Nizomiy nomidagi toshkent davlat


 Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni va metodlari



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni va metodlari. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ta’lim-tarbiya  berishning  asosiy  vazifalari  bolalarni  jismoniy, 
aqliy  va  ma’naviy  jixatdan  rivojlantirishdan,  ularning  tug’ma  layoqati,  qiziqishi,  ehtiyoji  va 
imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  milliy  va  umum  insoniy  qadriyatlar  asosida  muntazam 
ta’lim  olishga  tayyorlashdan  iborat.  Bolada  kattalar  bilan  muloqot  jarayonida  axloqiy  xulq-
atvorning dastlabki tajribalari shakllanadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj  – muhim ijtimoiy ehtiyoj 
bo‘lib,  katta  yoshli  kishi  bu  ijtimoiy  ehtiyojni  qondiruvchi  manba  hisoblanadi.  Axloqiy  xis-
tuyg’ular  va  odatlarni  tarbiyalash  shunday  zaruriy  asos  hisoblanadiki,  usiz  bola  shaxsining 
murakkabroq  xususiyatlarini,  ma’naviy  kamolotni  ta’minlash,  mamlakatning  ijtimoiy  hayot 
hodisalari hadidagi tasavvurlarni va ularga ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi. 
Maktabgacha  bolalikning  dastlabki  bosqichlarida  tarkib  toptirilgan  insonparvarlik 
asoslari uning ijtimoiy yo‘nalganligi bolalarda asta sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-
atvor odatlari, munosabatlari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat kiladi. 
Avvalo  bolalar  muassasasida  jamoaning  katta  yoshli  a’zolari  urtasida  to‘g’ri  o‘zaro 
munosabat  uslubini  vujudga  keltirish  kerak.  O‘zaro  xurmat  va  g’amxo‘rlik,  ishga  muhabbat, 
mamlakatning  siyosiy  va  mehnat  hayotida  ishtirok  etish  –  bularning  barchasi  zarur  uslubni 
ta’minlashi  lozim.  Pedagogik  jamoa  va  ota-onalar  jamoalarining  to‘g’ri  munosabatlari  uslubi 
ham muhim ahamiyatga ega. Bu uslub esa bolalar bog’chasining ota-onalar bilan muntazam ish 
olib borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi. 
Kattalar  bilan  bolalar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarning  yuksak  darajasi  – 


muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  axloqiy  tarbiyalashning  mazmuni  va  metodlari  bu 
yoshdagi  bolalarning  xususiyatlariga  mos  kelishi  va  u  eng  yaqin  vaqtdagi  axloqiy  rivojlanish 
jarayonini  ko‘zda  tutishi  kerak.  Masalan,  agar  4  yoshli  bolalar  o‘z  tengdoshlariga  asosan 
tarbiyachining  maslahati,  ko‘rsatmasi  ta’sirida  baholi-qudrat  yordam  ko‘rsatsalar,  5  yoshga 
to‘layotganda bunday  yordamni o‘z hoxishlariga ko‘ra ko‘rsatishlari lozim. Oilaga xos bo‘lgan 
muhabbat,  o‘zaro  e’tibor,  g’amxo‘rlik  muhiti  bola  xis-tuyg’usini  shakllantirishga  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Oilada  qaror  toptiriladigan  ijtimoiy  xis-tuyg’ular  bolaning  kichik  yoshdan  boshlab 
to‘g’ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi. 
«Salomatlik  va  xayrixohlikni  tarbiyalashning  chinakkam  maktabi  –  bu  oiladir;  Otaga, 
onaga,  buvaga,  buviga,  aka-ukalariga,  opa-singillariga  munosabat  insoniylikning  sinovi 
hisoblanadi»,- degan allomalarimiz. 
Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tarbiyachisining  muhim  vazifasi  –  ota-onalarga  bola 
shaxsini shakllantirishda ularning alohida rol o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim 
va ko‘nikmalarni egallashlarida ularga yaqindan yordam berishdan iborat. Bolalarning ma’naviy 
kamolotini  ta’minlashda  mahallaning  o‘rni  ham  kattadir.  Mahalla,  avvalo,  sog’lom  ijtimoiy 
muhitdir.  Bu  yerda  kuchli  ta’sirga  ega  bo‘lgan  jamoatchilik  fikri  mahalla  ahlining  hulq-atvori 
o‘zaro  munosabatlarini  adolat  va  ma’naviy  mezonlar  asosida  tartibga  solib  turadi.  Mahalla 
ijtimoiy  kelib  chiqishi,  millati,  mijozi  turli  xil  bo‘lgan  va  oilalarni  tashkil  qilgan  odamlardan 
iborat. Mana shu oilalarning boshlarini biriktirish, ularni ma’naviy va moddiy-jismoniy jihatdan 
mustahkamlash,  yoshlarni  tarbiyalash  kabi  muhim  vazifalar  ham  mahallada  amalga  oshadi. 
Oilalarni bir jamoaga, ijtimoiy guruxga, muassasaga, aynan mahalla birlashtiradi. Ularda ahillik, 
hamjixatlik,  hamkorlik,  hamdardlik,  xis-tuyg’ularini  shakllantiradi,  kamol  toptiradi.  Har  bir 
fuqaroning  hayotida  «Shaxs-oila-mahalla»  uchligi  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  sharqona 
turmush  tarzimizning  o‘ziga  xos  tizimidir  va  eng  muhimi,  insonning  jamiyat  hayotiga  singib, 
ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muhim vositadir. 
Insonning  oilada  shakllangan  iymon-e’tiqodi,  odobi,  oriyati,  vijdoni,  tafakkuri  mahalla 
muhitida  yanada  yuksalib  xalq  manfaatlari,  o‘zaro  inoqlik  va  hamkorlik  xis-tuyg’ulari  bilan 
uygunlashib, jamiyatda sog’lom munosabatlarning shakllanishiga olib keladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish