Alifbe nomli elektron darslik.
To‘rtburchak ramkaga solingan xarflarning bittasi «sichqoncha» yordamida ikki marta
bosilsa, oyna ochiladi va bu oynadagi xarflarni bolalar tarbiyachi yordamida takrorlaydi. «Bosh
menyu» ga qaytsak, dasturning uchinchi «Qiziqarli o‘yinlar» deb nomlangan qismiga kiriladi.
Ekranning chap qismida ramkada hayvonning surati, o‘ng qismidagi ramkada esa, hayvon haqida
ma’lumot berib o‘tilgan. dasturning chap bo‘limiga kirganda yog’och doskada mevaning shakli
berilgan, doskaning atrofida , daraxtning atrofida turli mevalarning surati mavjud. «Sichqoncha»
orqali mevaning shaklini mo‘ljallab bola kerakli mevani ochsa, meva uchi borib doskadagi
mevaning kolipiga joylashadi (3-rasm).
O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. To‘g’ri topilgan mevaning evaziga rag’batlantiruvchi
smayliklar hosil bo‘ladi. Multimediali slaydimiz ana shulardan iborat.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o‘rgatishda
multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir
qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi:
-
maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlarini samarali, davlat ta’lim standartlari asosida
amalga oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan tuzilgan «Bolajon»
tayanch dasturida savodga o‘rgatishga doir mavzular bilan bola shaxsida zarur
sifat va hissini tarbiyalash imkoniyati bo‘ladi;
-
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari orasida bolalarni tarbiyalashda katta
tajriba orttirganlari ham bor. Biroq ko‘pchilik tarbiyachilar bolalarning yaxshi
o‘zlashtirishi, ta’lim-tarbiya ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlashga e’tibor
berib, alohida bola, uning ichki dunyosi, his-tuyg’ulari, munosabatlari ta’siri;
-
maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia
texnologiyasidan foydalanishda katta imkoniyatlarga ega;
-
maktabgacha ta’lim muassasida texnik vositalar bilan taminlash va tarbiyachilarning
kompyuter bilimlarini oshirish;
-
maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini hisobga olib, yangi bilim
beruvchi mashg’ulotlarda kompyuterlardan bevosita dialog metodi asosida
foydalanish;
-
maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia
texnologiyasidan foydalanilgan holda mashg’ulotni amalga oshirish;
-
-mashg’ulotlarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarining yoshiga va ta’lim dasturiga mosligi
e’tiborga olingan holda, multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish va Maktabgacha ta’lim
muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlari o‘quv rejasi asosida olib borish maqsadga
muvoffiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |