Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/325
Sana31.12.2021
Hajmi5,38 Mb.
#211667
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   325
Bog'liq
hjacki 11923 UMK NUTQ MA'RUZA 2019 NUTQ(1)

Mashg’ulotning  borishi:  Tarbiyachi  mashg’ulotni  topishmoqli  o‘yin  bilan  boshlaydi. 
Bolalarga ikkita stakanni ko‘rsatib: Bular nima? Ular nimadan yasalgan? deb so‘raydi. So‘ngra 
tarbiyachi stakanlarning ichiga biror narsani (bir bo‘lak oq qand yoki konfet, sharcha va hokazo) 
soladi va bolalardan uning ichida nima borligini topishni aytadi. Bolalar juda yengillik bilan tiniq 
stakanda  nima  borligini  topadilar,  ammo  xira  (tiniq  bo‘lmagan)  qog’oz  stakan  ichida  nima 
borligini taxminlab (tavakkal qilib, tusmollab) aytadilar. Ular qog’oz stakan ichida nima borligini 
to‘g’ri topa olmaydilar. O‘yin ikki-uch marta takrorlangach, tarbiyachi bolalardan tiniq stakanni 
ko‘rsatib:  nima  uchun  bu  stakan  ichidagi  narsa  nima  ekanligini  tez  topdingiz?  aksincha  tiniq 
bo‘lmagan  qog’oz  stakanni  ko‘rsatib:  bu  stakan  ichidagi  narsa  nima  ekanligini  topishda 
qiynaldingiz? deb so‘raydi. 


Bolalar  bunday  savolga  quyidagicha  javob  berishadi:  Chunki  shisha  stakan  tiniq,  bunisi 
esa xira (tiniq emas). Shisha stakan ichidagi narsa ko‘rinib turibdi. Qog’oz stakan ichida qanday 
narsa borligi ko‘rinmaydi. 
Bolalarning  javoblaridan  shu  narsa  ko‘rinib  turibdiki,  ular  narsaning  asosiy  belgisini 
ajrata oldilar, shuning uchun narsaning sifatini bildiruvchi so‘zni bolalar lug’atiga kiritish kerak. 
So‘ngra  tarbiyachi  bolalarga  yana  murojaat  etadi  «Bu  stakan  ichidagi  narsa  ko‘rinib 
turadi,  u  tiniq.  Bu  stakan  esa  tiniq  emas,  shuning  uchun  uning  ichidagi  narsa  ko‘rinmaydi». 
Keyin ikki-uch bolaga tiniq, xira (tiniq bo‘lmagan) stakanlarni ko‘rsatishni taklif etadi. 
Mashg’ulotning keyingi qismida tarbiyachi bolalarga shishali narsalarni tarqatib chiqadi 
(stakan, banka va bankachalar, butilka va butilkachalar, shishali guldon va hokazo). 
2. Tarbiyachi. Endi oldingizdagi narsani qo‘lingizga olib, u orqali bir-biringizga qarang. 
Bir-biringizni  ko‘rayapsizmi?  Endi  qo‘lingizdagi  narsangiz  (butilka,  stakan,  ryumka  va  h.k.) 
orqali  menga  qarang.  Men  ko‘rinayapmanmi?  Tarbiyachi  bolalardan  qoniqarli  javob  olgach, 
ichidagi narsalar ko‘rinadigan, u orqali bir-biringizni ko‘rish mumkin bo‘lgan buyumni qanday 
buyum deymiz? Deya so‘raydi. 
Bolalar.  Tiniq,  deb  javob  berishadi.  Keyin  uch-to‘rtta  bolaga  ulardagi  buyum  qanday 
buyum ekanligini aytish taklif etiladi (tiniq banka, tiniq stakan, tiniq ryumka va hokazo). So‘ngra 
tarbiyachi bolalarga «Tiniq buyumlarni topish uchun nima qilish kerak?» degan savolni beradi, 
bolalar  javob  berishadi:  «Unga  qarash  kerak»,  «U  orqali  boshqa  narsalar,  bolalar  ko‘rinsa,  u 
narsa tiniq bo‘ladi». 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish