Lutfiniso: To‘g’ri, bog’cha turar joylarga yaqin bo‘lgani yaxshi. Biz maslahatlashib,
bog’chani turar joylarga yaqin qurdik. Bog’chamizning hovlisi keng, ko‘rkam, soya-salqin
bo‘lishiga, o‘yin maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o‘zgartirdik.
Sojida: Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ishdan qaytayotganda bizni
bog’chadan olib, do‘kondankerakli narsalarini xarid qilib, shundoq uyimizga kirib ketaveradilar.
Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondashadilar va bu ijodkorlik ularning
nutqida o‘z ifodasini topadi. Shunisi ham borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq
usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo‘shilib ketib, ijodiy,
erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin.
Buni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumidan bilsak bo‘ladi.
Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga xos o‘y-xayollari, orzu-istaklari, tasavvurlari
murg’ak qalbdan tilga ko‘chadi.
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalarning ba’zilarini namuna tarzida keltiramiz:
Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hovlimizga o‘tqazgan
edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik.
Uning barglari juda chiroyli. yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi esa
mazali. Mevasini uzganimizdan so‘ng biz qarindoshlarimizga, qo‘shnilarimizga tarqatamizk.
Ayniqsa, buvam va buvim duo qiladilar: «Xurmo jannatning mevasi. Uni ardoqlang, kam
bo‘lmaysiz». Bu yil dadam daraxtlarni ko‘paytirmoqchilar».
Nigina. «Men oktyabr oyida oyim bilan Chinozga – xolamnikiga bordim. Birinchi marta
paxtazorni ko‘rdim. Paxtalar lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilgan. Oppoq dala. Quyoshda ko‘zni
qamashtiradi.
Bir tomonda mashinalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog’lagan. Men ham
paxta termoqchi bo‘ldim. Xolam menga ham etak bog’lab qo‘ydilar. Lekin tezda belim og’rib
qoldi. Qishloqdagi xolamning bolalariga qoyilman. Men tengi qizlari ham paxta terdi, ham
moliga o‘t yulib oldi.
Bog’chaga
bormas ekan».
Nurxon: «Biz oilamiz bilan qishloqdan ko‘chib kelganmiz. Qishloqda men quyosh
botishini ko‘p ko‘rganman. Quyosh botganda ufq qizarib, dalalar qorong’ilasha boradi.
Qorong’ulik hamma yoqqa birdan o‘rmalab ketadi. Lekin teraklar uchi xali nurli ko‘rinadi.
Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar tinmaydilar.
Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qaytgan ayollar sigirni
sog’ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yoqib, tog’oradan toshay-toshay deb turgan
xamirdan non yasab, sutga yo‘g’rilgan issiq, bo‘rsildoq nonlarni tandirdan uzib oladi. Qishloq
hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong bilan boshlanadi».
Ravshan. «Olmalar gullaganda bog’ juda chiroyli bo‘lib ketadi. Quyosh nurini olmoqchi
bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan. Shabboda turib, olma gullarini silab-siypalaydi.
Shunda olma gullari kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabboda tinadi. Go‘yo butun
bog’ kuylagandek bo‘ladi. Asalarilar gullagan bog’ tepasida g’ujg’on o‘ynaydi.
Yuqoridagi hikoyalardan ko‘rinib turibdiki, ona tilining hissiy, estetik ma’no qirralarini
bir vaqtning o‘zida anglay boradilar, til go‘zalligini, boyligini his etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |