Nizomiy nomidagi Toshkent


Yengil atletika turlari texnikasini o’rgatish



Download 106,46 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2022
Hajmi106,46 Kb.
#437997
1   2   3
Bog'liq
Madumarova Feruza yengil atletika

Yengil atletika turlari texnikasini o’rgatish
Yengil atletikaning ko’pchilik turlari (yugurish, o`zunlikka, balandlikka sakrash, granata uloqtirish va boshqalar shunchalik tabiiyki, ularni xatto endi boshlayotgan sportchilar ham qiynalmay bajara oladilar. Yengil atletikaning har qanday turida bu mashqlarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan texnikasi bor sportchilargina muvaffaqiyatga erisha oladi. Takomillashgan texnika deganda, eng yaxshi natijalarga erishishga imkon beradigan sport mashqlarini bajarishning engratsional va eng samarali usullari tushuniladi. Sport texnikasi harakatlar shakligina emas. Yengil atletika mashqi qanday usulda bajarilmasin, u har doim sportchining ongiga , uning irodaviy va jismoniy fazilatlariga ma`lum malakalarga, organ va sistemalarining funksional tayyorgarlik darajasiga, tashqi muxitning ma`lum sharoitidagi harakat faoliyatiga bog`liqdir. Har bir yengil atletik mashqning o`z shakli va mazmuni bor.
Mashq shakli- harakatlarning, yo`nalishlarning, amplitudalarning, ayrim zvenolar tezligining, sur`atining, ritmining va yaxlit faoliyatidagi bir vaqtda va ketma-ket ijro etiladigan harakatlar muayyan mosligining kinematik tuzilishidir.
Yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasi biomexanika nuqtai nazaridan ratsional bo’lishi kerak.
Harakat yoki ishni erkin , yengil ortiqcha qiynalmay bajaradigan bo’lishi juda muhim. Xatto maksimal kuchlanish kerak xatto maksimal kuchlanish kerak.
Sportchining nafas olishi – sport texnikasining uzviy qismidir. Nafas tezligi va chuqurligi, nafas olish va chiqarish fazalarining davom etish vaqti va pauzalar harakat yo`nalishi, amplitudasi va ritmi bilan, sportchiga qanchalik zur kelayotgani bilan shartli-reflektor bog`liqdir.
Sport mashqlari texnikasini ma`lum sharoitlarda yaxlit ishni bajarish usuli, deb bilmoq kerak. Shuning uchun ham yengil atletikachi harakatlarni boshqarish to`g`risidagina emas, balki konkret sharoitda uning hamma psixik va jismoniy faoliyatini boshqarish haqida ham gapirsa bo’ladi.
Sport texnikasini o`rgatish va uni analiz qilishni yengillashtirish uchun yaxlit harakatlarni –yugurish, sakrash, uloqtirish - qismlarga, fazalarga, momentlarga bo’lish mumkin.
Yurish texnikasi asoslari. Yurish va yugurish – inson bir joydan ikkinchi joyga kuchishining tabiiy usulidir. Buning asosi qadam (odim)dir. Qadam vositasida oyoq muskullaridan foydalanib, yerdan depsinib siljiydi. Yurish va yugurish vaqtidagi qadamlar va ularga bo`gliq bo`lgan qo`l va gavda harakatlari to’xtovsiz bir tartibda ko’p marta takrorlanadi. Bunday takrorlanuvchi harakatlar siklik harakat deyiladi. Qo’sh qadam (o’ng oyoqda bir qadam va chap oyoqda bir qadam) bir siklni tashkil etadi.
Yurib ketayotgan odam harakat bir sikli davomida erga bir oyog`iga tayangan payti (yakka tayanch) ham, yoki ikala oyogida tayangan payti (kush tayanch) ham bo’ladi. Qo’sh qadam davomida har qaysi oyoq bir gal tana uchun tayanch (tayanch oyoq) bo’lib xizmat qilsa, bir gal silkinib oldinga o`tadi (silkinch oyoq). Tayanch paytida oyoq tana og`irligini ko`tarib turadi, uni tutib turadi va oldinga tomon turtib yuboradi. Yugurganda oyoq va qo`l bir-biri bilan kesishib o`tadigan yo`nalishda harakat qiladi. Yelka kamari bilan tos bir-biriga intilib, murakkab harakat qiladi. Oyoq oldinga turtishi (depsinish) oxirida tosning oldingi og`ishi sal ko`payadi.

Uloqtirish texnikasi asoslari. Sportcha uloqtirishdan maqsad–uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma`lum qoidalarga rioya qilib, asbobini mumkin qadar uzoq masofaga tashlashdir. Uloqtirish – g’ayrisiklik mashq bo’lib, uloqtiruvchidan katta asab – muskul va yaxshi jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Bu siz yuqori sport natijalariga erishishi mumkin emas. Sport snaryadlarning uzoqroqqa borib tushishi sportchi uloqtirish texnikasini bilishiga anchagina bog`liqdir. Snaryadning uchishi va uloqtirish texnikasi mexanikaning umumiy qonunlariga bo’ysunadi. Sport snaryadlarining konsruksiya xususiyatlariga va musobaqa qoidalariga qarab, uloqtirish texnikasi bir-biridan farq qiladi. Har qanday jismining uchishi masofaning uzoqligi uning boshlang`ich uchish tezligiga, uchib chiqish burchagiga va havo muxitining qarshiliga bo`gliq. Mexanikadan ma`lumki , havosiz bo’shliqda gorizontga nisbatan burchak hosil qilib tashlangan jismning uchish uzoqligi boshlang`ich tezligi miqdori kvadratini ikkilangan uchib chiqish burchagi sinusiga ko’paytirib, buni og`irlik kuchining tezlanish miqdoriga bulinganiga teng. Bu qonuniyatlar sportcha uloqtirish uchun ham taaluqlidir. Ammo havo qarshiliginig snaryadni uchib chiqish joyi erga tushish joyi bir-biridan qanchalik past baland ekanligini va snayardning adrodinamik xususiyatlarini xisobga olish kerak.

Snaryadni tutish. Snaryadni qo`l tushish va uni uloqtirish paytida olib yurish snaryadni to`zilishi va uloqtirish texnikasiga bog`liq. Snaryadni tutish uloqtirishning barcha harakatlarini yaxshi bajarishga kuch va qo`l barmoqlari uzunligidan uloqtirish paytigacha, uloqtiruvchi qo`l muskullari sal bushashgan bo’lishidan to’liq foydalanishga va uloqtirish vaqtida harakatlarni yaxshi ko`zatishga yordam beradi. Snaryadni tutish usullari ularni tuzilishiga va uloqtirish texnikasiga uloqtiruvchilarning xususiyatlariga bo`gliq.

Yugurib kelishga tayyorgarlik va yugurib kelish. Aylanib uloqtirishning barcha turlarida yadro itqitishda yugurib kelishga dastlabki harakatlar bajariladigan, bundan asosiy maqsad va butun e`tiborni uloqtirishga , yugurib kelishni to`g`ri boshlash uchun zarur bulgan xolatda tura bilishga jalb qilib, keyingi harakatlarni bajarilishi yengillashtirishdir.


Bosqon uloqtirishda bu harakatlar aylanma harakatlar boshlanguncha bosqon shariga katta tezlik berishiga xizmat qiladi. Yugurib kelish aylanma shaklda bajarilgan. Uloqtiruvchi snaryadning to`g`ri chiziqli tezligini oshiradi.
Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad buyilan harakat qilayotgan uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang`ich fazasiga tobora usib borishi kerak Yugurib kelish xaddan tashqari tez bulganda harakatni nazorat qilish va Oxirgi kuch berishni to`g`ri bajarish mumkin. Bulmay qolishi to`g`ri yugurib kelib uloqtirganda ham snaryadning uzoqqa borishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Faqat yugurib kelish yoki Oxirgi kuch berish hisobiga snaryadni maksimal uzoqqa uloqtirib bulmaydi.

Oxirgi kuch berishga tayyorlanish Oxirgi kuch beri tuxtatish fazasi. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda turli xil buladi, ammo barcha xollarda uloqtirish oxirida snaryad harakati tezligini oshirish katta axamiyatga eg`a.


Shu bilan birga, Oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi shunday xolatda turishi kerakki, u xolat Oxirgi fazani snaryad eng katta tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin.
Uloqtirishning ko’pchilik turlaridan uloqtiruvchining snaryadni ayni qo`ldan chiqarishgacha bo’lgan oraliq xolatlarning umumiy jixatlari ko’p. Bu oraliq holatlar uchun uloqtirayotganda gavda, oyoq mushaklaridan to`liq foydalanish maqsadida umumiy o.m bir qancha pastga tushishish harakterlidir. Oxirgi kuch berish oldidan oyoq-larni ma`lum kenglikda va bo`kib qo`yilishi hisobiga pasayadi.
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni qo`ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari siljish tezligining o`zgarish harakteri umumiydir. Buni sxematik tasavvur etsa ham bo’ladi. Uloqtiruvchining snaryad bilan birga dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib kelish).
Tezlikning umumiy oshirilishi (tezlanib yugurib kelish). Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan gavdaning pastki qismlari tezligi oshirish (Oxirgi kuch berishga tayyorlanish). Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlatib gavdaning yuqori qismlari bilan snaryadlar harakatini tezlatish (uloqtrish xolatiga o`tish va oyoqlarni keskin to`g`rilab uloqtirish). Olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarning to’liq to’xtatilishi.
Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o`zi o`zaro bo`gliq bulib, uni uloqtiruvchining bir xolatdan ikkinchi xolatga oddiygina utishi deb bulmaydi. Bunda oyoqlar gavda, uloqtiruvchi va bush qo`l qanday xolatda ekanining barcha detallari bir-biriga aloqador bulib, buning muxim ahamiyati bor.
Barcha uloqtirish turlarida (bosqon uloqtirishdan tashqari, chunki bunda chap oyoq har doim erda turishi kerak) Oxirgi kuch berish chap oyoqni yerga qo’ygunga qadar boshlanadi. Chap oyoqni yerga qo`ygunga qadar Oxirgi kuch berish uloqtiruvchi gavdasini siljish tezligini saqlab boradigan sezilar-sezilmas harakatlardan iborat bo’ladi.
Uloqtirishda sport toyoqlarning qanchalik tez va kuchli to`g`rilanishi hamda buni gavda va qo`l harakatlari bilan moslay bilish katta ahamiyatga ega. Uloqtirish vaqtida, avval yirik muskul guruhlari , keyin esa tez qisqarish qobiliyatiga eg`a bulgan kichik muskul guruxlarida ishga tushsagina gavdani eng tez to`g`rilash mumkin. Bu harakat uloqtiruvchi gavdasining uloqtirish tomoniga yo`nalgan va asosan oyoqlarni to`g`rilash bilan kuchaya boradigan olg`a intiluvchi va aylanma harakatlarga mos bulishi kerak. Shuning uchun barcha uloqtirish turlarida Oxirgi kuch berish to`g`ri bajarilganda oyoqlar va uloqtiruvchi qo`lning to`g`rilanishi tugashi bilan bir paytda uloqtirish ham tugaydi.
Oxirgi kuch berishda qarayib hamma vaqt olga tomon yuqorilab yunalgan eng tez harakat bilan bir paytda ko’krak ham uloqtirishning tomoniga buriladi. Uloqtirishning to`g`ri va usuliga qarab elka kamari bilan tos harakatidagi munosabatda ba`zi bir farqlar bo’ladi.
Yakunlovchi kuch berishni erga tayanib turganda bajarish foydalidir. Sakrab oyoqlarni faol almashtirib bir qo`llab uloqtirishda tayanchsiz xolda ham snaryadga unchalik katta bulmagan yakunlovchi kuch ta`sir ettirish (masalan panjani yozish bilan snaryadga ta`sir etish) mumkin.
Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida uloqtirish ijro etilayotgan maydoncha chegarasidan chiqib ketmay muvozonat saqlab qolish zarurati ham xisobga olinadi. Bir qo`llab katta tezlikda uloqtirishda (har bir uloqtiruvchi shunga intilish kerak) sakrab oyoqlarni aktiv almashtirish qo`llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqandan keyin gavda harakati keskin to’xtatib qolishga imkon beradi.
Agar uloqtiruvchi yakunlovchi kuch berish paytida katta tezlik hosil qila olmasa va oyoqlari bilan faol depsina olmasa, sakrab oyoqlarni almashtirishni bir-biriga mos keltirib bulmaydi.

Snaryadning uchib chiqishi va uchishi. Snaryadning uchib chiqish nuqtasining balandligi va uning uloqtiruvchiga nisbatan qaysi joyda bulishi turli xil uloqtirishda turlichadir. Chunonchi, yadro, nayza va granataning uchib chiqishi qo`lning eng yuqori ko’tarilgan nuqtasiga to`g`ri kelishi bilan birga, yadro irqitishga qo`lning to’la to`g`rilanishiga ham to`g`ri keladi. Aylanib uloqtirishda (disk, bosqon) snaryadni yelka bo’g’iniga yaqin balandlikdan, ya`ni qo`l (yoki qo`llar) gorizontal holatga yaqinlashayotganda chiqarib yurish foydaliroq. Snaryadni oldinroq yoki kuch chiqarib yuborish, uning uchish yo`nalishini o`zgartiradi va odatda snaryad borib tushadigan masofani kamaytiradi.Oxirgi kuch berishda uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta`siri, snaryadning uzoq uchishini ta`minlashi kerak. Buning uchun uloqtiruvchidagi kuchlar teng ta`sir etuvchisining yo`nalishi snaryadning uchib ketish burchagiga mos kelishi mumkin. Sport snaryadining uchib chiqish ketishi, yerga tushish nuqtasidan 170-200 sm va undan ham ziyotroq va undan yuqori bo’ladi.




Download 106,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish