Dembo-Rubenshteynning “O`z-o`zini baholash metodikasi blankasi
F.I____________________________________
Sog`liqq
Xarakter
Baxt
Aql, qobiliyat
O’tkazilgan metodikaga ko’ra, olingan natijalar quyidagi jadvalda havola qilinadi:
|
Past
|
O’rta
|
Yuqori
|
Sog’liq
|
13
|
10
|
77
|
Aql va Qobilyat
|
8
|
10
|
82
|
Xarakter
|
15
|
20
|
65
|
Baxt
|
15
|
20
|
65
|
Sog’liq ko’rsatkichi:
Sinaluvchilarning sog’liq bo’yicha ko’rsatkichlarini eng past darajasi 13% ni, o’rtacha darajasi 10% ni, yuqori darajasi esa 77% ni tashkil etgan. Demak, sinaluvchilarning asosiy qismi o’zining salomatligiga ishonadi. Bu ularning ko’p kasal bo’lmasliklari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich umumiy tahlil qilinsa, ijobiy natija sifatida olinishi mumkin, chunki barkamol va sog’lom avlodni tarbiyalash muhim bo’lgan ayni sharoitda yosh avlodning salomarligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Sinaluvchining BAXT ko’rsatkichi bo’yicha natijalari quidagicha – past darajasi – 8%, o’rta ko’rsatkich – 10%, yuqori ko’rsatkich – 82% ni tashkil etdi. Bunga ko’ra sinaluvchilarning kata qismi o’zini baxtli xis qilinishini ko’rishimiz mumkin. Bbu ko’rsatkich ham davlatimiz tomonidan qo’yilgan ayni kundagi talab va siyosatga mos keladi. Bolalarning o’zini baxtli xis qilishi ularning ozod va obod Vatanda yashashini his qilishi bilan bog’liq holda tahlil qilinsa yanada ijobiy baho berish mumkin. Qolaversa, o’zini baxtli his qilgan bola, avvalo, ruhan baquvvat bo’ladi, bu uning po’quv faoliyatiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Bu esa uning shaxs sifatida shakllanishiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmasdan qolmaydi.
AQLIY DARAJA ko’rsatkichi – sinaluvchilarda quidagicha taqsimlangan – past daraja – 15%, o’rta daraja, 20%, yuqori daraja 65% ni tashkil etgan. Sinaluvchilarning asisiy qismida o’zining qobilyatlarini yuqori darajada baholashgan. Buni shunday izohlash mumkinki, bolalarning o’z kuchi va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchini ko’rsatadi. Malumki, “Men” – obrazi shakllanishining reallik darajasi va tayanchlari maktabgacha davrda paydo bo‘lib, aynan maktabdagi o’zlashtirish darajasi bilan bog‘liq. Shu o’rinda bolalardagi past ko’rsatkich - o‘z qadr qimmati haqidagi tasavvurning yaxshi shakllanmaganligi va bu esa bolada maktabda o‘qish bilan bog‘liq turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Sinaluvchilarning XARAKTER ko’rsatkichlari quidagicha - past daraja - 20%, o’rta daraja - 13%, yuqori daraja - 67%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich sinaluvchining “MEN” konsepsiyasi bilan bog’liq. Shaxsning o‘z-o‘zini baxolashi, o‘zining xulq atvori, hatti-xarakati, fikr ma'sulligi hamda jamiyatdagi o‘rnini aniq bilib borishi uning ayni paytdagi “Мen” ini belgilaydi.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar sinaluvchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida ko’rinadi.
Bilamizki, Shaxsning o‘y-fikrlari, muayyan maqsad yo‘lidagi kelajak orzu-intilishlari, tasavvurlari “men” obrazini tashkil etadi. Shuning zaminida shaxs rejalari, kasb faoliyati jarayonidagi faol harakatlari va istaklarini ro‘yobga chiqa borishi esa “men” qobiliyatini vujudga keltiradi. Shaxs qobiliyatining rivojlanishi va ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi omillarning ta'siri bor. Ichki omil deganda shaxs ruhiyati va fikriy sog‘lomligi, mantiqiy tafakkurining aniqligi, iroda va e'tiqodning butunligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |