Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g’in tuzdiriladi va
o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g’inlardan yoki bo‘g’inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib,
o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g’in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-
tor.
Mashg’ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- «D» qanday tovush ekan?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?»
- «D» tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- «D» harfining shakli qanaqa ekan?
- «D» harfining necha xil shakli bor ekan? (bosh va kichik, bosma shakli)
- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
- Bo‘g’inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Do'stlaringiz bilan baham: |