Nizomiy nomidagi toshkent davlat


  Ilk  bolalikdagi  nutq  rivojlanishining  ikki  davri.  Ilk  yosh  (1-3  yosh)



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

3.  Ilk  bolalikdagi  nutq  rivojlanishining  ikki  davri.  Ilk  yosh  (1-3  yosh).  Bir  yoshdan 
uch  yoshgacha  bo‘lgan  davrda  bola  rivojlanishiga  oid  ijtimoiy  vaziyat  sezilarli  darajada 
o‘zgaradi.  O‘z  yaqinlari  bo‘lmish  kattalar  bilan  birgalikda  bolaning  muloqot  doirasiga  birinchi 
navbatda  kichkintoyning  diqqat-e’tibor  va  g’amxo‘rlikka  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirishi  lozim 
bo‘lgan  boshqa  kattalar  (maktabgacha  ta’lim  muassasalari  xodimlari,  tarbiyachi  yordamchisi) 
ham  kirib  kela  boshlaydilar.  Bunday  sharoitda  ilk  yoshdagi  bolalarda  kattalar  bilan  narsalar, 
o‘yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar xususida muloqot qilishga ehtiyoj 
oshadi. 
Bu  yoshdagi  bolada  kattalar  bilan  emotsional  va  amaliy  aloqalar  o‘rnatish  qobiliyati 
rivojlanadi,  bu  unga  yangi  hayotiy  shart-sharoitlarga  moslashishga:  so‘zlar,  iltimoslarni 
baholovchi  fikrlarni  va  boshqa  kishilarning  emotsional  munosabatlarini  to‘g’ri  qabul  qilishga 
yordam beradi.  
Bolaning  maktabgacha  ta’lim  muassasasiga  kelishi  bilan  uning  «bola  –  katta  yoshli 
odam»  munosabatlar  tizimidagi  emotsional  aloqalariga  «bola  -  tengdoshlar»  munosabati  ham 
qo‘shiladi.  
Bola  hayotining  uchinchi  yilida  kichkintoylar  bir-birlariga  faol  taqlid  qila  boshlaydilar, 
o‘zlarini  ko‘rsatishga  intiladilar  va  shu  bilan  birga  o‘ziga  nisbatan  munosabatni  his  qila 
boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi. 
Ilk  yoshdagi  bolalarda  bolalar  jamiyati  endigina  shakllana  boshlaydi.  Ular  bo‘sh 
vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg’iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. 
Bolalar  tashabbusi  bilan  vujudga  keladigan  o‘yin  jamiyatlari  –  diadalar  (ikkitadan  bo‘lib 
o‘ynash)  barqaror  emas.  Bolaning  o‘ziga-o‘zi  baho  berishi  emotsional  jihatdan  yorqin 


buyoqlarga  bo‘yalgan  bo‘lib,  u  yaxshi  bola  bo‘lish,  kattalarning  talablariga  javob  berish, 
ularning ma’qullashlariga erishishga intilish bilan bog’liqdir. 
Bola  hayotining  o‘zga  yili  nihoyasida  bolalar  o‘zlariga  nisbatan  umumiy  baholarni 
beradi: «yaxshi», «katta» va boshq. 
Uch  yoshga  kelib  «men»  tizimi  vujudga  keladi.  U  bolaning  o‘z  ismi  orqali  («men 
Yulduzxonman»,  «men  Kamronbekman»)  o‘zining  qaysi  jinsga  mansubligi  haqidagi 
tasavvurlarini  (o‘g’il  bola,  qiz  bola),  ma’qullash,  tan  olishlariga  («men  yaxshiman»)  va 
mustaqillikka  ehtiyojini  («men  o‘zim»)  o‘z  ichiga  oladi.Maktabgacha  ta’lim  muassasasida 
moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihatdan 
qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar 
ekan,  u  bu  bilan  bolani  yaxshi  ko‘rishini  va  uning  uchun  qayg’urishini,  uning  tashvishlariga 
sherik  bo‘lishga  tayyor  ekanligini  tushunishga  undaydi.  Bolaning  ham  ijobiy  (quvonch,  zavq-
shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg’ularini erkin ifoda 
qilishiga ko‘maklashadi. 
Ijtimoiy  xulq-atvor  va  muloqotning  ahloqiy  negizi  bolaning  emotsional  sohasi  orqali 
shakllanadi.  Tabiiy  ravishda  vujudga  keladigan  va  ataylab  yaratiladigan,  katta  yoshli  odam 
bolaning  yordami,  g’amxo‘rligi  va  diqqat-e’tiboriga  muhtoj  bo‘ladigan  turli  vaziyatlardan 
foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg’ularini samimiy ravishda 
namoyon  qiladi,  bolaga  ham  ijobiy,  ham  salbiy  emotsiyalarni  ifodalash  yo‘llarini  ko‘rsatib 
beradi.  Uyushtirilgan  birgalikdagi  harakatlarda  pedagog  har  bir  bolaga  erishilgan 
muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imkonini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-
harakatlarini  qo‘llab-quvvatlaydi  va  rag’batlantiradi,  bola  qiynalib  qolsa  unga  sezdirmasdan 
yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi. 
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabatlariga ta’sir qiladi  va bu 
hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin. 
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yaxshi harakatlariga ijobiy 
baho berib borishi darkor. 
Katta  yoshli  odam  bolada  o‘ziga  nisbatan  qiziqish,  birgalikdagi  faoliyatda,  o‘yinlarda 
ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, 
she’rlardan  olingan  holatlarni  o‘yin  vaziyatlariga  qo‘shadi.  Bolalar  bilan  bunday  mazmunli 
muloqotda  ular  bilan  tarbiyachi  o‘rtasida  ishonchga  asoslangan  munosabatlar  shakllana 
boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi. 
Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi: 
- vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi; 
- kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik; 
- tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega; 
- eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi; 
- o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi. 
Uch  yoshli  bolalardagi  markaziy  yangilik  –  «MEN»  tizimining  paydo  bo‘lganligidir,  u 
o‘z  navbatida  bolada  o‘zi  harakat  qilishga  ehtiyojni,  irodali  xulq-atvor  elementlarinii  vujudga 
keltiradi.  «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog’liq kattalar 
talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini 
rivojlantirishga  doir  mashg’ulotlarni  didaktik  o‘yinlar,  ermak  o‘yinlar,  sahna  ko‘rinishlari 
shaklida  o‘tkazish  tavsiya  qilinadi.  Ular  nafaqat  ko‘ngilochar  tusga,  balki  albatta  ta’lim  tusiga 
ega bo‘lishi lozim. 
                                         
Xulosa 
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar 
juda murakkabdir – chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u 
o‘rganib  qolgan  odatiy  turmush-tarzini  izdan  chiqaradi.  Bu  ko‘pchilik  bolalarda  salbiy 
emotsiyalar,  qo‘rquvni  vujudga  keltirib,  ushbu  holat  butun  organizmni  qamrab  olishi  va  uning 
rivojlanishini  anchagacha  susaytirib  qo‘yishi  mumkin.  Bunday  paytda  uyquning,  ishtahaning 
buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechinmalar (yig’loqilik, 


qo‘rquv,  hujumkorlik,  o‘jarlik  va  boshq.),  sustlik,  o‘zi  mustaqil  ravishda  ovqatlanishdan  bosh 
tortish holatlari kuzatiladi. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3-6 
haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish