Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Ravon  nutq  tushunchasi  va  uni  rivojlantirish  vazifalari



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

1.  Ravon  nutq  tushunchasi  va  uni  rivojlantirish  vazifalari.  Ravon  nutq  –  bu 
kishilarning  muloqotini  va  o‘zaro  bir-birlarini  tushunishlarini  ta’minlovchi  mazmunan  keng 
yoyilgan  fikrdir.  Ravon  nutqni  fikrlar  dunyosidan  ajratib  bo‘lmaydi:  ravon  nutq  bu  fikrlar 
ravonligidir,  unda  bolaning  mantiqiy  fikrlash,  o‘zi  qabul  qilayotganlarini  mulohaza  qilish  va 
ularni  to‘g’ri  ifodalash  qobiliyati  aks  etadi.  Ravon  nutqni  shakllantirish,  uning  vazifasini 
o‘zgartirish  murakkablashib  borayotgan  bola  faoliyati  oqibati  bo‘lib,  u  bolaning  atrofdagilar 
bilan  muloqotga  kirishish  sharoiti,  muloqot  shakliga  bog’liq  bo‘ladi.  Maktabgacha  yoshda  u 
muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-
sekin  ro‘y  beradi.  Bolalar  hayotining  dastlabki  yetti  yilida  atrofdagi  kishilar  bilan  muloqot 
vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish 
zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani 
bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy.  
Til  millatning  noyob  xazinasi  bo‘lib  doimo  og’zaki  va  yozma  holda,  namoyon  bo‘lgan. 
Boy,  yorqin, maroqli nutq  so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’iy  nazar, nuri  hisoblanadi.  Tilning 
oliyjanob imkoniyatlar nutq  orqali  nutq  jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning  cheksiz 
imkoniyatlari  yuzaga  chiqmay  qolaveradi.  So‘z  va  g’azal  sultoni  A.Novoiy  tilva  nutq 
munosabatlarini  shunday  izoxlaydi.  «Til  shuncha  sharafi  bilan  nutqning  qurolidir.  Agar  nutq 
noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir». 
Demak.  Til  qanchalik  zo‘r  bo‘lmasin,  u  nutq  uchuun  qurol  sifatida  xizmat  qilar  ekan. 
Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan.  Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. 
O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog’liq. 
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni 
boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining 
eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining 
xayotga tadbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir. 
                                                           
14
 Edited by Mary Rafferty “Abrief review of approaches to oral language developme nt” USA 2014y. 


 Nutq  vazifasi  uning  ontogenezdagi  haqiqiy  rivojlanish  jarayoni  bosqichini  aks  ettiradi, 
ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 
1-vazifasi  –  individuallararo  –  kishilar  o‘rtasidagi  muloqot  vositasidir.  Ushbu  holatda 
nutq og’zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi. 
2-vazifasi – ichki individual – bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-
e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy 
jarayonlarni  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  imkonini  bergani  holda  ularni  amalga  oshirish 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi.  
3-vazifasi – umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-
tarixiy  tajriba  xazinasidan  axborot  olish  imkonini  beradi.  Ushbu  holatda    u  grafik  ramzlar  va 
belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish