Jismoniy daqiqa.
Tarbiyachi bolalarga «Rasmni top» o‘yinini taklif etadi. Buning uchun tarbiyachi
bolalarni uch guruhga bo‘ladi: 1-guruhga «O» tovushi bilan boshlanadigan predmetlar rasmlarini
topish, 2-guruhga «O» tovushi bilan tugaydigan predmetlar rasmlarini, 3-guruhga «O» tovushi
so‘z o‘rtasida kelgan predmetlar rasmlarini topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan
muddatda so‘z topa olmasa, o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g’olib
sanaladi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tez aytish:
Oqqush ko‘lda suzadi,
Oppoq bo‘yin cho‘zadi
Mashg’ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
U qanday tovush ekan?
Bu tovushni nima qilamiz?
Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?
Qaysi tovushlar unli tovushlarga kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |