1-mashg’ulot:
Mavzu: «Quvnoq tilcha haqida ertak».
Maqsad: Bolalarga og’iz, lablar, tishlar va til, tanglay haqida tushunchalarini
mustahkamlash. Tilning asosiy harakatlarini bolalar bilan birgalikda bajarish: tilni yuqoriga
ko‘tarish, pastga tushurish, tilni og’iz burchaklariga yo‘naltirish.
Vazifalar:
Mashg’ulot vaqtida har bir bolani diqqat-e’tibor bilan kuzatib, mashqni qanday
bajarayotganini tekshirib turish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam berishi (lablar, til uchi, til kuragi,
tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush, og’iz, lablar) haqidagi tushunchalari yanada
mustahkamlanadi. Tilning asosiy harakatlari: tilni yuqoriga ko‘tarish, pastga tushurish, tilni og’iz
burchaklariga yo‘naltirishni mustaqil bajara oladilar.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan
Do'stlaringiz bilan baham: |