘z
pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishi zarur. Ayniqsa, dars jarayonida
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qо‘llash va о‘qitishning interfaol
usullaridan foydalanish, о‘z ustida muntazam izlanish hamda ilg‘or tajribalarni
ijodiy yondashgan holda о‘zlashtirishni talab etadi. Geografiya о‘qituvchisi
ekologik muvozanat buzilgan hududlar, ifloslantiruvchi manbalarning Yer
yuzasida
tarqalish
xususiyatlarini
о‘quvchilarga
tushuntirish,
ularda
22
tasavvurlarni hosil qilish jarayonida geografik xarita, atlas, globuslardan
samarali foydalanishni bilishi, shartli belgilarni о‘qiy va izohlay olishi shart.
Zero, geografik xarita о‘quvchilarda umumiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Geografiya о‘qituvchisi ekologik muammolarning yuz berishi va о‘zgarishini
iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qila olish qobiliyatiga ham ega bо‘lishi
zarur. Ushbu jarayonlarning jahon hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’siri,
uning har bir о‘quvchi oilasigacha bо‘lgan aks ta’sirini mayda tafsilotlar bilan
bо‘lsada, tushuntirib berish о‘quvchida ekologik xulq-atvor qoidalari va
madaniyatni tarkib topishida yaxshi samara beradi. Har tomonlama ekologik
madaniyatli o’quvchilarni tarbiyalashsa tabiat va jamiyat o’zaro aloqadorligi
haqidagi bilimlarni berishning o’zigina kifoya qilmaydi. Eng muhimi tabiatni
muhofaza qilish, uning boyliklarini oqilona foydalanish boyicha o’quvchilarda
eng zarur ko’nikma va malakalrni shakillantirish lozim. Shundagina
o’quvchilarning tabiiy faoliyatini tartibga solib turadigan ekologik ong
shakillanadi. Tabiat va jamiyatningo’zaro aloqadorligi haqida darsda egallangan
nazariy bilimlar o’lka materiallari negizidagi sinfdan tashqari amaliy ishlarda
o’z aksini topsa, ekologik tarbiyaviy ishlarining samaradorligini yanada oshadi.
Darslarda mahalliy, respublika va umumjahon ekologiya muammolari ko’pincha
ancha zaif o’rganiladi. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida esa har bir o’quvchi
o’z o’lkasidagi murakkab ekologik vaziyatni maqsadga muofiq tarzda muntazam
o’rganishi, uni bartaraf qilish yo’llari ustida bosh qotirishi va davlat
ahamiyatidagi bu muhim ishda faol qatnashishi mumkin. O’quvchilarning tabiiy
muhitni o’rganish, uni muhofaza qilish va boyliklaridan oqilona foydalanish
boyicha dars jarayonida har hil interfaol metodlardan foydalanib tashkil qilish
ijtimoiy foydali faoliyat bo’lib, jamiyat uchun nihoyatda zarurdir. Tabiatni
muhofaza qilish va uni o’rganish borasida o’quvchilarning ijtimoiy foydali
faoliyatini 3 bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqichida tabiiy muhitda
o’zini tutish, ekologik bilim va ko’nikmalarni egallash, mahalliy ekosistemalarni
baholash va unga doir ma’lumotlarini yig’ish vazifasi bajariladi. Ikkinchi
bosqichda ilgari egallangan bilimlar asosida muayyan ekosistemani yaxshilash,
23
tabiatni o’rganish va muhofaza qilish boyicha amaliy faoliyat tashkil qilinadi,
yani antropogen omillarning atrof-muhitga ta’siri hamda tabiat va jamiyatning
o’zaro qaloqadorligi haqida darsda olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish
va mustahkamlashga yordam beradigan mehnat ko’nikmalari shakillantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |