Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

 
 
13-14-§. Bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash 
Reja: 
1. 
Bolalarda o‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg`otish. 
2. 
Bolalarni  turli  faoliyat  yo`nalishlarida  savodga  o‘rgatishga 
tayyorlash. 
3. 
Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik. 
 
Tayanch  tushunchalar:  Ekspressiv  muloqotchanlik,  Impressiv  muloqotchanlik,    Ijodiy-
rivojlantiruvchi muhit,   mini muhit,  tayyorgarlik davri, savodga o‘rgatish. 
 
1. Bolalarda o‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg`otish. 
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod 
va  unga  ta’lim-tarbiya  berish  sifatiga  bog’liq.  SHu  bois  Vatani,  halqini  sevadigan,  istiqlol 
g’oyalariga  sadoqatli,  mustaqil  fikrlaydigan  ijodkor  shaxsni  yetishtirish  davlatning  ta’lim 
sohasidagi  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biridir.  SHuning  bilan  birga  ta’lim  tizimidagi 
tub  islohotlar  orqali  shaxs  ma’naviy  kamolotini  ta’minlash  mazkur  yo‘nalishning  dolzarb 
muammolaridan  biri  bo‘lib,  bu  haqda  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g’risida»gi 
Qonuni va  «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»  da ta’lim  tizimini tubdan isloh qilish,  ma’naviy 
barkamol  shaxsni  tarbiyalash  davlat  ahamiyatiga  molik  muhim  vazifalaridan  biri  ekanligi 
ko‘rsatilgan.  Maktabgacha  ta’lim,  umuman  olganda,  uzliksiz  ta’limning  birinchi  bosqichi 
hisoblanib,  u  maktabda  o‘qish  uchun  tayyor  bo‘lgan  sog’lom  va  to‘laqonli  shaxs  sifatida 
shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi. 
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha 
boyliklarini  egallab  olish  uchun  tegishli  shart-sharoitlarni  yaratish  zarur.  Bola  nutqining  rivoji 
ko‘p  jihatdan  uning  ruhiyatiga,  sog’lom,  tetik  o‘sishiga.  Ahloqiy  sifatlariga  o‘quv  dasturini 
o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog’liqdir. 
Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira 
oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. 
Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har 
bir  so‘z  manosini  tushuna  olishi  uni  o‘z  nutqida  erkin  ifodalashga  muvofiq  bo‘lishi  kerak. 
Tushunchalar  tizimiga  moslashgan  bola  o‘z  fikrini  jamlab  gapirishga  va  ifodalab  berishga 
o‘rganadi. 
 
Og’zaki  nutqni  o‘stirish  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  mashg’ulotlarda,  asosan,  bolalarning 
og’zaki  nutqini  o‘stirishga,  nutqni  grammatik  tomondan  to‘g’ri  shakllantirishga,  nutqning 
morfologik  va  sintaksis  tomonlarini  shakllantirishni  davom  ettirish:  sodda  va  qo‘shma  gaplar 
tuzish,  bunda  barcha  so‘z  turkumlaridan  foydalanishga  o‘rgatish,  bolalarni  gapirganda  sonni 
otga,  sifatni  otga,  sifatni  fe’lga  to‘g’ri  ishlatish  malakalarini  takomillashtirish,  tovush  va 
so‘zlarni  to‘g’ri  talaffuz  etishga,  ravon  gapirishga,  mustaqil  hikoya  qilishga  e’tibor  beriladi. 
Og’zaki  nutqini  o‘stirishda  mustaqil  hikoya  qilishga  o‘rgatish  katta  o‘rin  egallaydi:  bolalalarni 
o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida 
hikoyalar  tuzishga  o‘rgatiladi.  Tayyorlov  guruh  bolalarining  hikoyalari  mazmunan  bog’langan, 
ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g’ri tuzilgan bo‘lishi kerak.  
Savodga  tayyorlash  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  mashg’ulotlarda  savodga  o‘rgatish  ikki 
davrga ajratiladi. 
Tayyorgarlik davri. 
Asosiy davr (Savodga tayyorlash). 
Savodga  o‘rgatishning  tayyorgarlik  davri  vazifalari  sentyabr,  oktyabr  oylarida 
rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi: 
1.  Tovushlarni  to‘g’ri  talaffuz  etish  va  so‘zning  tovush  tarkibi  haqidagi 


tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish. 
2.  Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish. 
3.  Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va 
tasavvurni rivojlantirish. 
4.   Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.   
a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g’inlarga bo‘lish; 
b) ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida); 
v) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash; 
g) tovushlardan bo‘g’inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;  
d) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish; 
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish 
bo‘limi 2-bosqichi - asosiy davrida (oktyabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi: 
1. 
Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish. 
2. 
Kesma  harflar  yordamida  tovush-harf  tahlil  va  sintezi 
bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish; 
3. 
Bo‘g’in o‘qish; 
4. 
Kesma  harflar  yordamida  bo‘g’in  va  so‘zlarni  tuzish  va  ularni 
bo‘g’inlab o‘qishga o‘rgatish. 
 Tayyorlov  guruhlarida  yil  davomida  o‘tkaziladigan  mashg’ulotlar  bolalar  yoshiga  mos 
bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak. 
Mashg’ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli 
jihozlar, mashg’ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg’ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, 
amaliy  ishlar  va  turli  interfaol  o‘yinlar  bolalar  yoshiga  mos,  qiziqarli  va  turli  bo‘lishi  lozim. 
Mashg’ulotlar  davomida  bolalar  barmoq  mashqlarini  tetiklashtiruvchi  daqiqalarda  bajaradilar, 
harflar bilan maxsus o‘yinlar (yig’ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g’inlarni 
o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi.  

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish